Lot archivum, yun archeion muassasa hujjatlar saqlanadigan joy; idoralar, tashkilotlar, shuning-dek ayrim shaxslar ish faoliyati davomida toʻplangan hujjatlar majmui



Download 18,59 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi18,59 Kb.
#387269
Bog'liq
FFFFF


Arxiv (lot. archivum, yun. archeion – muassasa) – 1) hujjatlar saqlanadigan joy; 2) idoralar, tashkilotlar, shuning-dek ayrim shaxslar ish faoliyati davomida toʻplangan hujjatlar majmui. Qadimgi oʻzbek davlatlarida 3–4-asrlardayoq mar-kazlashgan hamda xususiy hujjatxonalar mavjud edi; temuriylar (14–15-asr), keyinchalik Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklari davrida saroy arxiv-kutubxo-nalari boʻlgan. 1919-yil 5-noyabr Turkiston Respublikasi Yagona Davlat Arxiv jamgʻarmasi (YADAJ) va Maorif Xalq komissarligi qoshida Arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi (AIMB), 1930-yildan Oʻzbekiston Markaziy Arxiv boshqarmasi (OʻzMAB) vujudga keldi.1931-yilda Oʻzbekiston YADAJ boʻlimlari oʻrniga Markaziy arxiv (MA), Oʻzbekiston Markaziy Tarix arxivi (OʻzMTA), 1943-yilda. Oʻzbekiston kinosurat-ovozli hujjatlar Markaziy Davlat arxivi, 1962-yilda Oʻzbekiston Markaziy davlat tibbiyot arxivi (1965-yildan Oʻzbekiston Tibbiyot va texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi) tashkil etildi. Arxivlar ishlarini uygʻunlashtirish va boshqarish uchun 1959-yilda Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi qoshida A boshqarmasi tuzildi. 1961-yildan mazkur Boshqarma Arxivlar Bosh boshqarmasiga aylantirilib, Oʻzbekiston Ministrlar Sovetiga boʻysundirildi. 1992-yil 19-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi deb nomlandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat Arxivlari hamda muassasalar tasar-rufidagi Arxivlar unga boʻysunadi. Oʻzbekiston Respublikasida jami 77 davlat Arxivi boʻlib, ularda 6 mln.ga yaqin hujjatlar, jumladan 360 mingdan ortiq surat hujjatlari, 14 mingga yaqin ovozli hujjatlar, 17,5 mingga yaqin kinohujjatlar saqlanadi (1999). Markaziy davlat arxivida 13-asrdan boshlab shu bugungacha boʻlgan hujjatlar bor. Oʻzbekiston rassomlarining ishlari Oʻzbekiston BA Badiiy jamgʻarmasi, shaxsiy guplam va muzeylardan oʻrin olgan. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon va boshqa shaharlarda Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Ayniy, Muxtor Ashrafiy, Abdulla Qahhor, Fafur Gʻulom, Oybek, Hamid Olimjon va boshqalarning ba’zi Arxiv materiallari ular uy-muzeylarida jamlangan.Oʻzbekistonda A.larni shakllan-tirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Arxiv muassasalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Arxivlar toʻgʻrisida"gi qonuni (1999-yil 15-aprel) bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan barcha Arxiv hujjatlarini toʻliq qamrab olishga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlit-ligini saqlab qolishga va fuqarolar, ja-miyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, butlash hamda ulardan foyda-lanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgan. Konunga koʻra, hujjatlarda Oʻzbekiston xalqining moddiy va ma’na-viy hayoti aks ettirilgan barcha Arxiv fondlarining majmui Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi deb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi davlat va nodavlat Arxiv fondlaridan tashkil topadi. Davlat Arxivlarida va davlatning boshqa hujjatxonalarida doimiy saqlanayotgan hujjatlar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, prokuraturalar, sudlar, banklarda, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolat-xonalari va konsullik muassasalarida vaqtincha saqlanayotgan Arxiv hujjatlari davlat Arxiv fondini tashkil etadi. No-davlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida toʻplangan Arxiv hujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy Arxivlarino davlat Arxiv fond imi tashkil etadi. Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining Milliy arxiv fondiga ki-ritish yoki hujjatlarni undan chiqarish ekspert komissiyasining xulosasi asosida amalga oshiriladi. Hujjatlarning qimmatliligini aniqpash mezonlarini, ekspert komis-siyalarini tuzish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibini Oʻzbekiston Respu-blikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi belgilaydi. Arxiv uchun mutaxassis xodimlar Toshkent madaniyat institutida hamda OʻzMU tarix fakultetida tayyorlanadi. Ra’noxon Fayziyeva.
Download 18,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish