PEDAGOGIKA TARIXINI YAXLIT RIVOJLANISH JARAYONI
SIFATIDA O‘RGANISH
Abdullayeva X. Ya. - ADU, Umumiy pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
umumiy pedagogika fanining tarmoqlaridan biri
pedagogika tarixidir. U har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy-
ma’rifiy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat
tushunchalarini, pedagogika fanidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti
bilan bog‘liq holda atroflicha o‘rganishni taqozo etadi.
Kalit so‘zlar:
pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik fikrlar
taraqqiyoti, ta’lim, tarbiya,“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun.
549
Аннотация:
одной из отраслей общей педагогической науки
является история педагогики. Она требует всестороннего изучения
понятий воспитания, духовности и просвещения, изменений в
педагогической науке в связи с развитием общества, обеспечением
духовности и просвещения человека в каждом общественном строе.
Ключевые слова:
педагогика, история педагогики, развитие
педагогических мыслей, образование, Закон «Об образовании»,
«Национальная программа подготовки кадров».
Pedagogika fanini o‘zlashtirish – ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy va
iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuchi boimish inson kamoloti
haqidagi g‘oyalarni, pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni
va metodlarini nihoyatda puxta bilishni talab etadi. Pedagogika tarixi
fanini o‘rganish – kishilik jamiyati taraqqiyoti yo‘lidagi ta’lim-tarbiya
bosqichlari bo‘lajak iqtisodchi –o‘qituvchida pedagogik va tarixiy
asoslarni, tahlil qilish va ularga munosabat bildirish kabi malaka va
ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Pedagogika tarixining metodologik asosi va yosh avlodni tarbiyalash
an’analaridagi o‘qitish va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-
qoidalarini,
qomusiy
mutafakkirlar,
ma’rifatparvar
shoirlar
va
pedagoglarning talim-tarbiya, ma’riftaga doir g‘oyalarini va ularning
rivojlanishini mukammal o‘rganadigan fandir. Pedagogika tarixi fani
umumjahon, shu jumladan, Turon, Movarounnahr, Turkiston diyorida va
mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini
o‘rganar ekan, bu fan o‘tmishda mashhur va ilg‘or pedagoglar qoldirgan
pedagogik asarlarni va ularda ilgari surilgan pedagogik nazariyalarning
milliy asoslarini o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, talabalarda milliy iftixor
va g‘urur hissini tarbiyalashdan iboratdir. Zero,qomusiy mutafakkirlar,
ma’rifatparvar shoirlar va ilg‘or pedagoglarningyoshlarni barkamol inson
qilib tarbiyalashga doir ta’limotlari, g‘oyalari,maktab va madrasalardagi
ta’lim-tarbiya masalalari to‘g‘risidagifikrlarini chuqur tahlil qilish, ulardan
aniq xulosalar chiqarishtalabalarning mustaqil fikrlashini kengaytiradi.
Demak, pedagogika tarixi pedagogikaning
mustaqil sohasi
sifatidatarixiy-pedagogik hodisalarga davr talabi asosida yondoshadi,
ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-
550
xilbo‘lganligini
va
ilg‘or
pedagogik
qarashlarning
taraqqiyot
yo‘liniko‘rsatib beradi.
O‘zbekiston
Respublikasida
milliy
maktab
va
milliy
pedagogikaniyaratish, ta’lim-tarbiya ishlarihi zamonaviylashtirish, “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga
binoanmilliy kadrlar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimini tubdan isloh
qilishuchun
Ko‘hna
Turon,
Movarounnahr,
Turkiston
va
mustaqilO‘zbekistonda,
shuningdek,
jahonning
rivojlangan
mamlakatlarida asrlardavomida vujudga kelgan pedagogik bilim va
tajribalarnio‘rganish,undan ijodiy foydalanish zarur. Bu esa, ta’lim-tarbiya
nazariyasi,o‘qitish metodikalari sohasidagi hozirgi zamon fani va
amaliyotiningahamiyatini anglash, to‘g‘ri baholashga imkon beradi.
O‘zbekiston
Respublikasi
mustaqillikka
erishgan
hozirgi
davrdapedagogik fikrlar taraqqiyoti tarixini ilmiy-nazariy jihatdan
obyektivhaqqoniy yoritish maqsadida tarixiy hodisalarni pedagogik
o‘rganishdazamonaviy konsepsiyalar asosida yangicha yondashilmoqda.
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiyaning, ya’ni pedagogik fikrlarning rivojlanish
tarixinixronologik prinsip asosida, jahon xalqlari pedagogik-tarixiy
taraqqiyotibilan uzviy bog‘liq holda, yaxlit rivojlanish jarayoni sifatida
yoritishshunday yondashuvlardan biridir.
Shuningdek, pedagogika tarixi o‘quv predmetining qurilishi
vatuzilishi masalasi ham juda muhim, chunki pedagogik-tarixiy
hodisalar,g‘oyalar, nazariyalar, qarashlarni bayon etish mantiqi va
xarakteri bufanni talabalar tomonidan o‘zlashtirilishini qulaylashtirishi
yokimurakkablashtirishi
mumkin.
Bizningcha,
O‘zbekistonda
pedagogikatarixini o‘rganishni jahon xalqlari pedagogik nazariyalari,
g‘oyalari,fikrlari taraqqiyoti bilan bog‘liq holda yagona, umuminsoniy
(jahoniy)pedagogik fikrlar rivojlanish jarayoni tarzida bayon etish
maqsadgamuvofiqdir. Bunday yondashuvda O‘zbekiston tarixini va
o‘zbekpedagogikasi
tarixini
davrlashtirishga
asoslanib,
har
bir
bosqichda,davrda
Ko‘hna
Turon,
Movarounnahr,
Turkiston
va
mustaqilO‘zbekistonda, shuningdek, jahonning boshqa mintaqalarida
pedagogikfikrlar taraqqiyoti bayon etiladi. Bu pedagogika tarixini talabalar
osono‘zlashtirishiga imkon yaratadi.
Pedagogika tarixi fanini yaxlit, yagona madaniy-ma’rifiy,pedagogik
tarixiy jarayoni sifatida yoritish uchun ongimizda mustahkamo‘rnashib
551
qolgan yana bir aqidani ta’lim-tarbiyaga doir tarixiymateriallarni ijtimoiy
tuzum, formatsiyalar bilan bog‘lab bayon etishdanvoz kechish lozim.
Bunday yondashuvning murakkab tomoni shundaki,jahondagi turli
mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bir xilbo‘lmaydi, balki
turlicha kechadi. Shu bilan birga bunday yondashuvdahanuzgacha jamiyat
taraqqiyotida iqtisodiy bazis hal qiluvchi rolo‘ynaydi, degan aqidaga
asoslanib kelinganligini ham unutmaslik lozim.
Ijtimoiy
rivojlanishda
inson
omili,
ayniqsa,
yoshlarning
ongliligi,ma’naviyati, mafkurasi, g‘oyaviy omillar hal qiluvchi ekanligini
ta’kidlashjoiz. Ayniqsa, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, ta’lim-
tarbiyaning mazmuni, shakli, ta’siri masalasida inson shaxsi (o‘quvchi-
talaba va o‘qituvchi) ustuvor ekanligiga e’tiborni qaratish lozim.O‘quvchi-
talaba shaxsining barkamol inson bo‘lib shakllanishida ota-onatarbiyasi,
ustoz-o‘qituvchi shaxsining ta’siri hal qiluvchi ekanligipedagogik
qonuniyatdir. Shuning uchun ham bo‘lajak iqtisodchio‘qituvchi shaxsini
barkamol
inson
sifatida,
ma’naviyatli
ustoz-mutaxassissifatida
shakllantirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada pedagogikatarixiga
doir bilimlarni egallash katta ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, oliy o‘quv yurtlarida pedagogika
tarixidano‘rgatiladigan bilimlar umumbashariy va milliy qadriyatlar
sifatidao‘qitilishi, u yoshlarda milliy g‘urur, milliy ma’naviyat, o‘zi
tug‘ilibo‘sgan
joyni
(Vatanni)
sevish,
insonparvarlik
ruhida
tarbiyalashninazarda tutishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |