Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Mutlaq monarxiya davri (XVI-XVIII asrlar) da



Download 162,5 Kb.
bet18/23
Sana06.01.2022
Hajmi162,5 Kb.
#323247
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
FRANSIYA IQTISODIYOTIDA TURIZMNING TUTGAN O'RNI

4. Mutlaq monarxiya davri (XVI-XVIII asrlar) da

ijtimoiy va davlat tuzumi xususiyatlari
F
Tabaqalarning huquqiy holatidagi o`zgarishlar
ransiya
da absolutizmning vujudga kelishi mamlakatning ijtimoiy-huquqiy tuzilishida chuqur o`zgarishlarga sabab bo`ldi. Bu o`zgarishlar, av-valo, kapitalistik munosabatlarning tug`ilishi bilan kelib chiqqan edi. Kapitalizmning tarkib topishi sanoatda va savdoda tezroq kechgan, qishloq xo`jaligida uning uchun yerga nisbatan feodal mulkchilik katta to`siq bo`lib qolgandi. Mamlakatning tabaqaviy tuzumi ijtimoiy taraqqiyotga jiddiy to`sqinlik qilmoqda va kapitalizm rivojlanishi ehtiyojlariga qarama-qarshi chiqmoqda edi. XIV asrga kelib fransuz mo-narxiyasi o`zining ilgari mavjud bo`lgan vakillik muassasalarini tugatgan, lekin o`zining tabaqaviy tabiatini saqlab qolgandi.

Davlatda ilgarigidek birinchi tabaqa ruhoniylar bo`lgan. Bu vaqtda Fransiyaning 15 million aholisidan 130 minggi ruhoniylardan iborat edi. Ular barcha yerlarning 1/5 qismini o`z qo`llarida ushlab turardi. Ruhoniy-lar o`zlarining an`anaviy ierarxiyasini to`liq saqlab qolib, juda xilma-xilliklari bilan ajralib turardi. Cherkovning yuqori qismi va qavmdosh ruhoniylar o`rtasida ziddiyatlar kuchayadi. Ruhoniylar faqat tabaqaviy hamda feodal imtiyozlarni qo`lda saqlab qolish uchungina nisbatan birlashib turardi, xolos.

Mutlaq monarxiya davrida ruhoniylarning qirol hokimiyati va dvo-ryanlar bilan aloqasi ancha mustahkam bo`lib qoldi. 1516 yilda Fransisk I (Fransuz I) bilan (1515-1547) papa Lev X o`rtasida Bolonyada tuzilgan konkordatga ko`ra, fransuz qiroli barcha fransuz yepiskoplarini cherkov lavozimlariga o`zi tayinlaydigan bo`ldi. Katta boylik va hurmat-ehtiromlar bilan bog`liq bo`lgan barcha yuqori cherkov lavozimlari dvoryan aslzoda-larga taqdim qilinardi. Dvoryanlarning ko`pgina kichik o`g`illari u yoki bu diniy martabani olishga harakat qilar edi. Ruhoniylarning vakillari (Rishe-le, Mazarini va boshqalar) ham o`z navbatida davlat boshqaruvida muhim va ba`zan esa hal qiluvchi mansablarni egalladilar. Shunday qilib, ilgari chuqur ziddiyatlar mavjud bo`lgan birinchi va ikkinchi tabaqa o`rtasida endilikda ancha mustahkam siyosiy va shaxsiy aloqalar vujudga keladi.

Fransuz jamiyatining ijtimoiy va siyosiy hayotida hukmron mavqeni dvoryanlar egallaydi. Dvoryanlar bu vaqtda taxminan 400 ming kishini tashkil etardi. Davlatda faqat dvoryanlargina feodal pomestelarga egalik qilishi mumkin edi. Shuning uchun ularning qo`lida yerlarning katta qismi (3/5 qismi) to`plangandi. Umuman Fransiyada dunyoviy feodallar (qirol va uning oila a`zolari bilan birga) davlatdagi butun yerlarning 4/5 qismini ushlab turardi. Dvoryanlik asosan tug`ilish bo`yicha ega bo`linadigan sof shaxsiy huquqiy maqomga aylanadi. Dvoryanlar o`zlarining dvoryanlik kelib chiqishini uch-to`rt avlodgacha isbotlashlari lozim edi. XII asrda dvoryanlik hujjatlarini qalbakilashtirish hollari aniqlangandan so`ng dvor-yanlik kelib chiqishini nazorat qiluvchi maxsus ma`muriyat ta`sis etiladi.

Dvoryanlik, shuningdek, maxsus, qirollik hujjati bilan ham berilardi. Bu, qoida bo`yicha, boy burjualar tomonidan davlat apparatida mansablar-ning sotib olinishi bilan bog`liq edi. Bundan ayniqsa doimo pulga muhtoj bo`lib turgan qirol hokimiyati juda manfaatdor edi. Bunday shaxslar odatda nasliy dvoryanlardan farq qilib, mantiya dvoryanlari, deb atalardi. Eski urug` - dvoryanlari (saroy dvoryanlari va unvonli dvoryanlar, provin-siya dvoryanlarining yuqori qismi) "qo`lidan kelmaydigan mansabga minib olgan" bunday mantiya dvoryanlariga nafrat bilan qarar edilar.

Mantiya dvoryanlarining soni XVIII asrning o`rtalariga kelganda taxminan 4 mingni tashkil etardi. Ularning bolalari harbiy xizmat o`tashlari lozim edi, lekin keyinchalik tegishli xizmatni o`taganlaridan so`ng (25 yildan keyin) nayzador dvoryan (nasliy dvoryan)ga aylangandi.

Dvoryanlar, o`zlarining aslzodalik va mansabdorlik farqlariga qaramay, qator umumtabaqaviy imtiyozlarga: unvon olish, ma`lum kiyim kiyib yurish va qurol taqib yurish, jumladan, qirol saroyida qurol taqib yurish va hokazo huquqlarga ega edilar. Dvoryanlar soliqlar to`lashdan va har qanday shaxsiy majburiyatlardan ozod etilgandilar. Ular saroy, davlat va cherkov mansablariga tayinlanishda imtiyozli huquqlardan foydalan-ardilar. Ba`zi yuqori maosh beriladigan va qandaydir xizmat majburiyatlari bilan yuklatilmagan saroy lavozimlari (masalan, sinekurlar) dvoryanlar uchun zaxirada ushlab turilardi. Dvoryanlar universitetlarda, qirollik harbiy maktablarida ta`lim olishda imtiyozli huquqlardan foydalanardilar. Shular bilan birga dvoryanlar absolutizm davrida o`zlarining ba`zi eski feodal imtiyozlari: mustaqil boshqarish, yakkama-yakka olishuv huquqlari va boshqalarni yo`qotgan edilar.

XVI-XVIII asrlarda Fransiya aholisining eng ko`p qismini uchinchi tabaqa tashkil etardi. Uning tarkibi tobora xilma-xil bo`lib borgan. Unda ijtimoiy va mulkiy darajalanish (tabaqalashuv) kuchayadi. Uchinchi tabaqaning eng quyi qismida dehqonlar, hunarmandlar, qora ishchilar, ishsizlar, uning yuqori qismida esa moliyachilar, savdogarlar, sex ustalari, notariuslar, advokatlar turardi. Ana shulardan burjuaziya sinfi shakllangan.

Bu vaqtda shahar aholisining soni nihoyatda o`sishi va uning Fran-siya ijtimoiy hayotidagi o`rni ko`payishiga qaramay, uchinchi tabaqaning asosiy qismini dehqonlar tashkil etib qolavergan. Kapitalistik munosabat-larning rivojlanishi bilan dehqonlarning huquqiy ahvolida o`zgarishlar yuz beradi. Bu vaqtda servaj, formaryaj, "birinchi kecha huquqi" amalda yo`-qoladi. Menmort ilgarigidek huquqiy odatlarda nazarda tutilgan, lekin juda kam qo`llanilgan. Qishloqqa tovar-pul munosabatlarining kirib kelishi bilan dehqonlar orasidan boyigan fermerlar, kapitalistik arendatorlar, qishloq xo`jalik ishchilari ajralib chiqdi. Biroq dehqonlarning ko`pchilik qismini senziva egalari, ya`ni senorlik yerlarini ushlab turib, turli feodal majburiyatlar o`tovchilar tashkil etardi. Bu vaqtga kelib senzitariylar barshchina ishlaridan to`liq ozod etilganlar, lekin dvoryanlar doimo senz-larni va boshqa yer soliqlarini oshirib borishga harakat qilganlar, shuning-dek, senorning dehqonlar yerlarida ov qilish huquqi dehqonlar uchun qo`shimcha yuk bo`lib tushgan edi.

Dehqonlar uchun juda og`ir bo`lgan va xonavayron qiladigan ko`p-dan-ko`p to`g`ridan-to`g`ri va bilvosita soliqlar tizimi joriy qilingandi. Qirolning soliq yig`uvchilari bunday soliqlarni ko`pincha kuch va zo`rlik yo`li bilan yig`ar edilar. Qirol hokimiyati soliqlar yig`ish huquqini bankir-larga va sudxo`rlarga tez-tez sotib turardi. Bunday huquqni sotib olganlar qonuniy va noqonuniy soliqlar yig`ishni shunchalik kuchaytirar edilarki, oqibatda ko`p dehqonlar o`z uy joylari va mol-mulklarini sotib, shahar-larga ish izlab ketishga majbur bo`lar edilar va shu tariqa ishsiz hamda qashshoqlar safini to`ldirib turar edilar.

K


Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish