Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги



Download 162,5 Kb.
bet13/23
Sana06.01.2022
Hajmi162,5 Kb.
#323247
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
FRANSIYA IQTISODIYOTIDA TURIZMNING TUTGAN O'RNI

General shtatlar
eneral shtatlarning vujudga kelishi Fransiyada davlat shaklining o`zgarishini boshlab beradi. Fransiya tabaqa-vakillik monarxiyasi shaklida idora etiladigan davlatga aylanib boradi.

Qirol Filip IV Chiroyli tomonidan 1302 yilda General shtatlarning13 chaqirilishini bir qator aniq tarixiy shart-sharoitlar taqoza etgan edi. Bular: Flandriya bilan bo`lgan muvaffaqiyatsiz urush, jiddiy iqtisodiy qiyin-chiliklar va nihoyat, qirol bilan rim papasi o`rtasida kelib chiqqan nizo edi. Biroq umummilliy tabaqa-vakillik muassasasining ta`sis etilishi Fran-siyada monarxiya davlati rivojlanishining ob`yektiv qonuniyatining namo-yon bo`lishi ham edi.

General shtatlarning chaqirilish muddati o`rnatilmagan edi. Bu masala-ni shaxsan qirolning o`zi sharoitga qarab va siyosiy idroki asosida hal qilardi. Shtatlarning har bir chaqirig`i o`ziga xos bo`lib, qat`iy ravishda qirolning xohishi bo`yicha belgilanardi. Oliy ruhoniylar (arxiyepiskoplar, yepiskoplar, abbatlar), shuningdek, yirik dunyoviy feodallar shaxsan qirol tomonidan tak-lif etilardilar. General shtatlarning dastlabki chaqiriqlari dvoryanlardan say-langan vakillarga ega bo`lmagan. Keyinchalik mayda va o`rta dvoryanlardan vakillar saylash amaliyoti o`rnatilgan. Saylovlar, shuningdek, cherkovlarda, monastirlarda va shaharlarning konventlarida (2-3 deputatlar bo`yicha) o`tka-zilgan. Biroq shaharliklar va ayniqsa legistlar ba`zan ruhoniylar va dvoryan-lar tabaqalaridan saylanganlar. General shtatlarning taxminan yettidan bir qismini yuristlar tashkil etgan. Shaharlardan deputatlarni patritsiy – byurger-larning yuqori qismi taqdim qilgan. Shunday qilib, General shtatlar har doim fransuz jamiyatining mulkdor tabaqalari organi bo`lib qolgan edi.

General shtatlarning ko`rib chiqishiga kiritiladigan masalalar va ularning majlislarining qachongacha davom etishi ham qirol tomonidan belgilangan. Qirol turli masalalar: tamplierlar ordeni bilan kurash (1308 yilda), Angliya bilan shartnoma tuzish (1359 yilda), diniy urushlar (1560, 1576, 1588 yillarda) va boshqa masalalar bo`yicha tabaqalar yordamini olish uchun General shtatlarni chaqirgan. Qirolning, garchi, qonunlar qabul qilishida General shtatlar roziligini olishi rasman talab qilinmagan bo`lsa ham, ammo qirol qator qonun loyihalari bo`yicha uning fikrini so`ragan. Biroq ko`pincha General shtatlarning chaqirilishiga asosiy sabab qirolning pulga muhtojligida edi. Bunday paytlarda qirol tabaqalarga mu-rojaat qilib, ulardan moliyaviy yordam so`rar yoki faqat bir yil davomida yig`ilishi mumkin bo`lgan navbatdagi soliqni joriy etishini iltimos qilardi. Faqat 1439 yildagina qirol Karl VII tomonidan General shtatlardan doimiy qirollik talyalarini olishga rozilik olingan edi. Biroq, agar qandaydir qo`shimcha soliqlar undirish haqida so`z ketsa, albatta, ilgarigidek General shtatlarning roziligi talab qilingan.

General shtatlar qirolga iltimosnomalar, shikoyatlar, protestlar bilan murojaat etganlar. Ular takliflar kiritish, qirollik ma`muriyati faoliyatini tanqid qilish huquqiga ega edilar. Qirolning ba`zan General shtatlar bilan hisoblashishiga va ularning iltimoslari bo`yicha tegishli ordonanslar chiqa-rishiga to`g`ri kelardi.

General shtatlar, garchand davlatda qirol hokimiyatining kuchayishi-ga va mustahkamlanishiga ob`yektiv yordam bergan bo`lsa ham, umuman qirol zodagonlarining ishonchli organi bo`lmagan. Ular qator hollarda qi-rolga qarshi turganlar va unga ma`qul qarorlar qabul qilishdan bosh tort-ganlar. Tabaqalar yon berishni istamagan holatlarda qirollar uzoq vaqtga-cha ularni to`plamaganlar (masalan, 1468 yildan 1484 yilgacha). 1484 yildan keyin (1560 yilgacha) General shtatlar umuman yig`ilmay qo`ygan.

General shtatlarning qirol hokimiyati bilan kuchli ixtilofi 1357 yilda Parijdagi shaharliklarning qo`zg`oloni va fransuz qiroli Ioanning inglizlar tomonidan asir olinishi vaqtida sodir bo`lgan edi. Buning oqibatida tarkibi 800 kishidan iborat bo`lgan va uning yarmidan ko`pini uchinchi tabaqa vakillari tashkil etgan General shtatlar "Buyuk mart ordonansi" deb nom olgan islohotlar dasturini ilgari suradi. Qirol hokimiyatiga subsidiyalar (pul undirish huquqi) taqdim etish evaziga General shtatlar ko`p oliy amaldorlarni almashtirishni, saroy xarajatlarini qisqartirishni va General shtatlarga soliqlar tayinlash huquqinigina emas, balki ularni yig`ish va xarajat qilish huquqi ham berilishini, so`ngra bundan keyin muntazam suratda (yilda uch marta) General shtatlarni chaqirib turishni talab qiladi. Urush masalalasida General shtatlar uni davom ettirish tarafdori bo`lib, faqat shtatlarning roziligini olgandan keyingina dushman bilan sulh shartnomasi tuzishni talab etgan. Bular yuqorida ko`rsatilgan 1357 yilgi "Buyuk mart ordonansi"da qonunlashtirilgan. Bu vaqtda "bosh islohot-chilar" saylanib, ularga qirol ma`muriyati faoliyatini nazorat qilish, alohida chinovniklarni ishdan bo`shatish va ularni o`limga mahkum etishgacha bo`lgan jazolar bilan jazolash vakolatlari berilgan. Biroq General shtat-larning o`zlarida doimiy moliyaviy, nazoratchilik va hatto qonunchilik vakolatlarini mustahkamlab olishga bo`lgan urinishlari muvaffaqiyatga erishmagan. 1358 yilda Parij va Jakeriya qo`zg`olonlari bostirilgandan keyin "Buyuk mart ordonansi"da ilgari surilgan talablar qirol hokimiyati tomonidan rad etilgan.

General shtatlarda har bir tabaqa alohida-alohida yig`ilgan va masalalarni alohida ravishda muhokama qilgan. Faqat 1468 va 1484 yillarda uchchala tabaqa o`z majlislarini birgalikda o`tkazgan. Ovoz berish odatda bayajlar va seneshalliklar bo`yicha o`tkazilardi. Deputatlar ham shular bo`yicha saylanardi. Agar tabaqalar mavqeida tafovutlar kelib chiqsa, ovoz berish alohida tabaqalar bo`yicha o`tkazilardi. Bunday holda har bir tabaqa bir ovozga ega bo`lgan va har doim feodallar umuman uchinchi tabaqa ustidan g`olib chiqqan. General shtatlarga saylangan deputatlar imperativ mandat (buyruq tarzidagi guvohnoma) bilan ta`minlanardilar. Muhokamaga kiritiladigan masalalar bo`yicha, jumladan, ovoz berishda deputatlarning mavqei saylovchilarning ko`rsatmalari va yo`l-yo`riqlari bilan bog`liq edi. Majlislardan qaytgandan so`ng deputatlar o`z saylovchilari oldida hisobot berishlari lozim edi.

XIII asrning oxiridan boshlab Fransiyaning qator mintaqalarida (Provansda, Flandriyada) mahalliy tabaqa-vakillik muassasalari vujudga kelgan. Ular dastlab "konsilium" "parlament" yoki soddagina qilib "uch tabaqa kishilari" deb atalgan. XV asr o`rtasidan boshlab "Burgundiya shtatlari", "Dofin shtatlari" va boshqa shu kabi iboralar ishlatila boshlangan. Faqat XVI asrdagina "provinsial shtatlar" degan nom mustahkamlangan. Agar XIV asrning oxiriga kelganda 20 ta mahalliy shtatlar bo`lgan bo`lsa, XV asrga kelib esa ular amalda har bir provinsiyada mavjud edi. Provinsial shtatlarga xuddi General shtatlarga o`xshab, dehqonlar kirish huquqiga ega bo`lmaganlar. Qirollar ko`pincha separatizm siyosatini olib borganlar va ba`zi provinsial shtatlarning ajralib chiqishiga qarshi kurashganlar, chunki ular mahalliy feodallarning (Normandiyada, Langadokda) kuchli ta`siri ostida edilar.



Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish