Tabaqa-vakillik monarxiyasining tashkil topishi
IV asrning boshida Fransiyada senorlik monarxiyasining o`rniga feodal davlatning yangi shakli tabaqa-vakillik monarxiyasi kela-di. Tabaqa-vakillik monarxiyasining tashkil topishi bu yerda mazkur davr uchun progressiv jarayon bo`lgan siyosiy markazlashtirish (XIV asrning boshiga kelib mamlakat hududining to`rt-dan uch qismi birlashtirilgan edi), qirol hokimiyatining o`sishi, alohida feodallar yakka hokimiyatchiligining tugatilishi bilan bog`liq edi.
Feodallarning senorlik hokimiyati mazmunan o`z siyosiy xarakterini yo`qotgan. Qirollar senorlarni siyosiy maqsadlarda soliqlar yig`ish huquq-laridan mahrum etgan. XIV asrda shunday tartib o`rnatilgan ediki, bunga ko`ra, senorlik o`lponlarini (talyalarni) yig`ish uchun qirol hokimiyatining roziligini olish zarur edi. XV asrda Karl VII alohida yirik feodallar tomo-nidan talyalar yig`ishni umuman bekor qiladi. Qirol feodallarning bevosita yangi soliqlar o`rnatishini ham taqiqlagan. Natijada bu holat bunday soliqlar yig`ishning asta-sekin yo`qolib ketishiga olib keladi. Ludovik IX feodallardan monetalar chiqarish huquqini tortib oldi. XV asrda butun Fransiyada yagona qirollik monetasi (tanga-chaqasi) muomilada edi.
Qirollar feodallarning an`anaviy imtiyozlaridan - xususiy urushlar olib borish huquqidan ham mahrum etishgan. Faqat ba`zi yirik feodal-largina XV asrda o`z mustaqil armiyalarini saqlab qolgan edi (masalan, Burgundiya, Breten, Armanyak).
Senorlik qonunlari asta-sekin yo`qolib borgan, shuningdek, "qirollik holati"ni tashkil etuvchi ishlar doirasi kengayib, senorlik yurisdiksiyasi ancha cheklanadi. XIV asrda alohida feodallarning har qanday qarorlari ustidan Parij parlamentiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilish mumkin-ligi o`rnatiladi. Bu bilan senorlik adliyasining suverenligini o`rnatuvchi tamoyil batamom buzib tashlanadi.
Mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirishga va shaxsiy hokimiyatini kuchaytirishga harakat qilgan fransuz qirollarining yo`liga ko`p asrlardan buyon bitta jiddiy siyosiy to`siq - rim-katolik cherkovi to`sqinlik qilib kel-moqda edi. Fransuz taxti papalikning dunyoga hukmronlikni da`vo qilishi-ga hech qachon rozi bo`lmagan, lekin zarur siyosiy tayanch his etmay, u bilan ochiqdan-ochiq qarama-qarshilikka bormagan. Bu holat cheksiz saq-lanib qolishi mumkin emasdi. XIII asrning oxiri - XIV asrning boshiga ke-lib ancha mustahkamlangan qirol hokimiyati borgan sari Rim papasi hoki-miyatining markaziy organlari bilan sig`isha olmay qoladi. Qirol Filip IV Chiroyli (1285-1314 yillar) Flandriya bilan urushlar olib borish uchun fransuz ruhoniylaridan muntazam soliqlar to`lab turishni talab qiladi. Bun-gacha ular qirolga soliq emas, balki o`ziga xos "in`om" yoki "yordam" tari-qasida pul to`lab kelardilar. Qirolning ruhoniylardan muntazam soliqlar ta-lab qilishi va shu bilan birga qirollik yurisdiksiyasining ruhoniylarga ham tarqatilishi katolik cherkovi manfaatlariga jiddiy putur yetkazadi. Qirolga papa Bonifatsiy VIII (1294-1303 yillar) keskin qarshi chiqdi va yuqorida-giga javoban 1301 yilda bulla chiqarib qirolni cherkovdan mahrum etishga po`pisa qilib, papaga to`la-to`kis bo`ysunishini talab qiladi, shuningdek, ruhoniylarning qirolga biron-bir soliq to`lashini man etadi. Bundan tashqa-ri, papa qiroldan Flandriyaga qarshi urushni to`xtatishni talab qiladi. Papa-ning aralashuviga javoban, Filip IV 1302 yilda uch toifa - ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklar vakillarining yig`inini chaqirib, ularga qirol bilan papa o`rtasidagi janjalni muhokama qilishni taklif etadi. General shtatlar (yalpi, bosh toifalar degani) papaning Fransiya ichki ishlariga aralashish haqidagi da`vosini qoralab chiqadi. Jamoatchilik ko`magiga tayangan Filip IV papalikka qarshi zo`ravonlik tadbirlarini qo`llashga o`tadi. Papaning Fransiyaga yuborgan legati (vakili) qirol buyrug`iga muvofiq qamoqqa olinadi. Qirol Italiyaga o`z elchisi Nogareni yuboradi, u papaga qarshi Rim feodallarini qo`zg`aydi. Qirol elchisi - Nogare qurolli yollanma askarlar bilan Bonifatsiy VIII ning qasriga bostirib kirib, papani qattiq haqorat qiladi. Haqiqatda papa bir qancha vaqt qamoqqa tushib qoladi. Bu voqealardan keyin, oradan sal o`tmay, tahqirlanishni ko`tarol-magan va keksayib qolgan papa vafot etadi. Uning o`rniga Filipp IV tomo-nidan taklif etilgan nomzod - bordolik (fransuz) arxiyepiskop - Kliment V papalikka saylanadi. Kliment V o`z qarorgohini Fransiyaga - dastlab Lionga, so`ngra Avinon shahriga ko`chiradi. Bu yerda papalar deyarli 70 yil davomida (1309-1378 yillarda) istiqomat qilishadi.
Shunday qilib, ilgarigi vaqtlarda qirollar va imperatorlarni osonlik-cha yengib kelgan papalar bu safar milliy elementlarga tayangan va milliy siyosatni o`tkazgan fransuz qiroli bilan kurashda tamomila muvaf-faqiyatsizlikka uchraydilar.
Fransuz qirolining Rim papasi ustidan g`alabasi, feodallar mustaqil huquqlarining asta-sekin yo`qotilishi XIV-XV asrlarda qirol hokimiyatining obro`-e`tibori va siyosiy nufuzi qat`iy o`sib borishi bilan birga kechgan. Bu jarayonni yuridik asoslashda legistlar katta rol o`ynaydi. Legistlar past taba-qadan chiqqan, lekin yuqori martabaga erishganliklari uchun qirolga xizmat qilishga tayyor turgan, "rim huquqi"dan ta`lim olgan kishilar edi. Ular dunyo-viy hokimiyatni diniy hokimiyatdan ustunligini himoya qilib, Fransiyada qirol hokimiyatining ilohiy kelib chiqqanligini inkor etib, "Qirol qirollikni o`zidan va o`z nayzasidan boshqa hech kimdan olmagan" deb hisoblardilar.
1303 yilda: "Qirol o`z qirolligida imperator hisoblanadi" degan qoida ilgari suriladi. Bu qirolning xalqaro munosabatlarda, shu jumladan, german-rim imperatorlari bilan bo`lgan munosabatlarda to`la mustaqilli-gini anglatardi. Fransuz qiroli, legistlarning tasdiqlashicha, Rim imperatori ega bo`lgan barcha imtiyozlarga ega edi.
Legistlar Rim huquqining ma`lum tamoyiliga havola qilib shuni tasdiqlaydilarki, qirolning o`zi oliy qonun, demak u o`z xohishicha qonun-lar yaratishi mumkin. Qonunlar qabul qilish uchun qirolga endilikda vas-sallarni chaqirish yoki qirollik kuriyasining roziligini olish talab qilinmay-digan bo`ldi. Shuningdek, "har qanday odil sudlov qiroldan kelib chiqadi" degan tezis ilgari surildi. Bunga ko`ra, qirol har qanday sud ishlarini bevosita ko`rib hal qilish yoki buning uchun o`z xizmatchisini vakil etib tayinlash huquqini oladi.
Tabaqa-vakillik monarxiyasi hali feodal senorliklarning, katolik cherkovning, shahar korporatsiyalari va boshqalarning avtonom huquqlari batamom tugatilmagan bir paytda, mamlakat markazlashuvining ma`lum bosqichida o`rnatilgan. Qirol hokimiyati muhim umummilliy vazifalarni hal etib va o`ziga qator yangi davlat funksiyalarini olib, asta-sekin senorlik monarxiyasiga xos siyosiy strukturani sindiradi. Lekin bunda u feodallar oligarxiyasining kuchli muxolifiyatiga duch keladi va ularning qarshi-liklarini o`z kuchi va mablag`lari bilan bartaraf eta olmay qoladi. Shuning uchun qirolning siyosiy kuch-qudrati ma`lum darajada uni qo`llab-quvvatlagan tabaqalarning madadidan kelib chiqqan.
Aynan XIV asrning boshiga kelib siyosiy kelishuvchilikka asoslangan, shu sababli ham doimo mustahkam bo`lib qolmagan ittifoq - qirol va turli tabaqalar, jumladan, uchinchi tabaqalar ittifoqi batamom rasmiylashgan edi. Bu ittifoqning siyosiy ifodasi maxsus tabaqa-vakillik muassasalari - General shtatlar va provinsiyalarning shtatlari bo`lib qoladi. Bu ittifoqda uning ishtirokchilari o`ziga xos alohida manfaatlar bilan maydonga chiqadilar.
G
Do'stlaringiz bilan baham: |