2. Mehnat nizolarining korxonalarda ko‘rib chiqilishi
Mehnat nizolari komissiyasi korxona, muassasa va tashkilotlarda yuz
bergan mehnat nizolarini ko‘rib chiqishi shart bo‘lgan boshlang‘ich
bosqichdir. Mehnat nizolari komissiyasi yakka mehnat nizolarini ko‘radi.
Mehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiyalar quyidagi masalalarga taalluqli
nizolarni ko‘rib chiqadi:
1) belgilangan ish normalari va ishbay baholarning qo‘llanishi,
shuningdek ish normalarining bajarilishini ta’minlovchi mehnat shart-
sharoitlari;
2) boshqa ishga ko‘chirish va ko‘chirilgan taqdirda, unga mehnat haqi
to‘lash;
3) mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusisiz bekor qilish;
4) ish normasi bajarilmagan, bekor turib qolingan va sifatsiz mahsulot
ishlab chiqarilgan hollarda mehnatga haq to‘lash;
5) ish vaqtidan tashqari soatlar va tungi vaqtda ishlaganlik uchun haq
to‘lash, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun kompensatsiya
berish;
6) ishdan bo‘shatilganda nafaqa to‘lash;
7) maxcyc ish kiyimi, maxsus poyafzal, individual himoya vositalari,
sut yoki shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari berish.
Umuman olganda, mehnat nizolari komissiyasi mehnat to‘g‘risidagi
qonunlar, jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlari va mehnat shart-
nomalari, qoidalar, nizomlar hamda yo‘riqnomalarning qo‘llanishi bilan
bog‘liq mehnat nizolarini ham ko‘radi. Ular quyidagi masalalarga taalluqli
nizolarni ko‘rib chiqishga haqli emaslar:
1) ish normalarini (ish vaqtining me’yorini), lavozim maoshlarini
o‘zgartirish va tarif stavkalarini belgilash, shtatlarni o‘zgartirish;
136
2) davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar hamda pensiyalarni
hisoblab chiqish, tayinlash va to‘lash, nafaqa hamda pensiya to‘lash uchun
talab qilingan mehnat stajini hisoblab chiqish;
3) ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlarni
o‘z ishiga qayta tiklash;
4) uy-joy berish, taqsimlash, shuningdek xodimlarning maishiy eh-
tiyojlarini qondirish.
Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosini ariza berilgan kundan
e’tiboran 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan
xodimning ishtirokida ko‘riladi. Xodimning ishtirokisiz nizoni ko‘rib
chiqishga uning yozma arizasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Xodim,
kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi
mehnat nizosining ko‘rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif
qilish huquqiga ega.
Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirish, mu-
taxassislarni taklif qilish, ish beruvchidan zarur hisob-kitoblar va
hujjatlarni taqdim etishini talab qilish huquqiga ega. Majlisda
komissiyaning qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki
xodimlarning boshqa vakillik organi vakillari o‘rtasidagi kelishuvga
binoan qabul qilinadi. Komissiyaning qarori dalillar bilan isbotlangan,
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat
shartnomasiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Komissiya qarorining nusxasi u qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kun
ichida xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki
xodimlarning boshqa vakillik organiga topshiriladi. Mehnat nizolari
komissiyasining qarori ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan 10 kunlik
muddat o‘tganidan keyin, u 3 kun ichida ish beruvchi tomonidan
bajarilishi kerak.
Ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa,
mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega
bo‘lgan guvohnoma beriladi. Agar xodim ish beruvchi ustidan yuqorida
belgilangan muddat ichida tuman (shahar) va tumanlararo fuqarolik sudiga
ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi.
Mehnat nizolari komissiyasi bergan guvohnoma asosida tuman (sha-
har) sud ijrochisi ko‘pi bilan 3 oy ichida mehnat nizolari komissiyasining
qarorini majburiy ijro ettiradi. Mehnat nizolari komissiyasi 10 kunlik
muddat ichida mehnat nizolarini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa,
manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman (shahar) sudiga
o‘tkazishga haqlidir.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |