Fonologiya birligi
Fonologaya birligi fonemalardir. Fonema - so'z va morfemalami
shakllantiradigan va ulaming ma'nolarini farqlash uchun xizmat etuvchi,
boshqa mayda bo'lakka bo'linmaydigan tilning eng kichik tovush birligi.
Fonemalar haqidagi ta'limot fonologiyadir. Fonologiya ma'lum bir tildagi
fonemalar sistemasini, ularning farqli belgilarini o'rganadi. Fonema termini
xozirgi tilshunosliqda qat'iy o'rin olgan bo'lsa ham, ammo uning maqomi
masalasida xilma-xil qarashlar bor. Fonema tilning eng kichik tovush
birligi ekanliga haqidagi dastlabki ma'lumot I.A.Boduen de Kurtenega
mansubdir. Lekin bungacha sharq tilshunosligida garchi fonema termini
bilan nomlamagan bo'lsa ham, ma'no farqlash uchun xizmat qadigan eng
kichik tovush tipi haqidagi tushuncha mavjud edi. Hind tilshunoslari,
turkiyshunoslar bu tushunchaga alohida ahamiyat berganlar. Xususan,
Mahmud Qoshg'ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar
tovushning ma'no farqlash tomoniga katta ahamiyat berganlar. Fonema
termini tilshunoslikka eve, Boduenlar tomonidan kiritilgan. Boduen 1870
48
yildagi “XIX asrgacha bo'lgan qadimga polyak tili haqida” nomli
magistrlik dissertatsiyasida fonema haqida fxkr yuritadi va uni etimologik -
morfologik birlik sifatida talqin etadi. Boduen de Kurtenening fonema
haqidagi bu kontseptsiyasi ayni holda uning shogirdi N. V. Krushevskiy
tomonidan rivojlantirildi I.A.Boduen de Kurtenening fonema haqidagi
tushunchasi
o'zgarib
bordi.
Xususan,
"Slavyan
tillari
qiyosiy
grammatikasining ayrim bo'limlari" (1981 y) asarida fonemani, bir
tomondan "so'zning fonetik bo'linmas qismi" hisoblasa, ikkinchi
tomondan, morfemalar tarkibidagi tovush o'zgarish qonuniyatlarini hisobga
olgan holda, boshqa mayda bo'lakka bo'linmaydigan tovushlargina emas,
balki morfema yoki so'zning tarkibida bo'lakka ajralmaydigan bir butun
holdagi ikki va undan ortiq tovushlar ham fonema bo'lishi mumkinligani
ko'rsatadi. Masalan, vrahat’, vorotit’ so'zlaridagi "ra" va "oro" tovushlari
bir morfema doirasida bir butun holda almashinadi. Bu bilan u fonemaga
fonetik birlik sifatida emas, balki etimologik birlik sifatida qarashini
namoyish etdi. SHu bilan birga «xuddi shu erning o'zida fonemaning
quyidagi ikki farqli tomoni borligani ham ko'rsatadi: 1) antropofonik (ya'ni
akustik-artikulyatsion)
xususiyatlaming
oddiy
umumlashmasi,
morfemaning xarakatlanuvchi komponenti va ma'lum morfologik
kategoriya belgisi. SHunday qilib, Boduen de Kurtene fonemaning
morfologik aspektdan farq qiladigan antropofonetik aspekti ham borligini
e'tirof etdi. Keyinchalik esa u o'zining fonema haqidagi tushunchasini
o'zgartirdi va unga psixologik nuqtai nazardan yondashdi. Xususan,
"Tilshunoslikka kirish” (1917) asarida "Inson psixikasidagi tovush haqidagi
tasawur" fonema hisoblanadi.
Hozirgi kunda uchta yirik fonologik maktab mavjud. Har uch
maktab
vakillari
Boduen
de
Kurtene
fonologik
qarashlarini
49
ri voj lantirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |