Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana13.10.2019
Hajmi1,05 Mb.
#23456
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
zamonaviy oquv texnik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi


Yorug’likni meyorlashtirish  
Ma‘lumki, tabiiy yorug‘lik bilan sexlarni yoritganda ular katta chegarada uzgaradi. 
Bu  uzgarishlar,  meteorologik  sharoitlar,  yilning  fasli  va  boshka  bir  qancha 
omillarga  boglikdir.  Shuning  uchun  sexlarda  tabiiy  yorug‘likni  yoritilganlikning 
mikdoriy jixatdan meyorlashtirib bo‘lmaydi.  
To‘qimachilik  sanoati  sexlaridagi  tabiiy  yorug‘likni  hisoblashda  va 
meyorlashtirishda  tabiiy  yoritilganlik  koeffitsiyenti  (TYOK)  kabul  kilingan.  Bu 
kattalik  bir  paytda  ulchangan  xona  ichidagi  yoritilganlik  (Yei)  ning  tashkaridagi 
(Em) yoritilganlikka nisbati bilan xarakterlanadi, yoki  
Т К ЕЕ иm Ё    100%  
Tabiiy  yoritilganlik  koeffitsiyenti  derazalarning  ulchamlari,  oyna  turlari,  ularning 
ifloslanishi hamda yorug‘lik o‘tkazish kobiliyatiga boglikdir.  

Xar bir sex uchun xonaning nurtexnik sifatini xarakterlaydigan tabiiy yoritilganlik 
koeffitsiyentining  yuza  buylab  uzgarish  grafigi  chiziladi.  Sex  yon  tomonidan 
yoritilganda  TYOK  ning  minimal  mikdori,  yukoridan  va  kombinatsiyalashgan 
yorug‘lik  qo‘llanganda  esa  uning  urta  mikdori  meyorlashtiriladi.  Bu  esa  uz 
navbatida bir xil ish sharoitida TYOK ning minimal kiymatidan kam bo‘lmasligi 
kerak.  
Ishlab chiqarish xonalari kuyosh yorug‘ligi bilan tabiiy yoritish va elektr chiroklar 
bilan sun‘iy yoritiladi. Ishlab chiqarishni yoritish turlari 38-rasmda keltirilgan.  
Ishlab chiqarish xonalari uchun tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentlarining kiymatlari.  
11-jadval. 
Kurib 
bajariladigan 
ishning tavsifi  
Fark 
kilsa 
bo‘ladigan  
Kurib 
baja-
riladigan  
Tabiiy yoritilganlik 
koeffitsiyenti  
 
Mavzu: O'quv kinofilmi yordamida dars o'tishning metodik usullari. 
RЕJA 
1.O’quv kinosi va uning pedagogik imkoniyatlari.  
2. Kinosuratga olish va kinoproeksiyalash.  
3. Kinofilm nushalarini ishlatish.  
4. Kinofilmlarni namoyish qilish apparatlari.  
1.  O‘qitish  jarayonida  statik  proeksiya  vositalarini  qo‘llash  bilan  bir  qatorda 
dinamik proeksiya vositalari – o‘quv kinosiga dam katta ahamiyat beriladi. O‘quv 
kinosining  maqsadi  ob'ektlarni  darakatda  ko‘rsatish  va  ovoz  bilan  undagi 
vokealarni yoritib borish orqali ko‘rgazmalilikni yahshilash, oddiy kuzatish orqali 
ilg‘ab  bo‘lmaydigan  jarayonlarni  o‘quvchilarga  namoyish  qilishdir.  Kino  orqali 
hayotda  uzoq  davom  etadigan  jarayonlarni,  masalan,  o‘simliklarni  o‘sishi, 
metallarni  zanglashi  dinamikasini  qisqa  vaqt  oraligida  ko‘rsatish  mumkin.  Shu 
bilan  birga  kino  juda  qisqa  vaqt  oralig‘ida  namoyon  bo‘ladigan  jarayonlarni, 
masalan,  sportmenning  sakrashi,  porohning  yonishini  sekinlashtirib  ko‘rsatishi, 
darakat  fazalari  va  jarayonlarni  chuqurrok  tadqiqotlash  uchun  ularni  alodida 
qismlarga ajratib namoyish qilish dam mumkin.  
O‘quv kinosida informatsiya vositasi o‘quv kinofilmidan iborat, uning mazmunini 
namoyish qiluvchi tehnik vosita kinoproektordir. Fotosuratga olingan obektlarning 
pozitiv  tasvirlari  tushirilgan  kinoplenka  kinofilm  deb  ataladi.  dar  bir  poziv  tasvir 
suratga olingan ob'ekt darakatlarning bir fazasi bo‘lib, unga kadr deyiladi. Ovozli 
film  plyonkasida  kadrlardan  tashkari  fonogramma  dam  bo‘ladi.  Fonogrammalar 
optik  yoki  magnit  usulida  kinoplyonkaning  chetiga  yoziladi.  Lentaning  chetida 
teshikchalar  -  perforatsiyalar  mavjud.  Ular  kinosuratga  olish,  kinonusha  olish, 
kinoproeksiyalash apparatlarida lentani darakatlantirishga hizmat kiladi.  
Kinolentalar  ensiz  (kengligi  8  va  16  mm),  keng  (kengligi  35mm),  keng  formatli 
(kengligi  70  mm)  bo‘ladi.  O‘quv  jarayonida  asosan  8  va  16mm  li  kinolentalar 
ishlatiladi 8 mm li kinoplenkadagi kinofilmlar ovozli va ovozsiz bo‘lishi mumkin, 
ular  perforatsiyalari  bir  tomonda  buladi.  Ikki  perforatsiya  markazlari  orasidagi 
masofa  perforatsiya  qadami  deb  ataladi.  Kushni  kadrlar  markazlari  orasidagi 
masofa  kadr  kadami  deyiladi,  u  perforaciya  kadamiga  teng  bo‘ladi  .  bir  kadrni 
ikkinchi  kadrdan  ajratib  turadigan  chiziq  kadr  shtrihi  deb  ataladi.  O‘quv 

kinofilmlari  bir,  ikki  yoki  ko‘p  qismlardan  iborat  bo‘ladi.  Eni  16  mm  li  yoki 
plyonkadagi  kinofilmlarning  dar  bir  qismi  120  m  plyonka  sig‘diradigan  standart 
babinaga  (galtakka)  o‘raladi.  Filmlar  600  m  plyonka  sig‘diradigan babinaga  ham 
o‘ralishi mumkin. Ular bir biriga elimlangan 4-5 qismdan iborat bo‘ladi.  
Metodik nuqtai nazardan dar tomonlama  to‘g‘ri deb qo‘llanilgan o‘quv kinofilmi 
darsni  mazmunan  boyitib,  uning  o‘quvchi  tomonidan  o‘zlashtirilishini 
osonlashtiradi.  O‘quv  kinofilmi  yordamida  o‘rganilayotgan  dodisaning  barcha 
tomonlarini uzluksiz o‘zgaruvchan dolatda kuzatish mumkin.  
Fizika, himiya, biologiya va boshka fanlarga doir voqea va hodisalarning uzluksiz 
darakatda  bo‘lgan  dolatini  kino  yordamida  tasvirlash  ko‘pincha  multiplikatsiya 
yordamida (ba'zan natural dolatda), oddiy tasvirlarni birin-ketin rasmga olish yo‘li 
bilan  amalga  oshiriladi.  Tasviriy  san'at,  adabiyot,  tarih,  geografiya  va  shu  kabi 
fanlarga oid ob'ektlarning kino yordamida statik dolatini turli rakurslarda tasvirlash 
mumkin. Bunda shu ob'ektlarning «ichki» mazmuniy dinamikasi oydinlashtiriladi.  
O‘quv kinofilmining quyidagi hususiyatlari katta pedagogik ahamiyatga ega:  
1) vaqt va fazo masshtablarini qamrab olish;  
2) multiplikatsiyadan foydalanish;  
3) ko‘zga ko‘rinmaydigan ob'ektlar tasvirini oydinlashtirish;  
4) noyob hodisalar va uzoq masofadagi vokealarni tasavvur qilish;  
5) hujjatli materiallardan foydalanish;  
6) qadimgi zamon vokealarini tiklab tasvirlash;  
7) badiiy adabiyot asarlarini ekranlashtirish va hokazo.  
Kinematografiyaning  bu  hususiyatlari  o‘quv  jarayonining  ko‘pgina  tomonlarini 
takomillashtirish imkonini beradi, jumladan:  
1. Maktab sharoitida bajarilishi mumkin bo‘lmagan, qimmatbaho optik asboblar va 
elektron  mikroskop  yordamida  o‘rganiladigan  ob'ekt  va  hodisalarni  tasvirlash. 
Mahsus  laboratoriyalarda  rasm  olingan  bunday  kinofilmlarni  sinfdagi  barcha 
o‘quvchilarga bir vaqtda namoyish etish mumkin.  
2.  Ko‘zga  ko‘rinmaydigan  ob'ektlarni  (masalan,  elementar  zarralar,  ularni  o‘rab 
olgan  maydon  va  h.k)  o‘rganish.  Bu  holda  multiplikatsiyadan  foydalanib, 
ob'ektlarning  modeli  va  hatto  ularning  tarkibiy  qismlari  tasvirlanadi.  Bunday 
modellashtirish  tushunchalarning  pedagogik  ahamiyati  katta,  chunki  ular 
o‘quvchilar  ongida  ob'ektlar  va  murakkab  hodisalar  mehanizmlarining  tasvirini 
mujassamlashtiradi va shu bilan o‘quv materialini tushunish hamda o‘zlashtirishni 
yengillashtiradi.  
3.  Oddiy  sharoitda  kuzatib  bo‘lmaydigan  juda  tez  yoki  juda  sekin  kechadigan 
hodisalarni sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan usulda kinoga olib, o‘quvchilarga 
namoyish qilish imkoni paydo bo‘ladi.  
4.  Bevosita  kuzatilishi  noqulay  bo‘lgan  voqea  va  hodisalar  (vulqan,  suv  osti 
dunyosi,  radiatsiya  zonasi,  kosmik  fazo  hamda  kemalar  harakati  va  hokazo)  ni 
o‘rganishda  kino  va  televidenie  shu  ob'ektlarni  o‘quvchilarga  ko‘rgazmali  qilib 
namoyish qilish imkonini beradi.  
Tarbiya  ishlarida  ham  o‘quv  kinofilmlarining  ahamiyati  katta.  Fizika,  as-
tronomiya,  himiya,  biologiyaga  oid  qator  o‘quv  kinofilmlari  o‘quvchilar 
materialistik dunyoqarashining shakllanishiga ko‘maklashadi.  

O‘quv  kinofilmi  ko‘rgazmali  vositalarning  uziga  hos  turi  bulib,  unda  pedagogik 
masalalar  faqatgina  kino  tehnikasi  vositasida  yechilmay,  uning  tasviriy 
tomonlaridan  ham  foydalaniladi.  Natijada  o‘quv  filmining  mazmuni  o‘quvchiga 
birinchidan  o‘quv  materialini  bayon  etish  yo‘li  bilan,  ikkinchidan  esa  uning 
emotsional tomoni bilan yetkaziladi.  
2.  Kinofilmlarni  suratga  olish  uchun  negativ  plyonka  qo‘llaniladi.  Kinofilmlar 
kinosuratga  olish  apparati  (kinokamera)  yordamida  olinadi.  Bu  apparat  fotografik 
apparat  bo‘lib  qisqa  vaqtda  ko‘p  kadrlar  (fototasvirlar)ni  suratga  olishga  imkon 
beradi.  Bir  sekundda  plyonkaga  tushiriladigan  kadrlar  soni  kinosuratga  olish 
chastotasi deb ataladi.  
Eng sodda kinosuratga olish apparati nur uo‘tkazmaydigan korpus (12)dan iborat. 
Unga  kinoplenkani  harakatga  keltirish  mehanizmlari,  kassetalar,  optik  jism 
joylashgan. (29 rasm).  
Filmni  suratga  olish  uchun  apparatga  negativ  plyonka  uzatuvchi  kasseta  (5)  ga 
joylashtiriladi.  Suratga  olish  paytida  elektrodvigatel  (6)  yoki  prujina  orqali 
harakatlanuvchi  tishli  baraban  (4)  plyonkani  kassetadan  bo‘shatadi.  Plyonka 
sirtmok  (2)  hosil  qilib  film  kanali  (10)ga  boradi.  Film  kanalida  kadrlar 
darchasi(13)mavjud.  U  kinofilm  kadrlarini  o‘lchamlarini  belgilovchi  to‘rtburchak 
darchadan iborat bulib, ob'ektiv (1)orqali o‘tgan yorug‘lik oqimi shu darcha orqali 
kinoplyonkaga  tushadi.  Greyfer  mehanizmi  (9)  kinoplyonkani  film  kanalida  har 
doim  kadr  balandligiga  teng  bir  hil  uzinlikda  to‘htab  –to‘htab  so‘rib  turadi. 
Plyonka  film  kanalidan  chikib,  yana  sirtmok  dosil  kiladi,  tishli  baraban  (8)  uni 
so‘rib,  qabul  qiluvchi  kasseta  (7)  ga  yuboradi.  Greyf  mehanzmining  darakat 
fazalari 21 rasmda keltirilgan.  
29-rasm. Kinosuratga olish apparati shemasi.  
Suratga  olish  kadrlar  darchasi  oldida  ob'ektiv  (1)  va  obtyurator  (11)  joylashgan. 
Obtyurator  ko‘zgudan  qilingan  o‘yiq  disk  bulib,  fotozatvor  vazifasini  bajaradi 
(obtyurator  11  ning  «A»  strelkasi  bo‘yicha  ko‘rinishiga  qarang).  Apparat  ishlab 
turgan  paytda  obtyurator  aylanadi.  Film  kanalida  to‘htab-to‘htab  suriladigan 
kinoplyonka  suratga olish  kadarlar  darchasi  oldida  bir  dakika  (ekspozitciya  vakti, 
sekundning  bir  necha  ulushiga  teng  vakt)  tahtaydi  Obtyurator  uyigi  orqali 
yorug‘lik  oqimini  suratga  olish  kadrlar  darchasiga  yo‘naltiriladi  va  ob'ektiv(1) 
plyonkaning  tasvir  tushirilmagan  (ekspoziciyalanmagan)  qismiga  ob'ektning  bir 
darakat  fazasini tushiradi.  Aylanib  turgan obtyuratorning  ko‘zguli kismi  yoruglik 
oqimi  yo‘lini  to‘sadi.  Yuzasi  ob'ektiv  o‘qiga  45  burchak  ostida  joylashtirilgan 
obtyurator  to  greyfer  mehanizm  plyonkani  so‘rib,  kinoplyonkaning  yangi  qismini 
suratga  olish  kadrlar  darchasiga  to‘g‘ri  keltirguncha  yorug‘lik  oqimini  kuzatish 
optik  tizimi  (3)  orkali  operatorga  yo‘naltiradi.  So‘ngra  yana  obtyurator  yorug‘lik 
oqimini  o‘tkazadi  va  plyonkaning  navbatdagi  qismiga  obekt  darakatining  yangi 
fazasini unga tushiradi va hokozo.  
30-rasm. 16 mm li kinoplyonkalarni kinoproeksiyalash shemasi.  
Tishli barabanlar kinoplyonkani uzatuvchi kasseta 5 dan film kanaliga undan so‘ng 
qabul  qiluvchi  kasseta  7  ga  uzluksiz  so‘rib  turadi.  Greyfer  yordamida  plyonkani 
uzluksiz darakatlanishdan uzlugli darakatlanishga va yana uzluksiz darakatlanishga 
o‘tkazish  vaktida  plyonka  uzilmasligi  uchun  kinosuratga  olish  apparatiga 

plyonkani  joylash  paytida  film  kanali  oldida  (2)  va  undan  keyin  sirtmok 
qoldiriladi.  
Kinofilmlar  24  kadr/s  chastota  bilan  suratga  olinadi.  Bunday  kinoga  olish 
chastotasi  normal  (standart)  chastota  deb  ataladi.  Filmlar  ekranga  ham  shu 
chastotada  tushiriladi.  Lekin  tadqiqot  va  tekshirish  ishlarida  suratga  olish 
chastotasi  o‘zgartiriladi.  Masalan  katta  chastotada  kinosuratga  olib,  normal 
chastota namoyish qilinsa, ekranda obektlarning harakati sekinlashib ko‘rinadi. 32-
250  kadr/s  chastotada  tezlashtirilgan  kinosuratga  olingan  voqealar  normal 
chastotada  ekranda  ko‘rsatilgadan  10  barobargacha  sekinlashadi.  Juda  qisqa  vakt 
ichida  sodir  bo‘ladigan  jarayonlarni  (portlash  chaqmok  chaqishini)  katta  tezlikda 
(rapid kinosuratga olish) 250-50000 kadr/s chastotasida suratga olinadi.  
Sekin  rivojlanadigan  va  natijada  ko‘zatuvchi  tomonidan  yahshi  idrok 
qilinmaydigan  jarayonlar  (muz  kristallarini  paydo  bo‘lishi)  sekinlashtirilgan  4-16 
kadr/s chastotada suratga olinadi. Juda ham sekin rivojlanadigan jarayonlar (tuprok 
erroziyasi,  o‘simlikni  urugidan  unib  chiqishi)  1  kadr/soat  chastotada  suratga 
olinadi.  
Kinofilmning  tez  almashinib  turadigan  kadrlari  tasvirini  ekranga  kattalashtirib 
tushirish  kinoproeksiyalash  deb  ataladi.  Kinoproeksiyalash  kinoproektorlar 
yordamda  bajariladi.  Ovozli  kinoproeksiyalashda  kinoproektor  kuchaytirgich  va 
radiokarnay bilan birga ishlaydi.  
Ensiz 16mm li kinofilmlarni namoyish qilish shemasida (29 rasm) kinoplenka (6) 
uzatuvchi  bobina  (5)dan  bir  tekis  uzluksiz  aylanib  turadigan  gishli  baraban 
(8)yordamida  harakatlanadi  va  sirtmoq  hosil  qilib,  film  kanali  (9)orqali  o‘tadi. 
Film  kanalida  plyonkani  greyfer  mehanzmi  (24)  to‘htatib-  to‘htatib  so‘rib  turadi. 
Plenka film kanalidan o‘tgach, sirtmoq hosil qilib yo‘naltiruvchi rolik (11) orqali 
silliq  baraban  (13)dan  o‘tadi.  Rolik  (14)  orqali  plyonka  ikkinchi  tishli  baraban 
(19)ga  boradi  va  yo‘naltiruvchi  roliklar  (20,21,  22)  orqali  qabul  qiluvchi  babina 
(23) ga o‘raladi. Rolik (7) va rolik (18) plyonkani tishli barabanlarda ushlab turadi, 
rolik (12) esa plyonkani silliq barabanga qisadi.  
Film kanalida to‘htab-to‘htab harakatlanayotgan plyonkaning har bir kadri-kadrlar 
darchasi  oldida  bir  zum  to‘htaydi  va  shu  paytda  apparatning  yoritish  - 
proeksiyalash  tizimi  orqali  ekranga  proeksiyalanadi.  So‘ngra  greyfer  mehanizmi 
(24) plyonkani so‘radi va kadrlar darchasi oldiga proeksiyalanadigan navbatdagi  
kadrni  to‘g‘ri  keltirib  tuhtatadi.  Plyonka  harakatlanib  kadrlar  almashayotgan 
paytda  obtyurator  (4)  yo‘lini  to‘sadi.  Shu  sababli  kadrlar  almashivu  ekranga 
tushmaydi, ekran korongu bo‘ladi. Lekin odamning ko‘zi tasviriy ta'surotlarni 0,1 
sekundgacha  saqlash  qobiliyatiga  ega.  Agar  ikki  qo‘shni  kadrni  ajratib  turgan 
oraliq 0,1 sekunddan oshmasa, ulardan oldingi taassurot qo‘shilib ketadi. Demak, 
tomashabin  ekrandan  uchirilgan  kadrni  qurishda  davom  etadi,  natijada  bir  necha 
kadrlarni  ketma-ket  proeksiyalash  tufayli  tomashabin  oldingi  kadr  taassurotini 
keyingi  kadr  paydo  bo‘lgungacha  saqlab,  ular  orasidagi  uzilishlarni  sezmaydi, 
ekranda  uzluksiz  harakat  namoyon  bo‘ladi.  Ovozli  filmlarni  namoyish  qilishdagi 
kinoproekciyalash  chastotasi  24  kadr/s  ni  tashkil  qiladi  chastota  bundan  kichik 
bo‘lsa,  suzlar  yahshi  anglashilmaydi.  Ushbu  chastotada  kadrlar  orasidagi  uzilish 
tahminan 0,04 sekundga teng bo‘ladi.  

Filmning  optik  fonogrammmasi  ob'ektiv  (16)  orqali  shakllantirilgan  lampa  (15) 
ning  nur  oqimi  yordamida  ukiladi.  Nur  plyonkadagi  fonogrammadan  o‘tib,  silliq 
baraban  (13)  orqasida  joylashgan  fotodiotga  tushadi.  Hosil  bo‘lgan  nur 
tebranishlari  fotodiyotda  elektr  tebranishiga  aylanadi  va  kuchaytirgich  orqali 
radiokarnayga uzatiladi.  
Magnit  fonogrammaga  yozilgan  ovoz  silliq  baraban  yonida  joylashgan  magnit 
kallagi (17) orqali eshittiriladi. Magnit kallagida hosil bo‘lgan elektr tebranishlari 
kuchaytirgich orqali radiokarnayga uzatiladi.  
3.  .  Kinofilm  nushalari  asosan  pozitiv  shaklda  ishlatiladi.  Pozitiv  kinoplyonka 
negativ dublikatlar asosida kinonusha ko‘chirish fabrikalarida hosil qilinadi.  
Kinofilm nushasi film kanalidan o‘tayotgan paytda kadr darchasi orqali o‘tadigan 
yorug‘lik  nurini  yutish  hisobiga  isiydi.  Natijada  kinoplyonka  deformatsiyalanib, 
kadrning  markaziy  qismi  bo‘rtadi.  Yorug‘lik  manbai  juda  kuchli  bulganda  bu 
burtish  0,5-0,b  mm  gacha  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  uzoq  vakt  issiqlik  ta'sirida 
bulgan  kinoplyonkaning  emulsiya  katlami  uz  elastikligini  yukotadi.  Ayniqsa, 
triasetat asosida tayyorlangan kinoplyonkalar issiqlik ta'siriga chidamsiz bo‘ladi. 3-
jadvalda  triasetat  va  nitrosellyuloza  asosida  tayyorlangan  plyonkalarda  film 
nushalarining issiqlik ta'sirida o‘ralishga mustahkamligining o‘zgarishi keltirilgan.  
Shunday ilib, film nushalarini ishlatish va saqlash jarayonida ularga ta'sir qiladigan 
issiklikni kamaytirish choralarini ko‘rish lozim.  
Mehanik  ta'sirlar  film  nushasining  yuzasi  va  perforatsiyasining  buzilishiga  olib 
keladi.  
Film  nushasini  yuzasi  bo‘ylab  nuqsonlarning  paydo  bo‘lishi  kinoproektor  lenta 
tortish mehanizmining quyidagi qismlaridagi nuksonlar tufayli yuzaga keladi.  
3-jadval  
Triasetat  va  nitrosellyuloza  asosida  tayyorlangan  plyonkalarda  film  nushalarining 
issiklik ta'sirida o‘ralishga mustahkamligining o‘zgarishi  
1.  Uzatuvchi  g‘altakning  tormozlash  qurilmasida  ishqalanish  etarli  bo‘lmaganligi 
tufayli film nushasi notekis harakatlanganda;  
2.  Kundalang  yo‘naltiruvchi  siquvchi  rolikning  fetr  yopishtirilgan  qismi 
qirlanganda;  
3.  Film  nushasining  halqasi  haddan  tashqari  katta  bo‘lib,  u  kinoproektorning 
korpusi yoki detallariga tegib turishi tufayli;  
4. Film nushasi rulon o‘rash mehanizmi tomonidan kuchli tortilganda;  
5. Lenta tortish mehanizmining ba'zi detallari ishga yaroqsiz holatga kelganda.  
Perforatsiya bo‘ylab dosil bo‘ladigan tirnalishlar quyidagi sabablar tufayli yuzaga 
keladi:  
1.  Yong‘inning  oldini  oluvchi  kanalning  yo‘naltiruvchi  tasmalari  va  yong‘in 
uchiruvchi roliklarning buzilishi;  
2. Film nushasini film kanalida kattik siqib qo‘yish;  
3. Film kanali va roliklarida qurum paydo bo‘lishi.  
Perforasiyaning  ishchi  chetlari  bo‘ylab  botiq  quyidagi  sabablar  tufayli  paydo 
bo‘ladi:  
1.  Film  kanali  va  uzatuvchi  galtagining  tormozlash  qurilmasida  ishkalanish  katta 
bo‘lganida;  

2.  Tortuvchi,  tutib  turuvchi  barabanlar  va  greyfer  tarokchasining  tishlari 
buzilganda;  
3. Film kanali yoki tutib turuvchi baraban kiyshayganda;  
4. Film nushasining chuvalishi natijasida sakrashlar bo‘lganda.  
4. 
Kinoplyonkaning 
eniga 
karab 
kinofilmni  namoyish  qilishda  turli 
kinoproektorlardan 
foydalaniladi. 
Sanoatda 
ishlab 
chiqariladigan 
«Volna»,  «Luch»,  «Rus»  va  boshqa 
kino- 
proektorlar 

mm 
li 
kinoplyonkaga 
olingan 
ovozsiz 
kinofilmlarni 
namoyish 
qilishga 
mo‘ljallangan. 16 mm li kinoplyonkaga 
olingan  ovozli  va  ovozsiz  kinofilmlar 
«Ukraina-5», 
«Chernomorec», 
«Raduga»  va  boshka  shu  tipdagi 
kinoqurilmalar  yordamida  namoyish 
qilinadi.  «KN-17»,  «KPT-2»,  «KPT-
23», «KSЕNON-1» va shunga o‘hshash 
kator  kino  qurilmalar  35  mm  li 
kinoplyonkaga  olingan,  «KSЕNON-
54», 
«KP-15» 
va 
boshka 
kinokurilmalar 
esa 
70 
mm 
li 
kinoplyonkaga  olingan  kinofilьmlarni 
namoyish 
kilishga 
muljallangan. 
Фильм нусхасининг материали  
Урилишга мустах-  
Камлиги  
20

С  
40
0  
С60

С  
Ок-кора триацетат асосли плѐнкадаги  
фильм нусхаси 100  
28,0  
15,9  
Шунинг узи эмульсияси ювиб  
Ташланган 100  
89,0  
89,6  
Ок-кора нитроцеллюлоза асосли плѐнка  
даги фильм нусхаси 100   37,1  
23,4  
Эмульсияси ювиб  
ташланган 100  
86,5  
90,1  
 
Mavzu: O‘quv kinofilmlarining imkoniyatlari va nuksonlari 
Reja: 
1. Zamonaviy axborot o‘qitish muxitlari tushunchasi va pedagogik moxiyati  
2. Elektron ta’limning dolzarb muammolari  
3. Zamonaviy ta’lim-axborot muhitida pedagogika muammolari  
4. Axborot texnologiyalari orqali ta’lim berish imkoniyatlari  
5. Intersub’ekt ta’limda internet texnologiyalari  

Bugungi  kunda  butun  dunyoda  axborot  texnologiyalari  (AT)  keng  ko‗lamda 
rivojlanmoqda.  SHubxasiz,  ta‘lim  jarayoniga  yangi  axborot  texnologiyalarini 
kiritish  zarurdir.Zamonaviy  jamiyat  axborot  uzatish  hajmi  va  tezligi  jihatidan 
chegaralanmagan  butunjaxon  axborot  tarmog‗idan  faol  foydalanishi  bilan 
harakterlanadi.  
Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‗lishi va keng tarqalishi AT 
ni muloqot, tarbiya, jahon xamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini 
beradi.  Axborot  texnologiyalarining  shaxsiyat  rivoji,  kasbiy  o‗zbelgilash  va 
"oyoqqa turish"dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi.  
Maktabdagi  ta‘lim  jarayonida  o‗quvchilar  AT  yordamida  matn  bilan  ishlashni, 
tasviriy  ob‘ektlarni  va  ma‘lumotlar  bazasini  yaratishni,  elektron  jadvallardan 
foydalanishni o‗rganadi.  O‗kuvchilar  axborot  yig‗ishning  yangi  usullarini,ulardan 
foydalanishni  o‗rganishadi,  ularning  dunyoqarashi  kengayadi.  Darslarda  AT  ning 
ishlatilishi  o‗qishga  bo‗lgan  motivatsiyasini,  o‗kuvchilarning  qiziquvchanligini  , 
mustaqil  ishlarning  samaradorligini  oshiradi.  Kompyuter  AT  bilan  birgalikda 
ta‘lim  sohasida,  o‗kuvchilarning  o‗qish  va  ijodkorligida  yangi  imkoniyatlarni 
taqdim  etadi.  Ilk  bor  ta‘lim  AT  shaxsning  bo‗lajak  kasbining  asosiy  instrumenti 
bo‗ladigan vaziyat vujudga keladi. Ta‘lim xaqiqattan ham hayotimizga butun hayot 
faoliyati davomida kirib kelaveradi.  
ATni  qo‗llashda  shaxsning  barcha  qobiliyatlarini  –  qiziquvchanlik,  odob-ahloq, 
ijodkorlik,  muloqot  va  estetik  qobiliyatlarni  ro‗yobga  chiqarishga  harakat  qilish 
kerak.  Bu  qobiliyatlar  keraklicha  yuqori  darajada  ruyobga  chiqishi  uchun 
pedagogning  AT  sohasidagi  bilimdonligi  zarur.  Pedagoglarda  bu  bilimdonlikni 
rivojlantirishni  oliy  uquv  yurtlaridagi  o‗qish  davomida  boshlash  kerak.  AT 
sohasidagi  bilimdonlikni  quyidagilar  bilan  ifodalasa  buladi:  zamonaviy  axborot 
muhitida  tajribani  baholash  va  faoliyatda  qo‗llash  qobiliyati  :  shaxsiy  ijodkorlik 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishga 
harakat 
qilish 

umumiy 
kommunikativ 
madaniyatning,  axborot  almashishni  tashkillashtirishda  tajriba  va  nazariy 
bilimlarning  mavjudligi  :  axborotni  olish,  tanlash,  saqlash,  qayta  ishlash, 
o‗zgartirish, taqdim etish, uzatish va qo‗llash madaniyatini o‗zlashtirish.  
Zamonaviy axborot o‘qitish muxitlari tushunchasi va pedagogik moxiyati 
Yuqori  sifatdagi  va  yuqori  texnologik  axborot-o‗qitish  muxitini  yaratish,  asosan, 
ta‘lim  tizimining  texnologik  bazasini  tubdan  modernizatsiyalash,  postindustrial 
jamiyat  talablariga  javob  beradigan  ochiq  ta‘lim  tizimiga  o‗tish  imkoniyatini 
yaratadigan etarlicha murakkab bo‗lgan texnik masala sifatida ko‗riladi. SHu bilan 
birga,  axborot  ta‘lim  muxitini  yaratish  faqat  texnik  masala  emasligini  inkor  etib 
bo‗lmaydi.  Uni  yaratish,  rivojlantirish  va  undan  foydalanish  uchun  barcha  ta‘lim 
tizimining  ilmiy-uslubiy,  tashkiliy  va  pedagogik  potensialini  to‗liq  ishga  solish 
kerak  bo‗ladi.  SHu  munsabatda,  zamonaviy  axborot-ta‘lim  muxiti  ishlatilayotgan 
sharoitda pedagogika munosabatlarini xam xisobga olmoq lozim.  
―Axborot – ta‘lim muxiti‖ tushunchasini ta‘riflashga bo‗lgan qanday yondoshishlar 
mavjud?  
Keng  ma‘noda  ta‘lim  muxiti  ijtimoiy-madaniy  muxit  podsistemasidir,  tarixdan 
kelib  chiqqansituatsiya,  faktlar  to‗plamidir.  Bu  tushuncha  maxsus  tashkil  etilgan, 
shaxs rivojlanishiga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlar birligi bilan ifodalanadi. 

Axborot-ta‘lim  muxiti  ta‘riflari  to‗plamining  taxlilidan  shu  xulosaga  kelish 
mumkinki,  bu  axborot,  texnik,  o‗quv-uslubiy  podsistemalar  jamlanmasi  bo‗lib 
o‗quv jarayoni va uning qatnashchilarini ta‘minlashga maqsadli qaratilgandir. Bir 
qator  tadqiqotchilar  ijtimoiy-madaniy  muxit  sifatida  odam  rivojlanishi  va  ta‘lim 
olishni belgilovchi asosiy faktorlar sistemasini tushunishadi:  
- Ta‘lim jarayoniga ta‘sir o‗tkazuvchi shaxslar;  
- Mamlakatdagi ijtimoiy-madaniy muxit ( bunda pedagogik madaniyat xam kiradi);  
- Ommaviy axborot vositalari;  
- Tasodifiy voqealar;  
 
G.YU.Belyaev  keltirgan  belgilarni  asosiy  xisoblab  ta‘lim  muxitini  tipologik 
belgilarini ta‘riflaymiz:  
1.  Ixtiyoriy  darajadagi  ta‘lim  muxiti  tizimidan  kelib  chiqqan  murakkab  tarkibli 
ob‘ektdir.  
2.  Ta‘lim  muxitining  butunligi,  tizim,  effekti  etishishlik  sinonimi  bo‗lib  bunda 
uzluksiz  ta‘lim  darajasida  o‗qitish  va  tarbiyalashdan  iborat  kompleks  amalga 
oshirish nazarda tutiladi.  
3.  Ta‘lim  muxiti  ma‘lum  bir  ijtimoiy  xamjamiyat  bo‗lib  unda  insonni  dunyoga 
ijtimoiy-madaniy  adaptatsiyasi  orqali  odamlarni  bir-biriga  munosabatini 
rivojlanadi.  
4. Ta‘lim muxiti, xar xil sifatdagi ayrim xollarda bir birini inkor etuvchi sifatlarga 
ega lokal muxitlar turlarini shakllovchi keng spektrdagi modullikka egadir.  
5.  Maqsadli  –  baxolashli  rejalashda  ta‘lim  muxitlari  ijobiy  xamda  salbiy 
tavsiflardan  iborat  tarbiyaviy  effekt  beradi,  tarbiya  yo‗nalishi  ta‘lim  jarayonining 
umumiy mazmunidan kelib chiqib maqsadli buyurtiriladi.  
6. Ta‘lim muxiti nafaqat ta‘lim berish sharoiti, balki o‗qitish va tarbiyalash vositasi 
xam bo‗ladi.  
7.  Ta‘lim  muxiti,  pedagogik  ta‘sir,  tendensiyalari,  bosh  shart-sharoitlaridan 
koordinata  sistemasini  tashkil  etuvchi  ijtimoiy,  predmetli  va  psixologo-didaktik 
komponentlarning dialektik o‗zaro ta‘sir jarayoni bo‗lmoqda.  
8.  Ta‘lim  muxiti,  o‗quv  situatsiyadan  xayotga  o‗tish  davrida  shaxsiy  faoliyatni 
shakllantiradi.  
Bevosita  AO‗M  (axborot  o‗qitish  muxiti)  tushunchaga  ta‘rif  berilayotganda 
mavjud bo‗lgan xar xil yondoshishlarni ko‗rib chiqamiz.  
AO‗M sifatida quyidagilar tushuniladi:  
-  Ta‘lim  jarayoni  sub‘ekti  sifatida  inson  bilan  uzluksiz  bog‗liq  bo‗lgan  axborot-
texnik, o‗quv-uslubiy ta‘limotning tizimli tartibga solingan to‗plamiga aytiladi;  
-  Antroposofik  regevant  bo‗lgan,  o‗quvchi  va  o‗qituvchining  talantlari  va  ijodiy 
potensiallarini ochishga mo‗ljallangan axborot anturajiga aytiladi.  
-  axborotni  an‘anaviy  va  elektron  tashuvchilarga  uyg‗unlashtirish  yo‗li  bilan 
qurilgan,  virtual  bibliotekalarni,  taqsimlangan  ma‘lumotlar  bazalarini,  o‗quv-
uslubiy majmualarni va didaktikaning kengaytirilgan apparatini o‗z tartibiga olgan 
yagona axborot-ta‘lim fazasiga aytiladi.  
 

Xattoki,  shu  ta‘riflarda  xam,  axborot-o‗qitish  muxiti  kabi  murakkab  xodisaning 
mazmun  va  moxiyati  xaqidagi  xilma-xil  fikrlarni  kuzatish  mumkin.  SHu  kabi 
murakkab  xodisalarni  tushunish  va  ilmiy  tavsiyalar  ishlab  chiqish  uchun  bu 
jarayonni  formagizatsiya  qilib  matematik  modeli  yoki  xodisani  ta‘riflovchi 
modellarni ishlab chiqish lozim. Kunduzgi o‗qish shakli bo‗yicha o‗tiladigan o‗quv 
jarayoni, va misol sifatida Internet-ta‘lim  orqali beriladigan o‗qitish jarayoni bitta 
nazariy  model  bilan  beriladi.  Xaqiqatda  xam  nazariy  model,  sodir  etiladigan 
muxitga mos (invariant) xolda pedagogik jarayonni ta‘riflashi mumkin. Agarda uni 
xar  xil  ta‘lim  tizimida  ko‗riladigan  bo‗lsa,  Platon  davridagi  parapetiklar  maktabi 
(bilim  o‗qituvchidan  o‗quvchiga  bog‗da  sayr  qilinayotganda  beriladi);  auditoriya 
va ma‘ruza zallari bor zamonaviy universitet; virtual universitet  – bundan xulosa 
qilish  mumkinki,  xar  bir  tizimdagi  pedagogik  jarayonlar  bir  xil  elementlar  bilan 
tavsiflanadi:  kim  o‗qitadi,  kimni  o‗qitishadi,  nima  yordamida  va  qanday 
o‗qitishadi. Bu pedagogik tizim ―barcha davrlarga‖ mos bo‗lib ixtiyoriy pedagogik 
jarayonlarni  taxlil  etishga  loyiqdir.  Axborot-ta‘lim  muxiti  –  yangi  darajadagi 
pedagogik  tizimdir.  AO‗M  ni  shunga  o‗xshash  ta‘riflari  mavjud.  Ushbu 
yo‗nalishning  bir  variantini  quyidagidek  keltiramiz:  ―Axborot  ta‘lim  muxiti  – 
pedagogik  tizim  va  uning  ta‘limotidan  iborat,  ya‘ni,  moddiy-texnik,  moliya-
iqtisodiy,  me‘yor-xuquqiy,  boshqaruv  va  marketing  tizim  ostilaridir.  Nazariy 
jixatdan butun AO‗M ning negizi aynan pedagogik tizimdan iboratdir. AO‗M deb 
ataluvchi  yangi  tuzilmadagi  pedagogik  jarayonlarni  tadqiq  etuvchi  pedagogika 
fanining yangi yo‗nalishi xaqida gapirish mumkin. SHunday yangi yo‗nalishni biz, 
shartli  ravishda  ―Elektron  pedagogika‖  deb  ataymiz.  Internet  tarmog‗idagi  o‗quv 
muassasasining  virtual  vakolatxonasidagi  AO‗M  da  o‗quv  jarayonini  tashkil 
etuvchi qismlarini ko‗rib chiqamiz.  
Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish