3. Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIV - XV asrlar)
B
XIV-XV asrlarda tabaqalar huquqiy holatidagi o`zgarishlar
u davrda shaharlarning va tovar ishlab chiqarishning yanada o`sishi nati-jasida shahar aholisi ham son jihatidan, ham siyosiy faolligi nuqtai nazaridan o`sdi. Bu feodallarning an`anaviy xo`jaliklarini, dehqonlarni ekspluatatsiya qilish shakllarining qayta tashkil etilishiga olib keldi. Tovar-pul munosa-batlarining ta`sirida dehqonlarning xuquqiy holatida muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi. XIV-XV asrlarga kelib tovar-pul munosabatlarining rivojlani-shi bilan feodallar dehqonlarning natural majburiyatlarini pul-obrok maj-buriyatlari bilan almashtira boshladilar. Rivojlangan iqtisodiy hududlarda esa shaxsan ozod merosiy yerlar - senzivalar egalari - dehqonlar mavjud edi. Bunday yer egasi bo`lgan dehqon - senzitariy o`z xo`jayiniga yer uchun har yili mustaqil belgilab qo`yilgan badal to`lab, ayrim majburiyat-larni bajarardi. Senziva asta-sekin servlarning yo`qolishiga sabab bo`lib, dehqonlarning yerdan foydalanishi asosiy shakliga aylana bordi. Ammo Fransiya dehqonlarining qaramlikdan qutulishining asosiy sababi ularning feodallarga qarshi kurashi (masalan, XIV asrdagi Jakeriya boshchiligidagi dehqonlar urushi)dir. Servlarning ko`pchiligi ozodlikni sotib olish yo`li bi-lan qaramlikdan qutuldilar. Yuz yillik urush vaqtida qirolga xiyonat qilgan ko`p yirik feodallarning yerlari musodara qilindi. Bu yerlar qirol hokimi-yatini faol qo`llab-quvvatlagan mayda va o`rta dvoryanlarga taqsimlandi.
XIV-XV asrlarda Fransiyada tabaqa tuzumining qayta tashkil etilishi nihoyasiga yetib, natijada Fransiya aholisi ruhoniylar, dvoryanlar va barcha ozod kishilar (shaharliklar)dan iborat uchta tabaqaga bo`linadi.
Fransiyada ruhoniylar birinchi tabaqa hisoblanardi. Qirol hokimi-yati XIV asrda papalik bilan kurashda juda muhim g`alabani qo`lga kiritdi. Natijada mamlakatdagi barcha dindorlar yagona tabaqaga birlashtirilib, fransuz dindorlari bundan buyon qirollik qonunlari asosida yashashlari lo-zimligi tan olindi va fransuz millatining tarkibiy qismi sifatida ko`riladi-gan bo`ldi. Cherkovning mamlakatni siyosiy birlashtirilishiga va oliy qirol hokimiyatining tan olinishiga halaqit qiladigan ba`zi imkoniyatlari chek-lanib, cherkov yurisdiksiyasiga tushadigan shaxslar doirasi qisqartiriladi.
Biroq ruhoniylarning yagona huquqiy maqomi o`rnatilishi bilan uning muhim tabaqa imtiyozlari saqlanib qoldi. Ruhoniylar ilgarigidek desyatina (yer uchastkasi), turli xayr-ehsonlar olish huquqiga ega bo`lib, soliq va sud immunitetini saqlab qoldilar. Ular har qanday davlat xizmat-lari va majburiyatlaridan ozod qilindilar. Lekin, albatta, alohida ruhoniylar qirol tomonidan muhim siyosiy masalalarni hal etishga jalb etilib, qirol-ning yaqin maslahatchilari sifatida chiqardilar va davlatda yuqori mavqeni egallardilar.
Davlatda ikkinchi tabaqa dvoryanlar edi. Garchand, dvoryanlar XIV-XV asrlarda Fransiyaning ijtimoiy va siyosiy hayotida yetakchi rol o`ynasalar ham, ikkinchi tabaqa hisoblangan. Bu tabaqa barcha dunyoviy feodallarni birlashtirib, unga qirolning vassallari debgina emas, uning xizmatchilari deb ham qaralardi. Dvoryanlik ruhoniylikdan farq qilib, berk (yopiq) va merosiy hisoblanardi. Dastlab dvoryanlik tabaqasiga kirish shaharliklarning yuqori qismi va boyib ketgan dehqonlar uchun ochiq edi. Lekin keyinchalik eski dvoryanlar past tabaqalarning pomeste sotib olishlari ularning dvoryanlarga aylantirmasligiga, bularga dvoryanlik unvoni berilmasligiga erishdilar.
Dvoryanlikning eng muhim imtiyozi ularning yerga nisbatan qat`iy egalik huquqi edi. Ular o`z yerlarini barcha harakatsiz mulklari bilan meros qilib qoldirishlari mumkin edi. Dvoryanlar dvoryanlik darajasidagi unvonlar, tamg`alar va boshqa belgilarga egalik huquqlaridan foydalan-ganlar. Ular davlat soliqlari to`lashdan ozod edilar. Ularning yagona majburiyati ilgarigidek xususiy senorga emas, qirolga harbiy xizmat o`tash hisoblangan.
Dvoryanlik hanuzgacha bir xil emas edi. Unvonli zodagonlar - gersoglar, markizlar, graflar, vikontlar va boshqalar armiyada va davlat apparatida yuqori lavozimlarga da`vogarlik qilardilar. Dvoryanlarning asosiy ommasi, ayniqsa, quyi qismi bunday yuqori martabalarga unchalik harakat qilmasdi. Mayda va o`rta dvoryanlar ancha quyi lavozimlarni olishlari mumkin edi. Eng quyida turgan dvoryanlar dehqonlarni eksplu-atatsiya qilish va buning evaziga kun ko`rish bilan kifoyalangan. Mayda va o`rta dvoryanlar qirol hokimiyatining asosiy tayanchi edi. Zero, o`z navba-tida dehqonlarni tutqinlikda ushlab turish va ularning qarshiliklarini bosti-rishda qirol hokimiyati mayda va o`rta dvoryanlarning eng ishonchli quroli edi. Shu bois mayda va o`rta dvoryanlar qirol hokimiyatini faol ravishda qo`llab-quvvatlardi.
XIV-XV asrlarda uchinchi tabaqaning shakllanishi asosan nihoyasiga yetdi. Bu tabaqa shahar aholisining juda tez o`sishi va senzitariy dehqonlar sonining ko`payishi hisobiga to`ldirilgan. Uchinchi tabaqa o`z tarkibi bo`-yicha juda zich edi va amalda butun mehnatkashlar ommasi hamda shakl-lanayotgan burjuaziyasini o`zida birlashtirib turdi. Bu tabaqa a`zolariga "pastkash, yaramas kishilar" sifatida qaralgan. Ular qandaydir maxsus shaxsiy yoki mulkiy huquqlarga ega bo`lmay, qirol ma`muriyati va, hatto alohida feodallar tomonidan qilinadigan o`zboshimchaliklardan himoya qilinmaganlar. Uchinchi tabaqa Fransiyada yagona soliq to`lovchi tabaqa edi. Uning zimmasiga davlat soliqlarining barcha og`irliklari yuklangandi.
Uchinchi tabaqa tashkil etilishining o`zi feodal-korporativ xarakterga ega edi. U avvalo shahar assotsiatsiyalari yig`indisi sifatida chiqadi. Bu vaqtda hali uchinchi tabaqa a`zolari manfaatlarining tengligi va umumiy-ligi g`oyasi vujudga kelmagandi. Uchinchi tabaqa hali o`zini yagona umummilliy kuch deb bilmasdi.
X
Do'stlaringiz bilan baham: |