Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги



Download 162,5 Kb.
bet4/23
Sana06.01.2022
Hajmi162,5 Kb.
#323247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
FRANSIYA IQTISODIYOTIDA TURIZMNING TUTGAN O'RNI

Feodallar o`zlari egallagan yerlar - senoriylarning hajmiga qarab turli tabaqalarga ajralgan. Katta senoriy egalari: gersoglar, graflar, yirik monastirlarning abbatlari, yepiskoplar dastlab o`zlarini qirol bilan teng perlar deb yuritganlar. Ularning vassallari: baronlar, vikontlar, vitsegraflar ikkinchi guruh yer egalari hisoblangan. Uchinchi guruhdagi yer egalarini ritsarlar tashkil etgandi. Ana shu uchta toifa feodallar o`rtasida syuzereni-tet-vassalitet munosabatlari mavjud edi. Buni oliy hukmronlik-qaramlik munosabatlari desa bo`ladi. Bunday munosabatlar faqat Fransiyada o`zi-ning to`liq shakliga ega bo`ldi. Suzerenitet-vassalitet munosabatlari max-sus shartnoma asosida rasmiylashtirilardi. Bunda vassal senorga sodiqlik haqida qasam ichib, uning oldida tiz cho`kadi. Bu ommaj deb atalardi. Senor esa vassalga yer (feod) berib, shu bilan birga ramziy tayoqcha yoki o`z qo`lqopini yoki nayzasini ham uzatardi. Bu investitura deb atalardi.

Vassallik shartnomalari tomonlarning majburiyatlarini aniq o`rnatib qo`ygandi. Senor vassalga feodni berish bilan birga vassalni va unga berilgan yerni himoya qilishi lozim edi. Vassal esa avvalo senorga harbiy xizmat o`tab berish majburiyatiga ega edi. XI asrdan bunday xizmat muddati bir yilda 40 kun qilib belgilanadi. Vassal, shuningdek, feodal-larning sud va boshqa yig`inlarida senorning raisligida ishtirok etishi lozim edi. Vassal yuqoridagilardan tashqari, senorni asirlikdan sotib olish, senorning salb yurishlarini moliyaviy ta`minlash, senorning katta o`g`liga ritsarlik unvoni berilayotganda, katta qizi erga tegayotganda sovg`a-salomlar bilan kelish kabilarga ham majbur edi.

Vassallik shartnomalari dastlab tomonlarning hayotligi davrida tu-ziladigan shartnomalar hisoblanib, personal xarakterga ega edi. Keyin esa u bilan bog`liq majburiyatlar meros tariqasida o`tadigan bo`ldi. XI asrga kelib feod, ya`ni nasliy urug`chilik pomestesi asosiy feodal mulkchilik shakli sifatida o`rnatildi.

Agar vassal senorga sodiqlik to`g`risidagi qasamini buzsa va o`z zimmasidagi majburiyatlarini bajarmasa, feodni qaytarishi lozim edi. Lekin senorlar va vassallar o`rtasidagi nizolarni hal etishning yuridik mexanizmi juda samarasiz bo`ldi. Yirik feodallar mustaqil harbiy kuch-larga ega bo`lib, senorlarga itoat etmay, senor sudi qarorlariga bo`y-sunishni istamay qo`ygandi. Bu feodallar o`rtasidagi ko`p sonli tartib-sizliklar va urushlarni keltirib chiqaradi. XII asrga kelib vassallarning ba`zi huquqlari kengaytirilib, ularning xizmat muddatlari qisqartiriladi.

XI asrda jamiyatning feodallashish jarayoni kuchayib, vassallarning vassallari paydo bo`ladi. Yuqorida aytilganidek, eng quyi zvenodagi vas-sallar - ritsarlar (mayda feodallar) edi. Asosiy feodallar ommasi qirolga bo`ysunmay, o`z senorlari - gersoglar va graflarga bo`ysunardi. "Vassa-limning vassali mening vassalim emas" degan tamoyil mavjud edi.

XII asr o`rtalarida shaharlar o`sib, qirolning ahamiyati kuchayadi. Qirollar mamlakatda barcha feodallardan sodiqlik haqida qasam olishga va vassal qaramlikdagi egaliklarini tan oldirishga erishadilar. Bu jarayon vassallarning vassallari (arer-vassallar)ning bevosita qirol vassallariga aylanishiga olib keladi va bu immediatizatsiya degan nom oladi.

XII asrda feodal egaliklarga bo`linish jarayoni amalda tugaydi. Feodal pomestelar tamoman urug`chilik xarakteriga ega bo`ladi. Feodallar sinfiga yangi shaxslarning kirib kelishi cheklanib, faqat qirol bo`ysun-magan feodallar bilan urushlar natijasida qo`lga kiritilgan yer uchastka-larini taqsimlab turadi.

Feodal titullar va unvonlar meros tariqasida o`tadi. Shu tariqa, XIII asrdan dvoryanlik tabaqasi o`zgalar uchun yopiladi.




Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish