‘zbekiston respublikasi L,1y va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 7,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/144
Sana16.12.2022
Hajmi7,98 Mb.
#888201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Bog'liq
O\'rmon dorivor o\'cnvlirlari. Berdiqulov E.T

farm akologiya
- dorivor moddalarni organizmga ta ’sirini 
o'rganuvchi fan
, farm akognoziya -
dorivor mahsulotlar haqida fan, 
farmatsiya -
dorivor vositalami qidirish, tayyorlash, tadqiq etish va 
saqlash haqidagi fan sohalari shakllandi va rivojlandi. Farmakopeya 
termini grekchada “dorilar yarataman” m a’nosini bildiradi. 
Dcivlat
fannakopeyasi
- nufuzli davlat sog'liqni saqlash tashkilotlari tomoni- 
dan tasdiqlanadigan farmakopeya maqolalari, usullari, qoidalari, 
tahlillari va boshqa rasmiy m e’yoriy hujjatlar to'plam i hisoblanadi.
Birinchi “Rossiya farmakopeyasi” 1886-yilda chop etilgan 
va u doirno yangilanib turadi. Barcha mamlakatlar, shu jumladan 
O 'zbekiston Respublikasi ham o'zining mustaqil farmakopeyalariga 
egadirlar. Farmakopeya ikki qismdan iborat: birinchi qismida do­
rivor vositalarni tavsifi, ulami tayyorlash texnologiyasi va qo'llash 
uslublari keltiriladi. Ikkinchi qismida dorivor vositalami tahlili, za­
harli va kuchli ta’sirga ega dorivor vositalami ro'yxati va qo'llash


dozalari keltiriladi. Dorivor o ‘simliklarga qiziqish ortishining asosiy 
sabablari uzoq vaqt davomida muntazam ravishda turli sintetik dori 
preparatlam i iste’mol qilish organizm strukturasi va funksiyasi 
turli xildagi buzilishlarga olib kclishi hozirgi kunda m a iu m b o id i. 
Dorivor mahsulotlami eng ko‘p tarqalgani - bu o'sim liklar xo­
mashyosi hisoblanadi.
Dorivor xomashyoning ikkinchi manbasi - bu hayvonlar or- 
ganlari, zamburug* va bakteriyalar hisoblanib, ulardan gormonlar, 
fermentlar va antibiotiklar olinadi. Uchinchi manba - tabiiy va sin­
tetik mahsulotlardir. Dorivor mahsulotlarga ishlov berilib, qayta 
ishlangan keyin ular 
dorivor preparat
deyiladi. Ulami tayyorlash 
usuliga k o ‘ra galen va yangi galen dorivor preparatlarga ajratiladi. 
Galen preparatlar (qadimgi rim hakimi K. Galen nomi bilan ataladi) 
murakkab kimyoviy tuzilishga ega b o ‘lib, tabiiy o ‘simlik yoki hay- 
vonot xomashyosi asosida tayyorlanadi. Yangi galen preparatlarga 
o ‘simlik mahsulotlarining suv-spirt yordamida tayyorlangan dorivor 
vositalar kiradi. Ular asosida dorivor formalar tayyorlanadi (tablet- 
kalar, tomchi dorilar va hokazolar).
Sintetik dorilaming zarari ularning asorat qoldirishidadir. Bunga 
tibbiyot amaliyotidan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, 
sintetik uxlatuvchi dorilami k o ‘p q o ila sh natijasida bolalarning 
mayib b o iib tug‘ilishi yoki qator boshqa kuchli ta ’sir etuvchi sinte­
tik dori preparatlar rak kasalligini keltirib ehiqarishi, jigar va buyrak 
faoliyatini izdan ehiqarishi m a’lum b o id i.
Dorivor o ‘simliklami kasalliklami davolash maqsadida q o ilash
uchun odatda ulardan k o ‘pincha damlama, qaynatma, nastoyka, 
ekstrakt yoki boshqa preparatlar tayyorlanadi. Ularning aksariyati- 
dan suv, turli darajadagi spirt va boshqa erituvchilar yordamida shi­
fobaxsh mahsulotlari ajratib olinadi. Natijada biologik aktiv mod­
dalar y ig indisidan iborat dori vujudga keladi.
Tayyorlangan dorilar tarkibida o'simliklarning asosiy ta’sir etuv­
chi biologik faol birikmalari bilan bir qatorda odatda shu erituvchi- 
da erib, ajralib chiqqan boshqa moddalar ham b o iad i. Bular asosiy 
ta ’sir etuvchi biologik faol moddalar bilan birga uchraydigan birik-


malar bo‘lib, ular ham kishi organizmiga o'ziga xos ta’sirini ko‘r- 
satishi, asosiy biologik faol moddalaming ta’sirini kuchaytirishi, pa- 
saytirishi yoki ularning erishini yaxshilab, organizmga shimilishini 
tozlatishi mumkin. Shu sababli o ‘simliklardan tayyorlangan damla- 
ma, qaynatma, nastoyka, ekstrakt va y ig ‘indi dori preparatlar bilan 
ulardan ajratib olingan sof holdagi m oddalaming tirik organizmga 
ko'rsatadigan ta’siri orasida katta farq bor. Binobarin, ajratib olin- 
gan sof holdagi birikmalar shu o ‘simlikdan tayyorlangan dorilardek 
ta’sir ko‘rsata olmaydi. Shu sabablarga k o ‘ra dorivor o ‘simliklardan 
tayyorlangan dorilar yoki ularning yig ‘indi preparatlarining tibbi- 
yotdagi ahamiyati borgan sari ortib bormoqda.
Hozirgi paytda zamonaviy tibbiyot amaliyotida qoilanilagan 
aksariyat dorivor o'sim liklar zaharli emas yoki kam zaharli b o ‘lishi 
bilan sintez qilib olingan moddalardan farq qiladi. Sababi, o'sim lik 
ham hayvonlar singari hujayra va to ‘qimalardan tarkib topgan 
bo'lib, tirik organizm xususiyatlariga ega. Buning ustiga inson- 
larda qadimdan o'sim liklarning shifobaxsh xususiyatlariga irsiy 
moyillik mavjud, y a ’ni inson organizmi m uayyan dorivor va mevali 
o'sim liklarga o'rganib kolgan.
Bundan tashqari, dorivor o'sim liklar bizni o'rab turgan tabiatda 
mavjud va uni yig'ib olish qiyinchilik tug'dirmaydi. Ulardan uy 
sharoitlarida damlamalar, nastoykalar kabi oson dorivor vositalar 
tayyorlash oson. Shu sababli ham dorivor o'sim liklardan olinayot- 
gan dori preparatlaming soni yil sayin ko'paym oqda, yangi asorat 
qoldirmaydigan bezarar dorilar ishlab chiqarilmoqda. Bular esa o ‘z 
navbatida dorivorlar o'sim liklarning har yilgi tayyorlash miqdorini, 
kerakli dorivor o'sim liklar o'sadigan yangi yerlami izlab topishni 
yoki ularni madaniylashtirishni hamda plantatsiyalarda etishtirishni 
yo'lga qo'yishni, ulami fermer va davlat xo'jaliklarida ekishni ham­
da yangi o'simliklarning, ayniqsa, xalq tabobatida qo'llanilayotgan 
dorivor o'sim liklarni biokimyoviy tekshirishni va tibbiyot amaliyo- 
tiga kengroq joriy etishni talab etadi.
Hozirgi kunda yer sharida y o w o y i holda o'sadigan 1 
gulli o'sim liklarning 600-650 turi m a d a n iy la sh tirilg ^ H l;;^ ^ S ^ ^ ? ^


3 mingdan oshiq madaniy va y o w oy i o ‘simliklami oziq-ovqat 
maqsadlarida foydalanadilar. Tibbiyot maqsadlarida 12 mingga 
yaqin o'sim liklardan foydalaniladi [26].
Fitopreparatlar borgan sari tibbiyot amaliyotiga turli xil kasal­
liklarni davolash uchun tobora kengroq tadbiq qilinmoqda. Bunday 
preparatlarga alorom, antrasennin, arfazetin, datiskan, rotokan, kar- 
silon, safinar, tanatsexol, trizoflan, flaronin, xalepin, staxiglcn, bi- 
osegman, senadcksin, nigcdaza, ledin, patulatcn kabilarni misol qi- 
lish mumkin.
Tabiiy holda o ‘sadigan hamda ferm erva davlatxo'jaliklarida cki- 
ladigan o'sim liklardan tayyorlangan dorivor xomashyo mahsulotlar 
miqdori yil sayin ortib bormoqda. Demak, dorivor o'sim liklam ing 
tibbiyotda tutgan o'rni hamda ularning ahamiyati kun sayin ortib 
borishi kuzatilmoqda, farmatsevtika sanoati korxonalari, dorixonalar 
va laboratoriyalarini dorivor o'sim lik xomashyo mahsulotlari bilan 
ta’minlash, tabiiy holda o'sadigan va madaniylashtirilgan dorivor 
o'sim lik mahsulotlari assortimentini va miqdorini ko'paytirish, yov- 
voyi holda o'sadigan dorivor o'sim liklam ing resurslarini ular o 'sa ­
digan tabiiy sharoitlarda saqlab qolish, muhofaza qilish va ko'payti­
rish, dorivor o'sim liklam i fermer va davlat xo'jaliklarida ko'plab 
ekish bugungi kunning dolzarb masalaridan hisoblanadi.
Xalq sog'lig'ini saqlash, kasalliklaming oldini olish, avlod- 
lami sog'lom qilib tarbiyalab yetishtirish masalalariga ahamiyat 
berar ekanmiz, o 'z vaqtida va tez yuqori malakali tibbiy yordam 
ko'rsatishda, kasallikni davolash va oldini olishning asosiy omillari- 
dan biri b o ‘lmish yaxshi asoratsiz ta ’sir etuvchi dorivor o'sim liklar 
va ulardan tayyorlanadigan dorivor preparatlar hamda boshqa tabiiy 
shifobaxsh vositalami aholiga ko'plab yetkazib berish uchun bor 
imkoniyatlami ishga solish zamr.



Download 7,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish