3. Grafoproektorlar
Proektsion apparatlar ichida grafoproektorlar ishlatishga qulay, ko‘p vazifali,
namoyish qilinadigan vositalarni tayyorlash oson bo‘lgan apparat hisoblanadi.
Grafoproektorlarning tuzilishi sodda, harakatlanuvchi mexanizmlarning yo‘qligi
sababli ta‘mirlashni ham talab qilmaydi. Uning optik sxemasi ob‘ektiv, predmet
stolchasi, kondensor, proektsion lampa va reflektordan iborat. Informatsiya manbai
kengligi 170 dan 250 mm gacha, uzunligi 5-10 m bo‘lgan shaffof lentadagi
yozuvlar va chizmalardan iborat lenta apparatning yon tomonlarida joylashgan
g‘altaklarga o‘raladi. Lentaga informatsiya siyohli avtoruchka yoki maxsus
flomasterda yoziladi. Lentaning ma‘lum qismi to‘lgandan keyin uni ikkinchi
g‘altakka o‘rab, bo‘sh qismi yozish uchun g‘altakdan chiqariladi. Darsdan so‘ng
yozuvlarni o‘chirib tashlash mumkin. Grafoproektor orqali o‘lchovi 250x250 mm
dan katta bo‘lmagan diapozitivlarni namoyish qilish ancha qulay.
Grafoproektorlarni qo‘llashdagi qulayliklar, asosan, quyidagilar bilan ifodalanadi:
1.
O‘qituvchi mashg‘ulot vaqtida auditoriyaga qarab turadi, bu eshituvchilar
diqqatini o‘ziga tortadi.
2.
O‘qituvchi bo‘r bilan ishlamaydi.
3.
Apparatning predmet stolida o‘qituvchi kerakli so‘zlarni, chizma va suratlarni
tez chiza oladi.
4.
Lektsiyaga tegishli informatsiyani uyda oldindan yozib kelish mumkin.
5.
Nur o‘tkazmaydigan yassi detallarning va harakatlanuvchi modellarning soyasini
ekranda ko‘rsatish mumkin (8-rasm).
6.
TSellofan lentadan alohida tayyorlangan ko‘p qatlamli diapozitivlardagi
murakkab rasmlarni analiz va sintez qilib, ekranda tasvirlash ularni o‘zlashtirishni
osonlashtiradi.
7.
Proektsion lampaning yorug‘lik oqimi kuchli bo‘lganligi sababli sinf xonalarini
butunlay qorong‘ilashtirish shart emas.
Grafoproektorlardan foydalanishning eng katta qulayligi ular orqali namoyish
qilish uchun mo‘ljallangan diapozitivlarni (transporantlarni) tayyorlash osonligidir.
Buning uchun shaffof tsellofandan, polietilen plyonkadan o‘lchovlari taxminan
200x200 mm bo‘lgan asos qirqib olinadi. Sodda chizma, so‘z va formulalarni
asosga tush yoki maxsus rangli flomaster orqali yoziladi. Murakkab chizma,
shtrixli rasmlarni esa kseronusxa orqali chiqarish mumkin.
Oxirgi paytda lazerli printerga ega bo‘lgan kompyuterlarning qo‘llana
boshlaganligi ular orqali diapozitivlarni tayyorlashni osonlashtirdi. Lazerli printer
kompyuter displeyidagi yozuvlarni, chizma, grafik, rasm, jadvallarni sifatli qilib
shaffof plyonkaga tushirib berish imkoniyatiga ega.
Kseronusxa va lazerli printerlarda elektrofotografiya usulidan foydalaniladi. Optik
tizim orqali nur yordamida hosil qilingan tasvirni yarim o‘tkazgich plastinkasida
ko‘rinmas elektr potentsiali tasvirga aylantiriladi. So‘ng tasvir maxsus bo‘yoqlar
orqali qog‘ozga yoki shaffof plyonkaga o‘tkaziladi.
Grafoproektorlarning PPO-1, GP-1, «Lektor-2000», «Polilyuks-1», «Kod-1»,
«Lez-З» va boshqa modellari bor. Ular predmet stolchasining kadrlar darchasi
o‘lchami va proektsiyalash lampasining quvvati bilan farq qiladi (4-jadval).
«Lektor-2000», «Polilyuks-1», «Lex-3» grafoproektorlarida Frenel kondensori
o‘rnatilgan. Ushbu grafoproektorlarning kadrlar darchasi 250x250 mm bo‘lganligi
sababli ularga o‘rnatiladigan nur yig‘uvchi kondensor linzasining diametri ham
katta bo‘lishi kerak. Bunday linzalarni shishadan yasash murakkab, ya‘ni ularning
vazni og‘ir bo‘ladi, tannarxi qimmatlashadi. Shu sababli ularda shaffof
plastmassadan
8-rasm.
9-rasm.
yasalga
n yassi
Frenel
kondens
or
linzasi
Nur
manbai
Lampa-
ning
quvvati,
Vt
Ob‘ekti
v-
ning
fokus
masofas
i,
Nur
oqimi,
lm
Kadrlar
darchasi
,
mm
Gabarit
o‘lchovi
,
mm
Massa-
si,
kg
ishlatilg
an.
Linza
yuzasini
ng
bir
tomoni
Apparat
nomi
mm
Kod-1
PJ-13
PJ-20
500
260
600
144x10
4
145x29
0x670
16,5
Lektor-
2000
KGM-
220-750
850
365
2000
250x25
0
370x70
0x797
12
Polilyuk
s
«Narva» 650
345
1800
250x25
0
320x32
0x700
6
Lex-3
«Teslo» 600
360
1800
260x26
0
420x53
0x600
12
Mavzu: YORDAMCHI VOSITALARGA PEDAGOGIK, PSIXOLOGIK VA
INJENERLIK TALABLAR. TV
YORDAMIDA TURLI O’QITISH
USULLARINI TA’MINLASH.
REJA :
1. Doska, doska-bloknot, doska-stend, chizmakashlik qurilmalari. O’qituvchi
pulti.
2. Xonani qorong’ilatish vositalari, mikrokalkulyatorlar. Fototexnologiya.
3. O’quv televideniyasi.
4. O’quv televideniyasining o’quv jarayonidagi o’rni va imkoniyatlari.
Yordamchi texnik vositalar.
Xonani qorong‘ilashtirish moslamalari - Xona qancha yaxshi qorong’ilashtirilgan
bo’lsa, shuncha yaxshi ekranda sifatli tasvir hosil bo‘ladi.
Kinoproeksion apparatlar va quyiladigan O‘quv filmlari tushunarli va mazmunli
o‘tadi. Xonani qorong‘ulashtirish moslamasini ikki xil usuli mavjud:
a) Pardalarning gorizantal ochib yopilishining elektromexaniqa usuli.
b) Pardalarning vertikal ochib yopilishining elektromexaniqa usuli. - usuli
Xonani yoritish chirotslari va O’qituvchi pulti — xonani yoritish ikki yo‘l bilan
amalga oshiriladi.
1.
tabiiy yoritgich (quyosh).
2.
Sun‘iy yoritgichlar (elektr lampalari).
O‘quv xonasi yaxshi yoritilgan bo‘lishi lozim. Yorug‘‘lik O‘quvchi kayfiyatiga
yaxshi tasir ko‘rsatadi va uning diqqatini oshiradi.
O‘quv xonasining yoritilganligi 600 dan 1100 lk bo‘lishi kerak.
O’qituvchi pulti — barcha texnika vositalari o‘qituvchi stolidan markazlashgan
holda boshqarilishi kerak. O‘qituvchini pultini o‘qituvchining o‘zi yaratadi.
Sinf doskasi - O‘quv materialini vizual namoyish qilishning an‘anaviy va qulay
vositasidir. Undan o‘quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda yoki
biror narsani tez yozish lozim bo‘lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan
tashqari sinf doskasi talim muassasasining har bir o‘quv xonasida mavjuddir.
Kamchiligi: yangi materiallni tushintirish uchun doskada yozilganlarni o‘chirishga
to‘g‘ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko‘rsatish imkoni bo‘lmaydi. Bundan
tashqari o‘qituvchi doskaga yozayotganda taxsil oluvchilarga nisbatan teskari
holatda bo‘ladi va uni eshitish qiyin bo‘ladi.
Doska-stend – mashgu‘lotlarda O‘Quv munozaralari, aqliy xujum gurux ishlari va
boshqa muxokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o‘qitishning
texnik vositasidir. Bunda stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi va unga turli
rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Trening vaqtida stendda
mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, to‘zilmalar, sharxlar va shu kabilarni
to‘zish mumkin.
Doska-bloknot - bu varaqlanadigan qog‘ozli doska bo‘lib, unga marker bilan
yoziladi. U turli muxokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda
qo‘llaniladi. Uning afzalligi shundaki, xoxlagan vaqtda oldingi yozilgan
materiallarga qaytish mumkin va hatto o‘quv xonasiga osib qo‘yish ham mumkin.
Tarqatma materiallar - ta‘lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid
asosiy ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1-2 varaq)
yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar trening ishini qiziqarli
qilish imkonini berib, ko‘p hollarda ta‘lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda
o‘qib chiqib muxokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Tarqatma materiallarni
tayyorlash va qo‘llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
•
Ta‘lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma materiallar bermang
•
Sarlavhalarni bosh darftar bilan yozing, bir mashg‘lot uchun ikkita tarqatma
material zarur bo‘lsa, ularga kod-nom berib ularni ajratishni osonlashtiring
•
Matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak
•
Bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va x.k.) ishlatmang
•
Matnlar tushunarli, qiska va oddiy bo‘lishi kerak
•
Varaq dizayni e‘tiborni o‘ziga tortishi kerak
Ishchi varaqlar - guruxlarda, juft bo‘lib va individual Mashqlar bajarishda
qo‘llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo‘lib, ta‘lim oluvchilar tomonidan
to‘ldirish talab qilinadi.
Nazorat varaqlari – mashg‘ulot yakunida ta‘lim oluvchilarning o‘zlashtirgan
bilimlarini tekshirishda qo‘llanilib, ular test savollari, masalalar va shu kabi
shakllarda bo‘lishi mumkin.
Matnlar - trening mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rishda,
mashg‘ulot davomida, shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun
ta‘lim oluvchilarga taqdim etiladi.
Fototexnologiya. Tabiat sirlarini bilishda olimlarning ilmiy- tadqiqotlarida keng
qo‘llaniluvchi yagona asbob - fotoapparatdir. Hozirgi zamon fotoapparatlari tasviri
aniq olish imkoniyatiga ega, uni buyuk rus olimi D.I.Mendeleyev iborasi bilan
fotografiyani (foto - yorug‘lik, graf - yozaman) insonning «Ikkinchi ko‘zi» deb
aytish mumkin.
Fotografik rasmlarning ilmiy va pedagogik juda katta: dars mazmunidagi ayrim
detallarni tug‘ri namoyon qilishda, o‘quv kitoblarida chizilgan chizmalar yoki
voqealarni aniq tushuntirishda, ko‘rgazmalar, eksponatlarni sifatli tasvirlashda,
tabiat hodisalarini to‘g‘ri aks ettirishda va shularga o‘xshash qator hollarda
fotografiya muhim rol o‘ynaydi. Fotografik turistik sayohatlar, oilaviy yig‘ilishlar,
laboratoriya ishlari, ilmiy tadqiqotlarda, tarixiy yodgorliklarni abadiylashtirish,
mavsumiy manzaralar, ish protsesslari va shularga o‘xshash madaniy allomalarda
alohida o‘rin tutadi. SHu tufayli ham fotografiyaga bo‘lgan qiziqish, kun sayin
oshib
bormoqda.
Fotografik
metodlar
xilma-xil,
fotoapparatlarning
konstruksiyalari ham borgan sari takomillashib bormoqda, fotomateriallarga
nisbatan talab kun sayin oshib bormoqda.
Fotografiya haqidagi talimotning rivojlanishi. 1984 yilning 7 yanvarida butun
dunyo jamoatchiligi fotografiya ixtiro qilinganligining 145 yilligini nishonladi.
Ma‘lumki, bu ixtiro tarixi haqidagi birinchi fikrlar XIII asrda yashagan ingliz olimi
Rodjer Bekkon, XV asrda yashagan italiyalik olim Leonardo-da - Vinchi, ingliz
olimi Porta ishlarida bayon etilgan optik jarayonlarga bag‘ishlangan
tushunchalarda o‘z aksini topgan edi. Fizika tarixida Porta fotoapparat ixtirochisi
deb tanilgan.
Rodjer Bekkon o‘zining optikaga doir ishlarida ko‘rish trubasini yasash
mumkinligini, ko‘zoynak vositasida kishi miyasida aniq tasvir sodir bo‘lishini
ta‘kidlagan bo‘lsa, Da-Vinchi o‘z ishlarida Obskura kamerasi (lotin tilida ob-
scura- qorong‘i, camera- uy ma‘nosini beradi) haqida tushuncha beradi. Kichik
tirqish ochilgan qorong‘i quticha devorida teshikdan tashqaridagi buyumning
teskari tasviri hosil bo‘lishni tushuntirgan edik.
1558 yilda Obskura kamerasi takomillashtirilib, uning tirqishi oldiga yig‘uvchi
linza o‘rnatish bilan buyumlarning keskin va aniq tasvirini namoyish qilishga
muvaffaq bo‘lingan edi; shunday qilib, fotografiya tarixini 1558 yildan boshlangan
deb hisoblash xato emasdir.
Fransiyalik olim Fransua Arago 1839 yilda Fransiya Fanlar akademiyasining
yig‘ilishida so‘zga chiqib, kishilik tarixida birinchi bo‘lib, optik-ximiyaviy usul
bilan rassom Lui Dagerr tasvir olishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar beradi.
Dagerr bilan birgalikda fotografiyani ixtiro qilish ustida Nisefora Nens ham
ishlagan.
Rus havaskor ximigi A.P. Bestujev-Ryumin (1725 yilda) temir (II) - xlorid
eritmasi yorug‘‘likka sezgir ekanligini va yorug‘‘lik ta‘siri tufayli o‘zgarib temir
(SH)-xloridga aylanganligi aniqlanadi.
1727 yilda nemis olimi I.SHuls kumush to‘zi yorug‘‘lik ta‘sirida qorayishini va
yorug‘‘lik spektrlari tarkibi kumush qatlamiga turlicha ta‘sir ko‘rsatishini, ayniqsa
kumush to‘zlarining ultrabinafsha nurlar ta‘siri ostida o‘z ranglarini tez
o‘zgartirishini ko‘zatganligini ma‘lum qilgan edi.
G.Devi o‘z tajribalarida kumush nitratga qaraganda kumush-xlorid yorug‘‘likka
sezgirligini isbotladi.
Franso‘z Lui Jak Dagerr va Jozef Nisefor Nepslarning kashfiyotlari natijasida
italiyalik olim Janbatista Porta yaratgan fotografik effektni amalga oshirish
mumkin bo‘ladi, mana shuning uchun ham 7 yanvar 1839 yil fotografiyaning
yaratilgan kuni deb qabo‘l qilinadi.
Fotografiya taraqqiyotini quyidagi davrlarga ajratish mumkin.
Birinchi
davr.
Obskura
kamerasida
tasvir
olish
zamonlarini hisobga
olmaganimizda, fotografiya kumush to‘zlarida L.Dagerr tomonidan birinchi marta
tasvir olishni ixtiro (1839) qilishi bilan boshlanadi.
Fotoplastinkalarni tayyorlash uchun L.Dagerr fan tarixida birinchi bo‘lib, amaliy
usulni tavsiya qildi. Bu usulga «Dagerrotip» deb nom berilgan edi. Bu usul
shundan iboratki, silliqlangan kumush plastinka yoki kumushlangan mis
plastinkani olib qorong‘i uyda yod bug‘lari ta‘sir ettiriladi. Buning uchun yod
kristali to‘ldirilgan idish plastinkalarning silliq tomonlari tagiga qo‘yib qizdiriladi,
bug‘langan yod plastinkaning kumush sirti bilan:
2Ag+I
2
=2AgI
Ko‘rinishdagi reaksiyaga kirishib, plastinka sirtida yupqa kumush yodid qatlamini
hosil qiladi.
SHuning uchun yodli kumush «Dagorrotip» pilastinkasining yorug‘‘likka sezgir
moddasi deb topildi, shunday usul bilan tayorlangan plastinka Obskura kamerasida
fotosuratga olish uchun qo‘llanila boshlandi. Yorug‘‘lik tasiriga duch kelgan
kumush yodid metali kumushga aylanib, plastinkada buyumning ochiq bo‘lmagan
tasviri hosil bo‘ladi, bunday tasvirni simob bug‘lari bilan ochib yuborish
mumkinligi ma‘lum bo‘ldi. Plastinkaning yorug‘‘lik ta‘sirida hosil bo‘lgan kumush
metalli joylarida oq rangli amalgama kumush paydo bo‘ladi va u tosh to‘zi
eritmasida qotiriladi. Demak, bu birinchi davrda fotografiya praktikasi maydonga
keldi.
Ikkinchi davr 1851 yilda ingliz olimi F.Archer tomonidan «makrokolloid protsess»
deb nomlangan jarayonni topishi bilan boshlanadi.
Fotografiya ta‘limoti taraqqiyotidagi asosiy davr 1861yilda ingliz fizigi
J.K.Maksvell tomonidan rangli fotografiyaning ixtiro qilinishi bo‘ldi. 1873 yilda
nemis ximik olimi G.F. Fogel tomonidan «Optik sensibilizatsiya» hodisasini ixtiro
qilinishi, Rangli fotografiyaga yo‘l ochib berdi, shuning uchun ham bu sohada olib
borilgan izlanishlar 1936 yilda rangli fatografiyaga yaroqli maxsus fotografik
qog‘ozlar yaratildi.
Fotografiya tarixi (1839y.)ma‘lum tasvirdan haqiqiy nusxa olish quroli sifatida
boshlagan bo‘lsa, 1843 yilda rassom D. Xill fotografiyani o‘zining murakkab
rasmlaridagi alohida qismlarini ishlashga bag‘ishlangan izlanishlarida ishlatdi,
keyinchalik fotoplastinka (1871), fotoapparat zatvorlari (1883), fotokameralar
(1886-1888) ning birin- ketin ixtiro qilinib takomillana borish fotografiya
texnikasini yanada taraqqiy qildirdi.
M.V. Lomonosovning «Yorug‘‘lik to‘g‘risida yangi nazariya bo‘lmish
yorug‘‘likning paydo bo‘lishi haqida ikki og‘iz so‘z» nomli asari 1757 yilda e‘lon
qilinishi fotografiya nazariyasini ishlab chiqishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
1854 yilda I.V. Aleksandrov streoskopik fotoapparatni ixtiro qilganligi uchun
patent olishga muvaffaq bo‘ldi.1880 yilda I.V.Boldirov fotoplyonkaning mahkam
asosini ixtiro qilgan bo‘lsa, 1883 yilda S.A. Yurkov Shtortirkishli zatvorni ixtiro
qiladi.
1879 yilda D.I. Mendeleyev rahbarligida V.I.Srezniskiy va I.I. SHishkinlar «Rus
texnika» jamiyatining fotografiya bo‘limini tashkil qilish bilan fotografiya
sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash maqsadida unda fotografiya kursini
ochib, shu sohadagi ixtisosli mutaxassislar tayyorlashga kirishdilar, natijada
fotoapparatlarning konstruksiyalarida xilma-xil o‘zgarishlar maydonga kela
boshladi: 1883 yilda V.I.Sreznevskiy birdaniga 30 fotoplastinka sig‘adigan birinchi
rus fotoapparatini ixtiro qilgan bo‘lsa, 1885 yilda I.I. Filippenko «Sayoxat
fotoapparati» deb nomlangan ancha takomillashgan qurilmalarni ixtiro qiladi.
Oktyabr Sotsialistik revolyusiyasidan so‘ng, mamlakatimizda tashkil topa
boshlagan ilmiy-tadqiqot institutlaridan biri Leningrad Davlat optika instituti
(1918) tashkil qilinishi bilan optika-texnika sanoati tez taraqqiy etib, o‘z
vazifalarini aniqlay oldi. Bu institutda shu davrlarda Moskvada tashkil topgan
butun ittifoq kino-foto ilmiy-tadqiqot instituti o‘z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‘yib hal qila boshladi:
1) Fotoapparatlar konstruksiyasi va fotooptikaning takomillashtirish; 2) zamonaviy
fotomateriallar sifatini yaxshilash, ularni ximiyaviy fotografik ishlash yo‘llarini
ishlab chiqish va ulardan foydalanishni takomillashtirish. SHu tufayli 1929 yilda
«EFTE», 1932 yilda «Arfa», 1930-1940 yillarda «Fotokor», «Uchenik», «Pioner»,
«FED» markali fotoapparatlar birin-ketin ishlab chiqila boshlandi. Keyinchalik
«Kiev-3» (1949), birinchi ko‘zguli apparat «Zenit» (1952), Xalkaro miqyosda
tanilgan havaskorlar uchun mo‘ljallangan «Leningrad» (1956), birinchi avtomatik
sovet fotoapparati «Zorkiy-10» (1964), «Kiev-10» (1965), «Zenit-12» (1978) ga
o‘xshash bir qancha fotoapparatlar maydonga keldi. 1980 yilga kelib, fotosanoat
50 dan ortiq turli markali fotoapparatlardan 150 million nusxagacha ishlab
chiqarishga erishdi.
Nazariy, ayniqsa, amaliy fotografiya uchun fotografik materiallar sezgirligini
baholay olish juda muhim ahamiyatlidir. Buni miqdoran aniqlash uchun
tushiriladigan materialning qorong‘ilanishi bilan ekspozitsiya o‘rtasidagi miqdoriy
bog‘‘lanishni aniqlash, ya‘ni viderjka vaqti bilan nurlanish intensivligi o‘rtasidagi
miqdoriy bog‘lanishni aniqlash zarur. Bu masalaga bag‘ishlangan ilmiy fotografiya
bo‘limiga fotografik seksitomeriya deyiladi. Bu fotografik materiallarning
eksperimental va metodologik bazasining asosi hisoblanadi.
Mashhur sovet olimlari P.P.Lazarev, A.N.Tereninlar va ularning ilmiy maktabi
yorug‘likning ximiyaviy ta‘siri ustida olib borgan qator izlanishlari tufayli ilmiy
fotografiya keng rivojlanib bordi.
Fotografiyaning keyingi taraqqiyoti golografiya metodini 1948 yilda ingliz fizigi
D. Gobor tomonidan tavsiya qilinishi bilan bog‘lik bo‘ldi. Goborning
tushuntirishicha, golorafiya yorug‘lik to‘lqinlarini amplituda va faza haqidagi
informatsiyani yozib olish imkoniyatini beradi. Ammo golorafiyaning amaliyoti
kogerent yorug‘lik manbai - lazer nurlarining maydonga kelishi bilan taraqqiy
qildi. Birinchi golorammalarni 1962-1963 yillarda amerikalik olimlar E.Leyt va
YU.Upatnisklar olishga muvofaq bo‘lgan edilar, ular buni qiyshaygan tayanch
nurlar vositasida (284-rasm) olgan bo‘lsalar, sovet fizigi YU.N.DenisyO‘Q 1962
yilda uch o‘lchovli muhitlarda golorafik yozish metodini ishlab chiqdiki, uning bu
usuli birinchi bo‘lib, ob‘ektning to‘lqin maydonining amplitudasini, fazasini va
spektral tarkibini yozib olish imkonini berdi, bu bilan bo‘zilmagan fazoviy tasvirni
olish imkoni tugildi. Bunday metod bilan olingan golorammani oddiy yorug‘lik
manbalari bilan qayta o‘z vaziyatiga keltirish mumkin bo‘ladi. Uning bu ishi 1970
yilda Lenin mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.
YU.N.DenisyO‘Q uch o‘lchovli golorammasining (285-rasm) amaliy moxiyati
uning eng muhim xarakteristikasi hisoblangan difraksion effektivlik ( ) deb
nomlangan kattalik bilan xarakterlanadi.
Fotografiya elementlari. Zamonaviy fotografik metodlar bir necha xarakterli
xossalarga ega:
1. Fotomateriallarning akkumulyasion xossalari yoki yorug‘lik energiyasining
ta‘sirini to‘plash qobiliyati. Yorug‘lik ta‘siri fotomaterialning yorug‘lik sezuvchan
qatlamida fotoximiyaviy reaksiya beradi. Yorug‘lik ta‘siri tuxtaganda,
fotoqatlamda uning ta‘siri saqlanib, yashirin (ko‘zga ko‘rinmaydigan) tasvir
shaklini oladi.
2.
Fotografik qatlamning spektral universalligi. Yorug‘likni qabul qiluvchi turli
moddalar yorug‘likning to‘lqin uzunliklari o‘zgarishi bilan unga nisbatan o‘z
reaksiyalarni o‘zgartiradi. Turli fotoelementlar yorug‘lik to‘lqinlarini turlicha
qabul qilish qobiliyatiga ega. Fotografik qatlamlar faqat ko‘rinuvchi yorug‘lik
spektrlarinigina sezmasdan, ultrabinafsha, infroqizil, rentgen nurlarining to‘lqin
uzunliklarini ham seza oladi.
3.
Tasvir olinishi zarur bo‘lgan buyumning aniq geometrik shaklini olish qobiliyati.
Bu, fotografiyani o‘lchov texnikasiga qo‘llash imkoniyatini beradi.
4.
Fotografik protsessning hujjatliligi. Bu esa yorug‘lik ta‘siri natijalarini uzoq
saqlanishini ta‘minlaydi.
5.
Fotografik tasvirni cheksiz ko‘p nusxada ko‘paytirish mumkin.
Fotografik jarayonlar asosida fotoapparatlar turadi, zamonaviy fotoap-
paratlar o‘z kattaliklari (formatlari) fotomateriallarning yorug‘lik sezgirligi
darajalari, apparatlarning konstruksiyasi, ishlatish metodlari bilan o‘zaro
farqlanadi. Ammo ularni formatlariga qarab quyidagi gruppalarga bo‘lib o‘rganish
qabul qilingan:
I.
Katta formatli fotoapparatlar. Bunday apparatlar 13x18 va 30x40 kattalikda
qatlanuvchi-kamerali bo‘lib, ular faqat fotopavilonlardagina ishlatiladigan
statsionar va olib yuritiladigan fotoapparatlardir. Ko‘chma apparatlar sifatida
13x18 va 18x24 sm «FKD» markali fotoapparatlar qo‘llaniladi. Xdmma katta
formatli apparatlarning asosiy kamchiliklari shundaki, ularda tasvir xira shishada
teskari vaziyatda olinadi, buyumning tasviri unchalik keskin va aniq bo‘lmaydi.
II.
O’rta formatli fotoapparatlar. Bu apparatlarda kadrlar o‘lchami 4,5x6; 6x9 sm
bo‘lib, ular 60 mm li g‘altakli plyonkalarga mo‘ljallangan. Ular pavilonlarda olib
yurishlar uchun, yosh bolalarni rasmga olish uchun ancha qulay («Iskra», «Salyut»,
«Kiev», «Moskva» va shularga o‘xshash apparatlardir).
III.
Kichik formatli fotoapparatlar. Bu apparatlarda kadrlar o‘lchami 18x24, 24x24;
24x36 mm bo‘lib, ular 35 mm li plyonkalarga mo‘ljallangan, ular pavilonlardan
tashqari joylarda rasmga olish uchun ishlatiladi, bo‘lar qatorida uzoqni hisobga
oluvchi «FED», «Zorkiy», «Kiev» va ko‘zguli apparatlar «Zenit», «Kiev-10»,
«Kiev-11» ni kiritish mumkin
IV.
Mikrofotoapparatlar. Bo‘larda kadrlar o‘lchami 10x14 mm bo‘lib, ular 16 mm
li plyonkaga mo‘ljallangan. «CHayka», «Mikron», «Fed-Mikron» markali
apparatlar shular jumlasidandir. Sanoatimiz ishlab chiqarayotgan «Sputnik»
markali fotoapparat stereojuft rasm (chap va ung ko‘zga nisbatan ikki nuqtada
o‘rnashgan ikki rasm) ni olishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘lchamlari 6x6 sm li
kadrlarni hosil qiladi. Bunday apparatlar ikki kamerali bitta korpus bo‘lib, ko‘zguli
vidoiskatellarga ega.
V.
Panoram fotoapparatlar.Bo’lar qatoriga «Gorizont» markali apparatlarni
kiritish mumkin. Ular 35 mm li plyonkalarni qo‘llashga mo‘ljallangan, olinadigan
rasm bir tekislikda olinmay, aylanma va ob‘ektivi rasmga olish vaqtida o‘z O‘Qi
bo‘yicha (vertikal O‘Q bo‘yicha) aylanadi. Panoram apparatlarning tasvir burchagi
120
0
ga teng. Bunday apparatlar katta fazoda joylashgan ob‘ektlar tasvirini katta
o‘lchamlarda tushirib olish imkoniyatiga ega.
VI.
Avtomatik fotoapparatlar. Bu fotoapparatlar o‘z konstruksiyalari bilan
viderjkani va diafragmani avtomatik to‘g‘rilash yoki ulardan birini to‘g‘rilash
imkoniyatiga ega bo‘lishlari bilan afzaldir. Bo‘lar qatoriga «Kiev-10», «Kiev-15»,
«Zorkiy-10», «Sokol», «FED-Mikron», «Viliya-avto» markali appa- ratlarni
kiritish mumkin.
Yuqorida bayon etilgan fotoapparatlar o‘z zatvorlari konstruksiyasiga qarab
markaziy va shtorli turlarga bo‘linishi bilan, o‘z korpusining konstruksiyasiga
qarab dastalanuvchi va kattik konstruksiyali bo‘ladi.
Ob‘ektiv-zatvor, vidoiskatel-dalnomer, linzali kompensator, ko‘zguli fokuslagich,
kadrlar schetchigi, sinxronlovchi kurilma va shunga o‘xshash lar foto-apparat
elementlari bo‘lsa, fotoprotsesslarda kasseta, fotoplyonka, fotoplastinka,
fotovanna, kopiya oluvchi uskuna, fotouvelichitel, yaltiratgich, fotografik fonar,
eksponometr, sekundomerlar keng qo‘llaniladi. Plyonka (plastinka) larni ishlash
uchun ularning yorug‘likka sezgirligiga qarab maxsus ximiyaviy eritmalar
tayyorlanadi. Bulardan foydalanib qog‘oz (plastinka) lardagi tasvirlarni namoyon
qilish, maxkamlash, susaytirish va kuchaytirish protsesslari bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |