Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида


O’QUVCHILAR NUTQINI O’STIRISHDA ERTAK



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

O’QUVCHILAR NUTQINI O’STIRISHDA ERTAK 
TERAPIYASINING AHAMIYATI 
Orziqulov H.T. - ADU Pedagogika fakulteti - Umumiy pedagogika 
kafedrasi o’qituvchisi
 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada o’quvchilar nutqini o’stirishda 
ertaklarning ahamiyati va xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar 
tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablari keng bayyon 
qilingan. 
Kalit so’zlar:
hikoya, she'r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat, 
topishmoq,
mahalliy, hududiy dialеktlar. 
Аннотация. 
В данной статье рассматривается значение сказки в 
развитии речи учащихся и причины, по которым жанр сказки хорошо 
воспринимается и с интересом читается детьми в фольклоре

Ключевые слова:
повесть, поэма, сказка, притча, пословица, 
эпос, легенда, загадка, местные, региональные диалекты. 
Xalq og`zaki tili til hayotiy shaklining og`zaki adabiy tilga ham, 
tilning boshqa har qanday shakllariga ham qarama-qarshi qo`yiladi va shu 
tilda so`zlashuvchi jamoaning barchasi tomonidan kundalik turmush va 
faoliyatda kеng qo`llaniladi. Gap xalq og`zaki tili haqida borar ekan, bu 
tilning sodda, ravon, xalqchil til ekanligini e'tibordan chеtda qoldirmaslik 
lozim. Muhimi shundaki, xalq og`zaki tili shaklan milliy xususiyatlarga 
ega bo`lib, bu til har bir millatning, xalqning ijtimoiy munosabatlardagi 
o`rnini, turmush tarzini, yashash muhitini, orzu-istak va intilishlarini 
xalqchil xaraktеrda ifodalovchi aloqa vositasi-til ekanligi bilan ajralib 
turadi. 
Darhaqiqat, xalq og`zaki tili xalq og`zaki ijodiyoti matеriallari 
asosida yuzaga kеladi. O`zbеk tilida bunga xalq og`zaki ijodi matеriallarini 
misol kеltirish mumkin. Jumladan, “Uch og’a-ini botirlar”, “Avazxon”, 
“Go`ro`g`li”, “Rustamxon”, “Alpomish” kabi ertak va dostonlar hamda 
maqol, matal, topishmoq va hikmatli so`zlarni misol tariqasida ko`rsatib 
o`tish mumkin. 
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida garchi iimiy jihatdan 
bo'lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o'qib o'rganiladi. 
O'qish darsliklariga, asosan, hikoya, she'r, ertak, masal, maqol, doston, 


571 
rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritiigan. Bulardan tashqari, 
ilmiy-ommabop asarlar ham o'qitiladi. 
Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul 
qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, 
o'tkirligi, ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida 
real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi. 
Ertak janri dunyo xalqlari fol’klorida so`z san’atining eng ommaviy, 
eng demokratik turi hisoblanadi. Ertaklarning paydo bo`lishi uzoq 
o`tmishga, sinfsiz jamiyatga borib taqaladi. Ertaklarda xalqning tilak va 
orzulari aks etadi.
Ertaklar insonning o`zini o`rab olgan muhitdan, tabiiy hodisalar 
ta’sirlanishi natijasida yuzaga keladi. Rus sovet ertakchisi P.P.Bajev 
“Ertaklar orqali hayotni ko`rasan” deganida, qozoq sovet yozuvchisi 
Muxtor Avezov “Ertaklarda u yoki bu davrning ijtimoiy, hayotiy 
kurashlari, xalq manfaatlari o`zining badiiy ifodasini topgan”,- deb 
yozganida ertak fantaziyasining zaminida real haqiqat yotishini nazarda 
tutgan edilar. 
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o'quvchilar unda 
to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilik-dan 
qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, 
yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo 
shunday bo'lishini istaydilar. Masalan, “Halollik” ertagida asosiy fikr 
kambag'allarga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, 
bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo'lsa, 
“Hiylagarning jazosi” ertagida soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri 
ustidan g'olib keli-shi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har 
ikki ertak ham to'g'riso'zlilikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday 
g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. 
Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'proq o'qitiladi. 
“Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak” (Anvar Obidjon), “Ko'zacha bilan 
tulki” kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o'qitiladi va tahlil 
qilinadi. 
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o'qish, savollarga javob be-rish, 
o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob 
berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, 
qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalani-ladi. Bunday 
ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar 
xarakteriga taqqosl.ash tavsiya qilinmaydi. 


572 
Maktab tajribasidan ma'lumki, kichik yoshdagi o'quvchilar ertakdagi 
hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga meh-monga 
bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya 
kabi qabul qiladilar. Ertakni o'qib tahlil qilganda, barcha ishlar lining 
mazmunini 
yaxshi 
idrok 
etishga, 
sujet 
rivojini, 
qatnashuvchi 
personajlarning xatti-harakati, o'zaro munosabatlarini to'g'ri tasavvur 
etishga yo'naltiriladi. Bunda tanlab o'qish va qayta hikoyalashning 
ahamiyati 
katta. 
O'quvchilarni 
1-sinfdayoq 
ertak 
tilidan 
erkin 
foydalanishga o'rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni 
o'qituvchi aytib berishi mumkin. 
O'quvchi ertak mazmunini o'zlashtirib olgandan so'ng, uning tili 
ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zarur. Ertak mazmunini qayta 
hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o'quvchilarning o'z nutqida til 
vositalaridan o'rinli foydalanish talab qilinadi. Til vosita-laridan 
foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur. 
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari su-
rilayotgan g'oyalarni bolalar ongiga etkazish, yod oldirish yo'li bilan 
bog'lanishli nutqni o'stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. 
Masalan, 
„Rostgo'y bola" 
ertagida bola o'z rostgo'yligi bilan podshoga 
ma'qul bo'lganligi hikoya qilingan. Ertak g'oyasiga mos xu-losa esa 
“Boshingga qilich kelsa ham to'g'ri gapir” maqoli bilan ifoda-langan. 
O'quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o'zlari ham 
yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin. 
Shu ertakni o'qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o'quvchilardan 
shaylanib, ro'parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo 
so'zla-rining 
ma'nosi so'raladi. Javoblar to’ldiriladi, umumlashtiriladi. 
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o'rganish 
darslarining qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin: 
- ertak bilan tanishtirish; 
- o'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash; 
-o'qituvchining ertakni ifodali o'qishi, yod aytib berishi va hokazo. 
- ertakni o'quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash 
maqsadida qisqacha suhbat o'tkazish; 
- ertakni qismlarga bo'lib o'qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy 
vositalar, ma'nodosh so'zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so'zlar ma'nosini 
tushuntirish); 
- ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o'qish); 
- ertakni so'zlab berish; 
- umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish); 


573 
- ma’lum topshiriq asosida ertakni qayta o'qish (ijodiy va mustaqil 
ishlar); 
- vazifani tekshirish va yakunlash; 
- uyda ertakni o'qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkink, ertak matni bilan ishlash 
jarayonida unda qo'llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, 
mubolag'alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish