Davlat tuzumi
X-XIII asrlarda Fransiyaning davlat tuzumi senorlik monarxiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog`liq edi.
IX-XII asrlarda mamlakatdagi chuqur siyosiy tarqoqlik natijasida qirol hokimiyati o`zining ilgarigi ahamiyatini yo`qotadi. Qirol feodallar tomonidan "tenglar orasida birinchi" (primus inter pares) sifatida ko`riladi. U yerning o`zidayam qirol bo`ysunmagan vassallar bilan doimo qattiq kurashlar olib borishiga to`g`ri kelardi. Qirollik domenlaridan boshqa joy-larda hokimiyat yirik feodallarga (Burgundiya va Normandiya gersoglari-ga, Flandriya, Tuluza, Shampan va boshqa yerlarning graflariga) tegishli edi. Suzerenitet-vassalitet munosabatlariga asoslangan bunday feodal davlati shaklini senorlik monarxiyasi deyish mumkin. Unda siyosiy hokimiyat qirol va turli darajadagi feodallar o`rtasida taqsimlangan. Ular bir-biriga syuzerenitet-vassalitet munosabatlari bilan bog`liq edi.
IX-XII asrlarda senorlik monarxiyasining tashkil topishi markaziy hokimiyatning zaiflashishini, mamlakat ichki birligining buzilishini, tashqi siyosiy ahvolining kuchsizlanishini anglatardi. Fransiyada o`rta asrlar jamiyati rivojlanishining mazkur bosqichida senorlik monarxiyasi o`zida mavjud ijtimoiy-siyosiy reallikni ancha aniq ifoda etgan edi. Iqtisodiy va siyosiy markazlashtirilmagan sharoitlarda feodallar qirol hokimiyatiga qaraganda ancha samarali tarzda davlat funksiyalarini amalga oshirardilar.
Senorlik monarxiyasiga faqat siyosiy inqirozning namoyon bo`lishi sifatida qarash kerak emas. U bevosita natural ho`jalik va yerga feodal mulkchilik bilan bog`liq munosabatlardan kelib chiqqan. Siyosiy tarqoqlik Fransiya jamiyatining olg`a harakatini aslo to`xtatib qo`ya olmasdi. XII-XIII asrlarda feodalizm rivojlanib, uning zaminida yangi iqtisodiy munosabatlar tug`iladi. Shaharlar o`sib, tovar-pul xo`jaligi taraqqiy eta boshlaydi. Siyosiy tarqoqlik asta-sekin to`xtab, qirol hokimiyati kuchaya boradi. Ayniqsa, XIII asrda qirol Ludovik IX islohotlari natijasida qirol hokimiyati ancha kuchayib, qirol Fransiyadagi barcha feodallarning suzereniga aylanadi.
IX-X asrlarda qirol hokimiyati kuchsiz edi. Qirol dunyoviy va ruhoniy feodallarning yuqori qismi tomonidan sulola tamoyiliga rioya qilingan holda saylanardi. 987 yilda Fransiya taxtiga Gugo Kapetning saylanishi bilan yangi sulola - Kapetinglar sulolasiga asos solinib, Karolinglar sulolasi tugatiladi. Dastlabki Kapetinglar davrida qirolni saylash tartibi saqlanib qolgan, lekin XII asrdan taxt meros tariqasida o`tardi.
Dastlab qirolning funksiyasi nihoyatda chegaralangandi. Unda faqat ba`zi an`anaviy imtiyozlar saqlanib qolgan edi. U fransuz qo`shinlariga boshchilik qilib, qonunlar chiqargan, sud hokimiyatini amalga oshirgan. Lekin birinchi Kapetinglar davrida qirolning qonunlar (kapitulyariylar) chiqarishi amalda tugatiladi. Qirolning boshqa vakolatlari ham faqat naza-riy jihatdan saqlanib qolgan, haqiqatda qirol bu vakolatlarni amalga oshira olmasdi. Qirolga "qirollikni va cherkovni himoya qilish", shuningdek, mamlakatda "tinchlikni saqlash" majburiyati yuklangan. Lekin u bularni amalga oshirish uchun real hokimiyatga emas, faqat o`z domeni doirasida sud hokimiyatiga ega edi.
XII asrdan qirolning mavqei asta-sekin yaxshilanib, ba`zi funksiya-lari ancha faolroq amalga oshirila boshlanadi. Masalan, qirol tomonidan qonun hujjatlari - nizomlar (etablissement) chiqarish amaliyoti tiklanadi. Biroq bunda yirik feodallar (Katta kengash) roziligi talab qilinardi. XII asrda qirol hujjatlari qasamyod qilgan barcha feodallar uchun majburiy bo`lib qoladi. Qirol yurisdiksiyasining doirasi ham kengayadi.
M
Do'stlaringiz bilan baham: |