555
2.
Антонова Т. Социальная компетентность ребенка-дошкольника:
показатели и методы выявления / Т. Антонова // Детский сад от А до
Я. – 2004. – № 5.
3.
Педагогическая диагностика компетентностей дошкольников.
Для работы с детьми 5-7 лет / под ред. О. В. Дыбиной. – М.: Мозаика-
Синтез, 2008.
TА’LIM JАRАYONIDА OʼQUVCHILАR
OʼZLАSHTIRISHINI KOMPLEKS TАSHXISLАSH
Rahmonova Z.Ya. - ADU, Umumiy pedagogika kafedrasi katta
o’qituvchisi
Annotatsiya:
tashxisning asosiy maqsadi oʼquv jarayonini
samaradorligi bilan bogʼliq holda kechishini oʼz vaqtida aniqlash, baholash
va tahlil etishdan iborat. Tashxis
qilingan natijalarni usul, yoʼllar,
erishilgan natijalar, yoʼnalishi bilan, oʼqitish natijalarini rivojlanishi, oʼsish
darajalarini birgalikda qoʼshib oʼrganadi.
Kalit soʼzlar:
nazorat, tekshirish, baholash, maʼlumotlar toʼplash,
tahlil etish.
Tashxis – bu didaktik jarayonni kechishidagan butun xolatni aniqlash,
uning natijasini aniq belgilashdan iborat. Tashxissiz
didaktik jarayonni
samarali boshqarib, mavjud sharoit uchun eng qulay natijaga erishib
boʼlmaydi.
Oʼzlashtirish (oʼrganganlik)ni tashxis qilishni, oqibat, erishilgan natija
va oʼrganganlik (oʼzlashtirish)ga xam ajratiladi. Oʼrganganlik
(oʼzlashtirish)
ni shuningdek, tashxis qilish davrigacha erishilgan daraja
sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxisning asosiy maqsadi oʼquv
jarayonini samaradorligi bilan bogʼliq holda kechishini oʼz vaqtida
aniqlash, baholash va tahlil etishdan iborat. Yuqorida koʼrinib turganidek
didaktik tashxis, bilimlar, koʼnikma va malakalarni anʼanaviy tekshirishga
qaraganda kengroq va chuqurroq maʼno kasb etishi bilan ajralib turadi.
Tekshirish
natijalarni faqat qayd etadi, lekin uning kelib chiqish
sabablarini koʼrsatib bermaydi.
Tashxis qilingan natijalarni usul, yoʼllar, erishilgan natijalar, yoʼnalishi
bilan, oʼqitish natijalarini rivojlanishi, oʼsish
darajalarini birgalikda
556
qoʼshib oʼrganadi.Tashxis oʼz ichiga nazorat, tekshirish, baholash, statistik
maʼlumotlarni toʼplash, ularni tahlil etish, oʼsish darajalarini aniqlash,
voqealarni keyingi rivojini loyihalashni oladi. Bu oʼrinda
biz tashxisning
ayrim komponentlari boʼlmish nazorat, tekshirish, baxolash, maʼlumotlar
toʼplash, tahlil etish, oʼsish darajalarini tahlili, oʼsish darajalarini aniqlash,
loyihalash kabi tushunchalar va ularning oʼzaro bogʼliqlik
masalalarni
koʼrib chiqamiz.
Baholash – bu maʼlum bir va bir necha raqamlarni oʼlchash, hisoblash
natijasi emas, balki baholash meʼyoriga berilgan ahamiyat alohida
qiymatga ega.
Oʼquvchilarning oʼzlashtirganlik darajasini tashxis qilish va nazorat
qilishni muxim tamoyillari boʼlib obʼektivlik,
tizimlilik, koʼrsatmalilik
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: