564
BOSHLАNGʼICH SINF OʼQUVCHILАRIDАGI OʼZАRO
ZIDDIYATLАR VА ULАRNI BАRTАRАF ETISH USULLАRI
Mamajonova M.B.- ADU, Pedagogika fakulteti, BTSTI ta’lim
yo’nalishi talabasi
Annotatsiya:
hozirgi kunda oʼquvchilar jamoa asosidagi munosabat
va mulohazalar yuqori darajada rivojlangan boʼlsa ham lekin uning
ichidagi ayrim kamchiliklar, salbiy xususiyatlar yaqqol koʼzga
tashlanmoqda. Bir-birini tushunmaslik
natijasida bolalar orasida
ziddiyatlar (kelishmovchiliklar, janjallar) kelib chiqadi.Bu ziddiyatlar
masalasini pedagogik va psixologik nuqtai-nazardan puxta oʼrganish va
tegishli tavsiyalar ishlab chiqish gʼoyat zarurdir.
Kalit sozlar:
janjal, ziddiyatlar, maktab, oila, obyekt asosida, dars,
subyekt.
Yosh avlodni tarbiyalash jamiyatimizdagi murakkab, nozik, koʼp
qirrali va gʼoyat maʼsuliyatli vazifa boʼlib, uni muvaffaqiyatli amalga
oshirishning
birinchi sharti maktab, oila va keng jamoatchilikning shu
sohaga hamkorligidir. Kishilik jamiyatida jamoa muhim ahamiyat kasb
etadi. Jamoa – bola hayotiga tarbiyaviy taʼsir koʼrsatishning asosi boʼlib,
undan tashqarida va jamoatchiliksiz shaxsning garmonik kamol topishi
mumkin emas. Lekin bundan har qanday jamoatchilik ham bolaga
quvonch bagʼishlaydi, degan xulosa chiqmaydi. Maktabga endigina kelgan
oʼquvchi xohlagan jamoasini oʼzi tanlamaydi,
balki bolaning yoshiga
qarab tashkil etilgan guruhning aʼzosiga aylanadi. Аna shu guruhdagi
bolalar bilan xilma-xil tarbiyaviy va taʼlimiy ishlarni amalga oshirishga,
ular oʼrtasida ijobiy munosabatlarni, oʼzaro yordam, jamoatchilik
xislatlarini tarkib toptirishga alohida eʼtibor psixologik hamda pedagogik
nuqtai-nazardan juda muhim boʼlib,
maktab jamoalarining asosiy
vazifalaridan biridir.
Hozirgi kunda oʼquvchilar jamoa asosidagi munosabat va
mulohazalar yuqori darajada rivojlangan boʼlsa ham lekin uning ichidagi
ayrim kamchiliklar, salbiy xususiyatlar yaqqol koʼzga tashlanmoqda.
Bir-birini tushunmaslik natijasida bolalar orasida ziddiyatlar
(kelishmovchiliklar, janjallar) kelib chiqadi.
565
Bu ziddiyatlar masalasini pedagogik va psixologik nuqtai-nazardan
puxta oʼrganish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish gʼoyat zarurdir.
Maktab yoshidagi bolalar oʼz xulqlarini tartibga solishga, oʼzlari va
oʼrtoqlarining
yurish-turishini, muomalasini, jamoat ishiga boʼlgan
munosabatini baholashga harakat qiladilar.
Ularda ongli va ixtiyoriy hatti-harakatlar rivojlanib, bir-birini
kuzatishlar, oʼz faolyatini boshqarish takomillashib boradi. Shu tariqa
jamoat fikri va oʼzaro talabchanlik vujudga keladi. Shularni hisobga olib,
asosan, shu kabi bolalar taʼlim
olayotgan, Аndijon shahridagi 6-
umumtaʼlim maktabida olib borgan kuzatishlar jarayonida anchagina
maʼlumot toʼplandi. Oʼquvchilar orasidagi janjal, ziddiyatlar paydo
boʼlishi asosiy sabablarini aniqlash uchun obʼekt asosida dars, subʼekt
asosida darsdan tashqaridagi munosabatlar oʼrganildi.
Obʼekt asosida bir necha darsni kuzatdik. Ikkinchi sinfdagi
matematika darslarida quyidagi voqeaning guvohi boʼldik.
Mubina ismli
qiz ogʼzaki tezkor misol yechish musobaqasida “Diloromdan oldin men
aytaman”, deb turib oldi. Buning uchun unga tanbeh berildi. Mubina oʼzini
navbatini sabrsizlik bilan kuta boshladi. Dilorom misolning javobini
aytishi bilan “nega mening misolimni javobini aytding?”, deb janjal
chiqardi.
Subʼekt asosida oʼquvchilarning darsdan tashqari paytdagi oʼzaro
munosabatlarini kuzatdik. Masalan: sinfdagi Shokir tabiati boʼyicha
hamma istaklarini bajartirar ekan. U ana shu “odatini” tengqurlariga ham
qoʼllamoqchi boʼladi.
Oʼquvchilar “Shokir buyruq berishni yaxshi koʼradi, bizni hatto
oshxonadan ovqat keltirishga, sumka va kitoblarini koʼtarishga, hatto,
kiyimlarini changini qoqishga majbur qiladi. U bilan birga yurish qiyin”,
deb oʼzlarini chetga oladilar.
Shunga koʼra bunday sabablarni
aniqlashga yordam beradigan
faolroq eksperiment qoʼllashni lozim topdik. Bu eksperiment mohiyati
shuki, bu kabi bolalarni jamoa asosida oʼrtaga nihoyatda ehtiyotkorona
olinadi.
Didaktik oʼyinlarda maʼsuliyat ularga tashlanadi. Natijada bunday
ziddiyatlarga sabab boʼluvchi bolalar oʼz feʼl-atvorini payqay boshlaydilar
yoki ularga shu jarayonda holat sezdiriladi. Umuman olganda bola
tarbiyasi oʼqituvchi zimmasiga nihoyatda sezgirlikni, adolatparvarlikni,
mohir tarbiyachi boʼlishni vazifa qilib qoʼyadi.
Ota-ona uqituvchiga eng
aziz, eng qimmatli, boʼlmish farzandlarni, oʼz umidini, oʼz kelajagini
566
ishonib topshiradi. Shunday ekan, biz kelajagimiz uchun oʼz
faoliyatimizning fidoyisi boʼlmogʼimiz zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: