9-Ma’ruza Peregonda yo'l planini loyihalash.
Reja:
1. Plandagi doiraviy egriliklar.
2.Doiraviy egriliklar radiusini tanlash.
3.O'tma egriliklar.
Yo‘l planinig asosiy elementlari
Temir yo‘l trassasi—bu temir yo‘lni tuproqdan qilingan ko‘tarma asosiy yuzasini cheti darajasidagi bo‘ylama o‘qi /3.1—shakl/. Ikkinchi va ko‘p yo‘lli yo‘llarning trassasi har qaysi yo‘l uchun aniqlanadi.
Trassalar plani—bu uni gorizontal proeksiyasi. Plan to‘g‘ri burchaklarda va har xil burchaklarda kesib o‘tadigan yo‘l uchastkalarini doiraviy egri chiziqlar bilan bog‘langan bo‘ladi.
Temir yo‘lni bo‘ylama profili yoyilgan vertikal tekislikda trassani silindrik yuza orqali o‘tganligini o‘zicha tasavvur etadi. Trassani yoyilgan holatini ifoda etishi /geometrik shaklning tekislikdagi yoyilgan holati/ shu bilan birga bo‘ylama profilni loyihaviy chiziqi deb ataladi. Bundan tashqari, bo‘ylama profilga tushiriladi er sirtining chizyg‘i, tuproqlarning xarakteristikasi, sun’iy va boshqa chiziqli inshootlar ko‘rsatiladi. Loyihaviy chiziq gorizontal to‘g‘ri chiziqli yoki gorizontga har xil burchaklarda engashtirilgan elementlar va ularni kesishgan joylarida doiraviy egri chiziq bilan bog‘langandir. Bo‘ylama tashkil topgan profildagi loyihaviy chiziq elementlarini qisqacha profil elementlari deb ataladi .
Plan va profil elementlarining /to‘g‘ri va egri chiziqli uchastkalar bilan birga/ ba’zan trassa elementlari xam deb ataladi. Ular asosan temir yo‘lni qurilish va foydalanish xarakteristikasini aniqlaydi. Variant uzunligi qancha kam bo‘lsa, profil elementlarini qiyaliklari qancha katta bo‘lsa, qancha ko‘proq planda to‘rli yo‘nalishini o‘zgarishi va kichik egri chiziq radiuslari u blan bog‘lashda, temir yo‘lni qurishda tuproq ishlari xajmi shunchalik kichik va qurish qiymati kam bo‘lishi mumkin. Trassalardan foydalanish ko‘rsatkichlari esa yomonlashadi: poezdlarni peregon oralig‘ida yurish naqti, yoqilg‘ini yoki elektr quvvatini sarf qilish, kundalik saqlash va tuzatish xarajatlari oshadi. SHunday qilib trassa plani va bo‘ylama profilini loyixalash, kerakli kurilish va foydalnnish xarajatlarshsh birgalikda optimal bo‘lishi kerak /loyihaviy echilishini optimal izlash metodikasi 6 bobda bayon kilingan/.
3.1—shakl. Tuproqdan qilingan temir yo‘l izining ko‘ndalang profili
1—asosiy yuzasini cheti, 2—trassa.
Temir yo‘l plan va bo‘ylama profilini iqtisodiy talabchanlik bilan birga, poezdlarning harakatidagi xavfsizlik, belgilangan og‘irlikdagi, ruxsat etilgan eng katta tezlik bilan, ya’ni harakatdagi sostav /lokomotiv va vagonlar/ bilan relslarni, imkon boricha chiqib ketishlikdan saqlamoq va tirkash uskunalari, harakatlanuvchi poezdlarda uzilmasligini ta’mnnlash kerak. Trassalarni fazodagi joylanishini o‘zgarish ta’siri haddan tashqari serharakat va haroratdagi sostav va passajirlarga relsli yo‘l izlarida noqulaylik yaratmoqlik mumkin emas, ya’ni poezdlar harakatida ravonlikni ta’minlash kerak. Bo‘ylama profil va planni loyihalashda, shuning bilan birga to‘xtovsiz poezdlar harakatini, qor va qum uyumlarini, harakatdagi poezdlarni to‘xtash uchastkalarida qarshiliklarni o‘sishini e’tiborga olish bilan ta’minlash kerak (masalan, tunnellarda) va hakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |