Pektinlar.
Ular uglevodlar tarkibiga kiradilar, dori vositalari
tayyorlashda yordamchi vositalar sifatida ishlatiladi. Pektin m od
dalar tabiatda keng tarqalgan, o'sim liklarda propektin ko‘rinishida
uchraydi, ular hujayralararo bo'shliqlam i to'ldirishda va yosh
o'sim liklam i birlamchi qobiqlarini shakllanishida ishtirok etadi.
Pektin moddalar gemitsellyuloza bilan birgalikda o ‘simlikda se-
mentlashtirish xususiyatini bajaradi. Tibbiyotda pektin moddalar
qon to‘xtatuvchi vositalar va antiseptiklar tayyorlashda ishlatiladi.
Antiseptiklar organizmdan og'ir metallami - qo‘rg ‘oshin, kobalt,
mis va boshqalarni chiqarishga yordam beradi. Ushbu kimyoviy faol
birikmalar hozirgi paytda tayyorlanayotgan dorilarni asosini tashkil
etadi.
Efir moyiari
uchuvchan moddalar hisoblanib, dunyoda 2500
turga yaqin efirmoysimon moddalari mavjud o'sim liklar bor.
Ularning 650 turi O'zbckistonda o'sadi. Efir moylarining xarakterli
komponentlari - terpenoidlar, monoterpenoidlar, seskviterpenoidlar,
aromatik birikmalar hisoblanadilar. Efir moylaridan 1000 ga yaqin
komponentlar ajratib olingan bo'lib, ular uglevodorodlar, spirtlar,
ketonlar, kislotalar, murakkab efirlar, laktonlar va boshqa kimyoviy
faol birikmalar hisoblanadilar. Efir moyiari o'sim liklam ing gullari-
da, mevasida, barglarida, po'stlog'ida, b a’zan ildizlarida va
yog'ochlik qismida to'planadi. Bunday o'sim liklarga rayhon, zizifo-
ra, tog'rayxon, valeriana, mavrak, ukrop, koriandr, yalpiz va boshqa
o'sim liklar kiradi. Efir moyiari tibbiyotda shamollashga qarshi, bak-
teritsid, spazmolitik, sedativ va boshqa dorivor vositalar tarkibiga
kiritilgan. Ulardan xushbo'y moddalar olish manbai sifatida ham
foydalaniladi.
Mineral tuzlar.
Ular tirik organizmlarning barcha hujayra va
to'qim alari tarkibida bo'ladi. Ular ikki gumhga - makroelement-
larga va mikroelementlarga bo'linadi. Makroelementlarga natriy,
x.lor, kalsiy, fosfor, kaliy va temir kiradi. Ular qon, xo'jayra, ayniq
sa suyaklar tarkibida k o 'p uchraydi. Mikroelementlarga rux, mar-
ganets, kobalt, mis, alyuminiy, bor, ftor va yod kiradi. Ular oz miq
dorda qon, hujayra va suyaklar tarkibida uchraydi. Natriy va kaliy
ionlari hujayralarda biologik tok hosil bo'lishini ta ’minlaydi.
Natriy xlorid, y a’ni osh tuzi qon tarkibida 0,9% li fiziologik erit-
ma holida bo'lib, qonning osmotik bosimi doimiyligini ta ’minlaydi.
Kalsiy va fosfor tuzlari suyak mustahkamligini ta ’minlaydi. Temir
moddasi qizil qon tanachalari tarkibiga kiradi, yod qalqonsi-
mon bez ishlab chiqaruvchi tiroksin gormonining tarkibiga kiradi.
Mikroelementlar tirik organizmlarga oz miqdorda zarur, ular ham
muhim fiziologik jarayonlarda ishtirok etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |