XORAZM VOHASI YODGORLIKLARIDA UCHRAYDIGAN OT BILAN
BOG„LIQ MA‟LUMOTLAR HAQIDA
Eshboev Sh.F., Jizzax DPI III bosqich talabasi,
Furqatov S., O„zMU Jizzax filiali I bosqich talabasi
Olib borilgan arxeologik qazishmalar hamda qadimgi yunon va xitoy tarixchilarining
asarlari qadimgi Xorazm madaniyati yuksak darajada rivojlanganligini ko rsatadi. Qadimgi
Xorazm davlatining yuksak madaniy taraqqiyotga erishishida bir tomondan, Yaqin Sharq, Xitoy
va Shimoliy Hindiston bilan, ikkinchi tomondan, Sharqiy va Janubiy Yevropa (ko'proq Ural va
Volga daryosi bo'ylari) xalqlari bilan olib borgan madaniy-iqtisodiy aloqalari muhim rol
o'ynagan.
Xorazm vohasi barcha tomondan dasht hududlari bilan o‘ralgan bo‘lib bu hayot tarzi
ularning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va etnik aloqada bo‗lib turishini ta‘minlagan. Sak va
massagetlarda urug‗-qabila tuzumi davrlar mobaynida ichdan emirilib, O‗rta Osiyo dehqonchilik
madaniyati (Xorazm) bilan kuchli aloqada bo‗lganligi sababli o‗troqlikka o‗tib, muhim
irrigatsiya inshoatlari, shaharlar qura boshlaganlar. Ular O‗rta Osiyoning dastlabki quldorlik
davlati asoschilari ham bo‗lishgan.
Qadimgi Xorazm hukmdorlari mamlakatning iqtisodiy-madaniy jihatdan yuksalishi
uchun ko'plab tadbirlarni amalga oshirganlar. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti ko'plab
shaharlar, qal'alar, qasrlar va istehkomlar qurilishida o‘z aksini topgan. Qadimgi Ko‘zaliqir, Qal
aliqir, Jonbosqal‘a, Tuproqqal‘a, Ayozqal‘a, Bozorqal‘a, Qangaqal‘a, Qirqqiz kabi ko'plab
qal‘alarda olib borilgan arxeologik izlanishlar qadimgi Xorazmning nafaqat moddiy madaniyati,
dalki arxitektura va amaliy bezak san‘ati ham yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi.
Bu bezak sana‘ti namunalari ichida ot tasviriari alohida ahamiyatga moiik.
Xorazm vohasidagi ko'plab qadimiy qal‘alar o'z qa‘rida xorazmliklaming badiiy
dunyoqarashi namunalarini saqlab kelgan. Mashhur arxeolog S.P.Tolstov Jonbosqal‘a va
Tuproqqal‘a xarobalarini o'rganib, Jonbosqal‘adan ko'plab terrakota haykalchalari,
Tuproqqal‘adan esa qadimgi xorazm hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalarni topadi
[Jabborov; 55]. Qal‘a ichidan topilgan haykalchalar orasida ot tasviri tushirilgan haykallar ko'p
uchraydi.
Xorazm vohasidagi qal‘alar (masalan, Qo'yqirilganqal‘a) ichidan topilgan turfa ashyolar
Qangyuy davrida qal‘a aholisining madaniy hayoti, dunyoqarashi, turmush tarzi qanday
bo'lganingim ko‘rsatadi. Sopoldan yasalgan suvdonlaming tashqi bezaklari, dastasi ot bosliiga
o‘xshatib yasalgan ko‘zalar qadimgi Xorazm haykaltaroshligi va amaliy bezak san‘ati haqida
ma‘lumot beradi. Qal‘a xonalari devoriga ishlangan rang-barang naqshlar va unda ot va boshqa
hayvonlar tasvirlari tashqi bezaklari o‘sha davr san‘atkorlarining badiiy tafakkuri nihoyatda
yuqori bo'lganligidan dalolat beradi.
Arxeologik qazishmalar natijasida topilgan buyum va bezaklarda ko'p uchraydigan
afsonaviy tasvirlar, ayrim xudolaming timsollarini ifodalovchi haykal va rasmlar uzoq
o'tmishdagi xorazmliklaming diniy e'tiqodlari, urf-odatlari haqida mulohaza yuritishga imkon
beradi. Har xil idishlar, xanjar va pichoq dastalari, bilaguzuk va isirg‘alar, to‘g‘nag‘ich va
to‘qaiarga yasalgan qanotli ot yoki otsimon mahluqlar tasviri oddiy san'at namunasi bo‘libgina
qolmay, balki ilk diniy e‘tiqod buyumlari va diniy tasavvurlar mahsulidir.
232
Qadimgi Xorazmda ot tabiatning o‗lish va tirilish kul‘tini ifodalagan va u Siyovush (qora
toychoq) deb atalgan. Otlar quyosh va osmon xudosi sifatida muhim rol o‗ynagan. Otlarni
ilohiylashtirish ilk bor O‗rta Osiyoda Kaltaminor madaniyatiga mansub Darvozaqir makoni va
janubiy Turkmanistondagi Namozgoh VI yodgorliklari materiallarida kuzatiladi [Kuzmina; 46].
Rivojlangan bronza ya‘ni miloddan avvalgi II-ming yillikning ikkinchi yarmidan ajdodlarimiz
hayotida otlar muhim rol o‗ynay boshlagan. Shu davrga oid Tozabog‗yob madaniyati sohiblarida
otlarga sig‗inish bilan bog‗liq marosimlar keng yoyilgan. Tagisken va Uygarak yodgorliklaridagi
otning bir-biriga qarama- qarshi turgan holatda, hamda to‗rt boshli burgut ko‗rinishidagi
tasvirlari ham ot bilan uzviy ravishda bog‗liq. Qavat-3 dan esa otning loydan yasalgan
xaykalchasi topilgan [Itina; 78].
Otlarga sig‗inish bilan bog‗liq udumlar O‗rta Osiyo xalqlari tarixiga mansub yozma
manbalarda xam ko‗plab yoritilgan. Gerodot, skiflar quyoshga va o‗zlarining etti xudolariga
bag‗ishlangan bayramlari xamda vafot etgan podsholarini xotirlash kunida otlarni qurbonlik
qilishlari haqida ma‘lumot beradi. Strabon xam massagetlarning quyoshga atab otni qurbonlik
qilishlari haqida yozgan. Dax (sak) larda otlar xudo va podshoning alohida mulki hisoblangan.
Strabon, Niso biyalarini podshoniki deb e‘tirof etadi. Gerodot Kir II ning Bobilga qarshi
yurishida muqqadas oq otlar oldingi qatorda borganligini ta‘kidlaydi [Terenojkin; 28].
Qo'yqirilganqala, Jonbosqal‘a, Bozorqal‘a, Ayozqal a, Tuproqqal alarda olib borilgan
tadqiqotlar ularning barchasida otashparastlar ibodatxonalari mavjud bo'lganligini ko'rsatadi.
Ayrim qal‘alar (masalan, Jonbosqal‘a)dan topilgan buyumlardan ot tasviri yoki sopol
haykalchalar qadimgi xorazmliklaming otga sig'inishi (totemistik qarashlari)dan darak beradi.
O‗rta Osiyoda topib o‗rganilgan mozorqurg‗onlarda otning suyagi yoki ot tanasining
ba‘zi qismlari (old oyog‗i, boldir suyagi, boshi), ot anjomlari, murdaning ―otliq‖ holatda (otga
minib ketayotganga o‗xshash ko‗rinishda) dafn etilsh ko‗p uchraydi. Uzoq paytgacha otning
oyog‗i va boshini qabrga qo‗yish holatini mutaxassislar egulik taom sifatida qo‗yilgan deb talqin
qilishgan. Lekin bu ishonchsiz talqin, chunki, otning oyog‗i va boshini eb bulmaydi. Otning
oyog‗i, boshi va terisi bilan mavjud bo‗lishi (rars pro toto) ramziy ma‘noda jonivor
hisoblangan[Toshboyev; 37]. Demak, qadimgi aholi tasavvuriga ko‗ra bu dunyodan narigi
dunyoga sayoxat qilgan (o‗lgan) kishini u dunyoga ot olib borgan. K.F. Smirnov, sovramatlarda
ot bilan birga dafn etish odatlarini tadqiq etib ularda ot murda bilan birga yoki qabr chekkasiga
ko‗milganligini ta‘kidlaydi [Smirnov; 168].
Xitoy yilnomasi ―Bey-shi‖ va ―Suy- shu‖ da turk xoqonlarining ota bobolari ruxiga
bag‗ishlab qora qashqa otni qurbonlik qilishganligi xaqida yozilgan. Marko Palo, mo‗g‗ullarning
udumlari haqida to‗xtalib, qachonki podsho o‗lsa uning barcha yaxshi otlarini narigi dunyoda
xizmat qilsin deb o‗ldirishganligi xaqida ma‘lumot beradi.
Otlar nafaqat yoshi, xususiyatlar balki, rangiga qarab ham ajratilgan. Masalan, hunlarning
qo‗shini asosan engil qurollangan otliq jangchilardan iborat bo‗lgan. Ularning qo‗shini to‗rt
qismga bo‗linib har bir qism jangchilari ma‘lum rangdagi otlarni mingan suvoriylardan iborat
bo‗lgan. Qo‗shinning g‗arb tarafida saf tortgan suvoriylar oq ot, sharqiy qismida bo‗z ot,
shimolda qora ot, va janubda sariq ot minib safda turganlar [Shoniyozov; 73].
Turklarda oq ot muqqadas xisoblangan u shaxsan sultonga tegishli bo‗lib, ot dumidan
tug‗ o‗rnida foydalanilgan. Sayan-Oltoy xalqlari kuzgi teng kunlikda daryo qirg‗og‗ida tayilga
(toy - elga) marosimini o‗tkazishgan. Bu marosimda ular bobolari ruxiga bag‗ishlab oq ba‘zan
sariq rangli ot so‗yib qurbonlik qilishgan. Uning terisi, oyog‗i yoki boshini tayoq yoki daraxtga
233
tiriklik bersin degan ma‘noda ilib qo‗yishgan. Marosim qatnashchilari ot niqobini kiyib
toychoqni tasvirlashgan, bunda o‗tganlar ruxidan madad kutilgan. Oltoydagi shamanlar
marosimida qam deyilgan tayoqdan foydalanilgan. Qam bu muqqaddas ot tasviri, u shamanning
osmonga sayohatida yordamlashib, Yer bilan Osmon o‗rtasida vositachi sifatida tasvirlangan
[Gumilev; 67].
Xorazm vohasida xo‗jalik yuritishdagi muhim ahamiyati tufayli otlar insonning eng yaqin
ko‗makdoshi sifatida ma‘naviy hayot va u bilan bog‗liq urf odatlar yuqori mavqega ega bo‗lgan.
Xo‗jalikning qaysi turi bilan shug‗ullanishdan qat‘iy nazar ular hayotida otlarga alohida e‘tibor
qaratilgan. Bu avvalo, otlarning barcha xususiyatlariga ko‗ra ajdodlarimiz yashash tarzi va
xo‗jalik yuritishiga to‗liq mos kelishi bilan, qolaversa, yurtimizda asosan, suvoriy jangchilar
faoliyat ko‗rsatganligini hisobga olsak, ot ulug‗lanib uning muqaddaslashtirish darajasiga qadar
ko‗tarilganligi sababi yanada oydinlashadi.
Adabiyotlar:
1. Gumilev L.N. Qadimgi turklar.(Tarjima, kirish so‗z mualliflari va nashrga tayyorlovchilar
B.O‗rdabekli va A. Ayritomiy). – Toshkent, 2007.
2. Jabborov I. Antik madaniyat va ma‘naviyat xazinasi. – Toshkent, 1999.
3. Kuzmina E.E. Kon v religii i iskusstve sakov i skifov. – M.: 1977.
4. Itina M.A. Istoriya stepnыx plemen yujnogo Priaralya. – M.: Nauka, 1977.
5. Смирнов К.Ф. Совраматы. – М., 1964.
6. Тереножкин А.И. Общественный строй скифов // Скифы и сарматы – Киев, 1977.
7. Shoniyozov K.Sh. Qang‗ davlati va qang‗lilar. – Toshkent, 1990.
8. Toshboev F.E. Otlar bilan bog‗liq udumlar o‗zbek xalqining qadimiy qadriyati sifatida //
Samarqand Davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi. – № 6 (52). – Samarqand,
2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |