Elektron ta’limning dolzarb muammolari
O‗z vaqtida A.Eynshteyn – muammoni shakllantirish, bu uning yarmini hal etish –
degan fikrni aytgan. SHuning uchun muammolarning majmuini (idealda - tizimlar)
shakllantirish bu yangi pedagogikani rivolantirishda muhim qadam hisoblanadi.
Internet-o‗qitish
(tarmoqli o‗qitish)ning bir qator psixologik-pedagogik
muammolarini ko‗rib chiqamiz:
1. Zamonaviy axborot-ta‘lim muhitida o‗qitish nazariyasining mavjud emaslik
muammosi; buning natijasi – tushunish-toifa apparatining mavjud emasligi.
Hozirgi vaqtda o‗qitishning mavjud bo‗lgan nazariyasidan hech biri virtual ta‘lim
muhitida o‗qitish uchun bevosita foydlania olishi mumikn emas. Kompyuter
o‗qittish yoki Internet-o‗qitishni an‘anaviy metodologik o‗qitishga muvofiq
o‗qitishni qurishning mavjud urinishlari kam samarali bo‗lib chiqdi.
Elektron pedagogikaning ta‘rif, atamaga oid muammolarini ishlab chiqishning
qoniqarsiz holati ilmiy-pedagogik muhitda turlicha nomlanishga ega o‗qitishning
bitta o‗ziga xos xususiyatining ko‗p ma‘noga ega tushunchasining misoli: xususan
elektron qo‗llanma yoki kompyuter qo‗llanma, yoki va h. tasdiqlaydi. Natijada
o‗qitish vositasining ushbu jami «o‗quv vazifaning elektron nashri» deb ataldi.
O‗shbu tushuncha belilangan belgisi bo‗lib hisoblanmaydi.
2. Optimallik muammolari: zamonaviy ATMda samarali o‗qitish uchun o‗quv-
metodik komplekslar (O‗MK) tarkibi, turli tashuvchilarda (qog‗oz, tarmoq, CD-
ROM va boshqalar) O‗MK didaktik elementlarni joylashtirish; o‗qitishning u yoki
boshqa metodikasini qo‗llash.
Muammo bo‗lib, masalan, samaradorlikning maksimal bosqichi bilan o‗qitish
uchun axborotning turli tashuvchilar turida O‗MK elementlarini joylashtirish
proporsiyalarini aniqlash hisoblanadi. Ushbu muammo psixologik-pedagogik
nazariya asosida hal etilishi kerak. Bu erda har bir O‗MK elementlarida o‗quv
materiallarining tarkibini strukturalashtirish muammoasi yuzaga keladi. Ushbu
muammoni hal qilish tegishli vosita va metodlarni (IMS, SCORM va boshqa.)
qo‗llagan holda ta‘limda standartlashtirish muammolari bilan bog‗liq.
3. Optimallashtirish muammosi bo‗lib o‗quv materialni psixologo-ergonomik
taqdim etish, o‗quv materialni inson tomonidan qabul qilinishi, elektron ko‗rnishda
taqdim etish, elektron o‗quv materialni tushunish hisoblanadi.
O‗MKning turli elementlarida joylashgan o‗quv axboroti (o‗quv adabiyotlar, o‗quv
qo‗llanma va boshqalar) matn shaklda, yoki ovoz shaklda, yoki sxema shaklda,
video qator va hokazo ko‗rinishda yoki ularni birgalikda qo‗llanish shaklida
taqdim etilgan bo‗lishi mumkin. Bunda ergonomik va valeologik talablarga rioya
qilingan bo‗lishi kerak.
Ushbu muammo kompyuter ekranidan o‗quv materialni inson tomonidan qabul
qilinishning psixologik-lingvistik xususiyatlar, masofadan o‗qitish tizimida
foydalanuvchilarning psixologik xarakteristikalarini hisobga olgan holda tushunish
bilan bog‗liq. Bu erda o‗quv materialni inson tomonidan qilinishning psixologik
nazariyasidan foydalanish yo‗nalishlarida tadqiqotni o‗tkazish, O‗KMda
foydalanuvchilarning psixologik xarakteristikalaridan, ekrandagi o‗quv materialni
o‗zlashtirish tempidan va boshqalardan foydalanish zarur.
Ushbu muammoni hal qilish uchun ushub sohada Rossiya ta‘lim akademiyasida
(oliy maktab bo‗linmasi), Voroned davlat pedagogik universitetda, RAGS va
boshqa oliy o‗quv yurtlarida hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlarda o‗tkaziladigan,
lekin O‗KMda o‗qitishning o‗ziga xos xususiyatni hisobga olgan holdadasturlar,
shunga o‗xshash tadqiqot dasturlari ishlab chiqilgan bo‗lishi kerak.
4. O‗qituvchi va o‗quvchilarning zamonaviy axborot-ta‘lim muhitiga kirishga
tayyorlik muammosi.
Ushbu muammoni hal qilish axborot texnologiyalari sohasida bo‗lgani kabi,
zamonaviy axborot-ta‘lim muhitining pedagogikasi sohasida ta‘lim jarayonining
ishtirokchilarini tayyorlashni o‗z ichiga oladi.
Ushbu yo‗nalishlar bo‗yicha zamonaviy O‗KMda o‗qituvchi va talabaning faoliyat
yuritishiga o‗xshash bo‗lgan o‗qituvchi va talabaning modellari, ularning negizida
o‗quv dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan va tadqiq qilingan bo‗lishi kerak.
Bunday harakatlarning prototipi bo‗lib Rossiya davlat ochiq ta‘lim instituti
(RGIOO)da, M. SHoloxov nomidagi Moskva davlat osiq pedagogik universitetida
(MGOPU) va boshqalarda tarmoq tizimini shakllantirish yo‗nalishida oliy maktab
o‗qituvchilarini qayta tayyorlash tarmoq tizimini shakllantirish yo‗nalishida
birinchi qadam bo‗lib xizmat qilishi mumkin.
5. O‗quv jarayon ishtirokchilarining kunduzgi muloqatining cheklanishi bilan
yuzaga kelgan tarbiyaviy muammolar.
Ushbu muammoning dolzarbliligi shubha uyg‗otmaydi. Tarbiya pedagogikaning
asosiy taoifasi hisoblanadi. Biroq ushbu atama pedagogikaga oid adabiyotda beshta
turli tushunchalar bilan belgilanadi:
1. Ijtimoiy tuzum va atrof muhitning insonga ta‘sir etishi;
2. To‗plangan jamoat-tarixiy tajribani yangi avlodga berish;
3. Ta‘lim muassasida o‗quv-tarbiyaviy jarayon;
4. Muayyan ishonch va qarashlar tizimini shakllantirish uchun maxsus tarbiyaviy
ish;
5. Alohida sifatlarni shakllantirish.
Pedagogika predmeti chegarasining noaniq belgilanishi bilan bunday holat (tarbiya
to‗g‗risidagi fan bo‗lib hisoblanadigan) unda rivojlanadigan inqirozlar sabablaridan
biri hisoblanadi:
- «tarbiya» atamasining sanab o‗tilgan tushunchalaridan biri sotsiologiyani tadqiq
qilish ob‘ekti hisoblanadi;
- ikkinchisi falsafiy xususiyatga ega;
- uchinchisi «ta‘lim jarayoni» atamasiga sinonim hisoblanadi (tarbiya va o‗qitish
kiradigan ta‘lim to‗g‗risidagi fan bo‗ladigan pedagogika);
- natijada, to‗rtinchi tushuncha («ta‘lim muassasalarda» cheklanishni qo‗shgan
holda) maktab pedagog-tarbiyachilari yoki tarbiyalanuvchilarda ahloqiy sifatlar
bo‗lishiga yo‗naltirilgan oliy o‗quv yurtlari rahbar va o‗qituvchi tarkibining o‗ziga
xos xususiyatiga ega faoliyatga kirgani kabi «maktab o‗quvchisining tarbiyasi»,
«talabaning tarbiyasi» tushunchasiga kirishiga mos keladi.
Ko‗p hollarda pedagogikaga oid adabiyotda «tarbiya» atamasining qaysi
tushunchasi to‗g‗risida so‗z yuritilayotganligi ko‗rsatilmaydi: tushuncha
kontekstdan oson aniqlanadi. Albatta, bu mumkin. Umuman pedagogikaning ilmiy
yo‗nalishi predmeti to‗g‗risida so‗z borgan holatda.
Ijtimoiy normalarni o‗zlashtirish jarayonlari shaxsda bolalik davrida boshlanadi,
muayyan jamiyatda hayotning xususiyatlarini yanada turli-tuman anglab olish
butun yashash vaqtida davom etadi. O‗z mohiyati bo‗yicha shaxsning vujudga
kelishini ta‘minlaydigan ushbu barcha jarayonlar «sotsializatsiya» atamasi
belgilanadigan natija hisoblanadi.
Oliy maktabda tarbiya, talabalarda ta‘lim olish jarayonida ko‗zda tutilgan
dunyoqarash tizimini, ahloqiy normalar va umummadaniy sifatlarni vujudga
kelishiga yo‗naltirilgan oliy o‗quv yurtlari xodimlarining maxsus ishi
hisoblanadigan ta‘rifning asosi sifatida qabul qilgan holda, o‗qishning kunduzgi
shaklida an‘anaviy oliy o‗quv yurtlarida ushbu yo‗nalishda ish hajmida ko‗rish
mumkin. Virtual oliy o‗kuv yurtlarida talabalar bilan nima qilish kerakligni
belgilaydigan ishlar, afsuski, kam.
SHubhasiz, zamonaviy axborot-ta‘lim muhitida talabalarni talab etiladigan bilim
va ko‗nikmalar bilan ta‘minlash mumkin. Internet tarmog‗ida O‗qish bu oddiy
insoniy muloqatdan uzilgan holda mustaqil ishning katta bosqichidir. Biroq, sovet
jamiyatida «kommunistik» tarbiya bo‗yicha keng ko‗lamli, kundalik ish kutilgan
natijalarga olib kelishini, SSSRdagi miqdor dunyoda ahamiyatliligini ko‗rish
mumkin.
1. Valeologik muammo. Valeologiya sog‘liq, inson sog‘lig‘i to‘grisidagi fan kabi
ko‘rib chiqiladi. "Valeo" so‘zining o‘zi (sog‘lom bo‘lish) birinchi marta 1980 yilda
I.I.Brexmanning nashrlarda paydo bo‘ldi (12).
Har qanday jamiyatning ijtimoiy qimmatliliklari va ustuvorliklari tizimlarida inson
sog‗lig‗i muhim o‗rinda turadi. Jamoat taraqkiyoti ko‗rsatkichlaridan biri va
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hotirjamlikning o‗ziga xos oynasi bo‗lib sog‗liq
har qanday jamiyatning kuchli ijtimoiy, mudofaa, madariy va ruhiy potensiali
hisoblanadi. Sog‗liq – inson, tomonidan to‗liq hajmda bajarishni, mehnat, psixik va
biologik funksiyalarni ta‘minlaydigan fizik, ruhiy va ijtimoiy hotirjamlikning
dinamik holati.
Hozirgi vaqtda sog‗lom turmush tarzi (STT) nazariyasini ishlab chiqish sog‗liq
nazariyasining ajralmas qismi hisoblanadi. STT – shaxs tomonidan tartibga
solinadigan madaniy normalar, qimmatliliklar, faoliyatning ma‘nolariga
asoslangan va organizmning adaptiv imkoniyatlarini mustahkamlovchi shaxsning
kundalik madaniy hayot shakli va usullarining namunaviy to‗plami hisoblanadi.
STT bu sog‗liqni saqlash, yaxshilash uchun yo‗naltirilgan oddiy maxsus faoliyat
bo‗lib qolmasdan, balki insonning sog‗lig‗ini saqlash va mukammallashtirishga
qaratilgan butun hayotini tashkil qilishdir.
STTning quyidagi sifat mezonlarini shakllantirish mumkin:
- yuqori ijtimoiy, mehnat, fizik faollik;
- yuqori ahloqlik;
- sog‗liq uchun zararli odatlarni (chekish, ko‗p ovqatlanish, spirtli ichimliklar
ichish va h.) yo‗q qilish.
STT uchta aytib o‗tilgan komponentlarning bir vaqtda mavjud bo‗lishini ko‗zda
tutadi.
STTning asosiy elementlari quyidagilar:
- o‗quv va ishlab chiqarish mehant madaniyati, shaxslararo muloqat va jamoadagi
harakat;
- o‗z-o‗zini boshqarish va o‗z-o‗zini tashkil qilish;
- jinsiy muomala;
- ovqatlanish, uxlash, ochiq havoda bo‗lish, harakatlanish faolligining yakka
tartibda-mos keladigan rejimini tashkil qilish;
- sanitar-gigienik talablarni bajarish;
- chiniqish protseduralari;
- zararli odatlarni engish;
- shaxsning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi mazmunli hordiq.
Internet-o‗qitishda sog‗liqni saqlash va talabalar va o‗qituvchilarning sog‗lom
turmush tarzinini targ‗ibot qilish muammolari faolashtiriladi va hal etish uchun
yangi yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qiladi.
1. O‗quv material sifati, o‗qitish sifati va ta‘lim standartlariga muvofiqligi
muammolari.
Muammolarning ushbu blokini sharhlarsiщ qoldirish mumkin, chunki uning
dolzarbliligi va muhimligi yaqqol ko‗rinib turibdi. Ushbu muammoni hal etish
barcha qolgan muammolarni hal qilish mumkinligini bildiradi. Ushbu ishning
uchinchi bobi ushbu muammolarga bag‗ishlangan.
Taklif qilingan asosiy psixologik-pedagogik muammolar hal etib bo‗linmaydi deb
qabul
qilish
mumkin
emas.
SHiddatli
rivojlanayotgan
axborot
va
telekommunikatsion texnologiyalar, Internet tarmog‗i orqali taqdim etilayotgan
xizmatlar va imkoniyatlarning tez sur‘atlarda rivojlanishi, o‗qitish jarayonida
foydalaniladigan amalda har kuni yangi dasturiy mahsulotlarning paydo bo‗lishi
pedagoglar va psixologlar oldiga yangi masalalarni qo‗ymoqda.
SHunday qilib, shakllantirilgan muammolar axborot-ta‘lim muhitining paydo
bo‗lishida va ochiq ta‘lim tizimining rivojlanishida harakatlarning o‗ziga xos rejasi
hisoblanadi. Bushbu doimo o‗zgaradigan va kengayyadigan muammolarning
dinamik ro‗yxatidir. Elektron pedagogikaning valeologik va tarbiyaviy
muammolari belgilanmagan va ishlab chiqilmagan bo‗lib hisoblanmoqda.
Zamonaviy ta’lim-axborot muhitida pedagogika muammolari
Pedagogik tizimning elementlari an‘anaviyligi kabi ta‘lim beruvchi, ta‘lim
beradigan, maqsadlari, tarkibi shuningdek maxsus vositalar ta‘lim usullariva
formalari ko‗rsatilgan.
Hozirgi vaqtda ilmiy-pedagogik va administrativ muhitida ta‘lim-axborot
tushunchasidan doimo foydalanadilar. Umuman gapirganda, ta‘lim-axborot muhiti
bo‗lgan va YA.A.Kamenskiygacha ham mavjud, u holda hozir uning vositasida
doimo muhitdan foydalanadilar, ba‘zan ―makon‖ deb ham qo‗l siltaydilar.
Haqiqatdan ham nima uchun ―muhit‖ tizim emas ? Bu tushunchaning
ekspanensiyasi olim-pedagoglar tomonidan olib borilgan emas, ta‘limda
zodagonlar kirib kelishi hech qachon sof definatsiyadan emasligi bosh qotiriladi.
Zamonaviy ta‘lim-axborot muhitining aniqlangan to‗plamini tahlil qilishdan
shunday kiritishgaruxsat beradimi,bu turli tizimlar yig‗indisi bo‗lib, axborot-
texnika va o‗qv-metodik, o‗quv jarayonga yo‗naltirilgan shuningdek ta‘lim
jarayonining qatnashchilari ta‘minotidir. Muallifga bu tushunchani traktovkasini
tashkil etishda muhokama qilish uchuntavsiya etilgan. Ta‘lim -axborot muhiti-bu
pedagogik tizimning plyus ta‘minoti, moliyaviy-iqtisodiy, tizimosti, material-
texnik, normativ-huquqiy, marketing va menejmentdir.
Haqiqatdan ham, ba‘zi ideal holatda murakkab hodisalarni farqlashda va ilmiy
maslahatlarni ishlab chiqishda, umumiy maqsad jarayonini tashkil etishda
matematik yoki modelning paydo bo‗lishni tushuntirilishi ishlab chiqiladi.
Moskva davlat iqtisodiyot, statistika va informatika universitetiningta‘lim
texnologiyalarida olib berilgan tadqiqotlar shuni ko‗rsatdiki,o‗quv jarayoni klassik
kunduzgi ta‘lim sxemasi va jarayonni o‗tishi bo‗yicha masalan-Internetda-ta‘lim
bir nazariy modelda o‗tkaziladi. SHunday qilish ham kerak, bundafankuchi turi
jarayonlari bir nazariy modelda o‗tkazishdan iborat. Ko‗pchilik amaliyotchi-
pedagoglar nazariyaga bog‗lab, xuddi eng asosiysi ular uchun shu narsazarur. Bu
to‗g‗ri yo‗l emas va biz misol qiliyu shunday holatni ko‗rsatamizki, zazariy model
pedagogik jarayoninig invariantligini tushuntirib, ta‘lim muhiti qanday jarayonda
o‗tayotganligini
anglatadi.
Platon(era.
avv
378)
vaqtining
parentetikmaktabiniolaylik, o‗sha vaqtda bilim o‗qituvchidan o‗quvchiga
etkazilganda bog‗ atrofida aylanib yurganlarida yoki zamonaviy universitetning
auditoriyalarida va nihoyat virtual universitetda-pedagogik jarayonlar pedagogik
tizimda sodir bo‗lgan, elementlari esa bloklardan hisoblanib nomi bo‗yicha
mantiqiy qo‗yilgan ilmiy savollardan paydo bo‗lgan: kim o‗qityapti, kimni
o‗qitayaptitilar, nimani o‗qitayaptitilar, nima yordamida, qanday qilib o‗qityapti
degan savollar.
SHunday qilib, biz modelni qabul qilganimizda pedagogikjarayonlarni tahlil qilish
uchun ―hamma vaqtlarda‖ gapiramiz. Unda keyingi o‗tishda bizning zamonaviy
ta‘lim-axborot muhiti tushunchasi haqida kirishda gapirib o‗tamiz. Mana mukin
bo‗lgan o‗tishlardan biri. Zamonaviy ta‘lim-axborot muhiti-bu pedagogik
tizimning, uning plyus ta‘minoti moliyaviy-iqtisodiy, tizimosti, material-texnik,
normativ-huquqiy, marketing va menejmentidir. SHundan ko‗rinib turibdiki,
zamonaviy ta‘lim-axborot muhitining barcha nazariy yadrosipedagogik tizimni
tashkil etadi, fan esa pedagogik jarayonlarning yangi shu ta‘limda tadqiq qilinib,
―Elektron pedagogika‖ deb shartli nomlanishi mumkin. Avvalgi bo‗limimizda biz
zamonaviy ta‘lim-axborot muhiti tushunchasiga aniqlik kritilgan edi. Ta‘lim
tajribasiga ega bo‗lgan nazariy o‗qitishni ishlab chiqish shuni ko‗rsatdiki,
zamonaviy ta‘lim-axborot muhitida ta‘lim jarayonlarini samarali tayyorlashda va
amalga oshirishda yangi pedagogika zarur bo‗lib, uni shartli ravishda elektorg
pedagogikani ―E-pedagogika‖ deb ataladi. Bu nom, albatta, ayrim pedagoglarni
hayratga tushirmaydi, lekin xuddi shunday fanlarning ham ―Elektron tijorat‖,
―Elektron iqtisodiyot‖ nomlari mavjud. SHuningdek ambitsioz proekti xuddi
―Elektron Rossiya‖ kabidir. Yangi pedagogik fanlarning rivojlanish huquqi
bo‗yicha boshqa pedagogik fanlarning aniqlangan joyining muhitiniajratish
mumkin. Har bir fanshuingdek pedagogika o‗zining predmetiga ega, buhaqiqiy
soha bo‗lib, uni tadqiqqilishidir. Bizga ma‘lumki, an‘anaviy pedagogika predmeti
pedagogik tizim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqoti pedagogik tizimni loyihallashtirish va
ishlab chiqish pedagogikapredmetidan iborat. Pedagogik tizim elementlari barcha
pedpgogikfanning muammolarini bartaraf qiladi.
Mantiqan o‗ylasak, pedagogika predmeti xudddi an‘anaviy pedagogika tizimidir.
Istalgan pedagogika strukturasi (antik, o‗rtaasrlar, burjua, sotsialistik, zamonaviy)
ettita invariant elementlarining o‗zaro bog‗langan yig‗indisni kqrsatish mumkin.
Kanonik pedagogika tizimi an‘anaviy jarayon o‗tishi ,xuddi etti ta elementlardan
tashkil topganligi ma‘lum; ta‘lim maqsadi, ta‘lim tarkibi, o‗qitadigan, o‗quvchilar,
usullar. o‗qitish vositalari va formalari bu uni tadqiq qilish uchun va
pedagogikaning paydo bo‗lish butunligi kabi ushlab chiqishiga ruxsat beradi.
Pedagogiktizimning strukturasi ochiq ta‘limni xuddi etti tizimning maniqiy davomi
va rivojlanishi kabi ko‗rib chiqishimiz mumkin, lekin uning ta‘limiy elementlari
o‗zgaradi. Maqolada pedagogik tizimning elementlari mantiqi ko‗rib chiqilgan.
Majmuani tashkil ettirishdagi muammo-bu yangi elektron pedpgogika
rivojlanishiga bir qadam qo‗yishi mumkin. Bu muammolarni o‗zining asosida
an‘anaviy pedpgogika muammolaridan qochib, lekino‗zining xususiyatlari va
aksetlariga ega. SHuning uchun pedagogikaning psixo-pedagogik muammolarni
ko‗rib chiqasmiz, Internet ta‘limga e‘tiborni aksentlaymiz. Bu muammo shunday
kompleksda echilishi kerakki, birgalikda-aks holda biz bo‗shliqda uchib yurib
yaratilgan. Zamonaviy ta‘lim-axborot muhiti bekorga ketgan, agar uni boshidan
yaratgan, umuman hech qanday yaxshi narsa chiqmaydi.
Bu muammolarni tartib bilan sanab fizika muhimligi bo‗yicha emas.
1. Zamonaviy ta‘lim-axborot muhitida nazariy o‗qtish muammosining mavjud
emasligi, uning tarkibiyo qism kategoriya apparat-tushunchasining mavdud
emasligi;
2. Optimal o‗quv metodik kompleks usullari muammosini zamonaviy ta‘lim-
axborot muhitidasamarali o‗qitish uchun va turli tushunchalarda uning didaktik
elementlarini joylashtirish va metodik o‗qitish;
3. O‗quv materialning psixo-ergonomik muammosining optimizatsiyasi, inson
tomonidan o‗quv materialining qabul qilinishi, elekrton ko‗rinishda taqdim etish va
uni tushunish;
4. O‗qituvchilar va o‗quvchining tayyorgarligi zamonaviy ta‘lim-axborot muhitida
kiritilishi;
5. Tarbiyaviy muammolar ta‘limjarayonida kunduzgi ta‘lim qatnashchilarining
aroqasi chaqirilishining chegaralanganligi;
6. Valeologig muammolar.
Maqolada sanab o‗tilgan muammolar tarkibi muallif tomonidan to‗liq muhokama
qilinadi.
Axborot texnologiyalari orqali ta’lim berish imkoniyatlari
Bo‗lajak pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o‗quv yurtlarida, talabalarga zamonaviy
kompyuter va aloqa vositalaridan foydalanib, murakkab vaziyatlarda tezkorlik
bilan bir qarorga kelish, axborotni qidirish, uni olish, kommunikativ bilimlarini va
boshqa shu kabi qobiliyatlarini oshirish uchun, eng qulay texnologik imkoniyatlari
bo‗lgan shart sharoitlar yaratib berilishi kerak. Rasmiy bilim berishdan ozod
bo‗lgan pedagoglar, butun diqqat e‘tiborini o‗zlari o‗qitayotgan talabalar bilan
o‗zaro aloqani mustahkamlashga qaratishlari lozim bo‗ladi, bu esa ularning ish
mohiyatlarini tashkil etadi. Gap, talabalarni u yoki bu fanlarda ularning induvidual
imkoniyatlarini, talablarini va ularning oldida turgan muammolarni birgalikda
munozara, loyihalash hamda olingan natijalarni tanqidiy tahlil qilish orqali,
nostandart echimlarni topish kabilarni ishlab chiqishga yondashish ustida
ketayapti. Kelajak pedagoglarini tayyorlaydigan bilim yurtlarida, juda muhim
an‘anaviy auditoriya shaklidagi ish olib borish vaziyati ham yangi mazmun bilan
boyitiladi, chunki axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni qo‗llash natijasida
tejalgan vaqt, pedagoglarda ta‘lim berayotgan o‗quvchilarining mutaxassislik
malakalarini yanada oshirish uchun juda zarur bo‗lgan shaxsiy muloqotlari uchun
qoladi.
Axborot texnologiyalari orqali sifatli va hammabob ta’lim berish.
Tarixiy tajribalarning o‘rni. Bizning hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (kamida bir avlod davri vaqtida) dunyo
miqyosdagi (global) Internet tarmog‗i yaratilishi va shahsiy kompyuterlarning
keng tarqalishi natijasida yuzaga keldi. Bo‗layotgan o‗zgarishlar, avval jamiyatga
ta‘sir ko‗rsatgan olamshumul axborot almashuvi va bilimlar (telefon, radio,
televidenie) beruvchi jami kashfiyot va ixtirolardan faqat biri bo‗lgan tarixiy
o‗xshashlikka ega, ya‘ni jamiyat hayoti uchun xuddi shunday ta‘sir ko‗rsatgan XV-
asrning 40-yillarida Iogann Gutenberg yaratgan bosma stanokni yaratilishi kabi.
Bu ixtiro mohiyatining ko‗rib chiqilayotgan muammo talqiniga qanday aloqasi
bor? Bosma stanok keskin ravishda dunyoni o‗zgartirdi: materiallarni tezkorlik
bilan yaratish va tarqatish imkoniyatini yaratdi, shriftlarni bir xillashtirdi va
takomillashtirdi, bu esa bosma va qo‗lyozma kitoblarni o‗qishni tezlashtirdi va
osonlashtirdi. Kitoblar narhi arzonlashdi va ularning adadlari ya‘ni nashr sonlari
oshdi. Masalan, bosma stanok yaratilgandan 30 yildan so‗ng, Evropaning
madaniyat va savdo markazi deb tan olingan Venetsiya tipografiyalarida 150 dan
ziyod bosma stanok ishlab turgan. Bularning hammasi so‗zsiz, fan va madaniyatda
muvaffaqiyatlarga erishishga, hammabob bilimlarni oshirishga va ta‘limni keng
miqyosda tarqalishiga ta‘sir ko‗rsatdi.
Kelajakda Gutenberg ixtirosi o‗zidan keyin, gazetadan to televidenie va
Internetgacha bo‗lgan tezkor axborot almashuvi kabi aloqa shaklini rivojlanishiga
olib keldi. SHuni ham ta‘kidlab o‗tish kerakki, (bu bizning taqqoslashimiz uchun)
Gutenberg ixtirosi bo‗sh joyda paydo bo‗lmadi, chunki kitob bosish konsepsiyasi
bor edi va u kitobning butun beti uchun yozilgan shaklni tayyorlash yo‗li bilan
amalga oshirilar edi. Lekin bunday texnologiya juda qimmatga tushar edi.
SHuningdek, shu davrga kelib ijtimoiy hayotda, insoniyat tomonidan yig‗ilgan
bilimlarni saqlash va etkazish maqsadida, kitob bosmasi uchun o‗sib borayotgan
beg‗araz (ob‘ektiv) talab mavjud edi. Xarakatli liter va bo‗yoqlarni tayyorlash
uchun mavjud texnologiyalarni birlashtirish va ochig‗i press bosma ixtiro qilinishi
insoniyatning madaniy tarixida eng muhim yangiliklardan birini kashf qilinishiga
olib keldi. Gutenbergning ―Bibliya‖si 1456 yilda, Ivan Fyodorovning ―Apostol‖I
1564 yilda nashr qilindi va tez orada Evropada juda ko‗p kitob do‗konlari tashkil
topdi va bu ta‘limning tarqalishida ildam qadamlarga sabab bo‗ldi. O‗z navbatida
Martin Lyuter, Volter, Monteske kabi mutafakkirlarning ilg‗or g‗oyalari bilan
ko‗pchilik kishilar tanishishiga va jamiyatdagi alohida shahs o‗rnida yangi
fikrlashni tarqalishiga sabab bo‗ldi.
SHunday qilib, biz quyidagilarni belgilaymiz:
1. Bosma stanok hayotga zamonaviy kashfiyot sifatida juda qisqa muddatda kirib
keldi.
2. Kitob bosmasi texnologiyasida axborotning elementar birliklarining ishlash
qonun qoidasidan foydalanildi ya‘ni energetik-mexanik –yondoshuvdan.
3. Bu kashfiyotdan foydalanish natijasi juda qisqa muddat ichida din, fan, ta‘lim,
madaniyat, insonlararo kommunikatsiya va nihoyat siyosatga sezilarli ta‘sir
ko‗rsatdi.
Bugungi kunda, biz kuzatayotgan axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining
jadal rivojlanishi natijasida, shubhasiz quyidagilar o‗z o‗zidan ko‗rinib turibdi:
1. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari shaxsiy kompyuter va
Internet ixtiro qilinishi sababli , jamiyat hayotiga juda tez, ya‘ni bir inson umri
davomida kirib keldi.
2. Axborotlar bilan ishlash konsepsiyasining oddiyligi (elementar bitlar darajasida)
ayniqsa tasvir, ovoz va multimedia bilan ishlashni osonlashtirdi. Bunda
mikroelektron baza uchun eng arzon va oddiy energiya turidan foydalanildi.
3. Va nihoyat shunga yarasha kommunikatsiya usulini o‗zgartirib, uni
imkoniyatlarini kengaytirish natijasida, yangi texnologiyalar fan, ta‘lim,
madaniyat, va siyosatga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatishi kutiladi.
Huddi besh yuz yilliklar avvalgidek, bizning davrimizda ham, insoniyat tomonidan
to‗plangan bilimlar hajmi ortgani va ijtimoiy jamiyatning tezkorlik bilan
rivojlanishi natijasida, o‗z davrining ilg‗or texnologiyalari asosida umum
bashariyatning
boyitilish
va
xarakatchan
kuchlar
kommunikatsiyasini
takomillashtirish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |