Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya


Trenajorlarda pedagagik texnalogiyalardan foydalanish



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana13.10.2019
Hajmi1,05 Mb.
#23456
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
zamonaviy oquv texnik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi


Trenajorlarda pedagagik texnalogiyalardan foydalanish.  
Ushbu  bo‘limda  trenajorlarda  pedagagik  texnalogiyalardan  foydalanishning 
ekranga  tasvir  tushintirish  statik  va  dinamik  texnik  vositalarining,  ovoz  beruvchi 
vositalarning  o‘quv  jarayonidagi  rolini,  ekranga  nur  yordamida  tasvir  tushirish 
usullarini  hamda  statik  va  dinamik  proektsiyalash  vositalarining  didaktik 
imkoniyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan.  
Statik  proektsiyalash  texnik  vositalari  deb  nur  yordamida  ekranga  qo‘zg‘almas 
tasvir tushiruvchi informatsiya vositalari va apparatlari majmuasiga aytiladi. Statik 
proektsiya  texnik  vositalari  o‘qitish  jarayonida  eng  ko‘p  qo‘llanadigan  va  eng 
qulay  texnik  vositalardan  hisoblanadi.  Ular  yordamida  o‘qituvchi  tasvirni 
tushuntirish uchun ekranda kerakli vaqt mobaynida ushlab turishi mumkin.  
Dinamik  proektsiyaning  o‘qitish  jarayonidagi  eng  muhim  didaktik  roli 
tasvirlarning  harakatlanishidir.  Dinamik  proektsiya  ob‘ekt  va  xodisalarning 
rivojlanish va o‘zgarish jarayonini harakatda kuzatishga imkon beradi.  

Proektsiyalash harakatsiz yoki harakatdagi tasvirni nur yordamida ekranda mavjud 
qilishdir.  Ekranda  harakatsiz  tasvirni  hosil  qilishga  statik  proektsiya,  harakatli 
tasvir  hosil  qilish  esa  dinamik  proektsiya  deyiladi.  Amalda  statik  va  dinamik 
proektsiya o‘qitish jarayonida asosiy qo‘llanma vazifasini bajaradi.  
Yorug‘lik manbai va optik tizim yordamida biror ob‘ektning tasvirini ekranda hosil 
qilish yorug‘lik proektsiyasi deb ataladi. Ta‘limning statik vositalariga diafilmlar, 
kodoposobiyalar (transporantlar) kiradi. Statik proektsiyaning texnik vositalari nur 
yordamida ta‘lim statik vositalari tasvirini ekranga tushirishga xizmat qiladi.  
Ekranga  nur  yordamida  statik  tasvir  tushirishning  ikki  turi  mavjud.  Ular 
diaproektsiya va epiproektsiyalardir.  
Diaproektsiyada tasvir nur oqimining shaffof ob‘ekti (plyonka, oyna)dagi rasmdan 
o‘tib  ekranga  kattalashib  tushishidan  hosil  bo‘ladi.  Diaproektsiyada  proektsion 
lampa  2  ning  (1-rasm)  nur  oqimi  hamda  qaytargich  1  dan  qisman  qaytgach,  nur 
oqimi kondensor 3 orqali to‘planib, kadrlar darchasi 4 ga yo‘naltiriladi. Nur oqimi 
kadrlar  darchasiga  joylashgan  shaffof  ob‘ektdagi  tasvirdan  o‘tib  ob‘ektiv  5  ga 
tushadi. Tasvir ekranga ob‘ektiv orqali kattalashtirilib tushiriladi.  
Diaproektsiyaga asoslangan qurilmalr diaproektor deb ataladi.  
Diaproektsiyaning  alohida  turkumoaridan  biri  krdoproektsiya  hisoblanadi. 
Kodoproektsiyada  (2-rasm)  lampa  2  hamda  reflektordan  qaytgan  nur  oqimlari 
kondensor  3  orqali  yig‘ilib  film  darchasi  8  da  joylashgan  shaffof  plyonkadagi 
tasvirga vertikal yo‘naltiriladi.  
Nur oqimi shaffof plyonkadan o‘tib, ob‘ektiv (5) ga, so‘ngra ko‘zgu (7) ga tushadi. 
Kuzgu nur yo‘lini o‘zgartirib, uni ekranga yo‘naltiradi.  
Kodoproektsiyaga asoslangan qurilmalar kodoskop va grafoproektor deb ataladi.  
Epiproektsiyada  tasvir  nur  oqimining  xira,  nur  o‘tkazmaydigan  ob‘ekt  (qog‘oz, 
jurnal,  fotoqog‘ozlar)dagi  rasmdan  qaytib  ekranga  tushishidan  hosil  bo‘ladi. 
Epiproektsiyada (3-rasm) proektsion lampa 2 hamda qisman reflektordan qaytgan 
nur oqimlari kondensor 3 yordamida yig‘ilib xira ob‘ekt 10 dagi tasvirga tushadi. 
Tasvirdan  qaytgan  nur  oqimining  bir  qismi  ko‘zgu  7  yordamida  o‘z  yo‘nalishini 
o‘zgartirib, ob‘ektiv 5 orqali ekranga tushadi.  
Reflektor  -  ko‘zguli  nur  qaytargich.  U  proektsion  lampaning  orqa  tomoniga 
joylashtirilgan.  Reflektor  nurni  film  darchasi  tomon  yo‘naltirib,  nur  oqimini 
kuchaytiradi.  Reflektorlarning  shakli  turlicha  bo‘ladi:  sferik,  parabolik,  elliptik. 
Parabolik  va  elliptik  reflektorlar  film  darchasining  bir  tekis  yoritilishini 
ta‘minlaydi, lekin ularni ishlab chiqarish murakkab va qimmat baholanadi.  
Nur  manbai  -  proektsion  elektr  lampasi.  Zamonaviy  proektsion  apparatlarida  nur 
manbai sifatida elektr lampalar ishlatiladi. Katta quvvatli apparatlarda elektr yoyi, 
ksenon  lampalari,  o‘rta  va  kichik  quvvatli  apparatlarda  maxsus  cho‘g‘lanma 
lampalar ishlatiladi.  
Oxirgi  paytda  kvarts-galogen  lampalari  keng  miqyosda  qo‘llana  boshlandi.  Ular 
trubkasimon  shakldagi  kichik  kvarts  kolbasidan  iborat.  CHo‘g‘lanish  jarayonida 
volfram  spiralining  bug‘lanishini  sekinlashtirish  maqsadida  uning  ichi  yod  yoki 
boshqa galogen qo‘shilgan inert gazi bilan to‘ldiriladi.  
Lampani  elektr  manbaiga  ulash  kvarts  kolbasiga  kovsharlangan  molibden  simi 
orqali amalga oshiriladi. Molibden simining maksimal qizish temperaturasi 350
0


dan oshib ketmasligi kerak. Zamonaviy proektsiyalash apparatlari ko‘p linzali qilib 
tayyorlanadi.  Ko‘p  linzali  ob‘ektivlarda  bir  linzali  ob‘ektivlarning  kamchiliklari 
bartaraf qilinadi. Ularda yupqa shaffof plyonka bilan qoplangan yorug‘lashtirilgan 
linzalarning  ishlatilishi  ekranda  yuqori  sifatli  aniq,  yorqin  tasvir  hosil  qilish 
imkonini  beradi.  Uch  linzali  ob‘ektivlarga  «triplet»,  ko‘p  va  sifatli  linzali 
ob‘ektivlarga «anastigmat»lar misol bo‘ladi.  
Apparatlarni  ishlatishda  ob‘ektiv  va  oynalarni  ehtiyot  qilish  zarur.  Ularni  tez-tez 
artaverish  tavsiya  qilinmaydi.  Chang  avval  yumshoq  cho‘tka  bilan,  so‘ng  flanel 
salfetkasi bilan tozalanadi.  
Har  qanday  ob‘ektivning  asosiy  parametri  uning  fokus  masofasi  va  nisbiy  teshik 
hisoblanadi.  
Fokus  masofasi  -  bu  optik  o‘q  bilan  parallel  nurlar  ob‘ektivdan  o‘tib  bir  nuqtada 
tutashgan  joyidan  ob‘ektiv  tekisligigacha  bo‘lgan  masofa.  Ekrangacha  bo‘lgan 
masofa bir xil bo‘lgan holda apparatning kichik fokusli ob‘ektivi ekranda kattaroq 
tasvir beradi.  
Nisbiy  teshik  -  bu  ob‘ektiv  linzalarning  diametri  (d),  uning  fokus  masofasi  (F) 
nisbatiga teng.  
Nisbiy  teshik  qiymati  qancha  katta  bo‘lsa,  ob‘ektivdan  shuncha  ko‘p  nur  o‘tadi. 
Nurning  yuqolishi  kamayadi.  Ob‘ektiv  korpusida  nisbiy  teshik,  fokus  masofasi, 
zavod  nomeri,  zavod  nomi  yozilgan  bo‘ladi.  Bu  «ob‘ektivning  pasporti»  uning 
ekranga qaragan tomonida bo‘lishi zarur.  
Statik  proektsiyaning  texnik  vositalari  yorug‘lik  nuri  yordamida  ekranga 
qo‘zg‘almas tasvir tushirish uchun xizmat qiladi. U informatsiya eltuvchi vosita va 
texnik  qurilmadan  iborat.  Informatsiya  eltuvchi  ta‘lim  vositalariga  diapozitivlar, 
diafilmlar, transporantlar (kodoposobiyalar) kiradi.  
Diapozitiv  shaffof  plenkada  hosil  qilingan  fototasvirdir.  Diapozitivlarni  ishlatish 
oson  bo‘lishi  maqsadida  ularning  formati  standartlashtirilgan  va  texnik 
qurilmalarda  ishlatishga  moslashtirilgan.  O‘quv  jarayonida  qo‘llaniladigan 
diapozitivlarning  asosiy  o‘lchami  24x36  mm,  18x24  mm  bo‘lib,  ular  50x50  mm 
plastmassadan yasalgan ramkalarga joylashtiriladi.  
Diapozitivlar  bilan  plakatlar  o‘rtasida  o‘xshashlik  ko‘p.  Diapozitivdagi  tasvir 
ekranda  yorug‘lik  bilan  tushiriladigan  rasmni  hosil  qiladi.  Bunday  rasmdan 
foydalanish  huddi  devorga  osilgan  plakatlardan  foydalanishga  o‘xshaydi.  Lekin 
diapozitivning  afzallik  tomonlari  bor:  uni  ekranga  proektsiyalab,  3-4  kv.m.gacha 
o‘lchamli  rasmlar  hosil  qilish  mum  kin.  Ekrandagi  tasvirning  katta  bo‘lishi  orqa 
partalarda  o‘tirgan  o‘quvchilarga  ko‘rsatilayotgan  narsaning  barcha  elementlari 
bilan  tanishishga  va  uning  to‘g‘risida  aniq  tushuncha  olishga  va  u  haqda  to‘g‘ri 
tasavvur  hosil  qilishga  imkon beradi. Tasvirning  aniq va  aniq  chiqishi ham  ekran 
qo‘llanmasining afzalligidir.  
Diapozitiv  tasviri  ham,  plakatdagi  rasmga  o‘xshab,  harakatlanmaydi,  lekin  birin-
ketin birorta jarayon rivojlana borgan sari o‘zgaradigan tasvirlarni ko‘rsatish yo‘li 
bilan bu kamchilikning o‘rni bir muallif oz qoplanadi.  
Birorta  mavzuni  yoritib  beruvchi  diapozitivlar  seriyasini  avtor  tavsiya  qiladigan 
tartibda ko‘rsatish shart emas.  

Mashg‘ulotning  maqsadiga  qarab,  o‘qituvchi  diapozitivlarni  har  xil  tartiblarda 
ko‘rsatishi, ba‘zan boshqa seriyadagi diapozitivlardan foydalanishi mumkin.  
Turli  manbalardan  diapozitivlarni  tanlash  imkoni  borligi,  ekran  vositasining  bu 
xilidan  istalgan  payt  va  tartibda  foydalanish  mumkinligi  bunday  qo‘llanmaning 
muhim afzalligidir.  
Diapozitiv  film  yoki  diafilm  plyonkaga  tushirilgan  diapozitivlardir.  Diafilmdagi 
tasvir  va  uni  izohlovchi  so‘zlar  matni  uzviy  bog‘langan  bo‘lib,  yaxlit  mavzuni 
tashkil  qiladi.  Diafilmlarda  plyonkaga  tushirilgan  ayrim  tasvirlar  bir  uzluksiz 
lentaga  biriktirilgan.  Ularni  muallif  qanday  joylashtirgan  bo‘lsa,  shu  tartibda 
namoyish qilish mumkin. O‘qituvchi faqat ayrim kadrlarni yoki ko‘rsatilganlarini 
tez  o‘tkazib  yuborishi,  ko‘rsatilganlarini  esa  yana  qayta  ko‘rsatishi  mumkin.  Har 
bir  diapozitiv  mustaqil  hisoblanadi.  Diafilm  kadrlari  rivojlanib  borayotgan 
mavzuning ayrim tasvirlarigina bo‘lib qolmay, balki yaxlit asar elementlaridir.  
Diafilm 35 mm plyonkaga tushiriladi. Diafilmdagi kadrlarning o‘lchami 18x24 va 
24x36 mm bo‘lib, ularning soni 72 yoki 36 tani tashkil qiladi.  
Diafilm kadrlarni kesib olib, ulardan diapozitivlar seriyasini tashkil qilish mumkin. 
Bunday  seriyada  birorta  kadr  ishdan  chiqsa  yoki  eskirib  qolgani  bo‘lsa  ularni 
almashtirish  oson.  Diafilmda  esa  bunday  xollarda  plyonkani  qaytadan  ishlash 
kerak. Diapozitiv seriyalari diafilmga nisbatan ko‘proq xizmat qiladi, chunki ular 
diafilm kabi film kanalida qirilmaydi.  
Kodoposobiya  (transporant)  -  bosma  yoki  fotografiya  usulida  shaffof  plyonkaga 
hosil  qilingan  tasvir.  Kodoposobiya  grafoproektorlar  orqali  namoyish  qilinadi. 
Qaysi  apparatda  ishlatilishiga  qarab  kodoposobiya  kadrlarining  o‘lchovlari 
142x103  mm  (eski  modellar  uchun)  va  250x250  mm  (yangi  chiqarilgan  modellar 
uchun) bo‘ladi. Grafoproektorlarda bir dona kadrdan iborat kodoposobiyalar, bir-
birining ustiga qo‘yib ko‘rsatiladigan 2-6 kadrdan iborat seriyali kodoposobiyalar 
yoki  eni  260  mm,  uzunligi  30  m  gacha  bo‘lgan  uzluksiz  shaffof  plyonkada  hosil 
qilingan tasvirlar namoyish qilinadi.  
Epiposobiya  -  o‘lchamlari  150x150  mm,  190x190  mm  bo‘lgan  xira  ob‘ektlardagi 
tasvirlardan  (fotografiya,  kitob  va  jurnallardagi  rasmlar,  sxemalar,  jadvallardan) 
iboratdir. Epiposobiyalardagi tasvir qaytgan nur yordamida ekranga epiproektorlar 
orqali yoki «videoko‘z-teleekran» tizimi orqali proektsiyalanadi.  
O‘quv  jarayonida  maxsus  fabrikalarda  tayyorlangan  diapozitiv  va  diafilmlardan 
foydalanishdan  tashqari,  fotografiya  vositalaridan  foydalanib,  o‘quv  yurtlari 
laboratoriyalarida diafilm va diapozitivlarni tayyorlash mumkin. Bu ikki fotografik 
usulda bajariladi.  
Birinchi  usul  -  oddiy  negotiv-pozitiv  jarayon  bo‘lib,  bunda  negotiv  tasvirdan 
kontakt  yoki  proektsion  nusxa  ko‘chirish  usulida  diapozitivlar  hosil  qilinadi.  Bu 
usul diapozitivlarni ko‘plab ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.  
Ikkkinchi  usul  -  qaytarish  jarayoni  bo‘lib,  unda  tasvir  maxsus  fotomateriallarga 
tushiriladi.  Ochirish  paytida  darhol  tayyor  pozitiv  tasvir  hosil  bo‘ladi.  Bu  usulda 
diapozitiv  bir  nusxada  olinadi.  Uni  kadrlash  yoki  masshtabini  o‘zgartirish  yo‘li 
bilan tuzatish mumkin emas, shuning uchun suratga olish nuqtasini yaxshi tanlash, 
plyonkaga  ishlov  berganda  esa  juda  ehtiyot  bo‘lish  kerak.  Agar  surat  olingan 
plyonkadan  diafilm  sifatida  foydalanilsa,  uning  kadrlari  oldindan  tuzilgan 

stsenariyga  mos  tushishi  kerak,  chunki  suratga  olingan  diafilmda  kadrlar  tartibi 
o‘zgarmaydi.  
Qaytarish  jarayoni  diapozitiv  olishni  ancha  tezlashtiradi.  SHunday  usulda  rangli 
diapozitivlarni  hosil  qilish  rangli  negotiv-pozitiv  usulida  hosil  qilishga  qaraganda 
ancha oson. Rangli qaytuvchi plyonkada ranglarning sifati rangli negotivdan nusxa 
ko‘chirishdagiga qaraganda ancha sifatli chiqadi.  
Laboratoriyada  diapozitiv  yoki  diafilmlar  seriyasini  yaratish  uchun  dastlabki 
tasviriy materialni tayyorlash va tushuntirish matnini yozish kerak.  
Diapozitivlar  seriyasi  ustida  ishlash  diafilmlar  ustida  ishlashdagiga  qaraganda 
osonroq,  chunki  diapozitivlarda  qisqagina  yozuvlar  berish  kifoya.  Bu  yozuvlar 
ko‘pincha  nima  tasvirlanganligini  aytishdan  iborat  bo‘ladi.  Syujetli  seriya  matni 
ancha murakkab, chunki u diapozitivlarni yagona syujet bilan bir-biriga bog‘laydi.  
Diafilmda  kadrlar  matn  bilan  yanada  chuqurroq  bog‘liq  bo‘lgani  uchun  oldindan 
stsenariy ishlab chiqiladi. Unda har bir kadrga oid matn beriladi.  
Tasviriy  materialni  mavjud  fotografiyalar,  rasmlar,  kitoblardan  olingan 
sxemalardan  tanlanadi.  Ularning  o‘lchami  24x36  yoki  18x24  sm  bo‘lishi  lozim. 
Tasvirlarning  tagiga  rasmlarning  mazmunini  bildiruvchi  so‘zlar  yoziladi.  So‘ng 
reproduktsion  qurilma  yordamida  rasmlar  ketma-ket  fotoapparatga  tushiriladi. 
Fotoplyonkaga  kimyoviy  ishlov  berilgandan  so‘ng  negativ  tasvirli  diafilm  yoki 
diapozitivlar hosil bo‘ladi.  
Diapozitiv va diafilmlar kontakt usulida negotivdan pozitivga ko‘chadi.  
Statik proektsiya apparatlari kadrlarni almashtirish, tasvirni fokuslash jarayonlarini 
boshqarishning avtomatlashtirilganligi darajasiga qarab superavtomatik, avtomatik, 
yarimavtomatik, noavtomatik turlarga bo‘linadi.  
Superavtomatik apparatlar operatorsiz berilgan dastur (vaqt relesi, dasturli qurilma) 
bo‘yicha  ishlovchi  va  avtofukus  qurilmasi  bilan  jihozlangan  proektsion 
apparatlardir.  Bunday  apparatlarga  «Alfa-203»,  «Alfa  35-5  avtofokus»,  «Peleng-
700» diaproektorlarini misol qilish mumkin.  
Avtomatik apparatlar kadrlar almashuvi, fokuslash o‘z dvigatellariga ega bo‘lgan 
mexanizmlar  yordamida  pult  orqali  bajariladigan  apparatlardir.  Bularga  «LETI-
60M»,  «Lektor-60»,  «Proton»,  «Krugozor»,  «Alfa  35-50»,  «Svityaz-avto»  va 
boshqa diaproektorlar kiradi.  
Yarimavtomatik  apparatlar  masofadan  boshqarish  pulti  bo‘lmagan,  fokuslash, 
kadrlarni  almashtirish  mexanizmlar  yordamida  bajariladigan  apparatlardir.  Bular 
turkumiga «Svityaz», «Svityaz-M», «Gorizont» kabilar kiradi.  
Noavtomatik  apparatlar  hamma  ishchi  elementlari  o‘qituvchi  tomonidan 
boshqarilagan  apparatlardir.  Bunday  apparatlar  kichik  auditoriyalarda  va 
o‘qituvchilarning mashg‘ulotdan oldin diafilm mazmuni bilan tanishib chiqishlari 
uchun  ishlatishga  mo‘ljallangan.  Bular  jumlasiga  «Ekran»,  «Svet»,  «Etyud», 
«Sputnik» diaproektorlari kiradi.  
Diafilmlarni  namoyish  qilishga  mo‘ljallangan  diaproektorlarda  kadrlarni 
almashtiruvchi  qurilma  lenta  tortish  mexanizmidan  iborat  (4-rasm).  G‘altaklarga 
o‘ralgan  diafilm  lenta  tortish  mexanizmining  film  kanali  2  orqali  bir  g‘altakdan 
ikkinchi g‘altakka o‘raladi.  

Diapozitivlarni  namoyish  qilishga  mo‘ljallangan  diaproektorlarda  kadrlar 
almashtiruvchi  qurilma  (5-rasm)  diapozitivlar  joylashtirilgan  kasseta  1  dan  va 
diapozitivlar  3  ni  kassetadan  turtib  film  kanali  4  ga  namoyish  qilishga 
joylashtiriladigan,  namoyishdan  so‘ng  diapozitivni  kassetadagi  o‘z  joyiga 
qaytaradigan  turtkich  2  dan  iborat.  Diapozitiv  kassetaga  qaytarilgandan  so‘ng, 
kasseta  oldinga  yoki  orqaga  yurib  keyingi  diapozitivni  namoyish  qilishga 
tayyorlaydi.  
Diafilmlarni  namoyish  qiladigan  diaproektorlarda  diafilm  lentasi  film  darchasiga 
joylashgan ikki shaffof oyna orasidan siqilib o‘tadi. Ekrandagi tasvir bir marotaba 
fokuslangandan  so‘ng  u  namoyish  davomida  o‘zgarmaydi.  Bunga  sabab  shaffof 
oyna  diafilm  lentasining  fokus  tekisligidan  chiqib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaydi. 
Internet-o‗qitish 
(tarmoqli  o‗qitish)ning  bir  qator  psixologik-pedagogik 
muammolarini ko‗rib chiqamiz:  
Zamonaviy  axborot-ta‘lim  muhitida  o‗qitish  nazariyasining  mavjud  emaslik 
muammosi; buning natijasi – tushunish-toifa apparatining mavjud emasligi.  
Hozirgi vaqtda o‗qitishning mavjud bo‗lgan nazariyasidan hech biri virtual ta‘lim 
muhitida  o‗qitish  uchun  bevosita  foydlania  olishi  mumikn  emas.  Kompyuter 
o‗qittish  yoki  Internet-o‗qitishni  an‘anaviy  metodologik  o‗qitishga  muvofiq 
o‗qitishni qurishning mavjud urinishlari kam samarali bo‗lib chiqdi.  
Elektron  pedagogikaning  ta‘rif,  atamaga  oid  muammolarini  ishlab  chiqishning 
qoniqarsiz  holati  ilmiy-pedagogik  muhitda  turlicha  nomlanishga  ega  o‗qitishning 
bitta o‗ziga xos xususiyatining ko‗p ma‘noga ega tushunchasining misoli: xususan 
elektron  qo‗llanma  yoki  kompyuter  qo‗llanma,  yoki  va  h.  tasdiqlaydi.  Natijada 
o‗qitish  vositasining  ushbu  jami  «o‗quv  vazifaning  elektron  nashri»  deb  ataldi. 
O‗shbu tushuncha belilangan belgisi bo‗lib hisoblanmaydi.  
Optimallik  muammolari:  zamonaviy  ATMda  samarali  o‗qitish  uchun  o‗quv-
metodik  komplekslar  (O‗MK)  tarkibi,  turli  tashuvchilarda  (qog‗oz,  tarmoq,  CD-
ROM va boshqalar) O‗MK didaktik elementlarni joylashtirish; o‗qitishning u yoki 
boshqa metodikasini qo‗llash.  
Muammo  bo‗lib,  masalan,  samaradorlikning  maksimal  bosqichi  bilan  o‗qitish 
uchun  axborotning  turli  tashuvchilar  turida  O‗MK  elementlarini  joylashtirish 
proporsiyalarini  aniqlash  hisoblanadi.  Ushbu  muammo  psixologik-pedagogik 
nazariya  asosida  hal  etilishi  kerak.  Bu  erda  har  bir  O‗MK  elementlarida  o‗quv 
materiallarining  tarkibini  strukturalashtirish  muammoasi  yuzaga  keladi.  Ushbu 
muammoni  hal  qilish  tegishli  vosita  va  metodlarni  (IMS,  SCORM  va  boshqa.) 
qo‗llagan holda ta‘limda standartlashtirish muammolari bilan bog‗liq.  
Optimallashtirish muammosi bo‗lib o‗quv materialni psixologo-ergonomik taqdim 
etish, o‗quv materialni inson tomonidan qabul qilinishi, elektron ko‗rnishda taqdim 
etish, elektron o‗quv materialni tushunish hisoblanadi.  
O‗MKning turli elementlarida joylashgan o‗quv axboroti (o‗quv adabiyotlar, o‗quv 
qo‗llanma  va  boshqalar)  matn  shaklda,  yoki  ovoz  shaklda,  yoki  sxema  shaklda, 
video  qator  va  hokazo  ko‗rinishda  yoki  ularni  birgalikda  qo‗llanish  shaklida 
taqdim etilgan bo‗lishi mumkin. Bunda ergonomik va valeologik talablarga rioya 
qilingan bo‗lishi kerak.  

Ushbu  muammo  kompyuter  ekranidan  o‗quv  materialni  inson  tomonidan  qabul 
qilinishning  psixologik-lingvistik  xususiyatlar,  masofadan  o‗qitish  tizimida 
foydalanuvchilarning psixologik xarakteristikalarini hisobga olgan holda tushunish 
bilan  bog‗liq.  Bu  erda  o‗quv  materialni  inson  tomonidan  qilinishning  psixologik 
nazariyasidan  foydalanish  yo‗nalishlarida  tadqiqotni  o‗tkazish,  O‗KMda 
foydalanuvchilarning  psixologik  xarakteristikalaridan,  ekrandagi o‗quv  materialni 
o‗zlashtirish tempidan va boshqalardan foydalanish zarur.  
Ushbu  muammoni  hal  qilish  uchun  ushub  sohada  Rossiya  ta‘lim  akademiyasida 
(oliy  maktab  bo‗linmasi),  Voroned  davlat  pedagogik  universitetda,  RAGS  va 
boshqa  oliy  o‗quv  yurtlarida  hamda  ilmiy-tadqiqot  tashkilotlarda  o‗tkaziladigan, 
lekin  O‗KMda  o‗qitishning  o‗ziga  xos  xususiyatni  hisobga  olgan  holdadasturlar, 
shunga o‗xshash tadqiqot dasturlari ishlab chiqilgan bo‗lishi kerak. O‗qituvchi va 
o‗quvchilarning zamonaviy axborot-ta‘lim muhitiga kirishga tayyorlik muammosi.  
Ushbu  muammoni  hal  qilish  axborot  texnologiyalari  sohasida  bo‗lgani  kabi, 
zamonaviy  axborot-ta‘lim  muhitining  pedagogikasi  sohasida  ta‘lim  jarayonining 
ishtirokchilarini tayyorlashni o‗z ichiga oladi.  
Ushbu yo‗nalishlar bo‗yicha zamonaviy O‗KMda o‗qituvchi va talabaning faoliyat 
yuritishiga o‗xshash bo‗lgan o‗qituvchi va talabaning modellari, ularning negizida 
o‗quv  dasturlar  va  rejalar  ishlab  chiqilgan  va  tadqiq  qilingan  bo‗lishi  kerak. 
Bunday  harakatlarning  prototipi  bo‗lib  Rossiya  davlat  ochiq  ta‘lim  instituti 
(RGIOO)da, M. SHoloxov nomidagi Moskva davlat osiq pedagogik universitetida 
(MGOPU) va boshqalarda tarmoq tizimini shakllantirish yo‗nalishida oliy maktab 
o‗qituvchilarini  qayta  tayyorlash  tarmoq  tizimini  shakllantirish  yo‗nalishida 
birinchi qadam bo‗lib xizmat qilishi mumkin.  
O‗quv jarayon ishtirokchilarining kunduzgi muloqatining cheklanishi bilan yuzaga 
kelgan tarbiyaviy muammolar.  
Ushbu  muammoning  dolzarbliligi  shubha  uyg‗otmaydi.  Tarbiya  pedagogikaning 
asosiy taoifasi hisoblanadi. Biroq ushbu atama pedagogikaga oid adabiyotda beshta 
turli tushunchalar bilan belgilanadi:  
1. Ijtimoiy tuzum va atrof muhitning insonga ta‘sir etishi;  
2. To‗plangan jamoat-tarixiy tajribani yangi avlodga berish;  
3. Ta‘lim muassasida o‗quv-tarbiyaviy jarayon;  
4.  Muayyan  ishonch  va  qarashlar  tizimini  shakllantirish  uchun  maxsus  tarbiyaviy 
ish;  
5. Alohida sifatlarni shakllantirish.  
Pisixologik texnalogiyalar.  
Pedagogika predmeti chegarasining noaniq belgilanishi pisixologik texnalogiyalar 
bilan  bog‘liq  bunday  holat  (tarbiya  to‗g‗risidagi  fan  bo‗lib  hisoblanadigan)  unda 
rivojlanadigan inqirozlar sabablaridan biri hisoblanadi:  
-  «tarbiya»  atamasining sanab  o‗tilgan  tushunchalaridan biri  sotsiologiyani  tadqiq 
qilish ob‘ekti hisoblanadi;  
- ikkinchisi falsafiy xususiyatga ega;  
-  uchinchisi  «ta‘lim  jarayoni»  atamasiga  sinonim  hisoblanadi  (tarbiya  va  o‗qitish 
kiradigan ta‘lim to‗g‗risidagi fan bo‗ladigan pedagogika);  

-  natijada,  to‗rtinchi  tushuncha  («ta‘lim  muassasalarda»  cheklanishni  qo‗shgan 
holda)  maktab  pedagog-tarbiyachilari  yoki  tarbiyalanuvchilarda  ahloqiy  sifatlar 
bo‗lishiga yo‗naltirilgan oliy o‗quv yurtlari rahbar va o‗qituvchi tarkibining o‗ziga 
xos  xususiyatiga  ega  faoliyatga  kirgani  kabi  «maktab  o‗quvchisining  tarbiyasi», 
«talabaning tarbiyasi» tushunchasiga kirishiga mos keladi.  
Ko‗p  hollarda  pedagogikaga  oid  adabiyotda  «tarbiya»  atamasining  qaysi 
tushunchasi  to‗g‗risida  so‗z  yuritilayotganligi  ko‗rsatilmaydi:  tushuncha 
kontekstdan oson aniqlanadi. Albatta, bu mumkin. Umuman pedagogikaning ilmiy 
yo‗nalishi  predmeti  to‗g‗risida  so‗z  borgan  holatda.  Ijtimoiy  normalarni 
o‗zlashtirish  jarayonlari  shaxsda  bolalik  davrida  boshlanadi,  muayyan  jamiyatda 
hayotning  xususiyatlarini  yanada  turli-tuman  anglab  olish  butun  yashash  vaqtida 
davom  etadi.  O‗z  mohiyati  bo‗yicha  shaxsning  vujudga  kelishini  ta‘minlaydigan 
ushbu  barcha  jarayonlar  «sotsializatsiya»  atamasi  belgilanadigan  natija 
hisoblanadi.  
Oliy  maktabda  tarbiya,  talabalarda  ta‘lim  olish  jarayonida  ko‗zda  tutilgan 
dunyoqarash  tizimini,  ahloqiy  normalar  va  umummadaniy  sifatlarni  vujudga 
kelishiga  yo‗naltirilgan  oliy  o‗quv  yurtlari  xodimlarining  maxsus  ishi 
hisoblanadigan  ta‘rifning  asosi  sifatida  qabul  qilgan  holda,  o‗qishning  kunduzgi 
shaklida  an‘anaviy  oliy  o‗quv  yurtlarida  ushbu  yo‗nalishda  ish  hajmida  ko‗rish 
mumkin.  Virtual  oliy  o‗kuv  yurtlarida  talabalar  bilan  nima  qilish  kerakligni 
belgilaydigan ishlar, afsuski, kam.  
SHubhasiz,  zamonaviy  axborot-ta‘lim  muhitida  talabalarni  talab  etiladigan  bilim 
va  ko‗nikmalar  bilan  ta‘minlash  mumkin.  Internet  tarmog‗ida  O‗qish  bu  oddiy 
insoniy muloqatdan uzilgan holda mustaqil ishning katta bosqichidir. Biroq,  sovet 
jamiyatida  «kommunistik»  tarbiya  bo‗yicha  keng  ko‗lamli,  kundalik  ish  kutilgan 
natijalarga  olib  kelishini,  SSSRdagi  miqdor  dunyoda  ahamiyatliligini  ko‗rish 
mumkin.  
1. Valeologik muammo. Valeologiya sog‗liq, inson sog‗lig‗i to‗grisidagi fan kabi 
ko‗rib chiqiladi. "Valeo" so‗zining o‗zi (sog‗lom bo‗lish) birinchi marta 1980 yilda 
I.I.Brexmanning nashrlarda paydo bo‗ldi.  
Har qanday jamiyatning ijtimoiy qimmatliliklari va ustuvorliklari tizimlarida inson 
sog‗lig‗i  muhim  o‗rinda  turadi.  Jamoat  taraqkiyoti  ko‗rsatkichlaridan  biri  va 
mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  hotirjamlikning  o‗ziga  xos  oynasi  bo‗lib  sog‗liq 
har  qanday  jamiyatning  kuchli  ijtimoiy,  mudofaa,  madariy  va  ruhiy  potensiali 
hisoblanadi. Sog‗liq – inson, tomonidan to‗liq hajmda bajarishni, mehnat, psixik va 
biologik  funksiyalarni  ta‘minlaydigan  fizik,  ruhiy  va  ijtimoiy  hotirjamlikning 
dinamik holati.  
Hozirgi  vaqtda  sog‗lom  turmush  tarzi  (STT)  nazariyasini  ishlab  chiqish  sog‗liq 
nazariyasining  ajralmas  qismi  hisoblanadi.  STT  –  shaxs  tomonidan  tartibga 
solinadigan  madaniy  normalar,  qimmatliliklar,  faoliyatning  ma‘nolariga 
asoslangan  va  organizmning  adaptiv  imkoniyatlarini  mustahkamlovchi  shaxsning 
kundalik  madaniy  hayot  shakli  va  usullarining  namunaviy  to‗plami  hisoblanadi. 
STT  bu  sog‗liqni  saqlash,  yaxshilash  uchun  yo‗naltirilgan  oddiy  maxsus  faoliyat 
bo‗lib  qolmasdan,  balki  insonning  sog‗lig‗ini  saqlash  va  mukammallashtirishga 
qaratilgan butun hayotini tashkil qilishdir.  

STTning quyidagi sifat mezonlarini shakllantirish mumkin:  
- yuqori ijtimoiy, mehnat, fizik faollik;  
- yuqori ahloqlik;  
-  sog‗liq  uchun  zararli  odatlarni  (chekish,  ko‗p  ovqatlanish,  spirtli  ichimliklar 
ichish va h.) yo‗q qilish.  
STT  uchta  aytib  o‗tilgan  komponentlarning  bir  vaqtda  mavjud  bo‗lishini  ko‗zda 
tutadi.  
STTning asosiy elementlari quyidagilar:  
- o‗quv va ishlab chiqarish mehant madaniyati, shaxslararo muloqat va jamoadagi 
harakat;  
- o‗z-o‗zini boshqarish va o‗z-o‗zini tashkil qilish;  
- jinsiy muomala;  
-  ovqatlanish,  uxlash,  ochiq  havoda  bo‗lish,  harakatlanish  faolligining  yakka 
tartibda-mos keladigan rejimini tashkil qilish;  
- sanitar-gigienik talablarni bajarish;  
- chiniqish protseduralari;  
- zararli odatlarni engish;  
- shaxsning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi mazmunli hordiq.  
Internet-o‗qitishda  sog‗liqni  saqlash  va  talabalar  va  o‗qituvchilarning  sog‗lom 
turmush  tarzinini  targ‗ibot  qilish  muammolari  faolashtiriladi  va  hal  etish  uchun 
yangi yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qiladi.  
O‗quv  material  sifati,  o‗qitish  sifati  va  ta‘lim  standartlariga  muvofiqligi 
muammolari.  
Muammolarning  ushbu  blokini  sharhlarsiщ  qoldirish  mumkin,  chunki  uning 
dolzarbliligi  va  muhimligi  yaqqol  ko‗rinib  turibdi.  Ushbu  muammoni  hal  etish 
barcha  qolgan  muammolarni  hal  qilish  mumkinligini  bildiradi.  Ushbu  ishning 
uchinchi bobi ushbu muammolarga bag‗ishlangan.  
Taklif qilingan asosiy psixologik-pedagogik muammolar hal etib bo‗linmaydi deb 
qabul 
qilish 
mumkin 
emas. 
SHiddatli 
rivojlanayotgan 
axborot 
va 
telekommunikatsion  texnologiyalar,  Internet  tarmog‗i  orqali  taqdim  etilayotgan 
xizmatlar  va  imkoniyatlarning  tez  sur‘atlarda  rivojlanishi,  o‗qitish  jarayonida 
foydalaniladigan  amalda  har  kuni  yangi  dasturiy  mahsulotlarning  paydo  bo‗lishi 
pedagoglar va psixologlar oldiga yangi masalalarni qo‗ymoqda.  
SHunday  qilib,  shakllantirilgan  muammolar  axborot-ta‘lim  muhitining  paydo 
bo‗lishida va ochiq ta‘lim tizimining rivojlanishida harakatlarning o‗ziga xos rejasi 
hisoblanadi.  Bushbu  doimo  o‗zgaradigan  va  kengayyadigan  muammolarning 
dinamik  ro‗yxatidir.  Elektron  pedagogikaning  valeologik  va  tarbiyaviy 
muammolari belgilanmagan va ishlab chiqilmagan bo‗lib hisoblanmoqda.  
Zamonaviy ta‘lim-axborot muhitida pedagogika muammolari  
Pedagogik  tizimning  elementlari  an‘anaviyligi  kabi  ta‘lim  beruvchi,  ta‘lim 
beradigan,  maqsadlari,  tarkibi  shuningdek  maxsus  vositalar  ta‘lim  usullariva 
formalari ko‗rsatilgan.  
Hozirgi  vaqtda  ilmiy-pedagogik  va  administrativ  muhitida  ta‘lim-axborot 
tushunchasidan doimo foydalanadilar. Umuman gapirganda, ta‘lim-axborot muhiti 
bo‗lgan  va  YA.A.Kamenskiygacha  ham  mavjud,  u  holda  hozir  uning  vositasida 

doimo  muhitdan  foydalanadilar,  ba‘zan  ―makon‖  deb  ham  qo‗l  siltaydilar. 
Haqiqatdan ham nima uchun ―muhit‖ tizim emas ? 
 
Mavzu:  Dasturlangan  nazoratni  qo’llash.  Dasturli  o’qitish  moxiyati. 
Dasturlab o’qitishning texnik vositalari. 
Reja: 
1. Dasturlab o‘qitish moxiyati.  
2. Dasturlab o‘qitishning texnik vositalari.  
 
1. Talabalarni bilim va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablarni aniqlash. Bu boshida 
xar bir bo`lim va mavzu uchun DTS ko`zda tutilgan. Talabalar o`zlashtirishi lozim 
bo`lgan  tushunchalar,  egallasi  lozim  bo`lgan  bilim,  ko`nikma  va  malakalar 
aniqlanadi.  
2.  O`quv  materialini  o`rganish  maqsadlarini  aniqlash.  Bu  bosqichda  o`quv 
materialini  o`rganish  maqsadi  aniqlanadi.  O`quv  matarialini  mazmunidan  kelib 
chiqib  bir  qancha  maqsadlarga  ajratiladi.O`quv  materialini  o`zlashtirish  asosiy 
maqsad qilib belgilash kerak.  
 
O`quv  materiali  o`quv  elementi,  oquv  topshirig`I,  o`quv  savollari  ,  o`quv 
ko`rsatmalarini o`z ichiga oladi.  
Ko`nikmalar: oqish, yozish, ma`ruza tinglash, fikrlash ko`nikmalari.  
Kompyutordan  ta`lim  jarayonida  foydalanish  bu  ma`lu  didaktik  funksiyalarni 
kompyutir zimmasiga yuklaydi demakdir.  
Pedagogik  dastur  vositalarini  (PDV)  6  turi  mavjud.  Ular  ta`lim  beruvchi,  nazorat 
qiluvchi, 
tuzatuvchi 
(korrektirovka), 
tadqiqotchilik, 
pedagogic 
tadqiqot 
boshqaruvchi. PDV senariysi ishlanadi.  
III.3 Talabalarni mustaqil ishi uchun dasturli texnologiya.  
O`qitish  jarayonida  o`qituvchi  faoliyatining  asosiy  moxiyati  o`qitishdan  tashqari 
dars va darsdan tashqari mashg`ulot olgan bilimlarini va nazorat korrektirovkadan 
iborat.  
O`qituvchining  muxim  faoliyatlaridan  yana  biri,  oqituvchi  tomonidan  tanlab 
olingan  tuzilga  muayyan  maqsadga  yo`naltirgan  o`quv  materialini  xa  talaba 
tomonidan o`zlashtirishiga yordam beruvchi o`quv metodik qo`llanma yaratishdan 
va shu orqali talaba mustaqil ishini tashkillash va boshqarishdan iborat.  
Muayyan  maqsadni  ko`zlab  tanlangan  o`quv  materialini  xar  bir  talaba  tomonidan 
mustaqil  o`rganishi  taminlash  kerak.  O`qituvchining  bunday  didaktik  metodik 
tayyorgarligi tufayli o`zi uchun mexnat quroli yo`naltiruvchi qo`llanma komplekti 
yaratiladi va bu qo`llanma orqali o`qituvchi xar bir talabani mustaqil bilim olishini 
yo`naltirib beradi.  
Didaktika  va  fanlarni  o`qitish  usullari  soxasidagi  tadqiqotlar  ko`rsatilishicha  fan 
asoslarini  o`rganishning  talabalartni  mustaqil  va  ijodiy  yondashishi  bilan 
rivojalantirishi  kerak.  O`qituvchi  tomonidan  o`quv  jarayoni  tashkillash  asosida  , 
talabani faoliyatga mustaqillikni oshirish lozim.  

Talaba  faolligini  oshirish  prinspi  -  bu  talabani  kuchini,  qiziqishini,  bilib  olishga 
qaratilganligi va uni o`qish faoliyatini asosini tashkil qiladi.  
Takabaning o`qishdagi mustaqilligi , bu asosan mustaqil ishini tashkil qilishi shakli 
va mustaqil o`rganishi faoliyatini ma`zmuni bilan bog`langan.[21]  
Mustaqil  ish  –  talaba  bilim  faoliyatini  tashkillash  vositasi  demoqda.  Belgilangan 
o`quv  materiali  mustaqil  faol  maqsadga  yo`nalgan  bo`lishi  bolan  birga  talaba  bu 
faoliyati davomida o`zini ozi nazorat qiladigan faoliyatni xam o`z ichiga oladi.  
O`qituvchining  mustaqil 
ishini 
ta`minlashga 
qaratilgan 
didaktik 
metodik 
faoliyati 
yuqoridagi 
larni 
taminlashga 
qaratilishi 
kerak. №  
O`qituvchi faoliyati  
Talabalar faoliyati  
I  
Mashg`ulot 
ishlamasi 
bo`yicha 
tayyorgarlik ko`radi:  
1  
Arenlarga 
oid 
materiallarni 
ko`rib 
chiqadi.  
Matn na qo`llanmalardan 
alkanlar 
mavzusini 
o`rganib chiqadi.  
2  
Mashg`ulot 
loyixasini 
ishlab chiqadi.  
Mavzuga 
oid 
masala 
yechadi. 
Mashq 
va 
topshiriqlarni bajaradi.  
3  
Tarqatma  materiallarni  tayyorlaydi. 
Kichik  guruxlarga  bo`lish  uchun 
material tayyorlaydi.  
Mashg`ulotga kirish.  
1  
Maqul  psixologik  muxit 
yaratish. Motivatsiya.  
Doira shaklida o`tiradilar 
mavzuni 
o`rganishni 
tayyorlaydilar  
2  
Arenlar 
mavzusi 
bo`yicha  jadval  sxema 
shaklida 
ma`lumotlar 
bilan 
yakka 
tartibda 
ishlaydilar.  
Tayyorlab  kelgan  yozma 
ishlarni 
o`qituvchiga 
topshiradilar  
Mavzuga oid bilimlarini faollashtirish  
shakl: guruxli  
usul:savol-javob  
vazifa:alkanlar 
izomeriyasi 
nomenklaturasi 
olinishi 
usullari 
xossalarini taxlil qilib  
1-jadvalda  keltirilgan  ma`limotlarni 
muxokama 
qiladilar. 
Oqituvchi 
tayyorlagansavollarga javob beradi.  
 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish