Markaziy va mahalliy boshqaruv
Tabaqa-vakillik monarxiyasining vujudga kelishi va siyosiy hokimiyatning qirol qo`lida asta-sekin to`plana borishi birdaniga yangi davlat boshqaruv apparatining tashkil etilishiga olib kelmadi.
Boshqaruvning markaziy organlari jiddiy qaytadan tashkil etilmadi. Bu vaqtda qirol o`zining maslahatchilari fikriga bog`liq emas, balki, aksincha, barcha ma`muriy va boshqa davlat chinovniklarining hokimiyatchilik vakolatlari qiroldan kelib chiqadi, degan muhim tamoyil o`rnatilgandi. Endilikda saroy unvonlariga aylantirilgan ilgarigi mansablardan qirolning yaqin yordamchisi bo`lib qolgan kansler lavozimi saqlanib qolgandi. Kansler, ilgarigidek qirollik konselyariyasining boshlig`i bo`lib, endi ko`p soni qirol hujjatlarini tuzar, sud mansablariga tayinlar, qirollik kuriyasida va qirol yo`qligida qirol kengashida raislik qilardi.
Markazlashtirish jarayonining yanada rivojlanishi bu vaqtda qirollik kuriyasi bazasida tashkil etilgan Katta kengash (1314 yildan 1497 yilgacha)ning markaziy boshqaruv tizimida muhim o`rin tutganligida o`z ifodasini topgan edi. Mazkur kengashga legistlar, shuningdek, oliy dunyoviy va diniy zodagonlar (shahzodalar, Fransiya perlari, arxiyepis-koplar va boshqalar) ning 24 vakili kirardi. Kengash har oyda bir marta chaqirilar, lekin uning vakolatlari qat`iy maslahatchilik xarakteriga ega edi. Qirol hokimiyatining mustahkamlanib borishi bilan Kengashning ahamiyati pasayib borgan, qirol ko`proq tor doiradagi yashirin kengash chaqiradigan bo`lgan. Yashirin kengashga qirol faqat o`zi xohlagan kishilarni taklif etardi.
Markaziy qirollik apparatida legistlardan tanlab olingan va qirolga sodiq bo`lgan, uncha taniqli bo`lmagan dvoryanlardan - klerklar, kotiblar, notarius va hokazolardan iborat yangi mansablar ham paydo bo`lgan. Bu mansablar har doim ham aniq belgilangan funksiyalarga ega bo`lavermagan.
Prevo va balyalar ilgari mahalliy ma`muriyatning asosiy organlari bo`lgan bo`lsa, XIV asrda ular o`zlarining qator funksiyalarini, jumladan harbiy funksiyalarini yo`qotgan edi. Bu feodallar tomonidan tuziladigan xalq lashkarlarining ahamiyati pasayishi bilan bog`liq bo`lgandi. Ilgari balyalar tomonidan ko`riladigan ko`pgina sud ishlari endi ular tomonidan tayinlanadigan leytenantlarga o`tgan. XV asrning oxiridan boshlab qirollar balyajlardagi leytenantlarni bevosita o`zlari tayinlaydigan bo`lganlar, balyalar esa oraliqdagi va kuchsiz ma`muriy zvenoga aylantirilgan.
Qirollar mahalliy boshqaruvni markazlashtirishga harakat qilib, yangi - gubernatorlar mansabini joriy etganlar. Ba`zi hollarda guber-natorlar qirollik leytenanti unvonini qo`lga kiritib, sof harbiy funksiyalarga ega bo`lganlar. Boshqa hollarda ular balyajlarga tayinlanib, balyalarni almashtirganlar va keng vakolatlar, jumladan, yangi qal`alar qurishni taqiq-lash, xususiy urushlarga yo`l qo`ymaslik singari huquqlarga ega bo`lib olganlar.
XIV asrda odatda qondosh shahzodalardan va taniqli dvoryanlardan tayinlanadigan general-leytenant degan nomdagi mansabdor shaxslar paydo bo`ladi. Dastlab bu mansab qisqa muddatga va tor vakolatlar bilan ta`sis etilgan. Jumladan, ular ba`zi soliqlarni to`lashdan xalos edilar, afv etish va boshqa vakolatlardan foydalanardilar.
XV asrda general-leytenantlar soni oshgan va ularning faoliyat ko`rsatish muddati o`sgan. Odatda ular bir necha balyajlarni yoki XV asr oxiridan provinsiya deb atala boshlangan ma`muriy okrugni idora etganlar.
Joylardagi markazlashtirish shahar hayotiga ham tegib o`tgan. Qirollar ko`pincha shaharlarni kommunalar maqomidan mahrum etar, ilga-ri chiqarilgan xartiyalarni o`zgartirar, shaharliklarning huquqlarini cheklar edilar. Qirollik ma`muriyati shahar ma`muriyatiga bo`ladigan saylovlarni nazorat qilib, unga o`ziga kerakli nomzodlarni tanlab qo`yardi. Shaharlar ustidan ma`muriy homiylik tizimi o`rnatilgan edi. Garchand, XV asrda ba`zi shaharlarda kommunalar qayta tiklangan bo`lsada, ular qirol ma`mu-riyati bilan bir butun holga keltirilgan edi. Shahar aristokratiyasi ilgari-gidek cheklangan shaklda o`zini-o`zi boshqarishdan foydalanardi, biroq shahar kengashlarining barcha muhim majlislarida, qoida bo`yicha, qirolning chinovnigi raislik qilardi.
D
Do'stlaringiz bilan baham: |