Qirol hokimiyatining kuchayishi
bsolut monarxiya davrida oliy siyosiy hokimiyat butunlay va to`liq qirolga o`tgan va u hech qanday davlat organi bilan taqsimlanma-gandi. Mutlaq hokimiyatga ega bo`lish uchun qirolga feodallar oligarxiyasi va katolik cherkovning siyosiy oppozitsiya-sini bartaraf etishi, tabaqa-vakillik muassasalarini tugatishi, markazlashgan byurokratik apparat, doimiy armiya, politsiya ta`sis etishi zarur edi.
XVI asrda endilikda General shtatlar chaqirilmay qo`yadi. 1614 yilda General shtatlar oxirgi marta chaqirilib, tezda tarqatib yuboriladi va 1789 yilgacha hech qachon chaqirilmaydi. Ba`zi vaqtlarda qirol muhim islohot-larning loyihalarini ko`rib chiqish va moliya masalalarini hal qilish uchun notabllar (feodal aslzodalar)ni yig`ib turardi. XVI asrda (1516 yilgi Bolonya konkordati bo`yicha va 1598 yilgi Nant edikti asosida) qirol Fransiya katolik cherkovini to`liq o`ziga bo`ysundirgandi.
XVI-XVII asrlarda Parij parlamenti qirol hokimiyatining o`ziga xos siyosiy muxolifi sifatida maydonga chiqadi. Bu vaqtga kelib, u feodal zodagonlarning tayanchiga aylanib, bir necha marta o`zining remonstrat-siya huquqidan foydalangan hamda qirol hujjatlarini rad qilgan (qaytargan) edi. 1667 yilgi qirol ordonansi bilan shunday qoida o`rnatiladiki, bunga ko`ra, qirol ordonansi chiqqandan so`ng faqat ma`lum muddat ichida remonstratsiya qilinishi mumkin edi va ikkinchi marta (qayta) remonstrat-siyaga yo`l qo`yilmasdi. 1668 yilda qirol Ludovik XIV Parij parlamentiga kelib, uning arxividan Fronda davridagi, ya`ni XVII asr o`rtalarida abso-lutizmga qarshi chiqishlarga taalluqli barcha protokollarni o`z qo`li bilan olib tashlagan. 1673 yilda Ludovik XIV tomonidan shunday qoida o`rnatil-diki, parlament endi qirol hujjatlarini ro`yxatdan o`tkazishni rad etish huquqiga ega emas, remonstratsiya esa faqat alohida bayon qilinishi mum-kin edi. Bu amalda parlamentni muhim imtiyozlaridan - qirol qonunlariga protest keltirish va ularni rad etish huquqlaridan mahrum qildi.
Qirol hokimiyati va uning muayyan vakolatlari xarakteri haqidagi umumiy tasavvurlar ham o`zgardi. General shtatlarning taklifi bo`yicha fransuz monarxiyasi ilohiy deb e`lon qilinib, qirol hokimiyatiga esa mu-qaddas deb qaraladigan bo`ldi. Qirolning yangi: "qirol xudoning sahovati" degan rasmiy unvoni joriy etildi. Qirol hokimiyatining suvereniteti va cheklanmaganligi haqidagi tasavvurlar batamom o`rnatildi. XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyada cheklanmagan yoki absolut monarxiya uzil-kesil qaror topgan, mamlakatni boshqarish ishi butunlay va to`liq qirol qo`liga o`tgan. Ayniqsa, Ludovik XIV qirollik qilgan (1643-1715) yillar absolut monarxiyaning eng kuchaygan davri bo`ldi. Bu holat Ludovik XIV ning: "Davlat mening o`zim" degan so`zlari bilan ham tasdiqlanadi.
Absolutizm ilohiy huquqqa tayanadi degan qarashlar qirolning shaxsiy hokimiyatchilikka va despotizmga asoslanadi degani emas edi. Qirolning imtiyozlari qonuniy tartib doirasidan chetga chiqmasligi lozim edi va "qirol Davlat uchun xizmat qiladi" deb hisoblanardi.
Umuman fransuz absolutizmi qirol va davlatning chambarchas aloqa-da ekanligi, birining ikkinchisini o`ziga olishi konsepsiyasiga asoslanadi. Qirolning o`zi, uning mol-mulki, oilasi fransuz davlati va millatiga tegish-lidir, deb hisoblanardi. Yuridik jihatdan qirol har qanday hokimiyatning manbai deb tan olinadi. Uning hokimiyati hech qanday nazorat qilinmas edi. Bu, jumladan, qirolning qonun chiqarish sohasida to`la erkinligining mustahkamlanishiga olib keldi. Absolutizm davrida qonun chiqarish ho-kimiyati faqat tanho qirolga tegishli bo`lib, "bitta qirol, bitta qonun" degan tamoyil rasmiylashtirildi. Qirol har qanday davlat yoki cherkovga oid man-sabdor shaxslarni tayinlash huquqiga ega edi. Qirol davlat boshqaruvining barcha masalalari bo`yicha oxirgi, eng so`nggi instansiya edi. Qirol eng muhim tashqi siyosiy masalalarni hal qilgan, davlatning iqtisodiy siyo-satini belgilagan, soliqlar o`rnatgan, davlat mablag`larini oliy taqsimlovchi sifatida maydonga chiqqan. Uning nomidan sud hokimiyati amalga oshirilardi.
A
Do'stlaringiz bilan baham: |