Sana :11.12.2021 Sinf: 7 b
Mavzu : GENERAL SHTATLAR
Dars maqsadi : -O`quvchilarga GENERAL SHTATLAR tarixi haqida bilim berish
Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik
O`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish;
Fanga oid kompetensiyalar:Tarixiy voqeilikni tushunishva uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
-tarixiy davrlar va yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi; mazkur davrni o’rganish orqali o’quvchilar tarix fanining o‘rganilayotgan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro`y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Dars turi :yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi
Dars metodi : Interfaol metodlar , guruhlarda ishlash o`zingizni sinang
Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar
Darsning borishi:
I .Tashkiliy qism : salomlashish,davomatni aniqlash ,sinfni darsga tayorlash ,kun tarixi aytiladi
II.O`tilgan mavzuni takrorlash :Takrorlashda “ORTIQCHASINI TOP”,”JUFTINI TOP” metodlaridan va tarqatma materiallardan foydalaniladi. 1. Fransiyada qaysi gersoglarning har biri qirolga nisbatan ko`proq hudud va aholiga ega edilar? 2. Fransiyada qaysi grafliklar kuch-qudrat bobida qiroldan kam bo`lishmagan? 3. Qirol, gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlar mehnati bilan ishlanadigan yer-mulklari qanday atalgan? 4. Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayishi qaysi qirolning o`z mulklaridagi vassallarini itoat ettirishidan boshlangan? 5. Lyudovik VI Fransiyaning qaysi shaharlarini o`z domeniga qo`shib oladi 6. Fransiyaning qaysi qiroli o`zboshimcha baronlarning qal’alarini buzib, ularni o`ziga bo`ysundiradi?
III. Yangi mavzu bayoni : Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV (1285–1314) o‘z qirolligining boshlarida Shampan grafligi, Lion shahri va viloyatini qirol domeniga qo‘shib oladi. Uning keyingi harakatlari mamlakatning shimolidagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan
Flandriyani egallashga qaratiladi. Rim papasi Bonifatsiy VIII (1294–1303) ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to‘lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to‘xtatishini talab qiladi. Fransiya qirolining Papa xohish-irodasiga bo‘ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII Filipp IV ning cherkovdan xoliligini tantanali e’lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi. Bunga javoban Fransiya qiroli 1302-yilda uch toifa vakillari: ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklarni chaqirib, ularga papa bilan mojaroni muhokama qilishni taklif etadi. Fransiyada birinchi va ikkinchi toifalar soliq to‘lamagan, uchinchi toifadan asosan boy shaharliklar chaqirilgan. Uning davrida papa qarorgohi Rimdan Fransiyaning
janubi – Avinon shahriga ko‘chib o‘tishiga qaror qilinadi. Avinon fransuz qiroli mulkiga kirmasa-da, albatta, uning bu yerdagi ta’siri katta edi. Papalarning Rimga qaytishi uchun qariyb 70 yil kerak bo‘ldi. Bu yillar (1309–1377) Rim cherkovi tarixida «papalarning Avinon tutquni» nomini oladi. Filipp IV boshlagan «tampliyerlar ishi» ham Yevropada katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. 1307-yilda ordenning ko‘pchilik a’zolari va buyuk magistri qamoqqa olinadi. Ordenning bitmas-tuganmas boyliklari haqidagi mish-mishlar ularning boshiga balo bo‘ladi. «Avinon papa»sidan rozilik olib, tampliyerlarning mol-mulklari musodara qilina boshlanadi .
General shtatlar (yalpi toifalar) – Fransiyadagi oily tabaqaviy-vakillik muassasasi.Dvoryanlàr (nîmdîr zîdàgînlar) – feodàllàr toifàsining imtiyozli qismi. Imtiyozlàr merosiy bo‘lgàn.
IV. Mustahkamlash: Qirol Filipp va Rim papasi o‘rtasidagi mojaro sabablarini ayting.
2. Nomdor zodagonlar toifasi haqida nimalarni bilasiz? O‘rta asrlarda mamlaktaimizdagi ushbu tabaqa qanday nomlangan?
3. Keng tarkibdagi General shtatlarni chaqirishdan maqsad nima bo‘lgan?
4. Filipp IV uchun «tampliyerlar ishi» nega kerak edi?
Darsni yakunlash : dars mavzusiga yakuniy xulosa qilish ,yuzaga kelgan savollarga javob berish
faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash
VI .Uyga vazifa : o`tilgan mavzu savollariga tayorlanish va mavzuni mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |