Zbek isto n respu blikasi fanlar akad em iyasi


Moskva fonologiya maktabida fonema nazariyasi



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/35
Sana11.05.2022
Hajmi2,03 Mb.
#602174
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
Tilni sistema sifatida o\'rganish. Nurmonov A, Usmonova H, Boboxonova D.

Moskva fonologiya maktabida fonema nazariyasi
Moskva 
fonologik 
maktabi 
asrimizning 
30-yillarida 
A.A.Reformatskiy ta'biri bilan aytganda, DARS ilmiy markazi asosida 
shakllandi (DARS nomi bu ilmiy markaz asoschilari Dmitriev, Avanesov, 
Reformatskiy, Sidorovlaming bosh harflaridan olingan). Peterburg 
fonologak maktabidan farqli ravishda MFM da fonema ma'lum 
avtonomlikka ega bo'lgan, so'z va morfemaning tovush kobig'iga bog'liq 
bo'lmagan mustaqil birlik emas, balki so'z va morfemaning tarkibiy 
elementi hisoblanadi. PFM va MFM da fonemaga bunday ikki xil nuqtai - 
nazar bir fonetik qurshovdaga ayrim tovush birikmalarini ikki xil talqin 
qilishga olib keladi. Masalan, "angla" so'zidagi birinchi tovush A. 
SHcherba kontseptsiyasi bo'yicha "a" fonemasining varianti, chunki
53


fonetik qurshovda "a" fonemasidan boshqa barcha fonemalar ottenkasi 
bilan qarama-qarshi munosabatda bo'la oladi. Moskva fonologik maktabi 
kontseptsiyasiga ko'ra bu fonema "o" fonemasining varianti, chunki o'zak 
tarkibida kuchli pozitsiyada (urg'u ostida)) "o" holida talaffuz qilinadi.
Moskva fonologik maktabi kontseptsiyasining katta yutug'i 
shundaki, ular so'z shaklining tovush tomonini farqlash darajasiga ko'ra 
uning ikki pozitsiyasi-maksimal farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va 
minimal farqlash pozitsiyasi, (kuchsiz pozitsiyaga) ajratadi.
Qurshovdagi tovushlaming ta'siriga kam berilgan pertseptiv 
tomondan maksimal differentsial poziiiya fonemalaming kuchli pozitsiyasi 
hisoblanadi. Rus tili unlilari uchun bunday pozitsiya urg'u osti pozitsiyasi, 
undoshlar uchun esa unli oldi pozitsiyasi hisoblanadi. O'zbek tili unlilari 
uchun so'zning faqat bir unlidan tashkil topgan so'zning birinchi bo'g'ini 
pozitsiyasi kuchli pozitsiyadir.
R.A.Avanesov fonemalar pozitsiyasini tasnif qilar ekan, ma'lum 
bir fonemaning bir belgisi uchun kuchli pozitsiya shu fonemaning boshqa 
belgisi uchun kuchsiz pozitsiya bo'lishi mumkinligini aytadi. SHuning 
uchun u pozitsiyalami quyidagi to'rt gruppaga bo'ladi:
1. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun ham, qattiqlik-yumshoqlik 
belgisi uchun ham kuchli pozitsiya.
2. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun kuchli qattiqlik-yumshoqlik 
belgisi uchun kuchsiz pozitsiya.
3. Qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun kuchli, jarangli-jarangsizlik 
belgisi uchun kuchsiz pozitsiya.
4. Har ikki belgi uchun absolyut kuchsiz pozitsiya.
Pozitsiya tushunchasi asosida MFM fonema variantlari va 
variatsiyalarini ham ajratadi. Jumladan, A.A.Reformatskiy kuchsiz
54


pozitsiyalami ikkiga-pertseptiv kuchsiz (bilish tomonidan) va signifikativ 
kuchsiz (farqlash tomonidan) pozitsiyalarga ajratgani holda, birinchi 
fonema variatsiyalarini, ikkinchisi esa variantlarini hosil qilishini aytadi. 
Birinchisiga "a" ning turli ottenkalari: "mat", "mat’", "myat", "myat’"; 
lkkinchisiga so'zning oxirgi, pozitsiyasi - prud va prut kiritiladi.
MFM ning yana bir yutug'i bir belgisi asosida oppozitsiyaga 
kiritgan 
fonemalaming 
bir 
belgisi 
uchun 
kuchsiz 
pozitsiyada 
oppozitsiyaning 
yo'qolishi, 
ya'ni 
ikki 
fonemani 
bir 
variantga 
muvofiqlashuvi-neytralizatsiyasi haqidagi ta'limotdir. Masalan, yod va yot. 
MFM fonemani avtonom holda emas, balki morfema va so'zning ichida 
uning elementi sifatida o'rganganligidan, morfonologiyaning vujudga 
kelishiga qulay sharoit yaratdi.
MFM 
pozitsiya 
tushunchasi 
bilan 
bog'liq 
giperfonema 
tushunchasini ham tilshunoslikka olib kirdi. Masalan, urg'uli bo'g'in oldida 
kelgan "o" va "a" unlilari rus tilida neytralizatsiyaga uchraydi. Masalan, 
baran. Bu so'zdagi birinchi a tovushi о fonemasining ham, a fonemasining 
ham varianti bo'lishi mumkin; ammo qaysi fonemani varianti ekanligini 
isbotlash kiyin. Bu variant a-о gruppasidagi fonemalardan birining varianti 
hisoblanadi. MFM terminologiyasi bo'yicha ana shunday fonemalar 
gruppasi giperfonema hisoblanadi.

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish