www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 191
boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. V. A. Novikov bilan B. G.
Zapromyotovlar ilmiy ishlar qatorida mahalliy kadrlar tayyorlash bilan ham
shugʻullanadilar. 1927-yil Oʻzbekiston sanoat-iqtisod ilmiy tadqiqot instituta
(keyinroq Oʻzbekiston mahalliy sanoat ilmiy tadqiqot instituta) tashkil qilinadi.
Institut laboratoriyalarida keramika, bogʻlovchi materiallar, sellyuloza-qogʻoz va
yoqilgʻi sektorlari ochiladi.
30-yillarda fanning rivojiga S. N. Naumov, M. I. Usanovich, A. P. Rostovskiy, S. M.
Muqimov, I. S. Kansepolskiylar katta hissa qoʻshdilar. 1933-yil universitetning
kimyo fakulteti qoshida Kimyo tadqiqot instituti tashkil qilinadi. Institut
laboratoriyalarida diketoefirlar kimyosi, gaz reaksiyalari kimyosi, elektr kimyosi,
aralashmaydigan suyuqliklar kimyosi, tabiiy va sintetik kolloid sistemalar, alkillash
reaksiyalari, kislota-ishqor nazariyasi, soz tuproq asosida keramik materiallar ishlab
chiqarish kimyosi va texnologiyasi, chigitdan yogʻ olish kabi muhim ilmiy tadqiqot
ishlarini rivojlantirishda tadqiqotchilar sanoat bilan hamkorlikda ishladilar.
30-yillarda universitetning kimyo fakultetida S. Yunusov, O. Sodiqov, K. Axmedov,
Sh. Tolipov, H. Usmonov, A. Sultonov, H. Rustamov, Y. Toshpoʻlatov, A. Abdu-
rasulova, F. Tojiyev, A. Murtazoyev, H. Rahimov kabi isteʼdodli yoshlar yetishib
chikdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida sharoit ogʻir boʻlishiga qaramay fan rivojiga
ahamiyat berildi, tadqiqotlar kamroq boʻlsada davom ettirildi. 40-yillar boshida
Ittifoq Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston filiali tashkil qilinib, uning tarkibiga A.
S. Shamsiyev rahbarlik qilayotgan Kimyo instituti ham kiritildi. S. Muqimov, F.
Xoʻjayev va frontdan qaytgan S. Yunusov, K. Ahmedov, Sh. Tolipov, A. Sultonov,
H. Rustamov, I. S. Kansepolskiy va boshqa olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga
oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar. Ular Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining
ilmiy tadqiqot institutlari tarkib topishi va rivojida ham ishtirok etishdi. Urush
davrida Chirchiq elektr kimyo kombinatining bosh muxandisi lavozimida ishlagan M.
Nabiyev kimyo sanoatining rivojiga katta hissa qoʻshdi, keyinroq u mineral oʻgʻitlar
kimyosi yoʻnalishining bosh mutaxassisi sifatida koʻp yillar faoliyat koʻrsatdi. Xalq
Do'stlaringiz bilan baham: |