T.X. M axkainov-
0 ‘zbckiston Respublikasi FA 0 ‘simlik va hayvonol
olami genofondi institutining kalta ilmiy xodimi, biologiya fanlari nomzodi,
E.T. Axm edov-
ToshD A lj “0 ‘rm onchilik va ekologiya” kafcdrasi dol-
senti, biologiya fanlari nomzodi
Taqrizchilar:
U ()‘K: 630*892.5:615.32(075)
KBK: 42.143
© E.T.Berdiev va boshqalar, 2016
© «Sano-standart» nashriyoti, 2016
К I KISH
< )'/,bckiston o ‘rmonlari turli-tuman dorivor daraxt-buta va o ‘t
• t'Niinliklariga boyligi bilan ajralib turadi. Insoniyat hayoti o'sim -
lil l.ii oliimi bilan uzviy bog‘langan, chunki ular insonni to ‘ydirgan,
I lymlirgan, davolagan, qurilish, dorivor va texnik xomashyo manbai
Im'lib xizmat qilgan.
Dorivor o'sim liklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq
iiia’lum bo'lgan. 0 ‘simliklardan nafaqat oziq-ovqat, balkim biologik
I.ml moddalar manbai sifatida keng foydalanganlar. Dorivor
o'sim liklardan shumer sivilizatsiyasida 5000 yil a w a l davolash
mnqsadlarida q o ‘llanganligi haqidagi m a’lumotlar mavjud. Dorivor
o ’simliklar uzoq tarixiy davrlar mobaynida dorivor vositalaming
yagona inanbai bo‘lib xizmat qilgan [15].
O 'rta asrlardan bizga shifobaxsh o'sim liklam i ta’rifi va ulami
i m n o i i
salomatligini yaxshilashda qoilanilishiga doir ko'pgina
iliniy usarlar yetib kelgan. Dunyo tibbiyot fani rivojiga ulkan
Iiissii
qo'shgan yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino
(9 8 0 -1 0 3 7 )
tibbiyot
nmsalalariga
2 0
dan ortiq ilmiy asarlar bag‘ishlagan. Olim
2 0
yillar
dttvomidagi o ‘tkazgan tibbiyot amaliyotida to'plagan tajribalari
asosiila
5
jildlik “Al-qonun” (“Tib qonunlari”) asarini yaratgan, bu
asur asrlar mobaynida nafaqat arablar, balki YYevropa shifokorlari
uchun ham dasturul amal bo‘lib xizmat qilgan. Kitobda
5 0 0
dan
oshiq dorivor o'sim liklar hamda ulardan tayyorlangan
4 0
dan
oshiq dorivor vositalar haqida m a’lumotlar keltirilgan. Olimning
bu mashhur asari ko'pgina Yevropa xalqlari tillariga o ‘girilgan va
chop ctilgan, lotin tilining o ‘zida 16 marta qayta-qayta chop ctilgan
bo'lib, hozirgi davrda ham bu kitob o ‘z ahamiyatini yo‘qotmagan
[1 7 ].
( ) ‘z zamonasining yetuk ensiklopedist olimi Abu Rayhon
Bcruniynmg (973-1048) astronomiya, matematika, fizika, minera-
logiya, gcodeziya, geografiya hamda tabiiy fanlar taraqqiyotiga
qo'shgan hissasi nihoyatda ulkandir. Bcruniy yaratgan ilmiy
asarlarining orasida eng muhimi va hajm jihatdan kattasi ‘‘Kitob as-
saydana fi-t-libb” (Tibbiyotda farmakognoziya) kitobi hisoblanadi.
з
Bu asarda o ‘sha davrlarda sharq tabobatida qo‘llanilgan 674 ta
dorivor o ‘simliklar va 90 ta dorivor o ‘simlik mahsulotlari haqida
m a’lumotlar mavjud. “Saydana”da tilga olingan dorivor о ‘simliklarni
nomi 750 taga yetadi [19].
Sharq tabobatining yetuk namoyondalari, o ‘z davrining mashhur
shifokorlari buxorolik Abu Ali Ibn Sino, xorazmlik Abu Abdulloh
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Bakr Muhammad ibn
Zakariya ar-Roziy, Abu Rayhon M uhammad ibn Ahmad al-Beruniy,
Arabmuhammadxon o ‘g ‘li A bdulg‘ozixon, ismoil al-Jurjoniylar
va boshqalami butun dunyo taniydi. Ular o ‘zlarining tabobat
faoliyatlarida dorivor o ‘simliklardan turli kasalliklami davolashda
muvaffaqiyatli foydalanganlar va bu haqida yozma m a’lumotlar
k o ‘rinishida boy meros qoldirganlar.
Uzoq vaqtlar davomida butun dunyo xalqlarining asosiy dorivor
vositalari shifobaxsh o ‘simliklar xomashyosi asosida tayyorlanib
kelingan. Shifobaxsh o ‘simliklar zaharli emas, yoki kam zaharli, eng
asosiysi asorat qoldirmaydi, ular tarkibida biologik faol moddalar
k o ‘p va inson organizmiga uzoq vaqt davolovchi ta ’sirini o ‘tkazib
turadi.
XX asrda sintetik kimyo jadal rivojlandi, sintez yo‘li bilan juda
ko‘plab yangi, tez hamda kuchli ta ’sir etuvchi dorivor moddalar
yaratildi, lekin ulami muntazam ravishda iste’mol qilish in son
organizmi strukturasi va hayotiy funksiyalarini buzilishiga olib
kelishi m a’lum b o ‘ldi. Sintez y o ‘li bilan yaratilgan dorilaming 25%i
dorivor o ‘simliklar moddalari bilan b og‘liqdir.
V. Dushenkov, I. Raskin [15] m a’lumotlariga qaraganda 200000
ga yaqin turli oddiy molekulyar moddalar faqat o ‘simliklardan ajra-
tib olingandir. Shuning uchun ham keyingi o ‘n yilliklarda shifo
baxsh o ‘simliklarga qiziqish yana ortmoqda, chunki ular xom ash-
yosi asosida tayyorlangan dorivor vositalar - vitaminlar, biologik
faol birikmalar va mineral moddalar inson organizmiga juda sama-
rali ta’sir etadi. 1981-yildan tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan 847
ta oddiy molekulyar dorivor preparatlam ing 43 tasi tabiiy birikma
lar, 232 tasi tabiiy birikmalaming hosilalari hisoblanadi. Qolgan
572 yangi dorivor preparatlarning 262 tasi tabiiy birikmalar bilan
bog‘liqligi mavjud.
Mit'lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ish-
liili
i
hn|nrilayotgan dori vositalarining taxminan 50% i dorivor
ti'mmliklar xomashyosidan tayyorlanmoqda. Ayniqsa yurak-qon
Imiin kiis;illiklarini davolashda va profilaktikasi uchun foydalani-
liiill);nn dorivor prcparatlaming 77%, jigar va oshqozon-ichak
кiinitlliklurini profilaktikasi va davolashda foydalaniladigan dorivor
prcparatlaming 74%, balg‘am ko‘chiruvchi dorilaming 73%, qon
lo'xtatuvchi dorilaming 60% dorivor o ‘simliklar xomashyosi aso-
sid;i ishlab chiqarilmoqda [22].
I lozirgi paytda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqa
ro tashkilotning (FAO) m a’lumotlariga qaraganda butun dunyoda
50000 dan oshiq dorivor o ‘simliklar tibbiyotda davolash maqsad-
larida tbydalaniladi. Davolash maqsadlarida mahalliy flora vakillar-
idan foydalanish janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuqori,
llindistonda bu ko‘rsatkich 20%ni, Xitoyda 19%ni tashkil etadi.
Yaponiya, Gcrmaniya va boshqa Yevropa davlatlari farmakopey-
alarida dorivor o ‘simliklar xomashyosi asosida ishlab chiqarilgan
prcparatlar keng o ‘rinni egallaydilar.
0 ‘zbekiston hududida tabiiy holda 4500 turga yaqin yuksak
o ‘simliklar tarqalgan, ularning 1200 ga yaqin turlari dorivorlik xu-
susiyatlariga ega. Hozirgi paytda Respublikamizda 112 turdagi do
rivor o ‘simliklar rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan
bo‘lib, ularning 80%ni tabiiy holda o ‘suvchi o ‘simliklar tashkil
etadi [1].
Respublikamizning shifobaxsh o ‘siniliklar dunyosi, ayniqsa
ularning daraxt va butasimon turlari xilma-xil va boy genofondga
cga. Ulami ilmiy o ‘rganishda mashhur akadcmik A.P. Orcxovning
shogirdlari akademiklar O.S. Sodiqov va S.YU. YUnusovlar katta
muvaffaqiyatlarga erishdilar. 0 ‘zbekiston Respublikasining do
rivor o ‘simliklarini o ‘rganish, zaxirasini aniqlash, o‘stirish, in
troduksiya qilish, xomashyosini tayyorlash, biokimyoviy tarkibini
o ‘rganishda Q.Z. Zokirov, X.A. Abduazimov, P.X. Yo‘ldoshev,
N.K. Abubakirov, A.YA. Butkov, I.K. Komilov, K.X. Xojimatov,
1.1. Malsev, I.I. Granitov, A.G Kunnukov, I.V. Bclolipov, R.L.
Xazanovich, M.B. Sultonov, F.S. Sadriddinov, P.K. Zokirov, S.S.
Sahobiddinov, X.X.Xolmatov, Yu.M. Murdaxayev, B. Yo.To‘xtayev
va boshqalarning xizmatlari salmoqlidir.
Ular tomonidan o ‘tkazilgan kcng qirrali tadqiqotlar dorivor
o ‘simliklami oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalanish
imkoniyatlarini aniqlash, istiqbolli lurlarni va ularning qiinmatli
xo'jalik belgilariga ega servitamin shakllarini madaniylashtirish,
ko‘paytirish va sanoat plantatsiyalarida o ‘stirish, xomashyosini
tayyorlash usullarini ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratdi. Dorivor
o ‘simliklarni har tomonlama tadqiq etish Toshkent farmatsevtika
instituti, 0 ‘zR FA bioorganik kimyo instituti, o ‘simlik moddalari
kimyosi instituti, o ‘simlik va hayvonlar gcnofondi institutlarida
o ‘tkazilmoqda.
Farmatsevtika sanoati va aholini dorivor o ‘simlik xomashyo-
siga b o ‘lgan talabini qondirish va o ‘simlik xomashyosi asosida
zamonaviy dori-darmonlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsa-
dida 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013-yil
5-avgustdagi 222-sonli majlisi bayonining 3-bandida ko‘rsatilgan-
“Dorivor o‘simlikshunoslik va yangi dori vositalarini ishlab chiqa-
rish korxonalarini tashkillashtirish uehun dorivor o ‘simliklami
sanoat miqyosida plantatsiyalarini yaratish” va 2015-yil 20-yan-
vardagi № 5-sonli “2015-2017 yillarda o ‘rmon x o ‘jaliklari tizimini
rivojlantirish, dorivor va ozuqabop o ‘simliklar xomashyosini yetish-
tirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish ehora-
tadbirlari to‘g ‘risida”gi majlis bayonnomasining 1.12 bandi ijrosini
ta’minlash b o ‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan [2, 3].
Xalq s o g iig ‘ini saqlash, kasalliklami oldini olish, yosh avlod-
ni sog‘lom qilib tarbiyalab shakllantirishda shifobaxsh o'sim liklar
va ulardan tayyorlanadigan dorivor preparatlam ing roli beqiyos-
dir. Keyingi yillarda ko‘pehilik mamlakatlarda, shu jumladan,
0 ‘zbekiston Respublikasida ham farmatsevtika sanoatini jadallik
bilan rivojlanishi kuzatilmoqda, shu sababli ham farmatsevtika kor-
xonalaming dorivor o ‘simliklar xomashyosiga b o ‘lgan talabni kes-
kin ortishiga sabab bo'lmoqda.
Shuni ta ’kidlash lozimki, tabiiy holda o ‘suvchi dorivor o ‘simlik-
lar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli kelgusida farmatsevtika
•umimli korxonalaming dorivor o ‘simliklar xomashyosiga b o ig a n
lulu и it o' si b borayotgan talabini, asosan, dorivor o ‘simliklar ye-
Ilihtи isli orqaligina qondirish mumkin. Dorivor o ‘simliklar yc-
ir.lilmsh sohasi o ‘rmon xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlaridan biri
I
i i i
' I
i
! ) ,
farmatsevtika sanoati va aholini sifatli, ckologik toza dorivor
n'Mmliklarni xomashyosi bilan ta’minlashda ushbu sohanining roli
kiitludir.
I lozirgi vaqtda mamlakatimizda dorivor o ‘simliklar o ‘stirish bi-
Ian shug‘ullanuvchi 8 ta ixtisoslashgan x o ‘jaliklar tashkil qilingan.
Bundan tashqari ko‘plab o'rm on xo‘jaligi tizimida, fermer vaboshqa
mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarda ham dorivor o ‘simliklami
etishtirish va ulami xomashyosini birlamchi qayta ishlash y o ‘lga
qo'yilgan. Bu sohada “Shifobaxsh” ishlab chiqarish birlashmasi
katta ishlarni amalga oshirmoqda. Biroq mamlakatimizda dorivor
o'sim liklar xomashyosiga bo'lgan talabning keskin ortib borishi-
ga qaramasdan ko‘pgina qimmatbaho xomashyo beruvchi dorivor
o ‘simliklami o ‘stirish texnologiyalari shu vaqtgacha mukammal
ishlab chiqilgan emas. Shu o'rinda alohida ta’kidlash lozimki, hech
bir soha boshqa fanlaming yutuqlariga tayanmasdan turib, o ‘zlari
mustaqil ravishda rivojlana olmaydi.
0 ‘z navbatida dorivor o ‘simliklami o ‘stirish ham o'sim likshu-
noslik, botanika, dendrologiya,
farmakognoziya, agrokimyo,
tuproqshunoslik, o ‘simliklar fiziologiyasi, o ‘simliklar biokimyosi,
o'sim liklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika va boshqa fanlarning yu
tuqlariga tayangan holdagina o ‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erisha
oladi.
Dorivor o ‘simliklaming organizmga ta’siri ularning tarkibidagi
birikmalarning miqdoriga bog‘liq. Bu birikmalar o ‘simlikning har
xil qismlarida turli miqdorda to ‘planadi. Dori tayyorlashga o ‘simlik-
ning kerakli qismlari turli muddatlarda yig‘iladi. Masalan, p o ‘stloq,
kurtak erta bahorda, barg o ‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganda,
gullari to i a ochilganda, meva va urug‘lari pishganda, yer osti or-
ganlari (ildizi, ildi/poyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda
olinadi. [27J.
Dorivor o'sim liklarning ta’sir etuvchi moddasi - alkoloidlar,
turli glikozidlar, antroglikozidlar, yurakka ta’sir etuvchi glikozid-
7
lar, saponinlar, fiavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar, efir
moylari, vitaminlar, smolalar va boshqa birikmalar b o iish i mum-
kin. K o‘p o ‘simliklardan mikroorganizm va viruslami y o ‘qotadigan
antibiotiklar va fitonsidlarga boy preparatlar tayyorlanadi. Ilmiy
tabobatda ishlatiladigan dorivor o ‘simliklaming aksariyati asrlar
davomida xalq ishlatib kelgan o ‘simliklardan olingan.
0 ‘zbekistonda dorivor o ‘simliklardan ko‘proq anor, achchiqmi-
ya, bodom, dorivor gulxayri, yong‘oq, ja g ‘-jag‘, zubturum, isiriq,
itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo't, shildirbosh,
shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio‘t, zirk, n a’matak va
boshqalardan ko‘proq foydalanilgan. Achchiqmiyadan - paxikamin,
isiriqdan - garmin, itsigckdan - anabazin, omonqoradan - galanta-
min, shildirboshdan - sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor po ‘stidan
gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi.
Dorivor gulxayri preparatlari balg‘am ko‘chiruvchi va yumshatuv-
chi, ja g ‘-jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni to ‘xtatuvchi, pista
bujg‘uni va choyo‘tdan tayyorlangan dorilar m e’da-ichak kasallikla-
rini davolovchi sifatida ishlatiladi. Dorivor o ‘simliklar ta ’sir etuvchi
moddalari tarkibiga qarab - alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vita-
minli o ‘simliklarga ajratiladi. Farmakologik k o ‘rsatkichlariga qa
rab - tinchlantiruvchi, o g ‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir
tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini q o ‘zg ‘atuvchi, qon
bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor o ‘simliklar guruhlariga
ajratiladi [31].
Respublikamizda yil sayin dorivor o ‘simliklar mahsulotiga
ehtiyoj o‘sib borishi natijasida ularning xomashyosini tayyorlash
miqdori ham ko‘paymoqda. Bu esa o ‘z navbatida qator dorivor
o‘simliklaming zahiralari ko‘p o ‘sadigan joylarida kamayib ke-
tishiga, natijada ularning xomashyosini tayyorlanishini keskin
chegaralanishi yoki butunlay to ‘xtatilishiga olib kclmoqda. Dorivor
o ‘simliklar zahiralaridan oqilona foydalanishning yagona y o ‘li -
ularni madaniylashtirish va sanoat plantatsiyalarida etishtirishni
y o ig a qo‘yishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |