Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги



Download 162,5 Kb.
bet9/23
Sana06.01.2022
Hajmi162,5 Kb.
#323247
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
FRANSIYA IQTISODIYOTIDA TURIZMNING TUTGAN O'RNI

Mahalliy boshqaruv
u ham mamlakatning siyosiy jihatdan tarqoq-ligiga monand tashkil etilgan edi. Qirollik boshqa-ruvining mahalliy organlari faqat qirol domenlarida tashkil etilgan. Yirik senorliklarda o`zlarining mahalliy boshqaruv tizimi mavjud edi. Qirol chinovniklari joylarda juda xilma-xil funksiyalarni amalga oshirishgan. Ularning qo`lida ma`muriy, harbiy, sud, moliyaviy funksiyalar to`plangan edi. Mahalliy davlat boshqaruvining harakat doirasi qirollik domenlarining ko`payishi va yirik feodal egaliklarning qo`shilishi darajasiga qarab kengayib borgandi.

XI asrning o`rtalaridan qirol o`z domenida prevo mansabini joriy etadi. Prevolar maxsus okruglar - prevotliklarga tayinlanib, ushbu okrug-larning boshliqlari, qishloqlarda ularning yordamchilari - serjantlar, sha-harlarda - mayorlar edi. Prevo asosan qirol xazinasiga soliqlar yig`ish, feodal qo`shinlarini tuzish, boshqaruv masalalarini hal etish va sud ishlarini ko`rish bilan shug`ullanardi (XII asrning oxiridan yirik ishlar prevo yurisdiksiyasidan olingan edi).

Filip II Avgust hukmronligi davrida (1180-1223 yillar) qirol domeniga ko`p miqdorda yerlar qo`shib olinishi munosabati bilan muhim ma`muriy islohot o`tkazildi. Qirollikka qarashli barcha mulklar balyaj deb ataluvchi teng ma`muriy okruglarga bo`linib, ularga qirollik gubernatorlari - balyalar boshliq qilib qo`yildi. Balyajlar ancha yirik hududiy birliklar bo`lib, ularning soni qirollik domenlarining o`sishiga qarab ko`payardi. Balyalar o`z funksiyalari jihatidan Buyuk Karlning graflarini eslatardilar. Balya prevo ustidan nazorat qilgan, qirol qonunlari va buyruqlari bajarili-shini tekshirgan va hokazo. Balyalar qaramog`ida sud, soliqlar yig`ish, lashkarlar chaqirish ishlari bo`lardi. Balyalar vaqti-vaqti bilan qirolga yozma hisobot berib turishlari lozim edi. Balyalar odatda qisqa muddatga va saroyga yaqin turgan kishilardan tayinlanib, ular mahalliy provinsial zadagonlarga qavm-qarindosh bo`lmasligi yoki biror masalada ular bilan yaqin munosabat bog`lamasligi shart edi. Filip II davrida jami bo`lib 20 ta balyaj tashkil qilingandi. Janubda, Langedokda12, asosan chegara rayon-larida, balyalar o`rniga seneshallar tayinlanardi. Seneshallarning balyalar-dan farqi, seneshallar mahalliy dvoryanlar orasidan chiqqan amaldorlar ekanligida edi. Qirol hokimiyatining janubdagi ta`siri, tabiiy, shimol, g`arb va xususan qirollik markazidagiga qaraganda zaifroq edi.

Balyalar va seneshallar XIII asrda qirol nomidan "odil sudlov"ni amalga oshirib, muhim jinoyat ishlarini ko`rardilar, prevo sudlari ustidan apellatsiya hisoblanardilar.

Prevo, balya va seneshallar soliqlar, poshlinalar, jarimalar yig`ilishini nazorat qilishar va ularni qirol xazinasiga o`z vaqtida kelib tushishini kuzatib turishardi. Shu tariqa ular qirol hokimiyatining moliyaviy bazasini mustahkamlashda muhim rol o`ynaganlar.

Xazinaning muhim daromad manbalari qirollik tanga-chaqalarini chiqarish, qirollik soliqlarini (qirollik talyalarini) yig`ish, savdo poshlinalari va sud jarimalari undirishdan iborat edi. Qirol favqulodda holatlarni bahona qilib ko`pincha seneshallar va balyalar orqali dehqonlar, ruhoniylar va notabllar (zadoganlar)dan maxsus pul badallari yoki xayr-sadaqalar talab qilib turgan.

F
Sud
ransiyada "tenglar sudi" mavjud bo`lib, bunga ko`ra, har bir ozod kishi "o`ziga teng kishi" tomonidan sud qilinishi lozim edi. Masalan, qirolning vassallari o`zlariga teng vassallar tomonidan sud qilinishi mumkin bo`lgan. Bundan faqat servlar mustasno edi, xolos. Ular o`z senorlari tomonidan sud qilinganlar. Sud hokimiyati ma`muriyatdan ajratilmagandi.

XIII asr oxiriga kelib feodal siyosiy tarqoqlikka qarshi shahar aholisining o`zini o`zi boshqarish organlari - kommunal jamoalar tuzish uchun kurashi vujudga keladi. Chunki savdo va sanoatning rivojlanishiga feodal siyosiy tarqoqlik to`sqinlik qilardi. Bu qirol bilan shaharlar o`rtasidagi ittifoqni vujudga keltirib, qirol hokimiyatining kuchayishiga olib kelgandi.

XIII asrning boshlarida qirollik nasldan-naslga meros tariqasida o`ta boshlaydi. Qirol hokimiyatini kuchaytirishda va markaziy boshqaruvni mustahkamlashda qirol Ludovik IX Avliyo (1226-1270 yilar) tomonidan o`tkazilgan islohotlar katta rol o`ynagan. Islohotlar ichida harbiy islohot muhim o`rin tutadi. Bunga ko`ra, shahar militsiyasi hamda yollanma qo`shin tuzilgan. Natijada qirol feodallarning qo`shiniga uncha bog`liq bo`lmay qoldi va bo`ysunmagan feodallarga qarshi qurolli kuchlar qo`llay oladigan bo`ldi.

Ludovik IX tomonidan o`tkazilgan ma`muriy - sud va moliya islohotlari ham juda katta ahamiyatga ega edi. Ludovik IX davrida Fransiyani idora etuvchi markaziy boshqarma tashkil topadi. Qirollik kengashi yoki qirollik kuriyasi XIII asrda feodallar s`yezdidan markaziy byurokratik muassasaga aylanib, so`ng u bir qancha boshqarmalarga bo`linib ketadi. Kichik qirollik kengashi yoki "tor doiradagi kengash" ajralib chiqib, qirol va uning eng yaqin amaldorlarining - kansler, konnetabel va markazlashtirish siyosatiga tortilgan, qirolga yaqin turgan oz sonli feodallarning doimiy ish ko`ruvchi kengashiga aylanadi. Sud ishlarini yurgizuvchi qirollik kuriyasining boshqa qismi alohida muassasaga aylanadi. Bu so`nggi muassasa Parlament (aynan "sud mahmadonalari" kengashi) degan maxsus nom oladi. Nihoyat, soliqlar yig`ish va ularni xarajat qilish hamda boshqa qirollik daromadlari ustidan qaraydigan alohida hisoblash palatasi kuriyadan ajralib chiqadi.

Qirol amaldorlarining, ayniqsa, sud boshqarmasidagi amaldorlarning katta bir qismi, universitetlarda "Rim huquqi"dan ta`lim olgan shaxslar bo`lib, ular ko`pincha pastki tabaqadan chiqqan, lekin baland martabaga erishganliklari uchun butkul qirolga xizmat qilishga tayyor turgan va unga sodiq kishilar edi. Odatda, ularni legistlar (lotincha Lex-“qonun" so`zidan kelib chiqqan) deb atardilar. Legistlar asosan shaharliklar orasidan chiqar edi. Qirol hokimiyatining shaharlar bilan ittifoqi ana shu vaqtda yana bir marta isbotlandi.

Qirol janjalli masalalar vujudga kelgan paytda ularni hal etish uchun faqat qirollik sudiga murojaat etishga feodallarni majbur qilib, o`z domenida yakkama-yakka olishuvlarni man etadi. Janjal chiqqan kun bilan urush boshlanishi o`rtasida 40 kunlik muhlat belgilanib, shu orada kuchsiz tomon qirolni bu janjalga aralashtira olsin degan muddaoda xususiy urush qilish huquqi ancha cheklab qo`yildi. Ludovik IX ning sud islohoti ham muhim ahamiyatga ega edi. Qirollik sudi butun qirollik uchun oliy shikoyat sudi deb e`lon qilindi, unga, hatto, qirollik domeniga qo`shib olinmagan hududlarning fuqarosi ham shikoyat bilan murojaat qila olardi. Ba`zi sud ishlari (o`t qo`yish, soxta tanga-chaqa chiqarish, xotin-qizlarni o`g`irlash va hokazolar) albatta qirol sudida ko`rilishi kerak edi.

Shunday qilib, sud islohoti natijasida, birinchidan, qirol xazinasiga sud jarimalari, poshlinalari sifatida tushadigan yig`imlarning miqdori oshdi; ikkinchidan, sud organlarida kasbiy sudyalar (legistlar)ning ishlashi kengaydi.

L



Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish