Mavzu: Kasbiy layoqatni tashxis qilish metodlari. Shaxs psixodiagnostikasi
Reja:
1.Psixologiya fanida kasbiy layoqat
2. Individuallikning moxiyatini tushunish. Shaxs psixodiagnostikasi
3. Kasbiy faoliyatni taxlil
4. Kasbiy faoliyat yuzasidan ma‘lumotlar
5.Kasbiy layoqatni aniqlash
Adabiyotlar va internet resurslari
Psixologiya fanida kasbiy layoqat
Psixologiya fanida kasbiy layoqatni aniqlash sohasida muayyan ilmiy izlanishlar olib borilgan, o‗ziga xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V. Kulaginning fikricha kasbiy psixodiagnostika deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yo‗naltirish, nomzodlarni (da‘vogarlarni) ixtisoslikka oqilona taqsimlash, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini yechish tushuniladi.
Individuallikning moxiyatini tushunish
Individuallikning moxiyatini tushunishga umumiy yondashish kasbga saralash muammosini xal qilishda bevosita ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kasbga layoqatlilikni tashxis (prognoz) qilish insonning kasbiy xislatlarini xisobga olishga asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy taxlil orqali shaxsning xususiyatlari ko‗rsatkichlari bilan kasbiy faoliyat muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari aniqlanadi. Xozirgi zamon psixologiyasining ma‘lumotlariga qaraganda, tashxis (prognoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun o`rtamiyona shaxs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos. Bunday model tashxis (prognoz) qilishda cheklanganlikka ega bo`lib, tashxisning mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir,
Kasbiy faoliyatni taxlil
Kasbiy faoliyatni taxlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika (kasbiy psixologik) muammolarini hal qilish mumkin emas, ya‘ni professiografiya moxiyatiga va uning tuzilishiga e‘tibor qilish zarur. Faqat shundagina faoliyatli yondashuv amalga oshirilib, uning xarakatlari va operatsiyalari testlar yordamida baholanishi mumkin. Chunki xarakatlar va operatsiyalar mazkur faoliyatning tarkibini tashkil qiladi, ularning qiyosiy tavsifi egallash jarayonini osonlashtiradi, unga layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. Faoliyat samaradorligini tashxis qilish va baholash uchun testlarni saralash, asoslash, uning muvaffaqiyati o`lchovi mezonini aniqlashga imkon beradi. Professiografiya, (professiogramma) natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash) imkoni vujudga keladi.
Psixologiya fanida kasbiy layoqat
Psixologiya fanida kasbiy layoqatni aniqlash sohasida muayyan ilmiy izlanishlar olib borilgan, o‗ziga xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V. Kulaginning fikricha kasbiy psixodiagnostika deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yo‗naltirish, nomzodlarni (da‘vogarlarni) ixtisoslikka oqilona taqsimlash, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini yechish tushuniladi.
Kasbiy faoliyat yuzasidan ma‘lumotlar
Kasbiy faoliyat yuzasidan ma‘lumotlar (axborotlar) turli manbalardan olinishi mumkin:
- Muayyan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini kuzatish katta ahamiyat kasb etadi.
2. Kasbiy faoliyat to‗g‗risida ma‘lumotlar to`plashning asosiy metodlaridan biri bo`lib suxbat - intervyu xisoblanadi. Mutaxassislar bilan standart yoki nostandart tarzda intervyu uyushtirish samarali natija beradi.
3. Ba‘zan kasbiy faoliyatning u yoki bu qirralari (jabxalari) ni qayd qiluvchi kundaliklar yoki varaqlardan ham foydalaniladi.
4. Kasb - hunar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar (axborotlar) umumlashtiriladi va xar hil shakllarda mutaxassislar xukmiga xavola qilinadi.
Kasbiy layoqatni aniqlashda o’quvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga nisbatan zexnlilik) foydalaniladi va o`zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi, erishgan natijasi mezon rolini o’ynaydi.
Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, maxoratning qirralari ekspert baholash metodi yordami bilan o’lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (kuch) taqqoslash, tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo‗llaniladi.
Kasbiy layoqatni o‗rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka qilish) deyiladi. Xar hil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga qarab muayyan tartibga solish, jixozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish uchun kasb sub‘ekti kasbiy maxoratning maksimal ko‗rsatkichini namoyish qilishi lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga o`tkaziladi.
Mazkur jarayonni osonlashtirish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
- guruhning alifboviy ro`yxatini tuzish;
- maksimal muvaffaqiyatga erishgan sub‘ektlarni aloxidalash;
- minimal muvaffaqiyatga erishgan sub‘ektlarni guruhlash va boshqalar.
Kasbiy layoqatni aniqlash
- Karimova V.M. Psixologiya: O‗quv qo`llanma. T. 2002.
- Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‗quv qo‗llanma - TDIU, 2014.
- G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob.
- Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- ―Voris nashriyot‖, Toshkent, 2012 y.
5. www.expert.psychology.ru
6. www.psycho.all.ru
7. www.psychology.net.ru
Adabiyotlar ro’yhati va internet manbaalari
Do'stlaringiz bilan baham: |