Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti o‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya


Fan dasturi.....................................................................................169-192



Download 2,56 Mb.
bet2/117
Sana09.06.2022
Hajmi2,56 Mb.
#648758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Fan dasturi.....................................................................................169-192

  • Ishchi fan dasturi............................................................................193-214

  • Tarqatma materiallar.....................................................................215-237

  • Testlar.............................................................................................237-266

  • Yakuniy nasorat savollari…………………………….…..……..…..266-272

  • Baholash mezonlari........................................................................272-273

  • Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati......................................................274-275

  • Dastur bajarilishining kalendar rejasi.......................................................276-279

    I. O‘QUV MATERIALLARI
    1.1. MA’RUZA MATN
    3-SEMESTR UCHUN
    1-Mavzu: Kirish. O‘lkashunoslik fanining predmeti, tadqiqot doirasi, maqsad va vazifasi. (2
    soat) Reja.

    1. Tarixiy o‘lkashunoslik fanining maqsad va vazifalari.

    2. Tarixiy o‘lkashunoslik fanining manbalari.

    3. Tarixiy o‘lkashunoslik fanining shakillanishiga doir ma’lumotlar.

    Tayanch so‘z va iboralar: Tarixiy o‘lkashunoslik, manbashunoslik, xudud,ovul, davlat, jamiyat, viloyat, vatan, taraqqiyot, ravnaq.
    Adabiyotlar:

    1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. –T.; O‘zbekiston 2016.

    2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.; O‘zbekiston 2017.

    3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. 1997.

    4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2008 y.

    5. Karamatov H. O‘zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. 2009 y.

    6. Nabiev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. T., 1996.

    7. Ochildiev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. Toshkent. 2008 y

    8. Vaxidov M.M., Mirzaev Sh.R. Me’morchilik. 1-qism. Me’morchilik tarixi.T., “Tafakkur”.-2010. y.

    Mustaqillik sharofati tufayli o‘zbek xalqi o‘zligini tom ma’noda anglab, jahonga yuz tutdi, o‘zi belgilab olgan istiqbolli taraqqiyot yo‘lidan jadal ilgarilab bormoqda. Istiqlol yillarida O‘zbekiston tarixining ko‘pgina masalalari o‘zining yangi, ilmiy jihatdan xolis va haqqoniy yechimini topa boshladi. Jumladan, tarixiy o‘lkashunoslik fanining oliy o‘quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fan sifatida o‘qitila boshlanishi bu fanga bo‘lgan e’tiborning yanada kuchayib borayotganidan dalolat beradi.
    Jamiyat qurilishining hozirgi bosqichida o‘lkashunoslikning roli va ahamiyati beqiyosdir. Bugungi kunda talaba yoshlarni tarbiyalash, ma’naviy saviyasini yanada oshirish, o‘z tarixini chuqurroq bilishi hamda o‘z navbatida kelajak avlodga madaniy merosimizni o‘rgatish va yetkazish o‘lkashunoslik fanining maqsadlaridan biri hisoblanadi.
    Bizga ma’lumki, Vatanimiz juda qadim tarixga ega bo‘lgan o‘lkalardan biri sanaladi. Demak bu yerda qadimgi davrlardan buyon turli urbanistik jarayonlar, madaniy aloqalar, shahar va davlatlar paydo bo‘lgan hamda rivojlanib kelgan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi, dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi uning o‘z tarixini xolis, haqqoniy yoritishga keng yo‘l ochib berdi va bu davlat miqyosida hatto qonun bilan belgilab qo‘yildi.
    Davlatimizning asosiy qomusi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham O‘zbekiston fuqarolarining respublika hududida joylashgan madaniy yodgorliklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi, asrab avaylashlari shartligi ta’kidlab o‘tilgan. Bugungi kunda o‘lkashunoslik fani O‘zbekiston tarixini hamda madaniy yodgorliklarini o‘rganishning eng muhim vositalaridan biridir.
    O‘lkashunoslik fani mahalliy aholi tomonidan o‘z ona yurti hisoblangan muayyan o‘lka, shahar yoki qishloqlar tarixini, tabiatini, aholisi xo‘jaligini va madaniyatini o‘rganadi. Xususan, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘qitilayotgan o‘lkashunoslik fani ma’lum ikki maqsadni:

    1. O‘z o‘lkasi o‘tmishini va hozirgi hayoti tarixini har tomonlama ilmiy asosda o‘rganish yo‘li bilan to‘plangan arxeologik, etnografik, toponimik, nodir qo‘lyozmalar, arxiv hujjatlarini saralash, tartibga solish va tahlil qilishni;

    2. To‘plangan o‘lka materiallaridan o‘quv tarbiyaviy ishlarda o‘rinli va samarali foydalanib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

    Tarixiy o‘lkashunoslik fani hozirgi kunda O‘zbekiston xalqlarining qadimiy tarixini, uning jahon tarixiy taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasini, o‘z bag‘ridan Muhammad Muso al-Xorazmiy,
    Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud azZamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi buyuk qomusiy olimlarni yetishtirib, jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini daliliy ashyolar vositasi bilan isbotlab beradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning doimiy e’tibori tufayli mustaqillik yillarida jahon ilm-fani, madaniyati rivojiga, insoniyat ma’naviyati takomiliga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning biz uchun ardoqli bebaho merosini o‘rganish, shu bilan birga, ularning ibratli hayoti va ijodi, benazir kashfiyotlarining jahonshumul ahamiyati haqidagi bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan harakat bugun o‘z samarasini bermoqda.
    2014 yilning 15-16 may kunlari Samarqand shahrida «O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizasiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzuida xalqaro anjuman tashkil etildi. Xalqaro anjumanda jahonning ellikka yaqin mamlakatidan, shu jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Misr, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Rossiya, Ozarbayjon kabi davlatlardan taniqli olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, jahonning mashhur oliy ta’lim muassasalari professorlari, ilmiy markazlar va institutlar mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etdi. Mazkur xalqaro anjumanda O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistonning qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biri ekanligi, bu o‘lkada yetishib chiqqan allomalar o‘z davrida jahon tamadduni rivojiga munosib xissa qo‘shganligi yana bir bor e’tirof etildi. Bu munosib e’tirof bizni fahrlantirish bilan birga, o‘z navbatida ma’lum mas’uliyat ham yuklaydi. Bugungi yosh avlod ajdodlar merosiga, tarixiy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalanishi darkor. Bu muhim tarbiyada tarixiy o‘lkashunoslik fani ham muayyan o‘rin egallaydi.
    O‘zbek xalqining tarixiy madaniy va me’morchilik yodgorliklari jahon madaniy merosining tarkibiy qismi bo‘lib, jahon taraqqiyotiga qo‘shilgan g‘oyat katta ulushdir. Mana shunday muhim nodir qimmatli ahamiyatga molik bo‘lgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarni har tomonlama ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganadigan va tahlil qiladigan fan - tarixiy o‘lkashunoslikdir.
    Tarixiy o‘lkashunoslik fani bo‘yicha tayyorlangan ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma asosan quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:

    1. Tarixiy yodgorliklar. Bunga insoniyat hayotidagi eng muhim tarixiy voqealar, jamiyatning rivojlanish bosqichlari, atoqli sarkardalar, yirik davlat, fan va madaniyat arboblarining nomlari bilan bog‘liq voqea joylari, o‘tmishdan qolgan qo‘lyozma asarlari va shu kabilar kiradi.

    2. Arxeologiya yodgorliklari. Bunga qo‘hna shaharlar, qo‘rg‘onlar, qal’alar, qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, kanallar, shuningdek, yo‘llarning qoldiqlari, qadimiy dafn joylari, tosh haykallar, qoyalardagi tasvirlar va boshqalar kiradi.

    3. Shahar qurilishi va me’morchilik yodgorliklari. Bularga me’morchilik ansambllari va komplekslari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko‘chalar, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarning qoldiqlari: fuqaro, sanoat, harbiy, diniy, xalq me’morchiligi inshootlari kiradi.

    4. San’at yodgorliklari. Bunga monumental, tasviriy, amaliy-dekorativ va boshqa turdagi san’at asarlari kiradi.

    5. Yodgorlik hujjatlari. Mazkur hujjatlarga markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlaridan qolgan turli hujjatlar, boshqa yozma va chizma hujjatlar, kino-foto hujjatlari va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy qo‘lyozmalar hamda arxiv materiallari, folklor va musiqa yozuvlari, nodir bosma nashrlar kiradi.

    6. Etnografik va toponimik materiallar. Bunga xalq urf-odatlari, moddiy va ma’naviy madaniyat, xalqlarning ertak, folklor, mifologiyasi hamda joy nomlarining ilmiy jihatdan kelib chiqishini o‘rganish kiradi.

    Bular bilan bir qatorda tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki boshqa xil madaniy qimmatga ega bo‘lgan ob’ektlar hamda muzeyda saqlanadigan eksponatlar va ulardan o‘quv, ta’lim-tarbiya ishlarida foydalanish uslublari, namunaviy dars rejalari o‘z aksini topgan.
    Yuqoridagi manbalarni o‘rganish va umumlashtirish ilmiy o‘lkashunoslik tadqiqotchilari, jamoat o‘lkashunosligi va havaskorlari uchun ham, u yoki bu voqealarga tavsif berish, turli tarixiy tushunchalarga aniqlik kiritish uchun ham ko‘p zarur ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.
    Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmani yozishda imkon qadar mahalliy materiallaridan, xususan, O‘zbekiston Respublikasi turli hududlariga doir o‘lkashunoslik hujjatlaridan, yetuk tarixchi olimlarning asarlaridan, arxiv materiallardan foydalanildi. Ayrim masalalarni yoritishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi xodimlari tomonidan tayyorlangan kartoteka va ko‘rsatkichlardan, muzey eksponatlari mavzusini yoritishda esa O‘zbekiston tarixiy muzeyi materiallaridan foydalanildi.

    Download 2,56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish