Ўзбекистон республикаси фанлар академияси


XORAZM MASHHURLARI HAYOTIDAN



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/141
Sana24.02.2022
Hajmi2,9 Mb.
#240033
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141
Bog'liq
ortiqov-4118---9225-1-2-20200929

 
XORAZM MASHHURLARI HAYOTIDAN 
(PAHLAVON MAHMUD PURIYOYVALIY HAQIDA) 
 
Rahmatullaeva D., UrDU Akademik litsey o‟qituvchisi 
 
Xorazm tarixini yuksaklarga ko‘targan real va afsonaviy qahramonlar nihoyatda ko‘p. 
Ana shunday real shaxs sifatida eslatiladigan kurashchi pahlavonlarning eng qadimgisi Pahlavon 
Mahmuddir. Uni afsonaviy pahalavonlar obrazlaridan farqlab turadigan eng yorqin jihati shuki, u 
mana shu yurtda shu yurt xalqi bilan birga yashab, ular bilan umumiy din, mazhab, urf-odatlar va 
odob-axloqqa ega bo‘lgan. 
Pahlavon Mahmudning ota-bobolari Xorazm o‘lkasida yashab o‘tgan, o‘zi ham shu 
o‘lkaning Xiva shahrida tug‘ilgan [Hamid Puriyoyvaliyning hayoti, faoliyati va qarashlari. 9-10]. 
Pahlavon Mahmud Puriyoyvaliy tarixdagi barcha pahlavonlar orasida eng ulug‘i, eng mashhuri 
hamda ularning avliyolaridan biri hisoblanadi. Uning ismi Mahmud bo‘lib, Puriyoyvaliy laqabi 
bilan mashhur bo‘lgan. Ammo turli manbalarda Pahlavon Mahmud laqabi Puriyoy valiy, Piriyoy 
valiy, Purbo valiy, Puryoy valiy, Pukkayor valiy va Buhukyor valiy ko‘rinishlarida ham 
uchraydi. [Hamid Puriyoyvaliyning hayoti, faoliyati va qarashlari. 9-10]. 


234 
Puriyoyvaliyning pahlavonligi Eron va Hindistonga mashhur bo‘lgan. Bu to‘g‘rida afsona 
va rivoyatlar orqali bilib olishimiz mumkin. Pahlavon Mahmud xaqida juda ko‘p rivoyatlar 
mavjud. Ulardan birisi avloddan-avlodga o‘tib, bizgacha yetib kelgan. Rivoyat qilishlaricha: 
―Pahlavon Mahmud Hindiston hokimi tomonidan mamlakatning mashhur polvonlari bilan 
musobaqalashishga taklif qilinadi. Shunda u tasodifan bir mushtipar ayolning o‘g‘li kurash bilan 
tirikchilik qilishini va u oilaning yakka-yolg‘iz boquvchisi ekanligini bilib qoladi. Uning o‘g‘li 
hamma bellashuvda g‘olib chiqar edi. Musobaqalarda mashhur Pahlavon Mahmud ishtirok 
etishini eshitgan ona o‘g‘lining yengilishidan va natijada oila kun kechirish manbaidan mahrum 
bo‘lishidan qo‘rqib ko‘z yoshi to‘kadi. Ayolning o‘g‘lini Nuriddin Chati der edilar. Ertasi kuni 
Mahmud Nuriddin bilan davrada uchrashganda o‘zini yengish imkonini beradi‖ [Hamid 
Puriyoyvaliyning hayoti, faoliyati va qarashlari. 57]. Bu afsona Pahlavon Mahmudning 
shuhratparast emas, aksincha oliyjanob, sahiy va rahmdil inson bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Alisher Navoiy ham o‘z asarida ushbu voqea to‘g‘risida to‘xtalib o‘tgan: ―Hind podshohi 
ulug‘ ma‘raka yasab, Pahlavonni tilab, ul kurashchi bila kurashga solg‘onda Pahlavon o‘zi bila 
muqarrar qilg‘ondek, bir ikki hamla talashqonidin so‘ngra harif ilgida yiqilur. Mundoq 
manquldurki, uchasi (yelkasi) yerga tegib, ko‘zi ko‘kka tushgach, hijoblar murtafi‘ bo‘lub 
(pardalar ko‘tarilib), malakut olami ko‘ziga jilvagar bo‘lub, ul podshoh ham murodu maqsadig‘a 
yetdi‖ [Alisher Navoiy. 300]. 
Aliqulixon Dog‘istoniy ―Riyozush - shuaro‖ asarida Pahlavon Mahmud to‘g‘risida 
shunday yozadi: ―Pahlavon ilmi koni, oliymaqom maydonlarning mardi maydoni, valiylik 
maydonining shunqori va jasorat maydonidagi kurashchi pahlavonlar sardori bo‘lib, keksa falak 
u osmonga aylantirib otgan olam, bu ko‘hna dunyo esa u yuz tuban qilib yerga yiqitgan jahondir. 
U o‘z padari buzrukvorining izidan borib pahlavonlik kiyimida bu jahonni yangiladi, ozodlik 
libosida bu olamni qul etdi, kurashchilik libosida qo‘lidan kelganicha kurashchilar sinfini 
tarbiyaladi va rivojlantirdi‖ [Aliqulixon Dog‘istoniy ] 
Pahlavon Mahmud to‘grisida ―Arafotul – oshiqin‖ asarida esa shunday deyilgan: ―Pahlavon 
Mahmud bellashuv dengizining bir dona gavhari, Xudo qudratini aks ettiruvchi ko‘zgu, shariat 
va tariqat maydoni pahlavoni, ma‘rifat va haqiqat maydonining Rustami, jasorat va mardlik 
maydoni devkelbatidir‖ [Avhadiy Taqiaddin B. 197] 
Pahlavon Mahmud ko‘pgina yurtlarga sayohat qilgan va butun umri davomida 
bellashuvlarda biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. U Eron, Hindiston va boshqa sharq 
mamlakatlarini kezgan, O‘rta Osiyo bo‘ylab yurgan va hamma yerda kuchli polvonlar bilan 
kurash tushgan,kuragi yerga tegmagan. Shu sababli, uni nomi bilan bog‘liq ko‘plagan afsona, 
rivoyatlar xalq orasida tarqalgan. Bular orqali xalq o‘zining polvonga bo‘lgan muhabbati, 
hurmatini ifoda etgan. 
Pahlavon Mahmud bilak kuchi, oliyjanobligi va zuhd kabi xislatlari, pahlavonlik qonun-
qoidalari va maslagiga to‘liq rioya qilganligi va bu borada yuqori darajalariga erishganligi tufayli 
pahlavonlar nazarida Xudoning avliyosi hisoblangan. Pahlavon Mahmudning ana shu xususyati 
uni nomini abadiy qildi. 
1326-yilda u Xiva shahrida hozirgi maqbarasi hududida vafot qilgan. Voxanig mashxur 
qahramoni eldoshlari tomonidan nixoyatda qadrlanadi. Bugungi kunda Pahlavon Mahmud 
xotirasiga bag‘ishlab Xorazmda kurashchilar o‘rtasida ―Pahlavon Mahmud‖ kubogi uchun milliy 
kurash musobaqalari tashkillashtirilgan. Keyingi yillarda respublika darajasiga ko‘tarilgan bu 
sport turi yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda. Shunisi quvonarliki, qadimiy va hamisha 


235 
navqiron Xorazmda bugungi kunda Pahlavon Mahmudning izdoshlari uning ishini davom ettirib 
kelmoqda. Uning ruboiylari maqbara peshtoqi va devorlariga o‘yib yozilgan. Bu ruboiylarda 
Pahlavon Mahmudning xalq taqdiri haqidagi o‘y-fikrlari, erkinlik va baxt-saodat to‘g‘risidagi 
orzu-istaklari o‘z ifodasini topgan. 
Adbiyotlar: 
1.Hamid Puriyoyvaliyning hayoti, faoliyati va qarashlari. – Tehron: ―Sohil‖, 1974. – B. 9-10. 
2. Alisher Navoiy. Tanlangan asarlar to‘plami. – T.: ―Fan‖, 2001, 17-tom, – B. 300. 
3. Aliqulixon Dog‘istoniy Riyozush-shuaro. – 4301 raqamli qo‘lyozma mikrofilmi (Ostoni qudsi 
Razaviy kutubxonasi). – Tehron. 
4. Avhadiy Taqiaddin Arofotul – oshiqin va arasotul – orifin. – Tehron.- B. 197. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish