Ta’lim tizimida yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari.
Oxirgi yigirma yillikda ta‘lim tizimi ishida yuzaga kelgan vaziyatda, zamonaviy
axborot
va
kommunikatsiya
texnologiyalarini
takomillashtirish
va
zamonaviylashtirish masalasi dolzarb bo‗lib qolmoqda. Lekin, o‗quv jarayonining
amaliyotiga arzonligi uchun hammabob, lokal tarmoqqa ulangan va shuning uchun
dunyo miqyosdagi (global) Internet tarmog‗iga kirish imkoni bo‗lgan shaxsiy
kompyuterlarning joriy qilinishi, bu ishlarni yanada jadallashtirdi. O‗rta
ma‘lumotni ko‗pincha ―kompyuter‖lashtirishga va ―internet‖lashtirishga
asoslangan, zamonaviylashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun,
na faqat o‗quv maskanlari zamonaviy texnika vositalari bilan ta‘minlanmog‗i,
balki ta‘lim tizimining tashkilotchilari va pedagoglari ham bu sohada etarli bilimga
ega bo‗lishlari kerak. Aslini olganda bunda hech qanday yangilik yo‗qdek, faqat
erishilgan bilim doirasini kengaytirish kerak: pedogogika oliy o‗quv yurtlarida
ushbu mutahassislikka ihtisoslashgan o‗qituvchilarni tayyorlash ishlari yo‗lga
qo‗yilgan, kompyuterlar bilan ta‘minlangan maktablarda axborotlashtirish darsi
o‗tkazilmoqda, ta‘lim maskanlarining na faqat rahbarlari, balki ma‘muriyati ham,
o‗z stollari ustida shahsiy kompyuterlar turishi va undan foydalanishni tabiiy va
juda zarur hol deb hisoblashadi. Lekin, bularning hammasi ham juda oddiy emas,
bu narsalarni diqqat bilan ko‗rib chiqsak, unda qarama qarshilikni ko‗ramiz, ya‘ni
hammabob ta‘lim berish va uning sifati o‗rtasidagi ziddiyatni. Har bir pedagog, u
hoh maktab yoki oliy o‗quv yurti o‗qituvchisi bo‗lsin, ularning asosiy maqsadi,
ta‘lim berish sifatini yuksaltirishdir, bu ishda ularga axborot va kommunikatsiya
texnologiyalardan foydalanish juda yaxshi yordam beradi. SHuningdek rahbar
uchun sifatdan tashqari, amaldagi texnik jihozlar va boshqa o‗quv resurslaridan
imkoni boricha ko‗pchilik foydalana olishini tashkil etish zarur. SHuning uchun
ko‗pincha hammabob va sifatli ta‘lim berishda ulardan biriga ko‗proq e‘tibor
beriladi. YUzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun, pedagogika xodimlarini
tayyorlash bosqichida, bu masalaga alohida e‘tibor berilishi kerak. Biz quyida oliy
ta‘lim tizimida yuzaga kelgan vaziyatni ko‗rib chiqamiz.
Intersub’ekt ta’limda internet texnologiyalari
Bir necha yillar avval Rossiyaning Bolon jarayoniga qo‗shilishi, Rossiya
ta‘limining Evropa ta‘limiga integratsiyasida yordam berishi kerak. SHu sababli
oliy ta‘lim mafkurasi butunlay o‗zgaradi. Butun xaet davomida axborot va
kommkunikatsiya texnologiyalarini faol qo‗llab aksent mustaqil «o‗lja» bilim
olishga yo‗naltirilib, qo‗shilib kelgan. Bilim kreativlik, qo‗shma dissiplinar
orasidagi tadqiqotlar va boshqa asosiy ahamiyatga egadir.
SHaxsning shaxsiy qiziqishlari va maqsadi chegarasida ushbu ideologiya doirasida
muallimning asosiy vazifasi kisman erdam berishdir Ilmiy nuqtai nazardan kelib
chiqadiki, o‗rganuvchilar, sub‘ektlar darajasi oshadi.
Ta‘lim rivojlanuvchi soha sifatida ko‗riladiyu, ta‘lim muassasalarini internet bilan
ta‘minlash milliy «ta‘lim» loyihasini ta‘minlovchi qismi hisoblanadi. SHunda
global internet tarmog‗ini qo‗llashni ahamiyati katta, chunki global tarmoqsiz
inetrenet resurslarini foydalanish foyda olishdan ko‗ra zarar etkazishi mumkin.
«AKT» aloqa sohasida «interfaol» termini ko‗p ishlatiladi. Hozirgi kunga kelib,
interfaol ta‘lim, qatnashchilarning birgalikda o‗quv muhitida, shuningdek tajribaga
almashishlari orqali ish olib borishga asosan ko‗rilgan. An‘anaviy ta‘limga
nisbatan interfaol ta‘limda o‗qituvchi va qatnashchi o‗rtasidagi aloqa o‗zgaradi:
qatnashchilar tashabbuslari amalga oshirish o‗qutuvchilarni vazifasi bo‗lib,
o‗qituvchsi faolligi qatnashchi faolligiga yon beradi. Interfaol texnogologiyalarni
qo‗llab, ta‘lim berishda foydalanuvchining kompyuter bilan aloqasi dolzarb va
an‘anaviy ta‘limni progressiv rivojlanadi. Bu borada interfaol kommunikatsiyalarni
yangi ko‗rinishlari, ya‘ni internet televidenie (IP TV) hozirda u Rossiyada ham
joriy qilinmoqda, Skype, Sipnet va shunga o‗xshash boshqa dasturiy ta‘minotlar
mavjuddir.
Mavjud bo‗lgan va ta‘lim borasidagi keyingi tassavvurlarni rivojlanishi uchun
oxirgi o‗n yillikda «sub‘ekt» darajasi chuqur o‗rganib kelinmoqda. «Sub‘ekt»
darajasining qisqa shakli quyidagi ko‗rinishga ega, masalan: I. A. Zimnda [3]: 1)
sub‘ekt ob‘ektni tahmin qiladi; 2) sub‘ekt o‗zining ish harakatlari darajasida
jamoaviy; 3) jamoaviy sub‘ekt o‗zining yakka tartib va aniq amalga oshirish
darajasiga ega; jamoaviy sub‘ekt har bir shaxsda va aksda taqdim etilgan ; 4) ongli
ravishda boshqariluvchi ish doim sub‘ektli, va unda sub‘ektning o‗zi ham
shakllanadi; 5) sub‘ekt shaxs faoliyati – ongli harakatlanuvchi shaxs; 6) sub‘ektlik
boshqa insonlar bilan muloqotda aniqlanadi— bu faollik, g‗arazguylikdir; 7)
sub‘ektlik yaxlit muloqot, faoliyat, o‗z mohiyatini tushunish va borliq demakdir; 8)
sub‘ektlik bu dinamik boshlanish bo‗lib, paydo bo‗luvchi va yuq buluvchidir; 9)
sub‘ektlikni interpsixik darajasi mavjud va boshqalar.
Hozirgi kunda soddalashgan qarashi mavjud bo‗lib unda ish harakati o‗qituvchi
sub‘ekti bo‗lib fakatgina o‗qituvchi, muallim, ta‘lim, bilish sub‘ekti bo‗lib esa
faqatgina qatnashchi va talaba bo‗lishi mumkin. Ta‘lim darajasida qatnashchilarni
turmush tarzi, o‗zini anglash, munosabat, ish faoliyatini infokommunikatsiya
texnologiyalari tashkil qiladi, va bu tubdan o‗zgartirish vositasidir.
Sub‘ektlik bilan nafakat faollik kolaversa fundamental shaxsiy parametrlari bilan
boglik, xudi iunaltirilganlik,ishkibozlik, intellektual tassavvur, sotsiallik,
ishchanliklar kabi. bu shaxsiy psixologik nazariyasidan kelib chikadi
Intersub‘ekt ta‘lim bulib, shaxsan muljallangan, maxsus ta‘limni rivojlantirish
xizmat kiladi.
Intersub‘ektiv ta‘limda o‗qituvchi va o‗quvchining faolligi simmetrik bo‗lishi
lozim. O‗qituvchi sub‘ekt misolida namoyon bo‗lar ekan, bunda u ta‘lim jarayoni
qatnashchilarining shaxsiy fundamental parametrlarini rivojlantirish uchun hizmat
qiladigan sharoitlarni intersub‘ekt darajasida yaratadi. Zamonaviy axborot tarmog‗i
olamida bunday sharoitlarga o‗quvchi va o‗qituvchilarning birgalikdagi tizimli
izlanish va tadqiqot faoliyatlarini ta‘lim tarkibini rivojlantiruvchi Internet
kommunikatsiyalar vositasida tashkillashtirish misol bo‗la oladi. Ushbu tarkib
minimumi uchun belgilangan ta‘lablar davlat ta‘lim standartlarida ko‗rsatilgan.
Endi
zamonaviy
Internet
kommunikatsiyalar
qo‗llanilishining
yangi
imkoniyatlarini ko‗rib chiqamiz. Samarali ish jarayonini tashkillashtirish uchun
kamida tovush kartasi, eng sodda telefon garnitura (naushnik va mikrofon),
qimmat bo‗lmagan veb-kamera va tezligi 64 kbit/sdan kam bo‗lmagan ajratilgan
liniyali (ADSL) Internetga ulanish huquqiga ega bitta kompyuter kerak bo‗ladi.
Bundan tashqari kompyuterga yagona interfeys orqali bir necha kommunikatsiya
turlaridan (telefoniya, elektron pochta, chat, video-konferens aloqa va xokazo)
foydalanish imkonini beruvchi bepul dasturiy ta‘minotni Tarmoqdan o‗rnatish
lozim. Ushbu kommunikatsiya dasturlariga misol tariqasida Google Talk, Skype,
Yahoo Messenger, Sipnet va boshqalarni keltirish mumkin. Qoidaga ko‗ra,
ularning barchasi foydalanuvchilarning o‗zlari tomonidan shakllantirilgan IP-
telefoniya (internet-protokol asosidagi telefoniya) tarmoqlarini namoyon etadilar.
Aloqa dunyoning Internet bor ixtiyoriy nuqtasida ishlaydi. Kommunikatsiyalar
(jumladan, ovozli) elektron yon daftarchadagi (xuddi o‗sha interfeysda mavjud)
abonent ismiga sichqoncha tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi, bunda telefon
raqamlari va boshqa rekvizitlarni terish talab etilmaydi. SHunisi ham ahamiyatliki,
Internet kommunikatsiyalar (ovozli aloqa, chat, video-konferens aloqa) bunday
tarmoqlar foydalanuvchilari orasida abonentlar turar joyidan qat‘i nazar bepul*,
oddiy statsionar va mobil telefonlarga shaxarlararo va xalqaro ovozli aloqa
an‘anaviysiga nisbatan sezilarli darajada arzonroq. Bundan tashqari,
foydalanuvchilarga shaxsiylashtirilgan individual xizmatlar to‗plami va ularni oson
boshqarish imkoniyati beriladi. Xususan, Skype abonentlari bepul telefon va video
konferensiyalar, qiziqarli mavzularni muxokama qilish uchun va xattoki
ma‘ruzalarni o‗qish, hamda auditoriya savollarini (100 ta odamgacha) olish va
ularga javob berish imkonini beruvchi Internet-jamiyatlar (skypecasts) tashkil etish
huquqiga egalar. Kelajakda to‗laqonli yaxshi sifatga ega videotelefoniya va
videokonferens aloqa, interaktiv televidenie mobil variantda ham mavjud bo‗ladi,
bu esa masofaviy muloqotni yangi pog‗onaga olib chiqadi. Yuqorida sanab o‗tilgan
universal kommunikatsiya dasturlarini intersub‘ektiv jismoniy ta‘limda
qo‗llanilishiga misol keltirimiz. Ta‘lim standartlariga ko‗ra, maktab o‗quvchilari
va oliy o‗quv yurti talabalari fizika fani bo‗yicha ―Mexanika‖ bo‗limi, xususan
dinamikaning asosiy qonunlarini o‗zlashtirishlari kerak. SHunisi ayonki, buni
an‘anaviy ta‘lim metodlari yordamida amalga oshirish mumkin, ammo tajriba
shuni ko‗rsatmoqdaki, bu metodlarning samarasi kamayib ketmoqda. SHu bilan bir
qatorda, Internet-texnologiyalar fizikaning amaliy jixatdan xattoki XVII asrda
shakllangan bo‗limlari bo‗yicha bilim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada
kengaytirish imkoniga egadirlar. Masalan, kosmik uchishlar bilan qiziquvchi
o‗quvchilardan biri Internetda (www.sciam.ru. 2006.) qiziqarli axborot –
―Xisoblashish lozim bo‗lgan kuch‖, bilan to‗qnash keldi. Bunda gap fizika
topishmoqlarining biri – ―Pionerlar‖ anomaliyasi, ya‘ni noma‘lum kuchga ega
ikkita kosmik apparat xarakatining sekinlashishi haqida ketmoqda. Ushbu
apparatlar Amerikada 1972 va 1973 yillarda uchirilgan edi va ular birinchi marta
YUpiter va Saturnning aniq tasvirlarini uzatganlar. Ayni vaqtda ular Quyosh
sistemasi atrofida joylashgan. 1980 yilning o‗zida apparatlar 43 ming km. soatiga
uchganlarida yuqorida aytib o‗tilgan anomaliya kuzatilgan edi. Fiziklar
anomaliyani keltirib chiqaruvchi sirli kuch haqida turli gipotezalarni olib chiqdilar.
Gipotezalar orasida: 1) agar kuch Quyoshga yo‗naltirilgan bo‗lsa, ko‗rib
chiqilayotgan
sekinlashishni
Nyuton
mexanikasidan
chetlashib,
modifikatsiyalashtirilgan Nyuton dinamikasi (MOND) orqali tushuntirish; 2) agar
kuch Erga yo‗naltirilgan bo‗lsa, anomaliya yorug‗lik tezligi o‗zgarishi bilan
bog‗liq deb tushuntirish mumkin, kabilari bor edi.
O‗quvchi topib olgan qiziqarli ma‘lumot bilan birga ―Pionerlar‖ harakati sxemasini
o‗zida aks ettirgan multimedia faylini mavjud kommunikatsiya kanallari vositasida
(elektron pochta, guruxli chat, telefoniya) boshqa o‗quvchilar va o‗qituvchiga
uzatadi. U o‗z ta‘surotlari va hissiyotlarini nafaqat matn, balki ovoz, hamda video
aloqa orqali mimika va qo‗l harakatlari bilan etkazib berish imkoniyatigi ega
(tadqiqotlarga ko‗ra axborotning katta qismi aynan noverbal yo‗l bilan uzatiladi).
O‗quvchi murojaatiga javoban yangi ma‘lumotlarga ega bo‗lishi mumkin. Barcha
hohlovchilar MOND haqidagi axborotni izlaydilar, Nyuton mexanikasi bilan
solishtiradilar, ilmiy asosga ega shaxsiy gipotezalarini shakllantirishga harakat
qiladilar. Bundan tashqari o‗quvchi berilgan mavzuga oid Internet-jamiyat (forum)
tuzishi va muloqot chegaralarini yanada kengaytirishi mumkin.
Natijada Nyuton mexanikasi yaxshiroq o‗zlashtirilishi va klassik nazariya
rivojlanishining yana bir yo‗nalishi yuzaga kelishi mumkin. Bularning bari
o‗quvchilarning ichki motivatsiyasini o‗quv predmeti yordamida kuchaytirish
imkonini beradi. Talabalar Internet orqali ma‘lumot izlab, Internetda ko‗p
tarqalgan ―keraksiz axborotlar chiqindixonalari‖ da vaqtlarini sarflamaydilar,
ularning qiziqishlari ta‘lim tarkibini boyitish, yangi info-komunikatsion
texnologiyalarni o‗zlashtirish va shaxslarini rivojlantirish uchun yo‗naltiriladi.
Ushbu misoldan ko‗rinib turibdiki, intersub‘ektiv ta‘lim o‗qituvchi, o‗quv guruxi
yoki sinf, o‗quvchilar kitobi bilan chegaralanib qolmagan. Tarmoqning ixtiyoriy
qiziqqan abonenti bilan kommunikatsion dasturlar vositasida muloqot qilish
imkoniyati mavjud. Internet orqali ma‘lum bir o‗quv yurti talabasi turli davlatlar
talabalari bilan tanishishi, o‗z bilim saviyasini boyitishi, kelajakdagi izlanishlariga
poydevor yaratishi mumkin.
Internet-texnologiyalarning boshqa salbiy tomonlari ham yo‗q emas. Masalan,
hozirda Tarmoqda ilmga qarshi va ilm atrofidagi tasavvurlar (misol uchun,
http://anomalia.kulichki.ru, http:// lc.kubagro.ra, prometheus.al.ra) tarqalgan,
shunga ko‗ra intersub‘ektiv ta‘limda alternativ gipotezalarni kritik ravishda taxlil
qilish, ular orasida konstruktiv g‗oyalarni aniqlash imkoniyatlarini taxlil qilish
dolzarb masala hisoblanadi.
Ta’limda axborot madaniyati
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi vaqt va masofani
qisqartirib, jahon sivilizatsiyasi bilimlariga keng yo‗l ochib bermoqda. Bir vaqtlar
fan, madaniyat, ta‘lim va biznes sohasi uchun ma‘lum hududdagi kutubxonalardagi
resurslardan foydalanilgan bo‗lsa, bugungi kunda ular foydalanishi mumkin
bo‗lgan resurslar hajmiga Internet tarmog‗idagi barcha resurslarni ham kiritish
mumkin bo‗ladi. Jamiyatda paydo bo‗layotgan axborot resurslari hajmining jadal
ortib borishi axborot bo‗ronini vujudga keltirmoqda. Bu resurslardagi
ma‘lumotlarning barchasi ham ishonchli, aniq faktlarga asoslangan, jamiyat rivoji
uchun xizmat qiladigan axborotlar degan fikrdan yiroqmiz.
Jamiyatda hosil bo‗layotgan axborot bo‗ronidan jamiyat a‘zolarini, ayniqsa,
jamiyatning kelajagi bo‗lgan yoshlarni himoya qilishda, ularda axborot
madaniyatini shakllantirish o‗ta dolzarb muammo hisoblanadi.Axborot madaniyati
nima va nima uchun axborot madaniyatiga ehtiyoj sezamiz?
―Axborot madaniyati‖ tushunchasi ikkita fundamental tushuncha: axborot va
madaniyat tushunchalariga asoslanadi. Bundan kelib chiqib, bu tushunchani talqin
qilishning ―madaniyat‖ va ―axborot‖ yondashuvlariga ajratib qarashlar mavjud.
Madaniyat yondashuvi doirasida axborot madaniyatini axborotlashgan jamiyatda
insonning yashash faoliyati usuli sifatida, insoniyat madaniyati shakllanishi
jarayonining tashkil etuvchisi sifatida qaraladi. Axborot yondashuvi doirasida esa
unga axborot talabini qondirishga qaratilgan barcha axborot faoliyati bilimlari
majmuasi sifatida qaraladi.
So‗nggi vaqtlarda esa axborot madaniyati tushunchasini shaxsning axborot va
madaniyat komponentlarining integratsiyalashuvi vaziyatida yaxlit qarash
tendentsiyasi kuchaymoqda. Buning natijasida esa axborot madaniyati
umuminsoniy madaniyatning bir qirrasi sifatida qaralmoqda. Aynan ana shu qarash
axborot madaniyatining asl mohiyatini ochib berishga imkon beradi.
Axborot madaniyati shaxsning o‗quv, ilmiy-bilish, mustaqil ta‘lim olish, dam olish
va boshqa ko‗rinishli faoliyati jarayonida paydo bo‗ladigan axborotga bo‗lgan
ehtiyojini qondirishga yo‗naltirilgan, shaxsiy axborot faoliyatini samarali tashkil
qilishni ta‘minlaydigan bilimlar, malaka va ko‗nikmalarning tizimlashtirilgan
majmuasidir. Umuman olganda, axborot madaniyati axborotdan samarali
foydalanish bilim va ko‗nikmalari bo‗lib, kerakli axborotni axborot resurslaridan
axborot texnologiyalarining barcha ko‗rinishlari (kompyuter va Internet tarmog‗i
texnologiyalari) orqali qidirishning turli xil bilimlaridan iborat.
Bu ta‘rifdan kelib chiqib, axborot madaniyatiga nima uchun ehtiyoj sezamiz degan
savolga javob qidiraylik.
Jamiyatda axborotning qimmati ortib, u sanoat jamiyatidan axborotlashgan
jamiyatga aylanib bormoqda. Hozirgi hayotning o‗ta o‗zgaruvchanligi
axborotlashgan jamiyatda bir qator yangi atributlarni yuzaga keltiradi: Axborot va
bilim jamiyatning asosiy o‗zgartiruvchi kuchiga aylanadi; Ishlab chiqaruvchi va
ijtimoiy texnologiyalarning yangilanish sikli 6-8 yilni tashkil etib, avlodlar
almashinishi suratidan o‗zib ketadi; Uzluksiz ta‘lim va yangi ixtisoslik olishga
qobiliyat shaxsning ijtimoiy statusini saqlab qolishning ajralmas qismiga aylanadi;
Har bir insonning taqdiri yangi axborotni o‗z vaqtida topish, olish, bir qiymatli
qabul qilish va samarali foydalanish qobiliyatiga bog‗liq bo‗ladi.
Insoniyat sivilizatsiyasining axborotlashgan jamiyatga qadam qo‗yishi —
insonlarni yangi hayot sharoitiga va yuqori avtomatlashtirilgan axborot muhitida
professional faoliyatga o‗z vaqtida tayyorlash, bu muhitda mustaqil ravishda
harakat qilishga, muhit imkoniyatlaridan samarali foydalanish va salbiy
ta‘sirlardan himoyalanishga o‗rgatish kabi jiddiy muammolarni yuzaga keltira
boshladi. Axborotlashgan jamiyat shakllanishidagi muammolar, avvalambor bu
jamiyatda inson o‗rni muammosi bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning diqqat
markazidagi mavzu bo‗lmoqda. Axborotlashgan jamiyatda insonlarni hayotga
maxsus tayyorlash zarurati nufuzli xalqaro tashkilotlarning sammitlarida ko‗rib
chiqilib, maxsus dasturlar qabul qilinmoqda. Bunga misol sifatida YUNESKO
ning ―Axborot hamma uchun‖ dasturi va IFLA ning ―Axborot savodxonligi‖
bo‗limi faoliyatini keltirish mumkin. Keltirilgan muammolar mazmuniy jihatdan
axborot madaniyati ta‘rifida o‗z aksini topganligini ko‗rish qiyin emas.
Ta’lim tizimida axborot madaniyatining ahamiyati
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi asosiy islohotlar o‗z navbatida oliy
ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga qo‗yiladigan talablarga ham katta ta‘sir
ko‗rsatadi. Oliy ta‘lim muassasasi yangi sharoitlarda bitiruvchining kasbiy
malakasi uchun ahamiyatga ega jihatlarini shakllantirishda nafaqat ma‘lum bilim
va ko‗nikmalar to‗laligiga, balki mustaqil ravishda o‗z bilimlarini boyitib borish,
turli xil muammolarni qo‗yish va ularni hal qilish, muqobil yechimlarni taklif
etish, ular orasidan eng samaralisini tanlab olish mezonini ishlab chiqish kabilariga
ham yo‗naltirishi lozim. Bu maqsadlarga erishish ma‘lum darajada axborot
madaniyati saviyasiga bog‗liqdir.
Shaxsning axborot tayyorgarligi tarkibiy tuzilishi quyidagicha: o‗zining axborot
ehtiyojini ifodalash, axborot so‗rovlarini shakllantirish qobiliyati; axborot
resurslari bilimi; kutubxonalar imkoniyatlarini bilish va ulardan foydalanish
qobiliyati; axborot qidiruvini amalga oshirish qobiliyati; axborotlarni qayta ishlash
bilim va ko‗nikmalari; axborotlarga tanqidiy yondashish, ularni tushunish va
baholash hamda ulardan ijodiy foydalanish ko‗nikmalari; zamonaviy axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana bilish.
Axborot madaniyatini madaniyatning alohida jihatlariga nisbatan o‗ziga xosligini
tushinib olish real voqelikni bilishga, axborotlashgan jamiyat haqidagi
tasavvurlarning rivojlanishida axborotlashgan yondashuvning vujudga kelishi
natijasidagina mumkin bo‗ldi. Axborotlashgan jamiyatda axborot resurslari
qiymati jihatidan energiya, moliyaviy va boshqa strategik resurslardan kam
bo‗lmagan holda, axborot hozirgi jamiyatda xodimning malakasini oshirish,
optimal yechimlarni qabul qilish, yangi professional sohani egallash,
raqobatdoshlar
oldida
strategik
ustunlikka
erishishi
uchun
samarali
foydalaniladigan iqtisodiy kategoriya tovar sifatida baholanadi. Yangi axborot
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta‘limda axborot madaniyati
ahamiyatining ortishiga muhim omil bo‗lishi yaqqol ko‗zga tashlanadi.
Foydalanuvchi pedagog va foydalanuvchi o‗quvchilarning axborot madaniyatini
rivojlantirish bo‗yicha faoliyatlarning dolzarbligi o‗qitishning yangi modelini
yaratishga yo‗naltirilgan zamonaviy ta‘lim tizimidagi o‗zgarishlar bilan bog‗liq
bo‗lib, axborot resurslariga asoslanadi. Shuning uchun ta‘lim samaradorligining
zaruriy sharti ta‘lim hamjamiyatining yuqori axborot madaniyati hisoblanadi.
Ta‘lim hamjamiyatini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: axborot
resurslari yaratuvchilar va tashkil etuvchilari, axborot resurslari iste‘molchilari.
Axborot resurslari yaratuvchilar va tashkil etuvchilarga asosan kutubxona
xodimlari va professor-o‗qituvchilarni kiritsak, axborot iste‘molchilariga esa
talabalar va o‗z bilimini boyitib borishga intiluvchi pedagoglarni kiritish mumkin.
Bu muhitda axborot resurslari yaratish va tashkil qilish to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilmasa,
yoki to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilgan axborot resurslaridan samarali foydalanish yo‗llarini
bilmaslik axborot madaniyati komponentalarining bajarilmasligi bilan izohlanadi.
Respublika Prezidenti Islom Karimovning ―Bizga bitiruvchilar emas, maktab
ta‘limi va tarbiyasini olgan shaxslar kerak‖ degan so‗zlarida aynan mustaqil fikrlay
oladigan maktab ta‘limi va tarbiyasini olganlar nazarda tutilgan. Yuqoridagi kabi
holatlar bo‗lmasligi uchun rivojlangan davlatlar ta‘lim tizimida (o‗rta ta‘lim, kasb-
hunar ta‘limi va oliy ta‘limda) axborot madaniyati asoslari kursi kiritilgan va bu
kurslarni kutubxonachi-pedagog o‗qiydi. Mustaqil mamlakatimizda fuqarolik
jamiyatidan axborotlashgan jamiyatga qadam qo‗yayotgan bir paytda rivojlangan
davlatlar tajribasini o‗rganib, ilg‗or tomonlarini ta‘lim tizimiga tatbiq qilish
foydadan holi bo‗lmaydi, deb hisoblayman.
Bugungi kunda jahonda real muhitda ham, virtual muhitda ham katta miqdordagi
axborotlar oqimi paydo bo‗lmoqda va shu bilan uni qidirish, to‗plash, qayta
ishlash, analiz va sintez qilishning murakkablik darajasi ham ortmoqda. Shuning
uchun bugungi kunda bunday axborot oqimida har xil axborot resurslaridan
foydalanib, moslashish ko‗nikmalarini egallash hayotiy zaruratdir. Bugungi talaba
ma‘lum axborot madaniyatini egallashi shart va buningsiz uzluksiz ta‘lim va
mustaqil ta‘limni tasavvur qilib bo‗lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, Davlat
ta‘lim standartlarini takomillashtirish borasida ishlar olib borilayotgan bir paytda
―Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik‖ ta‘lim yo‗nalishi standartini yaratishda
bu yo‗nalish bitiruvchisiga kutubxonachi-pedagog kvalifikatsiyasi beradigan qilib
o‗zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |