Ўзбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодексининг 322-моддасида жиноят ишини қўзғатиш сабаблари ва асослари белгиланган


Жиноят-процессуал қонунчилигида янги очилган ҳолатлар муносабати билан иш юритиш мумкинлиги белгиланган



Download 129,37 Kb.
bet33/37
Sana20.02.2022
Hajmi129,37 Kb.
#461150
TuriКодекс
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Жиноят процессуал ҳуқуқи мантиқий якуний

43. Жиноят-процессуал қонунчилигида янги очилган ҳолатлар муносабати билан иш юритиш мумкинлиги белгиланган.
Янги очилган ҳолатлар муносабати билан иш юритишни қайтадан бошлаш учун асосларини таҳлил қилган ҳолда баён қилинг.
Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash, mamlakatimizning amaldagi JPK bo‘yicha, jinoyat protsessining mustaqil bosqichi emas, balki nazorat tartibidagi ish yuritish bosqichiga kiradi. Ammo bu jinoyat-protsessual faoliyatning ushbu bosqichi ahamiyatini pasaytirmaydi. Ish yuritishni qaytadan boshlash orqali muayyan ishni birinchi va keyingi instansiya sudlarida muhokama qilish davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar va suiiste’molliklar aniqlanadi va bartaraf etiladi. Ayblov hukmining qonuniyligi va asosliligini uni bekor qilish yoki yengilroq jazo qo‘llash maqsadida tekshirish zarurati yuzaga kelganda yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash muddatlari cheklanmaydi. Ushbu tartibda barcha sud instansiyalarining hukmlari va boshqa hal qiluv qarorlari qayta ko‘rilishi mumkin. Shu bilan birga, ish yuritishni qaytadan boshlash uni jinoyatprotsessual faoliyatning boshqa bosqichlaridan, jumladan, nazorat tartibida ish yuritish bosqichidan ajratib turuvchi bir qator muhim xususiyatlarga ega. Uning asosiy xususiyati ish yuritishni boshlash asoslarining o‘ziga xosligidadir. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo‘zg‘atish huquqiga prokuror ega. Fuqarolarning murojaatlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining, jamoat birlashmalarining xabarlari, ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlari, shuningdek, boshqa jinoyat ishlari bo‘yicha bevosita tergov yuritish yoki sudda ko‘rib chiqish jarayonida olingan ma’lumotlar yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi. JPK 522-moddasining 1–3-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan biri bo‘yicha yetarli ma’lumotlar bo‘lsa, prokuror jinoyat ishini 592 qo‘zg‘atadi, keyin ish umumiy tartibda tergov qilinadi va ko‘rib chiqiladi. Prokuror yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo‘zg‘atishga asos yo‘q deb hisoblasa, o‘z qarori bilan ish qo‘zg‘atishni rad etadi. Bu haqda ish qo‘zg‘atishni so‘rab iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxsga xabar berilib, unga qaror yuzasidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi. Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlashga quyidagilar asos bo‘ladi:
1) jabrlanuvchi yoki guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuv yoxud ekspertning bila turib yolg‘on xulosa bergani, shuningdek, ashyoviy dalillar, tergov hamda sud harakatlari bayonnomalari va boshqa hujjatlar soxta ekanligi yoki bila turib yolg‘on tarjima qilingani qonunga xilof va asossiz hukm yoki ajrim (qaror) chiqarilishiga sabab bo‘lganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
2) ish bo‘yicha tergov o‘tkazgan surishtiruvchi yoki tergovchi yoxud tergovning borishi ustidan nazorat qilgan prokuror tomonidan qonunga xilof va asossiz hukm yoki ajrim (qaror) chiqarishga olib kelgan jinoiy suiiste’mollarga yo‘l qo‘yilgani sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
3) mazkur ishni ko‘rish chog‘ida sudyalarning jinoiy suiiste’mollarga yo‘l qo‘ygani sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
4) hukm yoxud ajrim (qaror) chiqarish chog‘ida sudga ma’lum bo‘lmagan, o‘z holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birga mahkumning aybsizligidan yoxud u hukm etilganiga nisbatan og‘irlik darajasi bo‘yicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoxud oqlangan yoki ishi tugatilgan shaxsning aybdorligidan dalolat beradigan boshqa holatlar (JPK 522-m.).
Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ayblov hukmini mahkumning manfaatini ko‘zlab qayta ko‘rib chiqish hech qanday muddatlar bilan cheklanmaydi. Mahkumning o‘limi uni reabilitatsiya 593 qilish maqsadida ish yuritishni yangi ochilgan holatlar munosabati bilan qaytadan boshlashga to‘sqinlik qilmaydi. Oqlov hukmini yoki ishni tugatish haqidagi sudning ajrimini (qarorini) qayta ko‘rish, shuningdek, sudning ayblov hukmini va ajrimini (qarorini) jazoning yengilligi yoki og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llash zarurligi sababli qayta ko‘rish faqat Jinoyat kodeksining 64- moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati davomida va yangi holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirmasdan amalga oshirilishi mumkin. Yangi holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi:
1) JPK 522-moddasining 1–3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda – soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlikda yoki ish bo‘yicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda ko‘rishda jinoiy suiiste’mol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun;
2) JPK 522-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda – yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash to‘g‘risida prokuror qaror chiqargan kun (JPK 523-m.).
522-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi yangi ochilgan holatlar tufayli bekor qilinishi hamda ish yuritish qaytadan boshlanishi mumkin.
Yangi ochilgan holatlar sudning hukmi yoki ajrimi qonuniy kuchga kirgan paytda mavjud bo‘lgan, biroq sudga ma’lum bo‘lmagan holatlardir.
Yangi ochilgan holatlar quyidagilardan iborat:
1) jabrlanuvchining yoki guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuv yoxud ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi, xuddi shuningdek ashyoviy dalillar, tergov va sud harakatlari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning soxta ekanligi yoki bila turib noto‘g‘ri tarjima qilinganligi qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga sabab bo‘lganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
2) surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga olib kelgan jinoiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
3) muayyan jinoyat ishini ko‘rish chog‘ida sudya tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
4) o‘z holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birgalikda mahkumning aybsizligidan yoxud u hukm etilganiga nisbatan og‘irligi darajasi bo‘yicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoxud oqlangan shaxsning yoki o‘ziga nisbatan ish tugatilgan shaxsning aybdorligidan dalolat beradigan boshqa holatlar.



Download 129,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish