568
Diniy ekstremizm
– jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy
qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g‘oyalarni aldov va zo‘rlik
bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Diniy ekstremizmning bugungi kunda vujudga kelishi va o‘sishining
asosiy ob’yektiv va sub’yektiv omillari mavjud. Bular diniy va milliy
o‘zlikning keskin o‘sishi, ma’lum qatlamlar
va guruhlar ning kuch bilan
siyosiy hokimiyatni ag‘darib davlat va jamiyatni islomiylashtarishga
intilishiga borib taqaladi. Diniy ekstremizmning eng daxshatli holati
shundaki, u davlat, xalk,
chegarasini bilmaydi, g‘araz niyatlarga to‘siq
bo‘lmaganidek, bular ham o‘rmalab tarqab boradi.
Hozirgi davrda, eng avvalo, axborot chegaralarining barham
topishida o‘zligini namoyon qilayotgan globallashuv sharoitida va bir
paytlari Xalqaro munosabatlar mazmunini belgilagan ikki qarama
- qarshi
kuch Sotsializm va kapitalizm o‘rtasidagi o‘zaro kurashning barham
topishi natijasida ekstremizm va terrorizm mamlakatlar, mintaqalar va
umuman dunyo xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida birinchi o‘ringa chiqdi.
Qo‘poruvchilik faoliyatining turli ko‘rinishlarini o‘z
ichiga olgan
infrastrukturani shakllantirgan va rivojlantirgan mazkur ikki dunyoqarash
o‘rtasidagi kurash hozirda turli xil kuchlarni birlashtirgan ko‘p qutbli
dunyoning mazkur infrastrukturaga qarshi kurashidek shakl-shamoyil kasb
etmoqda.
Bu, birinchi navbatda, eksremizm va terrorizmnitig anarxizm va
fashizmning arxaik shakllari bilan qorishmasi
xisoblangan va ommaning
keng qatlamlari bilan bog‘lovchi xalqa sifatida islom shiorlaridan ustalik
bilan foydalanadigan, aslida esa xalq bilan xech qanday aloqasi yo‘qligini
moxirona yashira oladigan holat kasb etdi. O‘z vaqtida, XX asrning 70-
yillarida, terrorchilar xalq bilan birgalikni ko‘rsatish va uning nomidan
harakat qilish uchun kommunizm shiorlari ostida faoliyat yuritishi va shu
yo‘l bilan mablag‘ to‘plashi qulayroq edi.
Terrorizm
(lotin: «qo‘rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng
qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib
chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash
maqsadiga qaratilgan jinoiy
faoliyatdir.
Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la
olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish
taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida
foydalanadilar. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib,
xalqaro
terrorizm shaklini oldi.
569
Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: