Ўзбекистон иқтисодиётида темир йўлларнинг ўрни



Download 2,04 Mb.
bet18/37
Sana24.02.2022
Hajmi2,04 Mb.
#238510
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
TIQ

Seysmik hududlar. Seysmik ta`sirning ballardagi intensivligi (seysmiklik) va uning temir yo`l loyihalashtirilayotgan tumanda takrorlanuvchanligi, mamlakat hududining seysmik tabaqalashtirish ma`lumotlari (QMQ II-7-81) ga binoan aniqlanadi. Alohida inshootlar (ko`priklar, quvurlar, tonnellar va sh.k.), shu bilan birga tuproq ko`tarma asoslari qurilish maydoni seysmik xususiyatlarini aniqlash uchun seysmik mikrohududlashtirish xaritalari tuziladi.
Temir yo`lni seysmiklik darajasi 7...9 ball bo`lgan tumanlarda loyihalashtirishda, odatda, muhandislik-geologiya jihatidan o`ta nomaqbul uchastkalar: o`pirilish, siljishlar, ko`chkilar ehtimoli bo`lgan hududlarni aylanib o`tish tavsiya etiladi.
Tog` etagidagi tuproq ko`tarmani loyihalashtirishda, odatda, asosiy maydonchani butunicha ko`tarmada yoki yarim ko`tarmada joylashtirish kerak bo`ladi. Bunday yechimlar tuproq ko`tarmaning yarim o`yiq - yarim ko`tarmaga nisbatan yer qimirlashi, ya`ni zilziladan barqarorligini ta`minlab beradi.

4.15-rasm. Nol ishlari chizig`i variantlari

Xarita masshtabida o`lchash asbobi bilan qo`shni gorizontallar oralig`idagi d masofani belgilab, nol ishlari chizig`iga ega bo`lamiz (4.15-rasm). Uning shunday atalishiga sabab, agar o`sha chiziq bo`yicha trassa, so`ng trassalash qiyaligi bilan loyiha chizig`i o`tkazilsa, gorizontallar kesishish nuqtalarida «nol» tuproq ishlari hajmini olish mumkin (joyning o`rtacha qiyaligi loyiha chizig`i qiyaligiga teng).


Magistral yurishni yotqizishda, zo`riqib va erkin yurishlarni o`zaro maqsadga muvofiq, ratsional bog`liqligini amalga oshirish kerak bo`ladi. Har qaysi uchastkadagi baland to`siqlarni berilgan otmetkalar farqiga ko`ra bartaraf qilish va qabul qilingan ustuvor nishab bo`yicha eng qisqa zo`riqib yurish uchastkasi uzunligi (4.1), (4.1) ifodalarga ko`ra aniqlanadi. Umumiy trassa uzunligi esa zo`riqib va erkin yurish uchastkalaridan tarkib topadi. Shuning uchun zo`riqib yurish uchastkalarida yo`l shunday joylashtirilishi kerakki, yo`lning umumiy uzunligi qisqa bo`lsin.
4.15-rasmda A stansiyadan V tomon yo`nalishda zo`riqib yurishning ikki holati (A stansiyadan V nuqtagacha) ko`rsatilib, ulardan biri (uzluksiz chiziq) erkin yurish masofasini ancha kamaytirish va trassa butun yo`l uchastkasi uzunligini qisqartirish imkonini beradi.
Nol ishlari chizig`i, odatda, eng yuqori belgida joylashgan qayd etilgan nuqtalardan boshlab (masalan, suv ayiruvchi chiziqdagi egarsimon joylar), pastga tomon yo`nalishda olib boradi. Uzoqqa cho`zilgan zo`riqib yurish uchastkasida nol ishlari chizig`i nuqtalarini belgilashda, alohida punktlarning joylashuvi taxminan hisobga olinadi. Garchi keyingi trassalashda ular joylashgan o`rni biroz o`zgarishi mumkin bo`lsa ham, bu trassaning uzunligi va umumiy yo`nalishiga jiddiy ta`sir ko`rsatmaydi (shtrixli, uzuq-yuluq chiziq, 4.16-rasm).
Nol ishlari chizig`i, yo`l rejasining loyihalashtirish normalariga mos ravishda bo`lg`usi trassa o`rnini e`tiborga olib o`tkazilishi shart. Misol tariqasida 4.17-rasmda nol ishlari chizig`idagi nuqtalarni to`g`ri va noto`g`ri belgilash ko`rsatilgan. So`nggi variant trassa yo`nalishini egriliklarning yo`l qo`yiladigan radiusi va ular orasidagi to`g`ri kiritma qiymatlari bo`yicha joylashtirishda to`g`ri yotqizilishini ta`minlamaydi.
Nol ishlari chizig`i nuqtalarini belgilashda, birorta ham gorizontalni chetlab o`tish mumkin emas, chunki bu keyingi butun zo`riqib yurish uchastkasida, tuproq ishlar hajmining ko`payishiga olib keladi (4.18-rasm).

4.16-rasm. Zo`riqib yurish uchastkasida alohida punktlarning joylashishi


4.17-rasm. Nol ishlari chizig`i yo`lini yotqizishga misollar: a - to`g`ri; b - noto`g`ri


4.18-rasm. Nol ishlari chizig`ini noto`g`ri yotqizish:


a - reja; b - bo`ylama profil; 1 - yer sirti qirqimi; 2 - loyiha chizig`i.

Jarni kesib o`tish yo`li bo`yicha qabul qilingan bu kabi noto`g`ri yechimni boshqa yechimlardan farqlash kerak (4.18-rasm). Bu holda uzluksiz chiziq bilan ko`rsatilgan vaziyat noto`g`ri, chunki 240-gorizontalni belgilashdagi o`tkir burilish burchagi, trassaning egri chiziqning yo`l qo`yiladigan radiusida joylashishi va jarga suv o`tkazish inshootlarini joylashtirish uchun tuproq ko`tarmaning zarur balandligini ta`minlamaydi ( bu joyda tuproq ko`tarma balandligi kamida 2,5 3m bo`lishi kerak). 4.19-rasmda uzuq chiziq bilan ko`rsatilgan nol ishlari yo`li uzuq chiziq bilan ko`rsatilgan yo`li vazifani hal qiladi. Shu bilan birga qayd etish kerakki, jar orqali o`tishda nol ishlari yo`li qator gorizontallarni kesib o`tadi (250 va 240 gorizontallar oralig`ida), so`ng yana navbatdagi 230 gorizontal chizig`iga qo`shiladi.



4.19-rasm. Jarni kesib o`tishdagi nol ishlari yo`lini yotqizish: a - reja; b - bo`ylama profil




Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish