Њзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/42
Sana30.03.2022
Hajmi0,74 Mb.
#518796
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
mehnat xuquqi

 
 
 
9-mavzu 
MEHNAT NIZOLARI 
1. Mehnat nizolari va ularning turlari 
Bozor munosabatlari sharoitida turli mulkchilik shaklidagi korxona va 
tashkilotlarda ishlayotgan xodimlarning mehnat huquqlarini samarali 
himoya qilish, ayrim ish beruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin 
bo‘lgan o‘zboshimchaliklar, qonunbuzarliklarni bartaraf etish, shu 
jumladan ba’zi xodimlarning o‘z huquqlarini suiiste’mol qilishlariga yo‘l 
qo‘ymaslik kabi vazifalar mehnat munosabatlarida qonunchilik va adolatni 
ta’minlashning muhim omilidir. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodim va ish beruvchining 
huquqlari teng ekanligini e’tirof etadi, ularga bir xil iqtisodiy hamda 
huquqiy sharoit yaratib beradi, shu orqali ular o‘rtasida kelishtirib 
bo‘lmaydigan ziddiyatlar yuz berishining oldini oladi. 
Ammo xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida turli ixtiloflar yuz berishi 
uchun har doim sabablar yetarli bo‘ladi. Mehnat qonunchiligining 
vazifalaridan biri shunday ixtiloflar yuz berishi mumkin bo‘lgan shart-
sharoitlarni bartaraf eta borish, yuz berganida esa, ularni adolat va 
qonunchilik prinsiplariga qat’iy amal qilgan holda hal etishni 
ta’minlashdan iborat. 
Korxonalarda xodim va ish beruvchi o‘rtasida mehnat nizosining yuz 
berishiga bir qator obyektiv hamda subyektiv omillar sabab bo‘ladi. 
Obyektiv omillarga huquqiy ong va madaniyatning yetarli emasligi, ishlab 
chiqarishni tashkil etishda yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar, mehnat 
munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar manfaatlari o‘rtasida yuzaga 
kelgan ziddiyatlar va boshqalar kiradi. 
Ayrim xodimlar va ish beruvchilarning o‘z huquqlarini suiiste’mol 
qilishlari, korxona mehnat jamoasida nosog‘lom ma’naviy, psixologik 
muhitning yuzaga kelishi kabi holatlar mehnat nizolari kelib chiqishining 
subyektiv omillari bo‘lishi mumkin. 
Mehnat sohasida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka mehnat 
ixtiloflari, qoidaga ko‘pa, har ikkala tarafning muzokaralari, o‘zaro 
kelishuvlari doirasida tinch yo‘l bilan hal etilishi lozim. Ammo bunday 
kelishmovchiliklar tinch yo‘l bilan hal etilmasa, u holda maxsus organlar 
133


tomonidan qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va hal etilishi 
lozim bo‘ladi. Mehnat nizolari ish beruvchi bilan xodim yoki kasaba 
uyushma qo‘mitasi yoxud mehnat jamoasi o‘rtasida hal etilmagan 
kelishmovchiliklardir. Bunday kelishmovchiliklar mehnat shartnomasi 
asosida ishlovchi shaxslar bilan ish beruvchi o‘rtasida mehnat qonunlari va 
boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi hamda mehnat to‘g‘risidagi 
boshqa shartnomalardagi shartlarning qo‘llanishi, shuningdek mehnat 
sharoitlarini o‘zgartirish yuzasidan kelib chiqishi mumkin. 
Mehnat nizolari o‘z mazmuniga ko‘ra, ikkiga bo‘linadi: 
1) yakka tartibdagi mehnat nizolari; 
2) jamoalarga doir mehnat nizolari. 
Yakka tartibdagi mehnat nizolari ish beruvchi va xodim o‘rtasida 
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, mehnat 
shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llash yuzasidan kelib 
chiqqan kelishmovchiliklardir. 
Jamoaga doir nizolar barcha xodimlarga taalluqli bo‘lgan yangi 
mehnat shartnomalarini joriy qilish yoki mavjud mehnat sharoitlarini 
o‘zgartirish, shuningdek ish beruvchining butun jamoaga nisbatan olgan 
o‘z majburiyatlarini bajarishi borasida yuzaga keladigan nizolardir. 
Mehnat nizolari o‘z xususiyatlariga ko‘ra: 
– 
da’vo xususiyatidagi nizolar; 
– da’vo xususiyatiga ega bo‘lmagan nizolarga bo‘linadi. 
Da’vo xususiyatidagi nizolar mehnat to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlarni 
qo‘llash bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Xodim bunday nizo kelib 
chiqqanda da’vo arizasi berish yo‘li bilan o‘z huquqlarining tiklashga 
harakat qiladi. Ular hamma vaqt shaxsiy xarakterga ega bo‘ladi. 
Da’vo xususiyatiga ega bo‘lmagan nizolarga amaldagi mehnat shartla-
rini o‘zgartirish yoxud yangi mehnat shartlarini joriy etish bilan bog‘liq 
holda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar kiradi. Ular shaxsiy, 
shuningdek jamoaga doir ham ega bo‘lishi mumkin. 
Yakka mehnat nizolari mehnat nizolari komissiyalarida yoki Mehnat 
kodeksining 269-moddasida ko‘rsatilganidek, bevosita tuman (shahar) va 
tumanlararo fuqarolik sudlarida ko‘rib chiqiladi. Xodim mehnat nizosini 
hal qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra, mehnat nizolari komissiyasiga yoki 
bevosita sudga murojaat etishga haqlidir. 
Yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan 
tartibga solinadi, bundan tashqari, mehnatga oid nizoli ishlarni tuman 
(shahar) sudlarida ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik-protsessual kodeksi bilan ham belgilanadi. 
134


Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va ka-
saba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi 
o‘rtasidagi kelishuvda mehnat nizolari komissiyalarini tuzish nazarda 
tutilishi mumkin. Mehnat nizolari komissiyalari kamida 15 nafar xodim 
ishlaydigan korxonalarda mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida, ish 
beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik 
organlari tomonidan tenglik asosida tuziladi. 
Komissiyaga kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa 
vakillik organidan ajratilgan a’zolar tegishli organning qarori, ish 
beruvchining vakillari esa uning buyrug‘i bilan tasdiqlanadilar. Komissiya 
o‘z tarkibi orasidan har gal navbatma-navbat rais, rais o‘rinbosari va 
kotibini saylaydi. 
Mehnat nizolari komissiyasining tarkibi va vakolat muddati jamoa 
shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushma 
qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining kelishuviga binoan 
belgilanadi. 
Xodim kelishmovchilikni mustaqil ravishda yoki kasaba uyushma 
qo‘mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi ishtirokida ish 
beruvchi bilan bevosita olib borgan muzokaralarida hal eta olmagan 
bo‘lsa, bu nizo mehnat nizolari komissiyasida ko‘rib chiqiladi. Jamoalarga 
doir mehnat nizolari ish beruvchi va xodimlar jamoalari o‘rtasida 
mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o‘zgartirish, 
jamoa shartnomalari hamda kelishuvlarini tuzish, o‘zgartirish, bajarish 
yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklardir. 
Mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o‘z-
gartirish xususidagi jamoalarga doir nizolarni hal etish tartibi qonun bilan 
belgilab qo‘yiladi. Yuqoridagi masalalar yuzasidan mehnat jamoasining 
talablari umumiy yig‘ilishda ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlanadi. Ammo 
talablarni tasdiqlash huquqiga ega bo‘lish uchun unda jamoa a’zolari yoki 
konferensiya delegatlarining 4/3 qismi, ya’ni 75 % i qatnashgan, zarur 
talablar yozma ravishda bayon qilingan bo‘lishi va tasdiqlanganidan keyin 
3 kundan kechikmay ish beruvchiga topshirilishi lozim. Ish beruvchi ham 
xuddi shu muddat ichida talablarni o‘rganib chiqishi hamda qanday 
qarorga kelganligi haqida mehnat jamoasi tomonidan vakil qilingan 
organga ma’lum qilishi lozim. 
Agar mehnat jamoasining talablarini hal qilish ish beruvchining 
huquqlari doirasidan tashqari chiqsa, u xuddi shu muddat ichida ko‘rib 
chiqish uchun bu talablarni tegishli organga yo‘llashi kerak. Mehnat 
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan ish 
135


beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik 
organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilingan jamoa shartnomalari
kelishuvlari, lokal hujjatlarni qo‘llash xususidagi jamoalarga doir mehnat 
nizolari sud tartibida ko‘rib chiqilishi lozim. Bunday nizolar sudlar 
tomonidan taraflardan birining arizasi asosida ko‘rib chiqiladi. 
Jamoaga doir mehnat nizolarining kelib chiqishida yoki komissiya va 
sud qarorlari ijro qilinishini kechiktirishda aybdor bo‘lgan rahbarlar hamda 
boshqa mansabdor shaxslar egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirishga 
qadar intizomiy jazoga, ularning xatti-harakatlari bilan moddiy zarar 
yetkazilgan hollarda esa yillik lavozim maoshigacha miqdorda moddiy 
javobgarlikka tortiladilar. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish