Familiya, ism, sharif Amonqulova Ziyoda Akbarali qizi



Download 28,75 Kb.
Sana02.07.2021
Hajmi28,75 Kb.
#107010
Bog'liq
Ziyoda insho




  1. Familiya, ism, sharif

Amonqulova Ziyoda Akbarali qizi

  1. Maktab nomi

319-maktab

  1. Tug’ilgan sana

29.08.2002

  1. Jinsizgiz

Ayol

  1. Yashash manzilingiz

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani

  1. Elekton pochta manzilingiz

sanobar.pulatova1979.08.29@gmail.com

  1. Telefon raqamingiz

+998 ( 97 ) 740 58 79

  1. Insho mavzusi

Nima deb o’ylaysiz, karantin davrida maktab hayotidan ko’proq nimani sog’inyapsiz?

  1. Insho yozilgan til

O’zbek

10.Insho nechta so’zdan iborat



Nima deb o’ylaysiz, karantin davrida maktab hayotidan ko’proq nimani

sog’inyapsiz?

Reja:


1.Kutilmagan ta’til. 2.Uyda qoling. 3.Bizni porloq kelajak kutmoqda.

Kelinglar, birlashib dengiz bo’linglar,

G’aflat uyqusidan, teng uyg’oninglar,

Men uchun barchangiz uyda qolinglar!

Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman!!!

( Shavkat Mirziyoyev )



Men vatanimning ilmga chanqoq, zukko, har qanday sinovlarga matonat bilan chiday oladigan, sabr-toqatli yoshlaridan biriman. Men umumiy o’rta ta’lim maktabining 11-sinfida o’qiyman. Yurtimizdagi barcha maktablarda o’quv yilining 3-choragida o’qish juda qizg’in o’tadi. Bizning maktabimizda ham shunday qizg’in hayot borayotgan, 3-chorakni a’lo baholarga tugatish, navbatdagi shahar bosqich fan olimpiadalariga tayyorgarlik bormoqda edi. Mart oyida bir bayramni nishonlab, Navro’z bayramini tezroq kelishini kutar edik. Mamlakatimizda bayram oldi kayfiyati hukm surib, barcha Navro’z bayramiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan bo’lsa, aksincha yer yuzidagi boshqa bir nechta davlatlarda kasallikga qarshi kurash boshlangan edi. Bu kasallikning nomi Koronavirus COVID-19. Bu virus Xitoy va unga qo’shni davlatlarga bir necha oy oldin xavf solgan, bundan butun dunyo ahli, shu jumladan, biz ham xabardor edik. Kunlarning birida, ijtimoiy tarmoqlarda: “ Koronavirus COVID-19 endi O’zbekistonga ham kirib keldi, bu kasallik o’zbek xalqini ham chetlab o’tmadi”,- degan xabarlar tarqaldi. Shunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Miromonovich: “Men uchun har bir insonning hayoti qadrli, uni saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”,-deya qisqa muddatli “karantin”e’lon qildi. Barcha maktab, litsey, kollej, maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim muassasalari yopilib, O’zbekistondagi hamma o’qish, ish joylari to’xtatildi, bayramlar, tadbirlar bekor qilindi. Bularning barchasi insonlar hayotini saqlab qolish uchun olib borilayotgan birinchi chora-tadbirlar edi. Bu biz uchun kutilmagan ta’til bo’lsa ham biz sodda bolalar bu ta’til e’lon qilinganidan xursand edik, chunki ta’til so’zi bizni kundalik majburiyatlardan, qat’iy kun tartiblaridan ozod qilishini bilar edik. Shuning uchun ko’proq dam olar ekanmiz deb boshimiz osmonga yetgandi. Ammo bu quvonchimiz uzoqqa cho’zilmadi, aksincha haqiqiy cheklov endi boshlangan edi. “Uyda qoling, o’zinggizni va yaqinlaringgizni asrang”,-degan shior butun dunyo xalqlari kabi bizni ham birlashtirdi. Bu qarorga ota-onalarimiz darrov rioya qila boshlashdi. Biz bolalar o’zimizni qafasdagi qush kabi his qilib, zerikib o’tirganimizda televideniya orqali online darslar tashkil etildi. Bundan bizning boshimiz osmonga yetdi va online darslarni qat’iyat bilan o’zlashtirishga harakat qila boshladik. Bu olib borilayotgan ishlarning barchasidan bilish mumkinki, o’zbek xalqi bolajon va davlatimiz yoshlarga bo’lgan e’tiborni birinchi o’ringa qo’yadi. Mamlakatimizda yoshlar siyosati oldingi qatorlarda turishi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning so’zlari o’z tasdig’ini topdi: “Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidadagi obro’-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizni unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”. Bizning ta’lim olishimizda bo’shliq paydo bo’lmasligi uchun qisqa muddatda online darslar tashkil etildi. Bu darslarni tashkil etishda mehribon ustozlarimizning , televideniya xodimlarining, darslarni sur’atga olishda ishtirok etgan barcha insonlarning jonbozligini unutmasligimiz, ularga tashakkurlar aytishni esdan chiqarib qo’ymasligimiz lozimdir. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov shunday deydi: “Ushbu online maktab loyihasida ishtirok etayotgan o’qituvchilarni ham bemalol bugungi kunning qahramonlari, deb atash mumkin. Ularning ko’rsatayotgan jasorati, xizmatlarini tan olmasdan boshqa ilojimiz yo’q”. Shu bilan birga bizni uyda xotirjam dars tayyorlashimizga imkon yaratayotgan, bizni og’ir dardga chalinmasligimiz uchun tun-u kun xizmat qilayotgan , buyuk hakimimiz ibn Sinoning izdoshlari bo’lmish-shifokorlar, o’z Gippokrat qasamiga sodiq qolgan holda har bir kasallarni tekshirib, ularni davolab kelmoqdalar. Ular kun-u tun tinim bilmasdan o’z joni, sog’ligi haqida qayg’urmasdan ko’zga ko’rinmas dushmanga nisbatan birgalikda ayovsiz jang olib bormoqdalar. Ular xorijdan kirib kelayotgan vatandoshlarimizni sog’lom aholi orasiga qo’shilmasdan turib o’zi bilan kasallik olib kelmayaptimikan deb o’ylab, ularni vaqtinchalik karantinda ushlab turib, sog’lomligiga ishonch hosil qilmaguncha tekshiruvlar olib bormoqdalar. Yana bir sharafli kasb egalari borki, ular ham shifokarlar singari bizning tinchligimizni himoya qilmoqdalar. Barcha uydan chiqmay o’tirgan bir paytda tinchligimiz posponlari sovuqni sovuq, issiqni issiq demay davlatimiz chegaralarini himoya qilmoqdalar. Militsiya xodimlari ham barcha qonunbuzarlarni qo’lga olib, jinoyatlariga mos jazolarni qo’llashmoqdalar. Yurtimizda shunday sog’ligimiz va tinchligimiz posponlari bor ekan bizni porloq kelajak kutmoqda . Faqat biz ularga ishonib qolmasligimiz, kelajagimiz porloq bo’lishi uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz, kun-u tun o’qishimiz, o’qigan narsalarimizni uqishimiz, davlatimizni bizga bildirgan ishonchini oqlashimiz lozimdir. Biz hozirgi kunlarda uyda o’tirib, televizordan berib borilayotgan darslarni ko’rib borayapmiz va har bir topshiriqlarni vaqtida bajarib, o’qituvchilarimizdan hamma baholarimizni vaqtida olayapmiz, lekin “Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q”,- deb bejizga aytishmagan ekan dono xalqimiz. Men mana shu qisqa karantin davrida bunga amin bo’ldim. Yoshlik qilib qat’iy kun tartiblaridan, sershovqin ko’chalardan noligan ekanmiz. Yo’q, aksincha, hayot anu shu yugur-yugurlari-yu, turli ziddiyatlari, tashvishlari bilan go’zal ekan. Men sershovqin, g’alag’ovur maktab hayotini, do’stlarim bilan samimiy, yuzma-yuz suhbatlarni, dars jarayonidagi baxs-munozaralarni, hatto, mehribon ustozlarimizning dakki-yu dashnomlarini sog’indim. Biz kuchli, matonatli, Alloh nazari tushgan jannatmakon bir o’lka bo’lmish, serquyosh, serhosil, tarixiy madaniyatga boy yurt farzandlarimiz. Shoir ta’biri bilan aytganda

O’tdilar sho’rlik boshingdan

O’ynatib shamshirlarin,

Necha xoqon , necha sulton,



Necha ming xon, o’zbegim.

Ha o’zbek xalqi qanchadan qancha ko’rgiliklar, qancha xo’rliklar-u xorliklarni boshidan o’tkazgan. Barchasiga sabr-toqat bilan chidab, xayot uchun kurashib g’olib chiqqan. Bu kunlar ham o’tar-ketar, bu kunlarni ham matonatli o’zbek xalqi bilan birga, bir yoqadan bosh chiqarib yengib o’tamiz, chunki biz ham ruhan, ham jismonan sog’lom ajdodlarning avlodlaridurmiz. Kelajakka intiluvchi va vatanimiz shon-u shavkatini ko’klarga ko’tarishni niyat qilgan xur o’lka farzandlarimiz. Bizdan shu kunlarda faqat sabr-bardosh bilan, ilm olib, davlatimiz tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga amal qilgan holda uyda qolib, o’z va yaqinlarimiz, xalqimiz hayotini saqlashga o’z hissamizni qo’shmog’imiz lozim. Men uydaman, hech ham ilm olishdan to’xtamadim va shu inshoni yozar ekanman, sizni ham bilim olishdan to’xtamaslikka chaqiraman. Zero, vatanimiz kelajagi siz va menga o’xshagan bilimli, intiluvchan va zukko yoshlar qo’lida!
Download 28,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish