‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 15 Mb.
Pdf ko'rish
bet468/580
Sana11.04.2022
Hajmi15 Mb.
#543624
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   580
Bog'liq
hozirgi o`zbek adabiy tili i, ii, iii kitoblar. akademik litsey va kollejlar uchun darslik

(J. Jabborov)
472


61-mashq.
Gaplarni o'qing. Kesimlarini topib, ikki ustunga yozing.
Ot kesim
Fe’l kesim
I. 
Tilimiz juda boy, chiroyli. Bu tilda ifoda etib bo'lmaydigan fikr, 
tuyg‘u yo‘q. Afsuski, radiomizda ko'pincha xalq bilan m ana shu boy, 
chiroyli, purqudrat tilda gaplashishmaydi. N im a uchun ko‘cha harakati 
qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni 
buzayotganlarga hech kim hushtak chalmaydi? Yozuvchining xalqqa 
aytadigan gapi naqadar muhim, naqadar salmoqli, naqadar zarur b o ‘lsa, 
kitobxonning qalbiga olib kiradigan obraz shu qadar kuchli b o ‘lishi kerak. 
Badiiy asarga baho berishda yuz-xotir, g‘araz, hasad, laganbardorlik singari 
illatlar adabiyotga y o i topolmaydi.
(A. Qahhor)
II. 
I. M irzacho‘Ida ham cho'lni bo'stonga aylantirayotgan odamlar 
juda ko‘p. 2. U paytlarda xo'jalikda ko‘zga ko‘rinadigan m uhtasham
imoratning o ‘zi yo‘q edi. 3. Toshkentga tushib, bir m ashinada o ‘tin- 
ko'm ir olib chiqdik, eski shahar bozoridan bitta o ‘ttizinchi lampa oldik.
4. Bog'imizning gavjum bo'lishi bejiz emas edi. 5. A. Qahhor oddiy dehqon- 
dan tortib, to akademikkacha — hamm aning ko‘nglini topa olardilar
odamning ko'ngliga tushadigan birgina kaliti bor, bu kalit — kamtarlik, 
oddiylikdir. 
6
. Uyimizdan yaxshilar qadami sira uzilmas edi.
(K. Qahhorova)
62-mashq. Matnni ko‘chirib yozing. Kesimini topib, uning tuzilishiga
va ifodalanishiga ko‘ra turlarini yozing.
M USIQ A N IN G QUDRATI
Rivoyat qilishlaricha, Olloh yaratgan o ‘n sakkiz ming olam ichida eng 
g'aroyibi bo‘lgan inson dunyoga kelar ekan, unga jo n musiqa orqali 
singdirilibdi. Shundan buyon inson o ‘z hayotini musiqasiz tasaw ur eta 
olmaydi. Zero, kuy-qo‘shiq kishiga cheksiz estetik zavq berishi barobarida 
uning qalbida ajib his-tuyg‘u uyg‘otadiki, u insonni doim o ezgulikka 
chorlaydi. Shu bois bo‘lsa kerak, asrlar mobaynida ota-bobolarimiz farzand 
tarbiyasida musiqa ilmiga alohida e’tibor bilan yondashganlar. Zotan, 
musiqaga, kuy-qo‘shiqqa yoshligidanoq oshno bo'lgan insonning hech 
qachon ko'ngliga adovat, qo'lidan yovuzlik kelmaydi.
Bugun bobolar tom onidan aytilgan ushbu flkrlaming naqadar haqiqat 
ekanligini respublikamizning turli musiqa dargohlarida tahsil olayotgan 
talaba-yoshlam ing fikr-o‘ylari misolida ham bilib olishimiz mumkin.
( Gazetadan)

Download 15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   580




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish