O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI
70230801 - Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi
1- kurs magistranti
Arabboyeva Gulchehra Shuhratjon qizi
kalendar ish reja bo‘yicha
2022-yil aprel oyi bajarilgan
o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot,
ilmiy – pedagogik ishlar bo‘yicha
HISOBOTI
Talabaning o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, pedagogik faoliyati bo‘yicha
aprel oyi hisoboti
1. O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar bo`yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
“Tabiiy tillar jarayoni uchun dasturlash”, “Kompyuter leksikografiyasi” va “Ontologiya va semantik tahlillar” fanlari bo‘yicha o‘quv yili aprel oyida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari olib borildi. Berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib, google diskka joylab boryapmiz. Online dars va konferensiyalarda qatnashib bormoqdamiz.
“Tabiiy tillar jarayoni uchun dasturlash”, “Kompyuter leksikografiyasi” va “Ontologiya va semantik tahlillar” fanidan quyidagi adabiyotlar bilan tanishmoqdamiz:
“Tabiiy tillar jarayoni uchun dasturlash” fanidan quyidagi adabiyotlar bilan tanishmoqdamiz:
A.Narzullayev. Pythonda dasturlash asoslari
@sd.videolar
“Kompyuter leksikografiyasi” fanidan esa:
Марчук, Ю. Н. Компьютерная лингвистика
A Course in Modern English Lexicology [Текст] = Лексикология английского языка : учеб. для студентов ин-тов и фак. ин. яз. : [на англ. яз.] / R. S. Ginzburg [et al.]. - 2nd ed., revised and enlarged. - М. : Vyssaja Skola, 1979. - 271, [1] p. - Ref.: p. 262-263. - 1-00. II.
http://www.ruscorpora.ru.
http://www.russkie-slovari.ru.
http://www.slovari.ru.
Aprel oyi o‘quv topshiriqlarining bajarilishi:
Aprel oyi uchun yuqoridagi mutaxasislik fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Nazariy bilimlar mustahkamlanishi uchun amaliy topshiriqlar ham berilgan. Ma’ruza va seminar darslarida muntazam shug‘ullanib bormoqdamiz.
2. Ilmiy tadqiqot ishlari:
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha izlanishlar davom ettirilmoqda. Dissertatsiya mavzusi bo`yicha maqolalar, avtoreferatlar va dissertatsiyalar bilan tanishdim va o‘rganmoqdaman. Rahbarim bergan tavsiyalarga asoslanib, dissertatsiya mavzuyimga aloqador maqola yozish uchun material to‘plab, “Xronologik lingvistik korpus yaratishda gazeta matnlari o’rganish obyekti sifatida” mavzusida maqola yozdim va nashr ettirdim.
Jamoat ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish:
Jamoat ishlarida hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda qatnashishga harakat qildim. Jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan kompyuter lingvistikasiga oid online konferensiyada qatnashdim.
4. Ilmiy-pedagogik ishlar
Amaliy darslarda interfaol metodlardan foydalanib samarali mashg`ulotlar amalga oshirdik. Pedagogik mahoratimizni oshirish maqsadida professor o’qituvchilar ma’ruza darslarini kuzatdik va tahlil qildik.
Ilmiy rahbar: f.f.d., X. Xamrayeva
Magistrant: Arabboyeva G. SH
Do'stlaringiz bilan baham: |