Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana13.10.2019
Hajmi1,05 Mb.
#23456
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
zamonaviy oquv texnik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi


1. 
Maktab sharoitida bajarilishi mumkin bo‘lmagan, kimmatbaxo optik asboblar va 
elektron  mikroskop  yordamida  o‘rganiladigan  ob‘ekt  va  xodisalarni  tasvirlash. 
Maxsus  laboratoriyalarda  rasm  olingan  bunday  kinofilmlarni  sinfdagi  barcha 
o‘quvchilarga bir vaqtda namoyish etish mumkin.  
2. 
Ko‘zga  ko‘rinmaydigan  ob‘ektlarni  (masalan,  elementar  zarralar,  ularni  o‘rab 
olgan  maydon  va  x.k)  o‘rganish.  Bu  xolda  multiplikatsiyadan  foydalanib, 

ob‘ektlarning  modeli  va  xatto  ularning  tarkibiy  qismlari  tasvirlanadi.  Bunday 
modellashtirish  tushunchalarning  pedagogik  axamiyati  katta,  chunki  ular 
o‘quvchilar  ongida  ob‘ektlar  va  murakkab  xodisalar  mexanizmlarining  tasvirini 
mujassamlashtiradi va shu bilan o‘quv materialini tushunish xamda o‘zlashtirishni 
yengillashtiradi.  
3. 
Oddiy  sharoitda  kuzatib  bo‘lmaydigan  juda  tez  yoki  juda  sekin  kechadigan 
xodisalarni sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan usulda kinoga olib, o‘quvchilarga 
namoyish qilish imkoni paydo bo‘ladi.  
4. 
Bevosita  kuzatilishi  noqulay  bo‘lgan  voqea  va  xodisalar  (vulqon,  suv  osti 
dunyosi,  radiatsiya  zonasi,  kosmik  fazo  xamda  kemalar  xarakati  va  xokazo)  ni 
o‘rganishda  kino  va  televidenie  shu  ob‘ektlarni  o‘quvchilarga  ko‘rgazmali  qilib 
namoyish qilish imkonini beradi.  
 
Tarbiya  ishlarida  xam  o‘quv  kinofilmlarining  axamiyati  katta.  Fizika,  as-
tronomiya,  ximiya,  biologiyaga  oid  qator  o‘quv  kinofilmlari  o‘quvchilar 
materialistik dunyokarashining shakllanishiga ko‘maklashadi.  
O‘quv kinofilmi ko‘rgazmali vositalarning o‘ziga xos turi bo‘lib, unda pe-dagogik 
masalalar  faqatgina  kino  texnikasi  vositasida  echilmay,  uning  tasviriy 
tomonlaridan  xam  foydalaniladi.  Natijada  o‘quv  filmining  mazmuni  o‘quvchiga 
birinchidan  o‘quv  materialini  bayon  etish  yo‘li  bilan,  ikkinchidan  esa  uning 
emosional tomoni bilan yetkaziladi.  
2.  Kinosuratga  olish  va  kinoproeksiyalash.  Kinofilmlarni  suratga  olish  uchun 
negativ plyonka qo‘llaniladi. Kinofilmlar kinosuratga olish apparati (kinokamera) 
yordamida olinadi. Bu apparat fotografik apparat bo‘lib qisqa vaqtda ko‘p kadrlar 
(fototasvirlar)ni  suratga  olishga  imkon  beradi.  Bir  sekundda  plyonkaga 
tushiriladigan kadrlar soni kinosuratga olish chastotasi deb ataladi.  
Eng  sodda  kinosuratga  olish  apparati  nur  o‘tkazmaydigan  korpus  (12)dan  iborat. 
Unga  kinoplenkani  xarakatga  keltirish  mexanizmlari,  kassetalar,  optik  jism 
joylashgan. (29 rasm).  
Filmni  suratga  olish  uchun  apparatga  negativ  plyonka  uzatuvchi  kasseta  (5)  ga 
joylashtiriladi.  Suratga  olish  paytida  elektrodvigatelo  (6)  yoki  prujina  orqali 
xarakatlanuvchi  tishli  baraban  (4)  plyonkani  kassetadan  bo‘shatadi.  Plyonka 
sirtmoq  (2)  xosil  qilib  film  kanali  (10)ga  boradi.  Film  kanalida  kadrlar 
darchasi(13)mavjud.  U  kinofilm  kadrlarini  o‘lchamlarini  belgilovchi  turtburchak 
darchadan iborat bo‘lib, ob‘ektiv (1)orqali o‘tgan yorug‘lik oqimi shu darcha orqali 
kinoplyonkaga  tushadi.  Greyfer  mexanizmi  (9)  kinoplyonkani  film  kanalida  xar 
doim kadr balandligiga teng bir xil uzinlikda to‘xtab -to‘xtab surib turadi. Plyonka 
film kanalidan chiqib, yana sirtmoq xosil qiladi, tishli baraban (8) uni surib, qabul 
qiluvchi kasseta (7) ga yuboradi. Greyf mexanzmi- ning xarakat fazalari 21 rasmda 
keltirilgan.  
Suratga olish kadrlar darchasi oldida ob‘ektiv (1) va obtyurator (11) joy-lashgan. 
Obtyurator  ko‘zgudan  qilingan  o‘yiq  disk  bo‘lib,  fotozatvor  vazifasini  bajaradi 
(obtyurator  11  ning  «A»  strelkasi  bo‘yicha  ko‘rinishiga  qarang).  Apparat  ishlab 
turgan  paytda  obtyurator  aylanadi.  Film  kanalida  to‘xtab-to‘xtab  surila-  digan 
kinoplyonka  suratga  olish  kaxarlar  darchasi  oldida  bir  dakika  (ekspozitsiya  vaqti, 

sekundning  bir  necha  ulushiga  teng  vaqt)  to‘xtaydi  Obtyurator  uyigi  orqali 
yorug‘lik  oqimini  suratga  olish  kadrlar  darchasiga  yo‘naltiriladi  va  ob‘ektiv(1) 
plyonkaning  tasvir  tushirilmagan  (ekspozitsiyalanmagan)  qismiga  ob‘ektning  bir 
xarakat fazasini tushiradi. Aylanib to‘rgan obtyuratorning ko‘zguli qismi yorug‘lik 
oqimi  yo‘lini  to‘sadi.  Yuzasi  ob‘ektiv  ukiga  45  burchak  ostida  joylash-  tirilgan 
obtyurator  to  greyfer  mexanizm  plyonkani  surib,  kinoplyonkaning  yangi  qismini 
suratga  olish  kadrlar  darchasiga  to‘g‘ri  keltirguncha  yorug‘lik  oqimini  kuzatish 
optik  tizimi  (3)  orqali  operatorga  yo‘naltiradi.  So‘ngra  yana  obtyurator  yorug‘lik 
oqimini  o‘tkazadi  va  plyonkaning  navbatdagi  qismiga  obekt  xarakatining  yangi 
fazasini unga tushiradi va xokozo.  
30-rasm. 16 mm li kinoplyonkalarni kinoproeksiyalash sxemasi.  
Tishli  barabanlar  kinoplyonkani  uzatuvchi  kasseta  5  dan  filom  kanaliga  undan 
so‘ng qabul qiluvchi kasseta 7 ga uzluksiz surib turadi. Greyfer yordamida  
29-rasm. Kinosuratga olish apparati sxemasi. plyonkani uzluksiz xarakatlanishdan 
uzlugli xarakatlanishga va yana uzluksiz xarakatlanishga o‘tkazish vaqtida plyonka 
uzilmasligi  uchun  kinosuratga  olish  apparatiga  plyonkani  joylash  paytida  film 
kanali oldida (2) va undan keyin sirtmoq qoldiriladi.  
Kinofilmlar  24  kadr/s  chastota  bilan  suratga  olinadi.  Bunday  kinoga  olish 
chastotasi  normal  (standart)  chastota  deb  ataladi.  Filmlar  ekranga  xam  shu 
chastotada  tushiriladi.  Lekin  tadqiqot  va  tekshirish  ishlarida  suratga  olish  chas-
totasi  o‘zgartiriladi.  Masalan  katta  chastotada  kinosuratga  olib,  normal  chastota 
namoyish  qilinsa,  ekranda  obektlarning  xarakati  sekinlashib  ko‘rinadi.  32-250 
kadr/s  chastotada  tezlashtirilgan  kinosuratga  olingan  voqealar  normal  chastotada 
ekranda ko‘rsatilgadan 10 barobargacha sekinlashadi. Juda qisqa vaqt ichida sodir 
bo‘ladigan  jarayonlarni  (portlash  chakmok  chakishini)  katta  tezlikda  (rapid  kino-
suratga olish) 250-50000 kadr/s chastotasida suratga olinadi.  
Sekin rivojlanadigan va natijada kuzatuvchi tomonidan yaxshi idrok qilinmaydigan 
jarayonlar  (muz  kristallarini  paydo  bo‘lishi)  sekinlashtirilgan  4-16  kadr/s 
chastotada  suratga  olinadi.  Juda  xam  sekin  rivojlanadigan  jarayonlar  (tuproq 
erroziyasi,  o‘simlikni  urug‘idan  unib  chiqishi)  1  kadr/soat  chastotada  suratga 
olinadi.  
Kinofilmning  tez  almashinib  turadigan  kadrlari  tasvirini  ekranga  kat-  talashtirib 
tushirish  kinoproeksiyalash  deb  ataladi.  Kinoproeksiyalash  kino-  proektorlar 
yorxamda  bajariladi.  Ovozli  kinoproeksiyalashda  kinoproektor  ku-chaytirgich  va 
radiokarnay bilan birga ishlaydi.  
Ensiz 16mm li kinofilmlarni namoyish qilish sxemasida (29 rasm) ki-noplenka (6) 
uzatuvchi  bobina  (5)dan  bir  tekis  uzluksiz  aylanib  turadigan  g‘ishli  baraban 
(8)yordamida  xarakatlanadi  va  sirtmoq  xosil  qilib,  film  kanali  (9)orqali  o‘tadi. 
Film  kanalida  plyonkani  greyfer  mexanzmi  (24)  to‘xtatib-  to‘xtatib  surib  turadi. 
Plenka film kanalidan o‘tgach, sirtmoq xosil qilib yo‘naltiruvchi rolik (11) orqali 
silliq  baraban  (13)dan  o‘tadi.  Rolik  (14)  orqali  plyonka  ikkinchi  tishli  baraban 
(19)ga  boradi  va  yo‘naltiruvchi  roliklar  (20,21,  22)  orqali  qabul  qiluvchi  babina 
(23) ga o‘raladi. Rolik (7) va rolik (18) plyonkani tishli barabanlarda ushlab turadi, 
rolik (12) esa plyonkani silliq ba- rabanga qisadi.  

Film kanalida to‘xtab-to‘xtab xarakatlanayotgan plyonkaning xar bir kadri- kadrlar 
darchasi  oldida  bir  zum  to‘xtaydi  va  shu  paytda  apparatning  yoritish  - 
proeksiyalash  tizimi  orqali  ekranga  proeksiyalanadi.  So‘ngra  greyfer  mexanizmi 
(24)  plyonkani  suradi  va  kadrlar  darchasi  oldiga  proeksiyalanadigan  navbatdagi 
kadrni  to‘g‘ri  keltirib  to‘xtatadi.  Plyonka  xarakatlanib  kadrlar  almashayotgan 
paytda obtyurator (4) yo‘lini to‘sadi. Shu sababli kadrlar almashivu ekranga tush- 
maydi,  ekran  korong‘u  bo‘ladi.  Lekin  odamning  ko‘zi  tasviriy  taosurotlarni  0,1 
sekundgacha saklash kobiliyatiga ega. Agar ikki qo‘shni kadrni ajratib to‘rgan ora-
lik  0,1  sekunddan  oshmasa,  ulardan  oldingi  taassurot  kushilib  ketadi.  Demak, 
tomashabin ekrandan uchirilgan kadrni ko‘rishda davom etadi, natijada bir necha 
kadrlarni  ketma-ket  proeksiyalash  tufayli  tomashabin  oldingi  kadr  taassurotini 
keyingi kadr paydo bo‘lgungacha saklab, ular orasidagi uzilishlarni sezmaydi, ek-
randa  uzluksiz  xarakat  namoyon  bo‘ladi.  Ovozli  filmlarni  namoyish  qilishdagi 
kinoproeksiyalash  chastotasi  24  kadr/s  ni  tashkil  qiladi  chastota  bundan  kichik 
bo‘lsa,  so‘zlar  yaxshi  anglashilmaydi.  Ushbu  chastotada  kadrlar  orasidagi  uzilish 
taxminan 0,04 sekundga teng bo‘ladi.  
Filmning  optik  fonogrammmasi  ob‘ektiv  (16)  orqali  shakllantirilgan  lampa  (15) 
ning  nur  oqimi  yordamida  uqiladi.  Nur  plyonkadagi  fonogrammadan  utib,  silliq 
baraban  (13)  orqasida  joylashgan  fotodiotga  tushadi.  Xosil  bo‘lgan  nur 
tebranishlari  fotodiyotda  elektr  tebranishiga  aylanadi  va  kuchaytirgich  orqali 
radiokarnayga uzatiladi.  
Magnit  fonogrammaga  yozilgan  ovoz  silliq  baraban  yonida  joylashgan  magnit 
kallagi (17) orqali eshittiriladi. Magnit kallagida xosil bo‘lgan elektr tebra- nishlari 
kuchaytirgich orqali radiokarnayga uzatiladi.  
3. Kinoproeksion apparatlar. Ovozsiz 8 mm kinofilmlarni namoish qilish uchun 
Ruso,  Volna,  Vesna,  Luch  kabi  kinoproektorlardan  foydaliniladi.  Ular  ixcham 
engil  bo‘lib,  kinofilmlarni  oldinga,  orkaga  xarakatlantirib  namoish  qilish, 
proeksiyalash,  chastotasini uzluksiz,  oxista  16 tidan  24  kadr/s gacha  o‘zgartirish, 
kinolenta  xarakatini  to‘xtatib  aloxida  kadrlarni  sitatistika  tas-  virini  tushirish 
imkoniyatiga  ega.  Ushbu  kinoproektorlarning  kamchiligi  nur  oqimini  kuchsizligi, 
shu sababli ularni mashgulotlarda qo‘lashning chegaralan- ganligidir.  
Ovozli  16mm  li  kinofilmlarni  namoyish  qilish  Ukrain,  Raduga,  Dnepr  kino 
apparatlari  orqali  bajariladi.  Ular  kinoproektor,  past  (ovoz)  chastotasini 
kuchaytirgichi radiokarnay va isteomol blokidan iborat. Nur oqimini kuchli- gi va 
ovozning ravonligi ularni o‘quv jarayonida keng qo‘lash imkonini beradi.  
Kuchma  kino  «Ukraina 5»  ikki  xil ijroda ishlab chikikariladi.  16  UK-5P  nusxasi 
optik va magnit kinoplenkalarni, 16UK-5P-01 nusxasi faqat optik fo- nogrammali 
kinoplenkalarni  namoyish  qilish  uchun.  Ushbu  kuchmakinolar  200  kishigacha 
muljallangan auditoriyalarda ishlatishga muljallangan.  
Kuchmakino «Ukraina 5» kuyidagi aloxida qismlardan iborat:  

kinoproektor P16P1;  

kuchaytirgich 6U-34;  

radiokarnay 25A-64;  

kinoavtotransformator;  

kinolentalarni kayta urash ko‘rilmasi;  


120  va  600m  sigimli  bobinalar  va  birlashtirish  elektr  simlari  Kuchma  kinoning 
isteomol  qilish kuvvati 650  Vt, nur oqimi  350lm, ovoz  kanalining  kuvvati  12  Vt, 
tok manbai 22oV, 50 Gs. Ogirligi 72kg.  
 
Kinoapparat  «Raduga  2»  60  kishiga  muljallangan.  Kinoapparat  bir  yaxlit 
korpusdan  iborat  bo‘lib,  unga  KP1M  kinoproektori  kuchaytirgich  radiokarnay, 
transformator  joylashtirilgan.  Isteomol  kuvvati  350  Vt,  nur  oqimi  400lm,  ovoz 
kanalining  kuvvati5  Vt,  gabarit  ulchovlar  385x005x200m  massasi  15  kg.  Tok 
manbai 220V, 50Gs.  
«Raduga  2»kinoapparati  olisdan  boshqarish  pulti,  sigimi  60,  120  va600  m  li 
bobinalar xamda edtiyot qismlar bilan jidozlangan.  
Yoritish-  proeksiyalash  tizimi  kondensorsiz.  Nur  manbai  -  kvars-gallogen  KGM 
24-150 lampasi.  
«Ukraina  5»  va  «Raduga  2»  kinoapparatlarining  kamchiligi  ularda  avtomatik 
ravishda  kinolentani  joylashtirish  tizimini  yukligi,  proeksiya  chastotasini 
o‘zgartirib  bo‘lmasligi,  kadrlarni  to‘xtatib  ekranga  proeksiyalash  mumkin 
emasligidir.  
Yukorida kayd  qilingan  kamchiliklar  «Depr-103»  kinoapparatida qisman  bartaraf 
qilingan.  Apparatdan  dinamik  shovkinlarni  pasaytirish  tizimi,  kinolentani  orkaga 
xarakatlantirish, filomni mexanik ravishda kayta urash, kadrlarni to‘xtatib ekranga 
proeksiyalash, infrokizil nurlari orqali simsiz olisdan boshqarish kuzda tutilgan.  
«Dnepr-103»16 li ovozli kinofilmlarni namoyish qilishga muljallangan.  
Kinodalka  bironta  texnologik  jarayonni  yoki  kandaydir  siklik  jarayonni  (ichdan 
yonar dvigatellarining ishlash jarayonini) aks ettiruvchi qisqa lavdadan iborat film. 
Ushbu  lavxdni  namoyish  qiluvchi  5-bm  uzunlikdagi  kinoplyonkaning  uchlari 
elimlanadi.  Kinoxalka  namoyish  qilinganda  siklik  jarayon  mazmunini  tulik 
tushintirilishiga yorxam beradi.  
4.  Kinofilm  nusxalarini  ishlatish.  Kinofilm  nusxalari  asosan  pozitiv  shaklda 
ishlatiladi.  Pozitiv  kinoplyonka  negativ  dublikatlar  asosida  kino-  nusxa  kuchirish 
fabrikalarida xosil qilinadi.  
Kinofilm  nusxasi  film  kanalidan  utayotgan  paytda  kadr  darchasi  orqali  o‘tadigan 
yorug‘lik  nurini  yutish  xisobiga  isiydi.  Natijada  kinoplyonka  deforma-  siyalanib, 
kadrning  markaziy  qismi  burtadi.  Yorug‘lik  manbai  juda  kuchli  bo‘lganda  bu 
burtish  0,5-0,b  mm  gacha  bo‘ladi.  Bundan  tashkari,  uzoq  vaqt  issiqlik  ta‘sirida 
bo‘lgan  kinoplyonkaning  emulsiya  katlami  uz  elastikligini  yukotadi.  Ayniksa, 
triatsetat asosida tayyorlangan kinoplyonkalar issiqlik ta‘siriga chi- xamsiz bo‘ladi. 
3-jadvalda  triatsetat  va  nitrotsellyuloza  asosida  tayyorlangan  plyonkalarda  film 
nusxalarining issiqlik ta‘sirida uralishga mustaxkamligi- ning uzgarishi keltirilgan.  
SHunday  qilib,  film  nusxalarini  ishlatish  va  saklash  jarayonida  ularga  ta‘sir 
qiladigan issiqlikni kamaytirish choralarini ko‘rish lozim.  
Mexanik ta‘sirlar  film  nusxasining  yuzasi  va  perforatsiyasining  buzi- lishiga olib 
keladi.  
Film  nusxasini  yuzasi  buylab  nuqsonlarning  paydo  bo‘lishi  kinoproektor  lenta 
tortish mexanizmining kuyidagi qismlaridagi nuqsonlar tufayli yuzaga keladi.  
3-jadval  

Triatsetat va nitrotsellyuloza asosida tayyorlangan plyonkalarda film nusxalarining 
issiqlik ta‘sirida uralishga mustaxkamligining uzgarishi  
Film nusxasining materiali  
Urilishga mustax-  
kamligi  
20

S  
40
0  
S60

S  
Ok-kora triatsetat asosli plyonkadagi  
film nusxasi 100  
28,0  
15,9  
SHuning uzi emulsiyasi yuvib  
Tashlangan 100  
89,0  
89,6  
Ok-kora nitrotsellyuloza asosli plyonka  
dagi film nusxasi 100  
37,1  
23,4  
Emulsiyasi yuvib  
tashlangan 100  
86,5  
90,1  
 
Mavzu: Yoritish sistemalari, o’quv axborotlarini tutuvchi vositalar, namoish 
diopazitivlarining didaktik imkoniyatlari 
Reja: 
1. Yoritish sistemalari haqida tushuncha.  
2. Yorug‘likni meyorlashtirish  
3. Sun‘iy yorug‘lik  
 
Elektrotexnika  (elektro...  va  texnika)  —  fan  va  texnikaning  energiyani 
oʻzgartirish,  materiallar  ishlab  chiqarish  hamda  ularga ishlov  berish,  axborotlarni 
uzatish va boshqalar masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan 
foydalanish bilan shugʻullanuvchi sohasi.  
Elektr  va  magnetizm  haqidagi  bilimlarning  rivojlanishi  E.ning  yaratilishiga  olib 
keldi.  17—18-asrlarda  chex  fizigi  P.  Divish,  rus  fizigi  G.V.  Rixman,  M.V. 
Lomonosov,  Sh.O.  Kulon  va  boshqalar  ning  ishlari  elektr  hodisalarini  tadqiq 
qilishga  bagʻishlandi.  Birinchi  uzluksiz  tok  manbai  —  volʼt  ustuni,  keyinchalik 
ancha  mukammal  galvanik  elementlarning  paydo  boʻlishi  E.ning  rivojlanishida 
muhim  ahamiyatga  ega  boʻldi.  19-asrning  birinchi  yarmida  elektr  tokiga  bogʻliq 
boʻlgan kimyoviy, issiqlik, yorugʻlik va magnit hodisalariga doir koʻpgina tadqiqot 
ishlari  oʻtkazildi.  Shu  davrda  elektrodinamikaga  asos  solindi,  elektr  zanjirining 
muhim qonuni — Om konuni kashf qilindi. Telegrafiya, harbiy ish, elektr oʻlchash 
ishlarida  bu  sohadagi  yutuqlardan  ayniqsa  keng  foydalaniddi.  Elektromagnit 
induksiyaning  kashf  etilishi  elektr  mashinalari  —  dvigatel  va  generator 
yaratilishiga sabab boʻldi.  
19-asrning  70yillari  oxirida  J.K.  Maksvellnkng  ishlari  elektromagnit  maydon 
taʼlimotiga  asos  soldi.  80-y.larda  oʻzgarmas  tok  asosida  ishlaydigan  elektr 
mashinalari hozirgi  zamon  mashinalari shaklini  oldi. Elektr  mashina generatorlari 
bilan  bir  vaqgda  kimyoviy  tok  manbalari  ham  rivojlantirila  bordi.  Bu  sohada 
qoʻrgʻoshin  akqumulyatori  yaratildi  (fransuz  fizigi  G.  Plante,  1859)  va 
rivojlantirildi.  
E.ning  keyingi  taraqqiyoti  E.  sanoatining  paydo  boʻlishi  va  elektr  yorugʻligidan 
keng foydalanish bilan bogʻliq boʻldi. Elektr yoritish manbalarining yaratilishi va 

ishlatilishida  qoʻlga  kiritilgan  yutuklar  yorugʻlik  texnikasining  rivojlanishiga 
kuchli taʼsir koʻrsatdi. Elektr yorugʻliganing keng joriy qilinishi elektr energiyasi 
sistemasining  yaratilishiga  olib  keldi.  Elektr  toki  metall  nusxalar  koʻchirish  va 
metall qoplash sohasida ham qoʻllanila boshladi (q. Galvanotexnika).  
19-asrning 70—80-y.larida elektr energiyaning masofalarga uzatilishi masalasi hal 
qilinganidan  keyingina  elektr  energiyasidan  amalda  keng  foydalanishga  imkon 
tugʻildi.  
E.ning  hozirgi  taraqqiyoti  bosqichiga  asos  solgan  ixtirolar  qatoriga  M.O.  Dolivo-
Dobrovolskiy  yaratgan  uch  fazali  tok  transformatori,  uch  fazali  generator  va 
dvigatel  hamda  uch  fazali  tok  sistemalarini  kiritish  mumkin.  Elektr  energiyasiga 
boʻlgan talabning quchayishi kuchli elektr st-yalari va elektr tarmoqlari qurilishiga
yangi  elektr  energetika  sistemalarini  yaratish  va  eskilarni  qayta  tiklashga  sabab 
boʻddi.  E.  qurilmalarining  takomillashishi  yuqori  quchlanish  elektr  zanjirlari 
texnikasi  va  nazariyasining  , elektr  mashinalari, elektr  yuritmalari  nazariyasi  kabi 
ilmiy  sohalarning  shakllanishiga  yordam  berdi.  E.  yutuqlari  radiotexnika, 
elektronika,  telemexanika,  avtomatika,  hisoblash  texnikasi  va  kibernetikatlsh 
rivojlanishiga olib keddi.  
E.ning muhim boʻlimlaridan biri — elektromexanika energiyaning oʻzgarishi bilan 
bogʻliq masalalarni oʻz ichiga oladi.  
Murakkab  elektr  energetika  sistemalarini  optimal  boshqarish  va  ularning 
chvdamliligini  oshirish  usullarini  ishlab  chiqish  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu 
masalalarning  hal  qilinishi  modellash  va  ehtimollar  nazariyasidan  foydalanishga 
asoslangan.  E.ning  yana  bir  muhim  yoʻnalishlaridan  biri  —  xossalari  oldindan 
belgilanadigan  murakkab  elektromagnit  maydonlarini  yaratishdan  iborat. 
Intensivligi yuqori boʻlgan impuls maydonlarini oʻrganish katta amaliy ahamiyatga 
ega  (q.  Impulslar  texnikasi).  Bu  sohadagi  ishlar  natijasidan  oʻta  kuchli  elektr 
transformatorlari va elektr reaktorlari yaratishda foydalaniladi.  
Ish joylarining yoritilishi asosan kuyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:  
Ishlab chiqarishda yoritilishning turlari va sistemalari.  
Ma‘lumki, tabiiy yorug‘lik manbai kuyoshdir. Sun‘iy yorug‘lik manbai esa elektr 
energiyasi  bulib,  u  chuglanma  lampalari  va  lyuminessent  lampalar  orqali  amalga 
oshiriladi.  Tabiiy  yorug‘lik  binoning  yon  tomonidan  (derazalardan),  yukoridan 
(bunda  yorug‘lik  shedler  yoki  zenit  fonarlari  orqali)  va  kombinatsiyalashtirilgan, 
ya‘ni yukoridan xam yon tarafdagi derazalar orqali yoritiladi.  
Sexlar  kunduz  kuni  odamga  yokimli  va  foydali  bo‘lgan  tabiiy  yorug‘lik  bilan 
yoritilishiga aloxida axamiyat berish kerak.  
Korxonalarda  ish  ikki,  uch  smenali  yoki  sexlarning  ulchamlari  katta  bo‘lganda 
to‘qimachilik  korxonalariga  xos  sun‘iy  yoritish  qo‘llaniladi,  chunki  bunday  katta 
sexlarda tabiiy yorug‘lik bilan bo‘tun sex bo‘yicha yetarli va bir tekis yoritilishni 
ta‘minlash mumkin emas.  

Sun‘iy  yorug‘lik umumiy  (bo‘tun sex  bo‘yicha),  maxalliy  yorug‘lik  esa  fakat  ish 
joyida, aralash yoki umumiy yorug‘lik bilan maxalliy yorug‘lik birga qo‘llaniladi. 
Shuni  ta‘kidlash  kerakki,  maxalliy  yorug‘lik  aloxida,  yakka  uzi  xech  maxal 
qo‘llanilmaydi.  
Agarda  bir  xil  yorug‘lik  okimi  beruvchi  lampalar  sex  bazasi  bo‘yicha  bir  tekis 
o‘rnatilgan  bulsa,  buni  teng  taksimlangan  umumiy  yorug‘lik  deyiladi.  Agarda 
lampalarning o‘rnatilishiga yorug‘lik okimi kuprok ish joylariga yoki boshka zarur 
uchastkalarga  yunaltirib  o‘rnatilsa,  buni  umumiy  lokallashtirilgan  yorug‘lik  deb 
ataladi.  
Sun‘iy  yorug‘lik  uzining  vazifasi  bo‘yicha  ish  yorug‘ligi  -  ya‘ni  korxonada 
texnologik  jarayonni  normal  borishi  uchun  zarur  bo‘lgan  yorug‘lik,  avariya 
xodisalari vaqtida ishlatiladigan yorug‘lik va maxsus yorug‘likka bulinadi.  
Avariya xodisalari uchun ishlatiladigan yorug‘lik ishchilarni evakuatsiya qilish va 
ayrim  xollarda  muxim  uchastkalarda  ishni  davom  ettirish  uchun  ishlatiladi.  Bular 
shunday  xollarki,  ish  yoritkichi  uchsa,  portlash,  yong‘in,  jaroxatlar  sodir  bo‘lishi 
va texnologik jarayon uzoq muddatga ishdan chiqishi mumkin. Bunday xollardagi 
(ya‘ni  avariya  rejimidagi)  yoritilganlik  ish  yorug‘ligining  meyorlaridan  5%,  shu 
bilan birga sexlarda va xonalarda 2 lk dan va tashkarida 1 lk dan kam bo‘lmasligi 
kerak.  
Ishchilarni  evakuatsiya  qilishga  mo‘ljallangan  yoritilganlik  xonalarda  kamida  0,5 
lk, tashkarida 0,2 lk dan kam bo‘lmasligi (ayniksa zinalarda va yo‘laklarda) shart. 
Buning uchun chuglanma lampalari va lyuminessent lampalar ishlatilishi mumkin. 
Avariya  xodisalari  uchun  ishlatiladigan  yorug‘lik  sistemasi  aloxida  manba‘dan 
ta‘minlanishi kerak.  
Maxsus yorug‘lik turiga nurlantirish maksadida ishlatiladigan yorug‘lik kiradi. Bu 
yorug‘lik  eritem  nurlanishi,  ya‘ni  ishchilarni  maxsus  xona  -  fotariylarda  yoki 
labirint koridorlaridan o‘tkazilib ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish. Bu ayniksa 
xozirgi paytda keng qo‘llanilayotgan, fakat sun‘iy yorug‘lik bilan yoritiladigan sex 
ishchilari uchun zarurdir. Ma‘lumki, bo‘tun ish kuni davomida ular kuyosh no‘rini 
kurmaydilar  va  organizmlarda  ultrabinafsha  nurlarga  muxtojlik  ortadi.  Yana  bir 
nurlanish turi bo‘lgan bakteritsid nurlanishi esa, suv va havoni sterillash maksadida 
ishlatiladi.  
Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish