Didakto sentrik texnologiyalar – bu o‗quv dasturidagi rejalashtirilgan materialni har
qanday yo‗l bilan bo‗lsa ham ta‘lim oluvchilarga etkazishdagi pedagog faoliyati
jarayonidir.
3. Hozirgi davrdagi didaktika rivojining asosiy yo‘nalishlari
Uzluksiz ta’lim tizimi – kadrlar tayyorlash tizimining asosi. O‗zbekiston
Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi shaxsning jamiyat va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustivor soha.
Uzluksiz ta‘lim tizimi ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxs shakllanishi va
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash zaruriy shart – sharoitlarini
yaratadi. Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish,
barkamol avlodni shakllantiradi.
Ta‘lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni ma‘naviy – axloqiy, intellektual va
jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota – onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar
aloqasi asosida chora – tadbirlarni belgilaydi va amalga oshirishda uzluksiz ta‘lim
tizimining barcha bo‗g‗inlarida ularga ahamiyat beriladi. Ta‘lim jarayoni va kadrlar
tayyorlash sifatiga holis baho berish tizimini yaratish va joriy etishga keng
imkoniyatlar yaratadi.
Inson qobiliyatlarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi hamda uning ta‘limga
nisbatan turli – tuman ehtiyojlarining qondirilishi milliy va umumbashariy qadriyatlar
ustivorligining ta‘minlanishi, inson jamiyat va atrof – muhit o‗zaro munosabatlarini
uyg‗unlashuvini amalga oshirish borasida qo‗llaniladi.
Uzluksiz ta’lim – milliy modelning asosiy qismi bo‗lib, quyidagi turlarni o‗z ichiga
oladi: maktabgacha ta‘lim; umumiy o‗rta ta‘lim; o‗rta maxsus, kasb – hunar ta‘limi;
oliy ta‘lim; oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim; kadrlar malakasini oshirish va qayta
tayyorlash; maktabdan tashqari ta‘lim.
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadralar tayyorlashning asosi bo‗lib,
ta‘limning barcha turlari, DTS ni, kadrlar tayyorlash tuzilmasini va uning faoliyat
ko‗rsatish tizimini o‗z ichiga oladi. O‗zaro mantiqiy izchillik asosida bog‗langan
hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir – birini taqozo etuvchi
bosqichlardan iborat yaxlit ta‘lim tizimi. O‗zbekiston Respublikasida kadrlar
tayyorlash tizimining asosi, ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan
biri 1997 yil 29 – avgustda qabul qilingan ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston
Respublikasi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ asosida tamoyil sifatida
qayd etilgan. Umumiy ta‘lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri,
O‗zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi jamiyat
va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustivor sohadir. Umumiy ta‘limning faoliyat ko‗rsatish tamoyillari
quyidagilardan iborat:
1. Ta‘limning ustvorligi.
2. Ta‘limning demokratlashuvi.
3. Ta‘limning insonparvarlashuvi.
4. Ta‘limning ijtimoiylashuvi.
5. Ta‘limning milliy yo‗naltirilganligi.
Endi quyida uzluksiz ta‘limning tarkibiy qismlari haqidagi qisqacha ma‘lumotlarni
keltiramiz.
1. Maktabgacha ta’lim – bu milliy pedagogik kadrlar tayyorlashning boshlang‗ich
shakli. Maktabgacha ta‘limning vazifasi bolani sog‗lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta‘minlash, ulardagi o‗qishga intilish hissini uyg‗otish va uni
muntazam ta‘lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha ta‘lim bola 6 – 7
yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida
hamda oilalarda amalga oshiriladi. Uning maqsad – vazifalarini ro‗yobga chiqarishda
mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar ishtirok etishi mumkin.
2. Umumiy o‘rta ta’lim – bu to‗qqiz yillik (I – IX sinflar) o‗qitishdan iborat bo‗lgan
umumiy o‗rta ta‘lim – majburiy ta‘limdir. Bunda ta‘lim oluvchilarning fanlar asoslari
bo‗yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‗zlashtirish ehtiyojlarini, asosiy
o‗quv – ilmiy va umummadaniy bilimlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan ma‘naviy – axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‗nikmalarini, ijodiy fikrlash va
atrof – muhitga ongli munosabatda bo‗lishni va kasb tanlashni shakllantiradi.
Demak, o‗rta umumta‘lim – uzluksiz majburiy ta‘lim bo‗lib, unda quyidagi
muammolar hal bo‗ladi:
fanlar asoslari bo‗yicha uzluksiz bilim beriladi;
mehnat ko‗nikmalari shakllanadi;
ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bo‗lishi o‗rgatiladi;
kasb tanlash shakllanadi.
Ta’lim paradigmalari
Paradigma – (yunoncha. Paradigma – namuna – o‘rnak ma’noloarini anglatadi)
– ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Masalan,
tug‗ilish nazariyasiga tegishli muammolarni aksariyat hollarda differensial
tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali hal qilinadi yoki talaba – yoshlarni mustaqillik
ruhida tarbiyalash milliy g‗oyalar asosida hal etiladi va hakoza.
Demak, A.Navoiyning komil inson haqidagi ta‘limoti, Abu Nasr Farobiyning fozil
odamlar shahri haqidagi ta‘limoti, Al – Xorazmiyning sonlar nazariyasida buyuk
inqilob (―O‖ – nol sonini arab raqamlariga (1,2,3,4,5,6,7,8,9) qo‗shib pozitsion sanoq
sistemasini kashf qilganligi) yasaganligi, ayniqsa ―algoritm‖
terminining fanga iste‘molga kiritilishi, V.Q.Qobilovning algoritmlash nazariyasi va
shu kabi ta‘limotlar ham paradigmaga misol bo‗la olar ekan.
Demak, paradigma – ilmiy faoliyatning muayyan bir bosqichida aniq ilmiy tadqiqotni
olib borishda foydalanish uchun nazariy metodologik asosdan iboratdir.
Mavzu:O'qitish modellarining asosiy konsepsiyalari.
Reja.
1.Bilish -ta'lim jarayonini metodalogik asosidir.
2.Ta'limning mazmuni.
3.Didaktika haqida umumiy tushuncha.
1. Bilish - ta'lim jarayoninig metodologik asosidir
Bilish jarayoni kabi ta'lim jarayonida ham o'quvchi bilmaslikdan bilishga, noto'g‘ri va
noaniq bilishdan toboro to'liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo'lgan yo'lni
bosib o'tadi.Bu jarayonda hissiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab
ko'rish ham bo'ladi.
Muayyan fan va hodisalar ob'ektiv dunyoni bilish jarayonidan o'rganiladi va ularning
tashqi, ichki mohiyatini o'zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada,
tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy hulosalar
chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.
Bilish ikki pallaga- nazariya va amaliyotga bulinadi. Nazariya yangi bilimni,
yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har hil shakllarda ifodalanadi:
aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va boshqalar. Nazariyada g‘oya
shakllanadi.
Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko'rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba
o'zgartirish, yaratish - bular amaliyot shakllariga kiradi.
Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson
uchun asosiy qurol bo'lib hizmat qiladi.
Ilmiy
bilishning
vazifasi
hodisalarning
mohiyatini,
ularning
rivojlanish
qonuniyatlarini ochishdan iborat emas, balki biror bir qonunning qay tariqa namoyon
bo'lish sabablarini ko'rsatib berishdan iborat.
Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo'lib kuzatish, tajriba asosida qo'lga kiritiladi,
omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun ahamiyati ham
bo'lmaydi. Shuning uchun ilmiy bilimning, fanning asosiy maqsadida omllar asosida
yotgan umumiy bog‘lanishlarni, qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini
bilishdadir.
Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak - atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarni
sezgi organlarimizga ta'sir etuvchi ayrim sifatlarning ongimizda aks etishidir.
Sezgilar - odam haqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Ammo ilmiy asosda
bilishda, masalan olimning bilishi bilan o'quvchining bilish faoliyati o'rtasida
umumiylik bo'lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi.
Nazariy bilim negizida talabalarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bir
necha bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin. Bu bosqichlarni quyidagicha
ko‘rinishini 4 - rasmda ko‘rsatib o‘tamiz .
Назарий билим негизида амалий ва малакаларнинг шаклланиш босқичлари.
Муайян
қоидалар
шакллан
тирилади,
ўзлаштирилган
назарий
ва
амалий
билимлар
хотирада қайта
тикланади
.
Харакат
тезлиги
нинг ошишига
салбий таъсир
этаѐтган
омиллар,
бошланғич
хатолар
бартараф
этилади.
Харакат
мохиятини
амалий
жихатдан
ызлашти
риш, дастлабки
малакаларни
қарор топиши
рўй беради.
Муста
қил ва тизимли
равишда тезкор
бажариладиган
фаолият
шаклланади ва
у такомил
лашиб боради.
Муайян
харакат
ларни
бажариш
тартиби
хақида
назарий
билимлар
берилади,
амалий
харакат
намойиш
1-босқич
2-босқич
3-босқич
4-босқич
5-босқич
Кўникманинг шаклланиши.
Малаканинг шаклланиши.
Bilim olish darajalarini biz quyidagi bosqichlarda ko'rsatib o'tamiz.
Bilim olish darajasi.
О л и н г а н б и л и м н и ё д д а с а к л а ш.
Т у ш у н и ш.
К у л л а ш
Т а х л и л к и л и ш
С и н т е з.
Б а х о л а ш.
2. Ta'limning mazmuni
Ta'limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta'limning mazmuni
deganda, o'quvchilarning o'qish jarayonida egallab olishi lozim bo'lgan hamda
tizimga solingan bilim, malaka va ko'nikmalarning aniq belgilangan doirasi
tushuniladi.
Ta'limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
1.Ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlar, ijtimoiy tuzimning
hususiyatlari.
2.Davlatning halq ta'limi va muayyan turdagi o'quv yurti oldiga qo'yadigan maqsad
va vazifalar.
3.O'qitish qoidalaridan kelib chikadigan va o'quvchilarning imkoniyatlarini (yosh
imkoniyatlari va boshqalar) e'tiborga oluvchi didaktik talablar.
Ta'lim mazmuni o'quv rejasi, o'quv dasturi va darsliklarda ifodalangan.
O'quv rejasi - deb, o'qitiladigan fanlar, o'qitish uchun ajratilgan soatlar va o'quv
yilini tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi.
O'quv rejasi - barcha umumta'lim maktablarida so'zsiz amal qilinishi lozim
bo'lgan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo'yicha o'rganilishi lozim bo'lgan o'quv
fanlari va o'sha fanlar uchun ajratilgan o'quv soatlari ko'rsatilgan bo'ladi.
Maktabning yagona o'quv rejasi halq ta'limi vazirligi tamonidan tasdiqlanadi.
O'quv dasturi - o'quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O'quv dasturi har bir o'quv
fanining o'qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g‘oyaviy - siyosiy
yo'nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir.
O'quv dasturida o'quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo'yicha
o'quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarning hajmi belgilab
beriladi. Dasturda har qaysi o'quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va
ma'lum mavzular orqali ko'rsatiladi. Ma'lum mavzu yuzasidan o'quvchi
o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar qisqacha ifodalab
beriladi.
Darslik - o'quv jarayonining zarur qismidir. Ko'p vaqtlardan beri u o'qitishning
eng muhim vositasi hisoblanar edi.
Har bir o'quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga
oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon
qiluvchi kitobdir.
Darsliklar bilan bir qatorda ayrim fanlardan o'quv qo'llanmalar ham tuziladi.
Masalalar va mashqlar to'plami, hrestomatiyalar, atlaslar, lug‘at kitoblari vash u
kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
O'quvchilar darslik va o'quv qo'llanmalari bilan ham darsda, ham uy sharoitida
mustaqil ish olib boradilar. Darslik materiali katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. U
bilan
ishlash
tarbiyalanuvchilarning
aqliy
tarbiyasiga,
ularda
ilmiy
dunyoqarashning, ahloq, odob, tafakkurning, nutqning, ishdagi mustaqilligini
rivojlanishiga yordam beradi.
3. Didaktika haqida umumiy tushuncha
Ta'lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri bo'lib u
o'qitish, bilim, ko'nikma va malaka hosil qilish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Ta'lim nazariyasini ―Didaktika‖ tushunchasi bilan ham ifodalanadi. ―Didaktika‖
so'zi grekcha ―Didasko‖ so'zidan olingan bo'lib, ―o‘qitish, o'rgatish‖ degan ma'noni
bildiradi. Didaktikaning o'rganish ob'ekti o'quv jarayoni, o'quv jarayonining
rivojlanish qonuniyatlari, o'qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. Ta'lim
jarayonining asosiy mohiyati tarihan to'plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh
avlodga etkazish, avlodlar o'rtasidagi o'zaro bog‘liqlikni ma'lum tizim orqali
amalga oshirish bo'lib hisoblanadi.
Albatta, avloddan-avlodga o'tib borgan sari ijtimoiy tajriba hajmi, demak bilimlar
hajmi ham ortib boradi. Fan va tehnikaning rivoji ham ilmiy bilimlarning hajmiga
va harakteriga ta'sir ko'rsatadi. Bularning hammasi esa o'z navbatida ta'lim tizimida
o'z aksini topadi. Ta'lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish asosi bo'lib hizmat
qiladi. Chunki aynan ta'lim tizimi jamiyatning har bir a'zosini ma'naviy, ilmiy
dunyoqarashini shakllanishida eng asosiy o'rinni egallaydi. Shuning uchun ham
barcha tarihiy yuksalish, yangilanish bosqichlarida aynan ta'lim tizimini isloh
qilish muhim o'rin tutgan. Ta'lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish darajasidan
hamda shu jamiyatning talablaridan kelib chiqqan holda shakllanadi.
O'sib kelayotgan yosh avlod ta'lim jarayonida:
Zarur bilimlar bilan qurollantiriladi;
Kerakli malakalarga ega bo'ladi;
Ko'nikmalar hosil qiladi;
O'quv jarayonida ta'lim oluvchilar va pedagoglar o'rtasida o'ziga hos munosabatlar
o'rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida boradi.
Shuning uchun ham ta'lim jarayoni ikki tomonlama harakterga ega deyiladi.
Pedagoglar va talabalarning faollik darajasi ta'lim jarayonining samarasini
belgilaydi. Albatta bu jarayonda pedagog yo'naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi.
Pedagog aniq maqsadni ko'zlab reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va
malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o'zlashtirib olishlari kerak.
Ta'lim jarayonida pedagog o'rgatish, bilim, malaka, ko'nikma hosil qilish vazifasini
bajarsa, talabalar o'zlashtirish jarayonini o'z boshidan kechiradilar. Bu murakkab
psihik jarayon bo'lib, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabilar ishtirokida boradi.
O'?ish talabalarning o'zlashtirish, bilish qobiliyatlari, fikrlash operaciyalari va
harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv tomoshabinlik jarayoni emas, balki
talabaga noma'lum bo'lgan haqiqatlarni ochib beradigan faol, ijodiy faoliyat
jarayonidir.
Ta'limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va
fan tehnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda
shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun
asos bo'lib hizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, ahborotlar hajmi tobora
oshib borayotgan bir davrda ta'lim tizimi talabalarga berishili kerak bo'lgan
bilimlar, malaka va ko'nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi
omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni echimini topish ustida bosh
qotirmoqda. Zaruriy bilimlar hajmini belgilash va shu bilan bir qatorda o'qish
muddatini aniqlash eng muhim masalalardan biri. Ta'lim jarayonida biror fan
sohasidagi insoniyat tomonidan erishilgan hamma narsalarni o'rganish kerak deb
o'ylash mutlaqo noto'g’ri bo'lar edi. O'quv jarayonida eng asosiy, eng muhim
bilimlar- fanlarning asoslari o'rganiladi. Ammo shunga qaramay hozirda o'rganish
zarur bo'lgan yangi-yangi fanlarning tarmoqlari (ekologiya, EHM, oila
psihologiyasi, iqtisod asoslari, ma'naviyat asoslari) vujudga kelmoqdaki ular ta'lim
hajmini benihoya kengayishiga sabab bo'lmoqda. Bunday muammolar hozirda
deyarli barcha davlatlarda mavjud va har bir davlat bu muammolarni o'z
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal etishga harakat qilmoqda. Biz bu
muammolarni ta'lim tamoyillarini (principlarini) buzmagan holda, yosh avlodning
sog’ligiga ziyon etkazmagan holda echimini topishga harakat qilmoqdamiz.
Ta'limning asosiy maqsadi - zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan, mustaqil fikrlash
va muammolarni echish imkoniyatiga ega bo'lgan ma'naviy jihatdan boy
shahslarni shakllantirishdir. Jamiyat rivojlanar ekan, hayotiy talablarning darajasi
ham ortib boradi. Demak, ilmiy bilimlarning hajmi kengayib, ilmiylik darajasi
chuqurlashib borar ekan, mantiqiy fikrlash va muammolarni tezda hal etishga
bo'lgan talab yanada kuchayib boradi. Bu fikrdan kelib chiqqan holda ta'lim tizimi
bugungi kun talabinigina hisobga olgan holda emas, balki kelajak talablarini
aniqlagan va hisobga olgan holda ish olib borishi kerak degan hulosaga kelamiz.
Chunki, bugungi kun talablari kelajakda jamiyatning asosiy o'zagiga aylanadi.
Demak, ta'lim tizimi talabalarni bugungi kundagi hayotga emas, balki kelajakdagi
hayotga tayyorlashi lozim. Bu ham ta'limning o'ziga hos hususiyatlaridan biridir.
MAVZU: Zamonaviy didaktik konsepsiya Uning an’anaviy va pedosentristik
didaktik konsepsiyalardan avzalliklari.
R e j a:
1. Ta`limni didaktik loyihalash muammolari.
2. Ijtimoiy tajriba- didaktik loyiha manbai.
3. Ta`lim mazmuni va ma`lumot mazmuni.
4. O’quv maqsadlari va vazifalarini loyihalash.
1. Ta`limni didaktik loyihalash muammolari.
Loyiha keng ma`noda ma`lum obekt, hatti-harakat, holatning tarxi demakdir.
Didaktik loyihalarda ta`lim sub`ektlari o‘zaro ta`siridan shakllanadigan, istiqbolga
yo‘nalgan shirkat faoliyat moddiylashtiriladi. Didaktik loyihalarning eng oddiysi
(masalan, dars konspekti) dan tortib ularning o‘ta murakkab ko‘rinishlari(masalan,
dastur, darslik, ta`lim etaloni) gacha turlari inson faoliyati antisipirik - oldindan
payqash, ko‘ra bilish layoqati mahsulidir. Pedagogik hodisalarning borishi,
rivojlanishidagi o‘zgarishlarni loyihada aks ettirish, loyihada kuzlangan maqsad,
vosita, natijalarni o‘quvchi faoliyatiga nisbatan tasavvur qilish, ma`lum bir
didaktik nazariyaga asoslanib loyihani tayyorlash loyiha muallifi pedagogik
bilimlarining takomillashuviga, pedagogik amaliyotdagi yangi bog‘lanishlarni
sezish va ajratishga olib keladi. Garchand, loyiha faoliyatning normativ sohasiga
taalluqli bulsada, u didatik hodisalarni ko‘rish yo‘li bilan bilishning eng qulay usuli
sanaladi.
Didaktik loyihalash ta`limning amal qilish namunasini tayyorlash jarayonidir. U
jarayon sifatida loyihalash faoliyati, vositasi, predmetidan iborat. Bu jarayonda
ma`lumot mazmuni yoki uning bir qismi- o‘quv materiali loyihalash predmeti
funksiyasida qatnashadi. O‘quv materialiga pedagogik ishlov berilib, darslikdagi
shakldan yangi shaklga olib kiriladi. O‘quv topshiriqlari, muammolari, testlar
tizimi va shu kabilar o‘quv materialini o‘qitish va o‘qish extiyojlariga ko‘ra
o‘zgartirilgan- loyihalashtirilgan shakllaridir. Loyiha muallifining didaktik
bilimlari unda shakllangan pedagogik mahorat, orttirgan hayotiy tajribasi
loyihalash vositalari bo‘lib, ular loyiha sifatini belgilovchi omillardir. Didaktik
bilimlar ko‘lami, hajmi, aniqligi, pedagogik tajribaning etukligi, uning puxta
egallanganligiga ko‘ra didaktik loyihalar bir-biridan farq qiladi. Binobarin,
didaktik loyihalarning samaradorligi va sifati pirovard natijada loyiha muallifining
bilimi, tajribasi, mahoratiga borib taqaladi. Didaktik loyihalash- bu ta`lim
sub`ektlari o‘zaro ta`sirining ta`lim mazmuniga yo‘nalgan akt, zveno, bosqich,
davr shaklidagi harakatlarini kelgusida amalga oshirish namunasi timsolini
tayyorlash demakdir.
2.Ijtimoiy tajriba- didaktik loyiha manbai.
Didaktik loyiha mohiyatiga ko‘ra o‘ta murakkab populyativ tizim bo‘lib, o‘zini
shakllantirishga yo‘nalgan faoliyatni loyihalash sohasiga oid bilim hamda
vositalarni loyihalash predmeti- o‘quv materialini tahlil qilishni taqozo qiladi.
Didaktik loyiha ta`lim sub`ektlari faoliyatida amalga oshiriladi. Binobarin, didaktik
loyiha o‘qitish faoliyatiga ham, o‘qish faoliyatiga ham, shuningdek o‘qitish va
o‘qish faoliyatlarining o‘zaro kirishuvidan shakllanadigan hosila faoliyat - ta`limga
ham taalluqlidir.
Didaktik loyihalarni tayyorlash jarayonlarida mualliflar turli didaktik nazariya,
qarashlardan kelib chiqib loyihalash predmeti - ma`lumt mazmuniga pedagogik
ishlov berishadi. Ma`lumot mazmuniga pedagogk ishlov berish yo‘li bilan
ta`limning keng qamrovli, katta, universal loyihalari konsepsiya, dastur, darslik
shaklida tayyorlanadi. Katta, universal didaktik loyihalarni amalga oshirishda
ikkilamchi loyihalar- dars ishlanmalari, rejalari, konspektlari sifatida ishlab
chiqiladi.
Didaktik loyihalarni tayyorlashda didaktika fani yutuqlaridan foydalaniladi. O‘z
navbatida didaktik loyihani sinab ko‘rish didaktik nazariyani rivojlantirish uchun
etakchi omil vazifasini o‘taydi. Didaktik loyihalash darajalari deganda loyihani
o‘zidan katta yoki o‘ziga adekvat tizimlar bilan muqoyasa qilib o‘rganishni
tushunamiz. Ijtimoiy hodisalar o‘z mohiyatiga ko‘ra ochiq tizim bo‘lib, didaktik
loyihani o‘zidan katta, o‘ziga adekvat (teng), o‘zidan kichik tizimlar bilan yonma-
yon o‘rganish didaktik loyihalash muammosini yanada chuqurroq anglashimizga
olib keladi. Didaktik loyihani o‘zidan katta tizim bilan yonma-en o‘rganish,
masalan, «jamiyat va didaktik loyiha». Bu tizimda didaktik loyiha jamiyatning bir
funksiyasini - yoshlarni hayotga, ishlab chiqarishga yaroqli komil inson qilib
etishtirishda etakchi vosita bo‘la olish ishini anglatadi. Didaktik loyihani o‘ziga
adekvat tizim bilan yonma-yon o‘rganish, masalan, «ta`lim jarayoni va didaktik
loyiha». Bu tizimda didaktik loyiha ta`lim jarayonining timsoli, namunasi
funksiyasini bajaradi. Didaktik loyihani o‘zidan kichik tizim bilan yonma- yon
o‘rganish, masalan, «ta`lim akti va didaktik loyiha».Ta`limning turli nuqtai
nazarlariga oid kichik dasturlar tuzib, o‘qituvchi yoki talabalarni ta`limni
loyihalashga ham o‘rgatish mumkin.
Fan va o‘quv predmeti bir narsami yoki ularning farqlari bormi? Ma`lumot
mazmuni va ta`lim mazmuni tushunchalarining o‘xshash va farqli tomonlari
nimada?
Didaktik loyihalashni ijtimoiy talab darajasida tasavvur etishda mutaxassislar
oldida turgan aosisiy muammo fan va o’quv predmeti farqlarini aniq
chegaralashdir. Har bir o‘quv predmetida o‘ziga oid fanning umumiy asoslari
o‘rganiladi. Fan va ma`lumot o‘zaro uzviy bog‘liq, ammo alohida-alohida
hodisalar sifatida sharxlanishi lozim. Ularning o‘zaro bog‘liqligini quyidagi fakt
orqali kuzatishimiz mumkin: fan o‘z sohasidagi bilimlarni , yangi kashfiyotlarning
natijalarini o‘quv predmetlari ixtiyoriga beradi, o‘quv predmetlari esa o‘z
navbatida, yoshlarni ma`lumotli, madaniyatli, ijodkor shaxs sifatida shakllantirib,
jamiyat ixtiyoriga topshiradi. Fan va o‘quv predmetining qator farqlari ham
mavjud.
Fan ijtimoiy ong hodisasi. O‘quv predmeti esa yoshlarga ta`lim berish, ularni
tarbiyalash vositasi.
Fan tabiat,jamiyat, ong hodisalarini o‘rganib, qonuniyatlarni, tamoyillarni ishlab
chiqadi. U o‘zini-o‘zi rivojlantiradi. O‘quv predmeti esa ta`lim-tarbiya vazifasini
bajaradi. Fan va o‘quv predmeti jamiyatda ikki xil funksiya bajaradi.
Fan hajm va mazmun jihatidan keng, boy hodisa. O‘quv predmeti esa bolalarning
yosh, psixo-fiziologik hususiyatlari , tayyorgarlik darajasi real bilish
imkoniyatlarini o‘rganish asosida yaratiladi. Demak, o‘quv predmeti fanga
nisbatan hajm va mazmun jixhtdan tor hodisa.
Fanni butun insoniyat yaratadi. O‘quv predmeti mazmunini mutahassis olim,
o‘qituvchilar tanlaydi va uni bolalarbop qilib ishlov beradi.
Didaktik loyihalash jarayonlarini o‘quv predmeti darajasida tasavvur etish, o‘quv
predmeti fanning o‘qitish va o‘rganish uchun tanlangan umumiy asoslaridir. O‘quv
predmetini tasavvur qilish yo‘li bilan dastur, darsliklar yaratiladi. Ammo o‘quv
predmeti bilan darslik bir xil hodisa emas. Bitta o‘quv predmeti bo‘yicha qator
darsliklar yaratiladi. M-n, 1-9 sinflar uchun o‘zbek tili predmetidan 9 ta darslik
tayyorlanadi. Darsliklarga nisbatan o‘quv predmeti model` funksiyasini bajaradi.
O‘quv predmetlari, ularning maqsadi. tarkibi aniqlangach, o‘quv dasturlari tuziladi.
Dasturlar asosida darsliklar yoziladi.
Didaktik loyihani - o‘quv materiali darajasida tasavvur etish yo‘li bilan mavzular
bo‘yicha o‘rganiladigan bilim, ko‘nikma-malaka ijodiy faoliyat tajribasi,
tarbiyalanadigan munosabat ko‘lami ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |