О ZBEK ISTO N RESPU BLIKASI FANLAR
AKAD EM IYASI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
A.NURMONOV, H.USMONOVA,
D.BOBOXONOVA
TILNI SISTEMA SIFATIDA
O'RGANISH
Namangan - 2 0 1 1
BSH.:
Taqrizchilar:
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
O. Tojiyev
Filologiya fanlari nomzodi
Sh.Abdurahmonov
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma oliy o'quv yurtlari filologiya
fakul’teti
talabalariga sistema haqida, tilning sistemaliligi, uning belgilar
sistemasi ekanligi, til sistemasining ko'p bosqichli tuzilishi, tilning sathlari,
sath birliklarining o'zaro munosabati va. uning tuzilishi kabi masalalar
haqida atroflicha ilmiy ma'lumot berish uchun mo'ljallangan.
Ushbu
ilmiy-uslubiy
qo'llanma
NamDU
o'quv-uslubiy
kengashining 2011-yil 21-apreldagi 8-sonli yig'ilishi
bayonnomasi bilan
tasdiqlangan.
NAMANGAN DAVLAT
UNiVERSITETI
Ahborot-fesurs т а г к з / i .
2
SO'Z BOSHI
O'zbek tilshunosligi so'nggi davrlarda katta yutuqlarni t|o Ij-’.a
kiritdi. Tilshunoslik nazariyasiga bag'ishlangan bir qator asarlar maydongn
keldi. Bu asarlarda o'zbek tili tuzilishini sistemaviy tadqiq qilish
muammolari, tilda umumiylik-xususiylik dialektikasini namoyon bo'lishi,
til va nutq dialektikasi, til tuzilishining darajali xususiyati,
til sathlari va
sathlararo munosabat kabi masalalar ma'lum darajada yoritildi.
O'zbek tilshunosligining qo'lga kiritgan bunday yutuqlari bilan
oliy o'quv yurtlari filologiya fakul'teti talabalarini tanishtirish ularda ilmiy
dunyoqarashni, mavjud adabiyotlarga tanqidiy va ijodiy yondasha olish
ko'nikmasini shakllantirishda, o'quv dasturi
asosida olgan bilimlarini
chuqurlashtirishda katta ahamiyatga ega.
O'quv rejasiga muvofiq, III kursdan boshlab bir necha maxsus
kurslar o'tish rejalashtirilgan. Tanlangan maxsus meteriallari o'quv dasturi
asosida o'tiladigan materiallaming oddiy takrori bo'lib qolmasligi, o'zbek
tilshunosligining bugungi yutuqlarining talabalarga etkaza olishi lozim.
Talabalar odatdagi
darslarda til sistemasi, til sathi, paradigmatik,
sintakmatik munosabat,
tilning belgili tabiati, lingvistik belgi, belgi
tuzilishi kabi atamalami eshitayotgan bo'lsalar ham, lekin sistema nima?
Til sathi nima? Kabi bir qator savollar bilan talabani batafsil tanishtiruvchi
maxsus bir asar mavjud emas. Ana shuni hisobga olgan holda "O'zbek tilini
sistema sifatida o'rganish" nomli maxsus kursning birinchi qismini
talabalarga havola etdik.
Unda
talabalar sistema haqida, tilning sistemaliligi, uning belgilar
sistemasi ekanligi, til sistemasining ko'p bosqichli tuzilishi, til sathlari, sath
birliklarining o'zaro munosabati va sathlararo munosabati lingvistik belgi
va uning tuzilishi kabi masalalar haqida ma'lum darajada ma'lumot
oladilar.
SHuningdek, o'zbek tilining fonologik sathi va o'zbek tili
morfonologiyasi haqida qisqacha fikr yuritiladi.
O'zbek tilining qolgan sathlarida sistemalilik haqida ishimizning
keyingi qismida ma'lumot bermoqchimiz.
Asar haqidagi har qanday fikr mulohazalarni
muallifiar
mamnuniyat bilan qabul qiladilar.
3