farqlash uchun xizmat qiladigan fonologik oppozitsiyalar (PFM bo'yicha
fonologik qarama-qarshiliklar) majmuasi sifatida talqin qilinadi. U
fonologiyada asosiy rolni fonemalar emas, balki ulaming ma'no farqlash
funktsiyasi o'ynashini ta'kidlaydi.
Har qanday fonema fonologik oppozitsiya sistemasi ma'lum
tarkibga yoki strukturaga ega bo'lganligi uchun ham fonologik
mazmunga
ega bo'ladi. Fonema abstrakt birlik sifatida qaraladi. Konkret tovushlar
fonemaning moddiy simvollari hisoblanadi. Fonema moddiy jihatdan bir
qancha tovushlar orqali reallashishi mumkin. Bunday reallashgan xar xil
tovushlar shu fonemaning variantlari sanaladi.
Praga tilshunoslari variantlami tasniflab,
ulami majburiy,
fakul’tativ va individual variantlarga bo'ladilar. Majburiy variantlar, o'z
navbatida
pozitsion, kombinator va uslubiy variantlarga ajratiladi.
Fonemaning urg'uga,
so'z xarakteriga, nutq melodikasiga
xoslangan variantlari pozitsion; nutq
oqimida yondosh fonemalar
ta'siridagi variantlar kombinator; talaffuz uslubi bilan xoslangan variantlari
uslubiy variantlar sanaladi (To'liq uslub, og'zaki uslub va boshqalar). Bir
pozitsiyaning o'zida so'z ma'nosini o'zgartirmagan holda o'zaro
almashinib kelgan variantlar fakul’tativ variantlardir. Fakul’tativ variantlar
ko'pincha dialektal farqlanishlar natijasida vujudga keladi. Masalan,
boring-barin. Ayrim kishilaming nutq xususiyati bilan bog'liq variantlar
individual variant hisoblanadi.
N.S.Trubetskoy fonologik oppozitsiyalami uch asosga ko'ra tasnif
qiladi:
1. Oppozitsiya sistemasi munosabatiga ko'ra;
2. Oppozitsiya a'zolari o'rtasidagi munosabatta ko'ra;
3. Turli pozitsiyalarda ulaming amal qilishiga ko'ra.
56
Birinchi belgiga ko'ra bir o'lchovli, ko'p o'lchovli, proportsional
va ajralgan oppozitsiyaga bo'linadi.
Ikkinchi belgiga ko'ra, privativ (oppozitsiya a'zolaridan biri
belgining bor yo'qligi bilan ikkinchisidan farq qiladigan oppozitsiya),
gradual (nutq apparatining ochilishi darajasiga asoslangan oppozitsiya,
masalan: kir-kar), teng qimmatli (mantiqan har ikki a'zo teng huquqli
bo'lgan oppozitsiya) oppozitsiyalarga ajratiladi.
Uchinchi
belgiga
ko'ra
esa
doimiy
va
neytrallashgan
oppozitsiyalarga bo'linadi.
Neytrallashish jarayonida oppozitsiyaga
kirishayotgan fonemalar
o'rtasida fonologik qimmatga ega bo'lgan belgi yo'qoladi. Lekin umumiy
belgilari saqlanib qoladi. Masalan, o'zbek tilida yot-yod oppozitsiyasida
so'z oxirida t-d o'rtasidagi jarangli-jarangsizlik belgisi yo'qoladi, boshqa
umumiy belgilari (til oldi, portlovchi) saqlanib qoladi.
N.S.Trubetskoyning fonologik oppozitsiyalar tasnifi amaliy
ahamiyatga ega, chunki u ma'lum bir fonemaning
fonetik qiminatini
belgilashda yordam beradi.
Xullas, barcha fonologik kontseptsiyalarda fonema lingvistik birlik
sifatida tan olinadi. Bunday kontseptsiyalaming tayanch nuqtasi Boduen de
Kurtenening fonologik nazariyasi hisoblanadi. RFM fonemani so'z va
morfemadan ajralgan abstrakt birlik sifatida talqin etsa, MFM unga so'z va
morfemalaming tarkibiy elementi sifatida yondashadi.
Praga lingvistik to'garagi fonemani abstrakt birlik sifatida taiqin
etishda PFM ga yakin tursa, pozitsion, kombinator variantlar, variantlar
neytralizatsiyasi kabi masalalarda MFM ga yaqin turadi.
Farqlovchi belgilar bilan fonemaning atom talqini chambarchas
bog'liqdir. Fonemaning atom talqiniga ko'ra farqlovchi belgilar ma'lum
57
darajada mustaqillikka ega bo'lib, fonema shu farqlovchi belgilar
majmuasidir. L. R.
Zinder fikricha, bunday talqin farqlovchi belgilami
birlamchi fonologik birlik sifatida tan olishga imkon beradi. Fonema
bunday munosabatlar majmuasi sifatida qarash uni material substantsiyadan
ajratib qo'yadi. Bu esa ob'ektiv dunyodagi predmetlaming real
mavjudligini inkor qiluvchi va L. EPmslevning lingvistik nazariyasiga asos
bo'lgan logik pozitivizmning ta'siridir.
Lekin, bizning nazarimizda, tal va nutq
farqlanishiga fonemaning
bu talqini moxiyat va hodisani aks ettiradi va dialektika qonuniyatlariga
to'la muvoflq keladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: