sifatida fonemadaming farqlovchi belgilarini o'rganuvchi soha, deb e'tirof
etildi (funktsional tomoni).
YUqorida ta'kidlanganidek, fonologiya fonemalar haqidagi
ta'limot sifatida yosh grammatikachilaming fonetikani ijtimoiy fanlar
qatoriga emas, balki tabiiy fanlar qatoriga qo'shish kontseptsiyasiga qarshi
yuzaga keldi. Bunday sharoitda an'naviy
fonetikaga yangi yaratilgan
fonologiyaning qarama-qarshi qo'yilishi, so'zsiz, ijobiy hodisa bo'ldi.
Ammo keyinchalik bir qator tilshunoslar, xususan, Daniya tilshunosi
L.EPmslev va boshqa strukturalizm vakillari asarlarida fonetikadan
fonologiyani farqlash shu darajaga etdiki, ular bir-biridan tamoman ajralgan
(Fonetika-tabiiy fanlar,
fonologiya, ijtimoiy fanlar qatoriga kiradigan) ikki
sohaga aylanib qoldi. Natijada fonologiyaning birligi bo'lgan fonema
so'zining ob'ektiv reallikdagi material asosidan ajratib qo'yildi.
Moskva va Peterburg fonologiya maktablari vakillari esa ularga
qarama-qarshi ravishda I.A.Boden de Kurtene va L.V.SHcherbalar
an'analarini davom ettirgan holda, bir-biridan ajralgan ikki mustaqil ilmiy
predmet-fonetika va fonologiya mavjudligini inkor qiladi. L.V.SHcherba
fonologiyani fonetikadan uzib qo'yuvchilarga tamoman qarshilik ko'rsatish
lozimligini, ma'lum
tilning fonologik sistemasini, har bir fonemaning
farqlovchi belgilarini faqat uning shu tildagi konkret talaffuzi asosida
tadqiq qilish kerakligini uqtiradi.
R.I.Avanesov ijtimoiy hodisa bo'lgan tilning tovush tomoni bilan
til strukturasining elementi sifatidaga nutq tovushlarini o'rganadigan faqat
bitta ilmiy predmet muvofiq keyaishini aytadi.
Nutq tovushlarini
o'rganadigan ikki predmet emas, balki ikki tadqiqot aspekti mavjuddir.
Fonologiya fonetikaning yuqoriroq bosqichi sifatida haqiqiy lingvistika
predmetiga aylandi va grammatika bilan bir qatorda til strukturasini
47
o'rganish uchun xizmat qila boshladi. Har qanday fonolog bir vaqtning
o'zida fonetistdir. CHunki fonologik oppozitsiyalar
konkret tovushlarga
asoslanadi. SHu bilan birga har qanday fonetist ma'lum ma'noda fonolog
hamdir. CHunki fonetika tadqiqotchisi har qanday tovushlami emas, balki
nutq tovushlarini, ulaming ma'lum tildagi farqli belgilarini o'rganadi.
SHunday qilib, fonetika va fonologiya o'zaro chambarchas bog'langan.
Ulaming asosiy o'rganish ob'ekti bitta.
Birinchisi eng kichik nutq
birliklarini, ikkinchisi esa shu nutq birlikslarining farqli (differentsial)
belgilarini o'rganadi. Demak, ular o'zlarining ob'ekti jihatidan emas, balki
bir ob'ektning turli o'rganish aspekti ekanligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: