Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

 
 
§5.4. Blok-karter 
 
V-simon dvigatelning asosi blok-karterdir(5.7-rasm). U 90° burchak 
ostida bitta quyma qutiga karter va ikkita silindrlar blokini birlashtirib turadi. 
Silindrlar blokining yuqorigi va pastki gorizontal to‘siqlarida silindrlar 
gilzalarini o‘rnatish uchun teshiklar (4) yo‘nilgan. Blok-karterning pastki 
to‘sik.pari suv bo‘shlig‘ini moy bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Sovutish g‘ilofi 
(suv bo‘shlig‘i) gilzaning tashqi devori, blok-karter devori va silindrlar 
blokining ichki to‘sikdari oralig‘ida hosil bo‘ladi. 


 
 
5.7-rasm. Dvigatelning korpus detallari: 
1 - blok karter, 2 - va 5 - suvki chiqarish va kiritish teshigi (sovituvchi 
suyuqlikni). 3-gorizantal tusiq, 4-silinlrlar gilzalarini joylashtirish uchun 
teshiklar, 6 - va 10-qistirmalar, 7 - taqsimlash shesternyalarining karteri, 8 -
taqsimlagich valini joylashtirish uchun teshikcha, 9 - o’zak podshipnikining 
qopqog’i, 11 - karter poddoni. 12 - plastina, 13 - maxovik karterining 
qopqog’i, 14 - maxovik karteri; A va B - silindrlar kallagining va taqsimlash 
shesternyasi karterini qotirish yuzalari. 
Sovutish suyukligi uchun teshik (5) blok-karterning oldingi devorida 
yo‘nilgan. Har bir blok-silindrni to‘rtta bo‘limga bo‘luvchi vertikal devorlarda-
gi kuyma teshiklar blok bo‘ylab suv okimini ta‘minlaydi. Blok-karterning 
sovutish g‘ilofini suv olib ketuvchi teshik (2) silindr kallagi g‘ilofi bilan bir-
lashtiradi. Birinchi blok-silindr chapdagiga nisbatan surilgan. Bunday surilish 
tirsakli val ni shatun bo‘yniga ikkita shatun mahkamlash uchun zarur. Blok-
karterning markazida esa gaz taqsimlash vali uchun silliqlab yo‘nilgan teshik 
(8) bor. Karter devorlariga shpilkalar yordamida tirsakli valning o‘zak 
podshipnigi qopqog‘i (9) mahkamlanadi.
Yarim bloklarning A tekisligida silindrlar kallagi o‘rnatiladi. Har bir blok-
karter turli agregat va yig‘ma birikmalarni biriktirish uchun tashki tomondan 
rezbali teshikli okish maydonchalariga ega. Suv yoki moylarning okmasligi va 
blok-karter ifloslanmasligi uchun ular orasiga va detallarni bir-biriga biriktirish 
joylariga qis-tirma (6) va (10) qo‘yiladi. Blok-karterning silliqlab ishlangan 
maydonchalariga dvigatelning asosiy qismlari biriktiriladi: yuqoridan silindrlar 


kallagi, orqadan maxovik karteri (14), oldidan taqsim-lash shesternyalari 
karteri (7) va pastdan karter poddoni (11).
Havo yordamida sovitiladigan dizellarda suyuqlik bilan sovitiluvchi 
dvigatellardagidek blok-karter bo‘lmaydi. Hamma detallar quyma karterga joy-
lashtirilgan. Ularning yuqorigi plitasida silindrlar gilzalarini o‘rnatish uchun 
silliqlab teshilgan teshiklar bor. Gilza va karter oralig‘iga mis qistir-ma 
quyiladi. Karter ichida esa barcha suyuqlik yordamida sovitiluvchi 
dvigatellardagidek tirsakli va taqsimlovchi vallar joylashtirilgan. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish