o‘quv va yo‘l-yo‘riqdan o‘tmagan, bilimlari tekshirilmagan xodimlarni
ishga qo‘yish taqiqlanadi.
Mehnat sharoiti zararli bo‘lgan, shuningdek alohida yuqori yoki past
haroratli sharoitlarda bajariladigan yoki ifloslantiruvchi ishlarda ishlovchi
xodimlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha:
– sut yoki shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari;
– davolash-profilaktika oziq-ovqati;
– gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
– maxsus kiyim-bosh, poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena
vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
Bunday ishlarning ro‘yxati, beriladigan narsalarning me’yorlari,
ta’minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida,
agar ular tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan
xodimlarning vakillik
organi bilan kelishib belgilanadi.
Ish beruvchi sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab
chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj
xodimlarni ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq, vaqtincha yoki
doimiy ishlarga o‘tkazishi shart. Xodimlar kampoq haq to‘lanadigan ishga
o‘tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida ularning avvalgi
o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Ish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘iga
boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi tufayli vaqtincha kampoq haq
to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan xodimga shikastlanganlik uchun javobgar
bo‘lgan ish beruvchi ish haqi o‘rtasidagi farqni to‘laydi. Bunday farq
xodimning mehnat qobiliyati tiklangunga yoki nogironligi belgilangunga
qadap to‘lanadi.
Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga xavf-xatar
soladigan holatlar vujudga
kelsa, xodim o‘sha ishni bajarishdan bosh tortishga haqli ekanligi Mehnat
kodeksida mustahkamlab qo‘yilgan. Bunday hollarda ish beruvchi ish
joyida mehnatning xavfsiz shart-sharoitlarini vujudga keltirguniga qadap
xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Demak, hozirgi kunda mehnat
jarayonida xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun ish
beruvchining moddiy javobgarligi ancha kuchaytirilgan, ta’kidlash joizki,
birinchi marta ma’naviy zararni qoplash joriy qilinayotir. Ish beruvchi
tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar jabrlanuvchining mehnatda
mayib bo‘lishiga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz
hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga
muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovdan, sog‘lig‘iga shikast yetishi
bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarning kompensatsiyasidan,
shuningdek
128
belgilangan hollarda esa, bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lashdan iboratdir.
Kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi va jabr-
lanuvchining qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi Tibbiy-mehnat
ekspertiza komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti mu-
nosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la beriladigan nafaqaning
miqdori jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa,
ish beruvchi bilan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa
vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda
xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan beriladigan
nafaqaning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan, xodimning vafoti
munosabati bilan bir yo‘la beriladigan
nafaqaning miqdori esa,
marhumning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha alohida toifadagi xodimlar uchun
Mehnat kodeksida qo‘shimcha choralar va kafolatlar nazarda tutilgan.
Masalan, ish beruvchi belgilangan kvota tariqasida mehnat bo‘yicha
organlar tomonidan yuborilgan mehnat nogironlarini ish joylariga ishga
qabul qilishga majburdir.
TMEKning nogironlarga to‘liqsiz ish vaqti rejimini o‘rnatish, ularning
vazifalarini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi
tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun shartdir.
Bundan tashqari, 1 va 2-guruh nogironlari uchun haftasiga 36 soatdan
oshiq bo‘lmagan qisqartirilgan ish vaqti belgilanib, bunda ish haqi
kamaytirilmay, 30 kalendar kundan kam bo‘lmagan uzaytirilgan ta’til
beriladi. Nogironlarni tungi, shuningdek ish vaqtidan tashqari, dam olish
kunlaridagi ishlarga ularning roziligi bilan jalb qilishga ruxsat beriladi.
Bunday ishlar tibbiy tavsiyalarga zid kelmasligi kerak.
Baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga
olib borish hamda ularni
keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish yuzasidan belgilangan
tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilib borishni yuqori turgan
vazirliklar, organlar, korxonalarning kasaba uyushma qo‘mitalari amalga
oshiradilar.
Qonuniy talablarga ko‘ra, barcha korxonalarda xavfsizlik va sa-
nitariya-gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan
bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining
majburiyatiga kiradi. Mehnatni muhofaza qilish talablari Mehnat kodeksi,
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘pisidagi qonunlar va boshqa normativ
hujjatlar, shuningdek davlat texnik standartlariga ko‘ra belgilanadi. Ish
beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilganligi uchun
129
javobgar bo‘ladi.
Hamma joylarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa
me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni
bunga maxsus vakolat
berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlangan nizom asosida ishlovchi davlat organlari amalga oshiradilar.
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’min-
lanmaganligi uchun ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalar va
kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish maqsadlariga oshirilgan
tariflar bo‘yicha mablag‘lar ajratadi. Bunday tariflar mehnat sharoiti,
bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va og‘irligiga bog‘liq holda, vaqti-
vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy huj-
jatlarning buzilishida aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati
organlari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy,
ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: