Aim.uz
Polimerlar kimyosi
«Polimerlar kimyosi» kafedrasi 1979 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor U.N. Musaev tomonidan tashkil qilingan. U.N. Musaev kafeddraga 2007 yilgacha rahbarlik qilgan. Xozirgi vaqtda kafedraga kimyo fanlari doktori M.G. Muxamediev rahbarlik qilmoqda.
Xozirda kafedrada 3 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va ilmiy xodimlar foliyat ko‘rsatmoqdalar. Kafedrada “Funksional polimerlar kimyosi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Labaratoriyadagi ilmiy ishlar O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini koordinatsiyalovchi qo‘mita tomonidan mablag‘ bilan ta’minlangan mavzular bo‘yicha olib boriladi. Bu ishlar yuqori molekulali birikmalar kimyosining dolzarb yo‘nalishlaridan bo‘lib, funksional polimerlar kimyosi bo‘yicha fundamental va ilmiy-texnikaviy muammolarni qamrab olgan. Alohida kompleks xossalarga ega bo‘lgan polimerlar yaratilgan bo‘lib, ular tibbiyotda, biologiyada, veterinariyada hamda xalq ho‘jaligining turli sohalarida qo‘llanishga qaratilgan. Dunyo amaliyotida ilk bor alkoloidlar va boshqa fizologik faol moddalardan suvda eruvchan va gidrofil stimulsezgir xususiyatli polimerlar yaratilgan. Olib borilgan ilmiy ishlarning rivojlanishi natijasida polimerlar kimyosining yangi sohasi bo‘lgan – tibbiy-biologik polimerlar kimyosining yaratilishiga sezilarli xissa qo‘shildi. Bu ishlar O‘zbekistonda tibbiy-biologik hamda funksional polimerlar ilmiy maktabi yaratilishiga asos bo‘ldi.
Kafedra O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi “Kimyo” ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Bakalavriat yo‘nalishi bazasida kafedrada “YUqori molekulyar birikmalar” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik yo‘nalishi ochilgan.
Kafedra 6 fan doktori, 40 dan ortiq fan nomzodi va ko‘plab yuqori malakali yosh mutaxassislar etishib chiqardi. Kafedra xodimlari tomonidan 10 dan ortiq o‘quv-metodik qo‘llanmalar, “Polimerlar kimyosidan praktikum”, “Fizikaviy va kolloid kimyo”, “Kimyoviy texnologiya” kabi bir qator darsliklar yozilgan.
Davlat mukofotiga sazovorlar
Kafedra professori T.M. Boboevning ko‘p yillar davomida kimyogar mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha olib borgan mehnatlari Davlatimiz tomonidan yuksak baholanib 2008 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan YOshlar murabbiysi degan faxriy Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Davlat ilmiy tadqiqot ishlarining umumiy tavsiloti
Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari oxirgi yilda O‘zR Vazirlar Maxkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini koordinatsiyalovchi qo‘mita tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan quyidagi ilmiy mavzularda davlat grantlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar:
1. OT-F.3-151 «Polimerlar biologik faol moddalarni tashuvchilari sifatida, ingibitorlar. Deterpenoidlar ta’sir mexanizmi», raxbar – k.f.d. Muxamediev M.G.
2. K.12-016 «YUmshoq to‘qimalarning yiringli-nekrotik kasalliklarini davolash uchun kombinirlangan bakteritsid bog‘lovchi materiallar», rahbar - Mirzaxidov X.A.
3. K.12-001 «CHorva mollari ginekologik kasalliklarining oldini olish va davolash uchun yuqori samarali polimer dorilar yaratish va veterinariya amaliyotiga tavsiya qilish», rahbar - Babaev T.M.
4. OT-3.F.145. “Tabiiy birikmalar asosidagi yangi supramolekulyar komplekslar sintezi, fizik-kimyoviy xossalari va biologik ta’sir mexanizmi”, rahbar: Muxamediev M.G.
Kafedrada turli ishlab chiqarish korxonalari bilan xo‘jalik shartnomalari tuzilgan bo‘lib, ushbu xo‘jalik shartnomalari doirasida kafedra xodimlari ishlab chiqarish korxonalari muammolarini echish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Quyida xozirda bajarilayotgan xo‘jalik shartnomalari keltirilgan:
1. X/d №45/2011. «Razrabotka texnologii izvlecheniya indiya texnologicheskix rastvorov AGMK ionoobmennыmi materialami», «AGMK» OAJ bilan birgalikda. Rahbar - Rustamov M.K.
2. X/d №47/2011. «Razrabotka texnologii izvlecheniya dragotsennыx metallov iz obrabotannыx rastvorov affinajnogo sexa AGMK». «AGMK» OAJ bilan birgalikda. Rahbar - Karimov M.M.
3. X/d №52/2011 «Razrabotka opыtno-promыshlennoy texnologii izvlecheniya redkix metallov iz texnologicheskix rastvorov AGMK ionoobmennыmi materialami». «AGMK» OAJ bilan birgalikda. Rahbar - Karimov M.M.
4. X/SH 08/2008. UDP Muborakneftegaz bilan «Opыtno-texnologicheskie issledovaniya po izvlecheniyu iz poputnыx vod yoda po ob’ektam Muborakneftegaz». Rahbar - Muxamediev M.G.
Kafedra mudiri M.G. Muxamediev halqaro TEMPUS programmasining CANDI loyixasi (Vena universiteti, Vena texnologiya universiteti, Myunxen texnologiya universitetlari bilan hamkorlikda) bo‘yicha ishlarda qatnashishib kelmoqda.
Oxirgi yillarda kafedra xodimlari qatnashgan va ular tomonidan bajarilib kelingan Davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalarida soni va ularga ajratilgan mablag‘lar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Loyixalar
|
2008/2009
(mln. sum)
|
2009/2010
(mln. sum)
|
2010/2011
(mln. sum)
|
Loyixalarning umumiy soni
|
5
(88)
|
5
(142.4)
|
9
(252.9)
|
Jumladan
|
Davlat grantlari
|
4
(48)
|
4
(62.4)
|
4
(82.9)
|
Xujalik shartnomalari
|
1
(40)
|
2
(80)
|
4
(170)
|
Xalqaro grantlar
|
-
|
-
|
1
(90000 evro )
|
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, yuqorida keltirilgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda kafedrada ta’lim olayotgan barcha talabalar faol qatnashib kelishmoqda, ularning ilmiy mavzulari asosan loyihalar doirasidagi ilmiy ishlanishlar echimlariga qaratilgan.
Monografiyalar, maqolalar, ishlanmalar, patentlar.
Kafedra xodimlari tomonidan kafedra tashkil qilingandan beri 700 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Jumladan 60 dan ortiq mualliflik guvohnomalari va 10 dan ortiq O‘zbekiston respublikasi va chet el patentlari olingan.
Kafedra tarkibi
1. Muxamediev Muxtor Ganievich – kafedra mudiri, kimyo fanlari doktori, 1975 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. “YUqorimolekulyar birikmalar kimyosi”, Fizikaviy va kolloid kimyo”, “YUqori molekulyar birikmalar kimyosi: hozirgi xolati va istiqbollari” fanlaridan bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. 150 dan oshiq ilmiy ishlari natijalari davlatimiz va chet el ilmiy jurnallari va anjumanlari ilmiy to‘plamlarida chop qilingan. Bir necha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar muallifi.
2. Boboev Tuyg‘un Mirzaaxmedovich – kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi. 1965 Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. “YUqorimolekulyar birikmalar kimyosi”, Fizikaviy va kolloid kimyo” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalarga ma’ruzalar o‘qiydi. 300 dan oshiq ilmiy ishlari muallifi. Bir necha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar muallifi.
3. YUlchibaev Abdusafi Abdulazizovich – kimyo fanlari doktori, professor, tajribali muallim. 1961 yili Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Ftor tutgan polimerlar bo‘yicha yirik mutaxassis. 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
4. Mirzoxidov Xayrulla Abdullaevich – kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1971 yil Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. “Kimyoviy texnologiya” kursi bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi. Fiziologik faol polimerlar bo‘yicha yirik mutaxassis. Ilmiy ishlari natijalari 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar ko‘rinishida chop etilgan.
5. Xoliqova Oyzoda SHomaqsudovna – kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1967 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. “Kimyoviy texnologiya”, “O‘zbekistonda polietilan ishlab chiqarish” kurslari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi. Tajribali muallim sifatida e’tirof etilgan.
6. Xakimjonov Baxtiyor SHamsutdinovich –kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1971 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Ko‘p yillar davomida dekan muovini vazifasida sidqidildan bajarib kelgan. Radiatsion choklangan polimerlar olish, tolasimon ionalmashinuv materiallarini tadqiq qilish soxasidagi etuk mutaxassis.
7. G‘ofurova Dilfuza Anvarovna – kimyo fanlari nomzodi, dotsent, xozirda katta ilmiy xozim-izlanuvchi. 1996 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. 50 dan oshiq ilmiy ishlari natijalari davlatimiz va chet el ilmiy jurnallari va anjumanlari ilmiy to‘plamlarida chop qilingan. 2 ta patent xammuallifi. Tolasimon almashinuvchi kompleksonlar olish va ularni xossalarini tadqiq qilish ustida izlanishlar olib bormoqda.
8. Maxkamov Muzaffar Abdug‘apporovich – kimyo fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi. 1999 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. ““YUqori molekulyar birikmalar kimyosi: hozirgi xolati va istiqbollari”, “Polielektrolitlar” kabi fanlardan ma’ruzalar o‘qiydi. Sintetik polimerlar sintezi, gelsimon polimerlarni tadqiq qilish ustida ilmiy ishlar olib boradi. 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
9. Malыshev Maksim Svyatoslavovich – o‘qituvchi. 2003 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. “Polimerlar kimyosining dolzarb muammolari” fanidan ma’ruzalar o‘qiydi. Fiziologik polimerlar sintezi va ularni tadqiq qilish ustida ilmiy izlanishlar olib boradi.
10. SHaxidova Dilbar Ne’matovna – o‘qituvchi. 1990 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. “Kimyoviy texnologiya”, “YUqori molekulyar birikmalar kimyosi” fanlaridan ta’lim beradi. Ionalmashinuv qatronlari sintezi va ularni fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan ilmiy ishlar olib boradi.
11. Axmedova Nargiza - o‘qituvchi. 1992 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. “Kimyoviy texnologiya”, “YUqori molekulyar birikmalar kimyosi” fanlaridan ta’lim beradi.
12. Karimov Maxmud – kimyo fanlari nomzodi, ilmiy xodim. 1983 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Olmalik tog‘-metallurgiya kombinati bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi.
13. Rustamov Muxammadsiddiq – ilmiy xodim. 1985 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Olmalik tog‘-metallurgiya kombinati bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosida sanoat oqava suvlari tarkibidan nodir metallarni ajratib olish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi.
14. SHoxoldorova SHoira Salixovna – lobarant. 1981 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. “YUqori molekulyar birikmalar”, “Kimyoviy texnologiya”, “Fizikaviy va kolloid kimyo” fanlaridan labaratoriya ishlarida talabalarga yordam beradi.
15. Xolturaeva Noroy – kabinet mudiri. 1981 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. “YUqori molekulyar birikmalar”, “Kimyoviy texnologiya”, “Fizikaviy va kolloid kimyo” fanlaridan labaratoriya ishlarida talabalarga yordam beradi. Termosezgir polimerlar soxasida ilmiy izlanishlar olib boradi. Xozirda ilmiy ishlari natijalari asosida 50 ga yakin ilmiy ishlari chop etilgan.
16. Xazratqulova Sevara Muysinovna – laborant. 2006 yilda Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. “YUqori molekulyar birikmalar”, “Kimyoviy texnologiya”, “Fizikaviy va kolloid kimyo” fanlaridan labaratoriya ishlarida talabalarga yordam beradi. “Radikalnaya (so) polimerizatsiya–N-zameщyonnыx akrilamidov na osnove oksikislot i fiziko-ximicheskie svoystva poluchennыx polimerov” mavzusidagi nomzodlik ishini tayyorlab xozirda himoya qilmoqda
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |