kallagining tashqi qismida va yubkasida kompression (11) va moy sidiruvchi
halqalar uchun ariqchalar yo‘nilgan. Porshendagi
o‘rnatilgan
halqalar soni, dvigatel turiga va tirsakli valning aylanishlar
chastotasiga bog‘liq. Moy sidiruvchi ariqchalar tagida sidirib olingan moyni
dvigatel karteriga o‘tkazib yuborish uchun teshikchalar qilingan. Porshen
yubkasining ichki tomonidan ikki bo‘rtiqli tuynik - bobishka (14) ostida
porshen barmog‘i uchun uyiqchalar qilingan. Ular kobirga bilan porshen tubini
birlashtirib uning mustahkamligini oshiradi. Stopor
halqa uchun bobishkada
halqasimon ariqchalar (13) uyilgan bo‘ladi. Porshen tiqilib qol-masligi uchun
uning yubkasi porshen kallagidan katta-roq qilib ishlanadi va yubka ovalsimon
bo‘ladi (ovalning katta o‘qi porshen barmog‘i o‘qiga perpendikulyar).
Porshenni ham gilzalar kabi yubkasining tashqi diametriga qarab guruhlarga
ajratadilar. Porshenlarni porshen barmog‘i teshigi diametriga qarab ham
o‘lcham guruhlariga ajratadilar. Bunda porshen bobishkasiga bo‘yoq surtib
qo‘yiladi. Porshen barmoqlarining ichi kovak bo‘lib po‘latdan tayyorlanadi.
Porshen bobishkalarining o‘yiqlaridagi prujinalanuvchi po‘lat halqalar (16)
(35, d-rasm) barmoqning o‘q bo‘yiga siljishini cheklaydi. Barmoq porshenni
shatun bilan birlashtirib turadi.
Vtulka teshigiga shatun yuqorigi kallagi
va barmoq tirqish bilan
o‘rnatiladi. Porshenga esa siqib qo‘yiladi. Dvigatel ish paytida materiallarning
qizib turli xil ishchi haroratda ishlashi natijasida porshen va barmoq orasida
tirqish paydo bo‘lib barmoq porshen bobishkasida aylanishi mumkin. Ushbu
barmoq «suzuvchi» deb ataladi. Tashqi diametriga qarab barmoqni turli
o‘lcham guruhlariga bo‘lish mumkin. Ularni ham, porshen bobishkasini bo‘yoq
bilan belgilashganidek, porshen bo‘yog‘i rangida bo‘yashadi. Bo‘yoqni
barmoqning ichki yuzasiga surtishadi (belgi E).
Porshen va shatunni
yig‘ayotgan paytda ularning o‘lcham gu-ruxlari bir xil bo‘lishi kerak.
Porshen halqalari
ikki xil bo‘ladi: kompression va moy sidiruvchi (35-
rasm, e, j). Kompression halqalar gazlarning yonish kamerasidan karterga o‘tib
keti-shiga yo‘l quymaydi. Ularni po‘lat va legirlangan chuyan-dan
tayyorlashadi. Halqaning tashqi diametri bo‘sh holatida silindr ichki
diametridan katta. Shuning uchun ham halqaning bir kismi kesib quyilgan. U
prujinalanuvchan bo‘lib, silindrga o‘rnatilganda uning yuzasiga tekis o‘tiradi.
Porshen halqasidagi kesik
qulf»
deyiladi. Eng ko‘p tarqalgani to‘g‘ri qulf
bo‘lib oddiy va tayyorlanishi arzondir.
Gazlarni qulf tirkishi orqali oqib o‘tishini
kamaytirish maqsadida
halqaning qulflarini iloji boricha boshqa teng masofali ta-rafga qaratib quyish
kerak. ilindrning germetikligini ta‘minlash maqsadida porshen arikchalariga
ikki-uch kompression halqa katta bo‘lmagan tirqish bilan o‘rnatiladi. Ular
porshenga nisbatan bemalol aylanishi mumkin. Dvigatel qattiq qiziganda shlak
o‘tirmalar paydo bo‘lib, halqa va porshen ariqchalarining balandligi buyicha
to‘lg‘azadi. Halqalar bemalol aylanishini to‘xtatib, prujinalashmaydigan bo‘lib
qoladi. Bu holat halqaning
kuyishi
(kokslashuv)
deyiladi va dvigatel
quvvatining pasayishi va moy sarfi ko‘payishi sodir bo‘ladi. Kompression
halqalar ko‘ndalang kesimi har xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Ba‘zi bir halqalar konussimon yoki ichki yuzasining yuqorigi tomonida
uyiqcha
hosil
qilinadi.
Bunday
halqalar
silindrga
o‘rnatilganda
deformasiyalanadi (buriladi) va silindr ko‘zgusiga past qismi bilan yopishadi.
Kompression halqaning ishqalanuvchi yuzasi xromlanadi.
Moy sidiruvchi halqalar
silindr devoridagi moylarni sidirib olishi bilan
birga moylarning yonish kamerasiga kirishiga qarshilik ko‘rsatadi. Ularni kom-
pression halqa sathidan pastroqqa joylashtiradilar. Kompression halqadan farqi
ularning uyiqchali tirqishi borligidir. Ko‘pgina
dvigatellarda ikkita yupqa
po‘lat moy sidiruvchi (5.9-rasm, e) disksimon halqalarning o‘q bo‘ylab
kengaytirgichli (8) va radial kengaytirgichli xili o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: