45. Жиноят қилгунга қадар ўн саккиз ёшга тўлмаган шахсларнинг жиноятлари ҳақидаги ишлар алоҳида тоифадаги иши сифатида кўриб чиқилади.
Вояга етмаганлар томонидан содир қилинган жиноят ишларини кўриб чиқишнинг ўзига хос хусусиятлари ва уларга нисбатан қўлланиладиган эҳтиёт чораларини баён қилинг.
Sud voyaga yetmaganlar jinoyatlari haqidagi ishni o‘z yurituviga qabul qilayotganida, JPK 396-moddasida belgilangan umumiy masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilish bilan bir qatorda ish yuzasidan ayblanuvchining shaxsiga, yashash va tarbiyalanish sharoitlariga oid ma’lumotlar, jinoyat motivlari, uning sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlar aniqlanganligiga, shuningdek, o‘smirni jinoyat sodir etishga jalb etgan katta yoshdagi ishtirokchilar va shaxslar topilganligiga alohida e’tibor qaratadi. Dastlabki tergovning to‘liq emasligi, agar buni sud majlisida bartaraf etib bo‘lmasa, ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish uchun asos bo‘ladi. Sudya, sud majlisini tayinlar ekan, tergov organlarining voyaga yetmagan ayblanuvchiga himoyalanish huquqini kafolatlovchi jinoyat-protsessual normalarga rioya etgan-yetmaganligini tekshiradi va uning qamoqqa olinishi uchun asoslar bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini sinchiklab o‘rganadi. Sud majlisini tayinlashda voyaga yetmagan sudlanuvchining otaonasi yoki boshqa qonuniy vakillarini, shuningdek, o‘quv-tarbiya muassasasining yoki o‘smirning o‘qish yoki ishlash joyidagi jamoat tashkilotining vakillarini sud majlisiga chaqirtirish haqidagi masala albatta muhokama qilinadi. Voyaga yetmagan shaxs haqidagi ishni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida uning qonuniy vakillari, shuningdek, u o‘qigan yoki ishlagan korxona, muassasa va tashkilot, profilaktika xizmati xabardor qilinadilar. Zarur hollarda sud ushbu tashkilotlar vakillarining sud majlisiga kelishini ta’minlash choralarini ko‘radilar. Voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakilini sud majlisiga chaqirtirish haqidagi masalani hal qilishda JPK 60-moddasining ikkinchi qismida belgilangan qonuniy vakil bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar (ayblanuvchining ota-onasi, farzandlikka oluvchilari, vasiylari, homiylari, ayblanuvchiga homiylik qiluvchi muassasa va tashkilotlarning vakillari) ro‘yxati tugallangan ro‘yxat ekanligini inobatga olish lozim. Agar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi bo‘lmasa va yolg‘iz yoki tegishli tartibda vasiy yoki homiy etib tayinlangan shaxsning uyida 634 yashasa, voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili sifatida sudya vasiylik va homiylik organining vakili chaqirtiriladi. Sud majlisiga qonuniy vakil sifatida ota-onalardan biri chaqirtiriladi. Agar sud majlisiga ota-onaning ikkovi kelgan bo‘lsa, sud ularning fikrini inobatga olib hamda sudlanuvchining qonuniy manfaatlari himoyalanishini ta’minlash vazifalaridan kelib chiqib, ulardan qaysi biriga qonuniy vakillik huquqini berishni hal qiladi. Bu haqda tegishli ajrim chiqariladi. Muayyan holatlarda sud ikkala ota-onani voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili deb topishi mumkin. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiya vakillarining sud majlisida ishtirok etishi haqidagi masalani sud ayblanuvchi tariqasida voyaga yetmagan shaxs jalb etilgan har bir ish bo‘yicha hal qiladi. Bu vakillar sud majlisida ishtirok etishga voyaga yetmagan shaxs haqidagi ish ko‘riladigan sud majlisining tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirish hamda jinoyat sabablari uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash maqsadida jalb etiladilar. Ular ish ko‘rib chiqilayotgan butun vaqt davomida sud zalida hozir bo‘lishga haqlidirlar. Zarur bo‘lganda sud ularni sudlanuvchining yashash va tarbiyalanish sharoiti, jinoyat sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar va boshqa masalalar yuzasidan guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlariga oid ishlar bo‘yicha sudning asoslantirilgan ajrimi bo‘yicha yopiq sud majlisi o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi (JPK 19-m.). Bunday tartibdan sodir etilgan jinoyatning barcha holatlarini har tomonlama va to‘liq tekshirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratish hamda bir qator hollarda voyaga yetmagan shaxsni manfaatdor shaxslarning ehtimol tutilgan ko‘ngilsiz ta’sirlaridan saqlash maqsadi ko‘zlanadi. Sud majlisining tayyorlov qismida voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakiliga butun sud majlisi davomida sud zalida hozir bo‘lish, sud tergovida dalillarni tekshirishda ishtirok etish, dalillar taqdim etish, iltimoslar qilish va rad etish huquqlari tushuntirib beriladi (JPK 61-m.). Zarur hollarda u sudlanuvchining shaxsi, sog‘lig‘i va umumiy rivojlanishi, shuningdek, voyaga yetmagan shaxsning yashash va 635 tarbiyalanish sharoitlariga taalluqli masalalar bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinishlari mumkin. Qonuniy vakilning sud majlisida ishtirok etishi voyaga yetmagan ayblanuvchining manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan alohida hollarda sud o‘zining asoslantirilgan ajrimi bilan qonuniy vakilni sud majlisida ishtirok etishdan batamom chetlashtirishi yoxud u yoki bu sud majlisida ishtirok etishini cheklashi mumkin (JPK 549-m.). Jinoyat-protsessual qonun sudga voyaga yetmagan sudlanuvchini ham sud zalidan chiqarib yuborish huquqini beradi. Buni sud, taraflarning fikrlarini inobatga olib, unga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish paytida, himoyachining yoki qonuniy vakilning iltimosi bo‘yicha yoxud o‘z tashabbusi bilan amalga oshiradi. Masalan, oiladagi ahvolni, otaonalar o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning axloqiy qiyofasini, turmushda noto‘g‘ri xulqini va shu kabilarni aniqlash chog‘ida. Voyaga yetmagan shaxs sud zaliga qaytarilganidan so‘ng raislik qiluvchi unga yo‘qligida bo‘lib o‘tgan muhokama mazmunini yetarli hajmda va shaklda ma’lum qiladi va uning yo‘qligida so‘roq qilingan shaxslarga savol berishi uchun voyaga yetmaganga imkoniyat yaratib beradi (JPK 561-m.). Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud, JPKning 457-moddasida ko‘rsatilgan masalalardan tashqari, basharti voyaga yetmagan shaxs shartli hukm qilinsa, unga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlansa, voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisi tayinlash zarurligini muhokama qilishga majbur (JPK 563-m.). Jamoat tarbiyachisi odatda tegishli iltimosnoma yo‘qligi sababli, mahkum qayta tarbiyalash va axloqan tuzatish uchun tashkilotga yoki mehnat jamoasiga berilishi mumkin bo‘lmagan hollarda tayinlanadi. Jamoat tarbiyachilarining nomzodlari ish joyidagi mehnat jamoalarining umumiy majlisida yoki jamoat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladi. Voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisini tayinlash zarurligiga doir qarorni jinoyat ishini kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rib chiqayotgan sud ham qabul qilishi mumkin. 555-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari
Ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda voyaga yetmagan ayblanuvchiga ushbu Kodeksning 237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan birini qo‘llash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki, basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin.
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari qo‘llanilgani to‘g‘risida uning qonuniy vakiliga, agar bunday vakil bo‘lmasa, boshqa qarindoshlariga xabar qilinadi.
558-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uy qamog‘iga joylashtirish
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish yoki uy qamog‘i voyaga yetmagan shaxsga nisbatan faqat ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lganda va unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb e’lon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishini boshqa ehtiyot choralari ta’minlay olmaydigan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi masalani ko‘rib chiqishda prokuror ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, iltimosnomaning asosliligini tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha so‘roq qilishi shart.
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llanilgan voyaga yetmagan shaxslar katta yoshdagilardan, shuningdek voyaga yetmagan mahkumlardan alohida saqlanishi lozim.
46. Тиббий йўсиндаги мажбурлов чоралари ўз табиатига кўра дав¬лат мажбурлов чораси бўлиб, жиноят, жиноят-процессуал қонунла¬рида кўзда тутилган тартибда фақатгина суд томонидан тайинлана¬ди. Аммо ушбу чорани қўллаш асоси дастлабки терговда белгила¬нади. Тиббий йўсиндаги мажбурлов чорасини қўллаш буйича ишлар¬да дастлабки тергов ўтказилиши шарт.
Do'stlaringiz bilan baham: |