44. Жиноят-процессуал қонунчилигида судья озодликдан маҳрум этилган шахсга нисбатан ҳукм ижросини кичиктириш тартиби белгиланган. Ҳукмнинг ижросини кечиктириш тартибини таҳлил қилган ҳолда баён қилинг. 533-modda. Hukmning ijrosini kechiktirish
Sudya ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan hukm ijrosini quyidagi asoslardan birortasi mavjud bo‘lganda kechiktirishi mumkin:
1) mahkum jazoni o‘tashiga monelik qiladigan darajada og‘ir kasal bo‘lib qolganida — u sog‘ayguncha;
2) hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador bo‘lib qolsa — bir yildan oshiq bo‘lmagan muddatga;
3) mahkumaning yosh bolasi bo‘lsa — u uch yoshga to‘lgunga qadar;
4) jazoni darhol o‘tashni boshlash yong‘in yoki boshqa biror tabiiy ofat yuz berganligi, oilaning mehnatga yaroqli yagona a’zosi og‘ir kasal bo‘lib qolganligi, vafot etganligi oqibatida yoki boshqa favqulodda holatlar mahkum yoki uning oilasini juda mushkul ahvolga solib qo‘yishi mumkin bo‘lsa — uch oydan oshmagan muddatga.
Hukmning jarima solish, fuqaroviy da’voni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qoplash qismining ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini e’tiborga olib hal qiladi.
O‘ta xavfli retsidivistlarga va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emas.
Hukmni ijro etish bosqichida mahkum sudga hukmning ijrosini kechiktirish haqida, kasalligi yoki nogironligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilish haqida, jazoning o‘talmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish va muddatidan oldin shartli ozod qilish haqida, jazoni ijro etish joylarida saqlash sharoitlarini o‘zgartirish va JPKda nazarda tutilgan boshqa masalalar bo‘yicha arizalar berish; sud majlisida ishtirok etish va ko‘rsatuvlar berish, dalillar taqdim qilish, iltimoslar qilish va rad etish; ishdagi barcha materiallar bilan tanishish, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berish kabi huquqlarga ega. Mahkumlarning huquqlari va protsessual tartibga ko‘ra hukmni ijro etishda bir qancha masalalar vujudga kelishi mumkin. Ushbu masalalar protsessual tartibda hal etiladi. Hukmni ijro etishda yuzaga keladigan masalalarga:
1) hukmning ijrosini kechiktirish;
2) kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilish;
3) jazoning shartliligini bekor qilish;
4) jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish;
5) mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish;
6) ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni o‘tash vaqtida o‘zgartirish;
7) mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish;
8) jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish;
9) hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy da’vo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish;
10) ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud bo‘lgan taqdirda hukmni ijro etish. Shuningdek, hukmni ijro etish bilan bog‘liq bo‘lmagan sinov muddati to‘g‘risidagi, sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi, axloq tuzatish ishlari o‘talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo‘shish to‘g‘risidagi, xizmat bo‘yicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish to‘g‘risidagi masalalar tegishli iltimosnoma asosida hal etiladi.
Sudya ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan hukm ijrosini quyidagi asoslardan birortasi mavjud bo‘lganda kechiktirishi mumkin:
1) mahkum jazoni o‘tashiga monelik qiladigan darajada og‘ir kasal bo‘lib qolganida – u sog‘aygunicha;
2) hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador bo‘lib qolsa – bir yildan oshiq bo‘lmagan muddatga;
3) mahkumaning yosh bolasi bo‘lsa – u uch yoshga to‘lguniga qadar;
4) jazoni darhol o‘tashni boshlash yong‘in yoki boshqa biror tabiiy ofat yuz berganligi, oilaning mehnatga yaroqli yagona a’zosi og‘ir kasal bo‘lib qolganligi, vafot etganligi oqibatida yoki boshqa favqulodda holatlar mahkum yoki uning oilasini juda mushkul ahvolga solib qo‘yishi mumkin bo‘lsa – uch oydan oshmagan muddatga. Hukmning jarima solish, fuqaroviy da’voni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qoplash qismining ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini e’tiborga olib hal qiladi. O‘ta xavfli retsidivistlarga va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emas (JPK 533-m.).
Mahkum jazoni o‘tayotgan vaqtida jazoni o‘tashga monelik qiladigan surunkali ruhiy kasallikka yoki boshqa og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan taqdirda sudya jazoning ijro qilinishiga mutasaddi organning taqdimnomasiga binoan, maxsus tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan mahkumni o‘talmay qolgan jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida ajrim chiqarishga haqlidir. Surunkali ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan mahkumni o‘talmay qolgan jazodan ozod qilishda sudya unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llashga yoki uni sog‘liqni saqlash organlari yoxud qarindoshlari vasiyligiga berishga haqlidir. Bunday shaxslar sog‘aygan taqdirda, basharti bu hol jazoning ijro etish muddati tugashiga qadar sodir bo‘lsa, sud tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan shaxslardan tashqari, og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan shaxslarni o‘talmay qolgan jazodan ozod qilish masalasini hal qilishda sudya sodir etilgan jinoyatning og‘irligini, mahkumning shaxsini va boshqa holatlarni hisobga oladi. Mahkumni o‘talmay qolgan jazodan kasalligi tufayli ozod qilganda sudya uni faqat asosiy jazodan emas, balki qo‘shimcha jazo chorasidan ham ozod qilishga haqli, bu ajrimda ko‘rsatilishi lozim (JPK 534-m.).